O’zbekiston Xalq Harakati

Zulm ila shoh xarsangdir, toshdir…

Zulm ila shoh xarsangdir, toshdir…
07 Haziran 2018 - 6:00 'da yuklandi va 548 marta o'qildi.

Matnazar ABDULHAKIM

TANLANGAN ASARLAR
1 – jild

«Charaqlagan oppoq bir kulgu
Yuraklarga baxt yorlig'idir.
Shuningdek, u inju tishlarning
La'li lab bilan hamkorlig'idir.
Tishlaringni dur qilib, so'ng — kul,
Ko'zlaringni nur qilib, so'ng — kul.
Muhim shartni unutmagil hech,
Yuragingni hur qilib, so'ng — kul.
Hozir esa dovdir bir kulgu
Talmovsirar, hayiqib mungdan.
To'ymikan deb, azaga kelgan,
Masxaraboz kabi — labingda…»

* * *

«Dildan ezgulik qilib eding,
Diling yaro bo'ldi, azizim.
Oq ko'nglingdan chiqqan niyat deb
Yuzing qaro bo'ldi, azizim.
Bular tilin tiygan bo'lardi
Bo'lsa edi o'y-andishasi…
Nur sochaman deb dudga to'lgan,
Ey begunoh chiroq shishasi».

* * *

«Hammaga teng mehr ko'rsatgan
Mard holating bilan ulug'san.
Sen taxtga chiqqaning uchunmas,
Adolating bilan ulug'san.
Adl ila shoh durdir, gavhardir.
Zulm ila shoh xarsangdir, toshdir.
Osmonga chiqqani uchunmas,
Nuri bilan quyosh — quyoshdir».

* * *

«Men oshiqman, ahvoli zabun,
Sen, ma'shuqam, qumrim, jayronim.
Hilolimsan, oyim, mohimsan,
Qilding hayron, bo'lding hayronim.
Jafokashim, jonim-jahonim,
Yugurasan, elaverasan,
Kelasanu ketaverasan,
Ketasanu kelaverasan.
Ruhimdagi sanoqsiz gullar
Ayriliqda qolar so'lishib.
Goh oy kabi botib ketasan
Va chiqasan asta to'lishib.
Ming umidga aylab meni band,
Mahkum qilding ming-ming orzuga.
Suvdan olib o'tga solasan,
O'tdan olib solasan suvga.
Men quling ham, dard tilsa dilni,
Bag'ri yomon qattiq bir toshman.
Xudo ko'rsatmasin, bir botsam, .
Qaytib chiqmaydigan quyoshman».

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort