O’zbekiston Xalq Harakati

23 may – o'zbek oydini Munavvar Qori NKVD tomonidan o'ldirildi

23 may – o'zbek oydini Munavvar Qori NKVD tomonidan o'ldirildi
23 Mayıs 2018 - 17:04 'da yuklandi va 532 marta o'qildi.

Bugun Turkiston xalqining milliy ozodligi uchun kurashgan Munavvar Qori Abdurashidxonning NKVD jallodlari tomonidan o'ldirilgan kunidir.

Munavvar qori 1878-yili Toshkentda tug'ildi. O'zbek ziyolisi Abdurashidxon oilasidagi uchinchi o'g'il. Dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida o'qidi. O'n yoshidan Buxorodagi madrasalardan birida hadis va fiqh ilmidan tahsil oldi. Toshkentga qaytgach, Darxon mahalla masjidida imomlik qiladi.

Ismoilbek Gaspirali tomonidan 1881—1914 yillarda Krimda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasi Munavvarning milliy zehniyatiga ta'sir ko'rsatdi va u keyinchalik Turkiston xududida ilk jadidlar maktabiga asos soladi.

Maktablar o'z samarasini berdi, u erda savodsiz turkistonliklar o'qish yozishni o'rgandilar, milliy o'zlikni tanidilar.

Munavvar Qori

Munavvar Qori jadid maktablari uchun yangi tovush usulida darsliklar — «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907 yil) alifbe va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907 yil) o'qish kitoblarini chop ettiradi. Bular o'lkadagi asosiy darsliklar sifatida oktyabr' to'ntarishidan so'ng ham keng qo'llaniladi.

Milliy ozodlik faqatgina maktab ochish bilangina amalga oshmasligini bilgan Munavvar qori o'z siyosiy faoliyatini boshlaydi va hamfikrlari bilan Turkistonda «Sho'roi Ulamo» tashkilotiga asos soladi. Tashkilot Turkiston musulmonlar qurultoyini tashkil etib 1917-yili Turkiston demokratik muxtoriyati e'lon qilinadi.

Munavvar Qori sho'ro tarixida «xalq dushmani», «millatchi», «mahalliy burjuaziya ideologi» deya ta'riflab kelindi. Unga nisbatan yosh avlodda nafrat tuyg'usini tarbiyalashga harakat qilindi.

Munavvar Qori bor-yo'g'i 53 yosh yashadi. Shundan 39 yili «inqilob»dan oldingi chorizm mustamlakachiligi ostidagi bolalik, balog'at va faollik davri bo'lsa, qolgan 14 yili qizil imperiya va lenincha qatag'on siyosati tomonidan ma'naviy xo'rlanish zamoni bo'ldi.

U 1929 yil 6 noyabrda qamoqqa olindi. Umrining oxirgi ikki yili harbiylashtirilgan siyosiy boshqarma qamoqxonalarida o'tdi.

1931 yilning 23 mayida Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan.

Bahrom Rahmon

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort