O’zbekiston Xalq Harakati

Odam o'g'li

Odam o'g'li
08 Haziran 2018 - 6:00 'da yuklandi va 571 marta o'qildi.

MAXDUMQULI

 

Odam o'g'li

Odam o'g'li, umrga bo'lmagil moyil,
Yigitliging tizga, belga mehmondir,
Aslo Haq yo'liga bo'lmagil kohil,
Bosgan qadamlaring yo'lga mehmondir.

Makoning er, xoki turob qucharsan,
Bir karvonsan, bu diyordan ko'charsan,
Mavsum guli so'lar, qurib, o'charsan,
Ovozang, dovrug'ing, tilga mehmondir.

Kimsalar Haq deyar, kimsa soz bilan,
Kimsa xumor bilan, kimsa boz bilan,
G'arqillashib kezgan xush ovoz bilan,
Yashilbosh so'nalar ko'lga mehmondir.

Ko'ring, do'stlar, bu so'zimda yolg'on yo'q,
Bir g'aribman, nasihatim olgan yo'q,
Mahdumquli, mening dardim bilgan yo'q,
Dardimning darmoni dilga mehmondir.

*****

(davomi bor)

Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort