O’zbekiston Xalq Harakati

Tog'da

Tog'da
31 Mayıs 2018 - 6:00 'da yuklandi va 337 marta o'qildi.

MANSUR ShE'RLAR

 

TOG'DA

Aks sado vatani.
Sen bilan mening vatanim.
Begona qishning, biz bilan xayrlashayotgan mehmon qishning
vatani. Ko'z ochayotgan yashillik, daf'atan yangragan qahqaha, o'tkinchi
qo'shiqlar vatani.
Asosan aks sado vatani. Chunki biz bu erda o'z ovozimizdan
qo'rqmaymiz. Ovozimizning ko'pligidan cho'chimayman. Ikki ovozga
ega bo'lgan odam qo'llari uzun odamdir. Bu qo'llar bilan pastda
turib, hu anovi cho'qqi qorlariga bemalol tegish mumkin.
Mening ketgim kelmayapti.
Lekin biz sen bilan aks sadolarmiz. Qichqirayotgan, tinmay
qichqirayotgan shaharning aks sadolari.
Qaytish kerak.

1982

(188)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (116-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort