O’zbekiston Xalq Harakati

Xayol

Xayol
05 Haziran 2018 - 8:00 'da yuklandi va 659 marta o'qildi.

XAYoL

Televizorni qo'ysam Shavkat Miromonovich senat yig'ilishida nutq so'zlayotgan ekan. Xar doimgidek katta qiziqish bilan yaxshilab o'rnashib olib, butun vujudim quloqqa aylanib nutqlarini tingladim.

«Toshkent shahrini aynan »Oq Saroy« atrofida masjid yo'qligini hisobga olgan xolda, hozirda birinchi prezidentimiz, meni ustozim, mahrum Islom Karimov muzeyini, “Oq Saroy masjidi” sifatida foydalanishga qaror qabul qildim. Bundan asosiy maqsad, bu erda o'qilayotgan Qur'onlar, qilinayotgan ibodatlardan tushayotgan savoblar ustozimni ruhlariga borib turishini xohladim, masjidga imom qilib, hammamizga ma'lum va mashhur…”

Nutqni shu joyigacha eshitdim-u, televizorni o'chirishni xam unutib, darhol Toshkentga otlandim.

Toshkentga kirib bordim-u, mashinamni to'g'ri «Oq Saroy» tomonga haydadim. “Oq Saroy“ga yaqinlashar ekanman, uzoqdan qad rostlagan ikkita baland minora ko'zga tashlanib turar edi. (Oq saroyga minora o'rnatishibdi. “Hasti Imom“dagi minoradan ham katta)

Ko'zimda quvonch yoshlari bilan masjidga yaqinlashar ekanman, hayolim “pokoynikni” haykalini nima qilishdi ekan”, degan o'y hayolimni o'g'irlagan edi. Qay ko'z bilan qarayki haykal o'rnida katta bannerga birinchi prezidentimizni o'lishlaridan biroz avvalgi «BU KUNNI KIM ORZU QILGAN EDI? XALQIMIZ…» so'zlari yozib qo'yilgan edi.

Xursand bo'ldim. «Shogirding bo'lsa shunday bo'lsada, o'lib ketganingdan keyin xam seni esidan chiqarmasa», deb xursand bo'lib masjid ichkarisiga qarab yurdim. Kirishim bilan Asr namoziga azon chaqirildi. Asrni jamoat bilan birga o'qidik. Keyin shu erdan o'tganlarni ruhiga Qur'on tilovati o'qildi. “Inna a'toynakal kavsar, fasolli li Robbika vanhar, inna shaniyaka HUVAL ABTAR” juda qisqa sura o'qildiku, lekin juda zamon va makonga rosa mosidan bo'ldi, SUBXANOLLOX. Chindan ham Rosulullohni yomon ko'rganni, u kishiga va dinga xiyonat qilganni dumi qirqilgani va ortidan zurriyoti qolmaganligini ko'rdik.

Tilovatdan keyin imom duoga qo'l ochdi. Ovozi juda tanish, jamoat kattaligi uchun kimligini ko'rishni ilojisi yo'q. KIM EKAN-A?

“Birodarlar shukr qilishimiz kerak. Shu tinchligimizga, musaffo osmonimizga marhum yurtboshimizni ruhlariga atab duolar qilishimiz kerak, lo xovlo………” vaayy ml…, birdaniga tok urgandek bo'ldi. Tanidim. Komada emasmidi? Yoki tush ko'ryapmanmi? O'rnimdan turib qaradim, taniy olmadim. Lekin ovoz o'sha, yomonga o'lim yo'q degan gap to'g'ri ekan-da…

Namozni ado qilib bo'lib “keldim-keldim, bir-yo'la «Oq saroyni» orqa tomonini xam aylanib ketay, shu bilan yana qachon Toshkentga kelaman”, deb orqa hovliga chiqdim. Orqa tomonda juda katta, daraxtlari juda ko'p, shinam, salqin bog' bor ekan. Bog' to'la yosh bolalar yugurib, o'ynab yurishibdi. Yaqindagina binoni old tomonida savlat to'kib turgan birinchi prezidentimizni haykallarini yuzini erga qaratib yotqizib qo'yishibdi. Axir bu juda «noinsoflik-ku?!», ko'rib rahmim keldi. Bu holatni sababini bilish uchun bog' qorovulini axtarib topdim. Qorovul yaxshi bir musulmon yigit ekan. Qo'lida katta bir qop. Qop to'la televizorda reklama qilayotgan «LALAKU» degan pampers. Bog'dagi 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarni quvlab yuribdi. «Mana bundan bittadan kiyib ol, padar la'natlar, bekorga, puli kerak emas» deb. Zo'rg'a to'xtatdim.

“Ey birodar, nima gap, nimaga birinchi prezidentimizni haykallarini tik qilib qo'ymadinglar? Nimaga hech yo'q muborak yuzlarini osmonga qaratib qo'ymasdan yuz tuban qilib yotqizib qo'ydilaring? Bu g'irt nonko'rlik-ku? shunga loyiqmidi bizni prezidentimiz”, deb savolga tutdim.

U kishi, ya'ni qorovul: “Davlat xodimlari kelib, haykalni old tomondan orqaga olib o'tib, shu erga qo'yishdi-yu, indamay ketishdi. «Hech bo'lmasa tikka qilib ketinglar» desak, “uning uchun transport kerak, transportga davlat tomonidan pul ajratilmadi, yuqoridan «bekorchi narsalarga pul sarflamanglar», degan buyruq bo'lgan emish, keyin qolaversa mamlakatni yiqitgan odam, yiqilib yotishga loyiq”, deb ustimizdan kulib ketib yuborishdi. “Hammasini qamash kerak, o'sha paytda qo'llaganlarni ham hammasini qamash kerak (c)” (mana shu gaplar ham juda tanish eshitildi. Pampers, bu gaplar, lalaku… Bir nimalarni yodga soldi. Eslay olmadim).

Ular qo'yib ketganda yurtboshimni muborak yuzlari musaffo osmonimizga qaragan edi. Bebosh bolalar yuzlariga kichigi qolib, kattasigacha qilib yuborishibdi (Masjidlar nimaga bolalar qaytarilayotganini sababini haykalga qarab angladim). Keyin Imom domlamiz insonni yuzi aziz, yuzlarini erga qaratib qo'yaylik deyishdi, ikkovimiz rosa harakat qildik. Kuchimiz etmadi. Keyin imom domlamizga davlat tomonidan sovg'a qilingan eshaklari bor edi. Shu eshakka bog'lab tortib bir balo qilib yuzlarini erga qaratdik. Endi bu beadablar boshlaridan… bechora yurtboshim «Marrani keng olinglar, bolalarim», degan edilar. Shunga munosibmidilar”, deb ho'ngrab yig'llab yubordi bechora.

– Eshak qani? eshak ko'rinmaydiku masjidda, desam u kishi:

– E-e, nimasini aytasiz. Eshak bir chiroyli og'irimizni engil qilib yurgandi. Nima bo'ldiyu, shu ovqatini kuchaytirvordik, shekilli. Bog'ga aylangani kelgan sal chiroyli juvonni ko'rsa, tepa tishini ko'rsatib, turgan joyida juft oyoq sakrab, hangraydigan odat chiqarib oldi. U qiliqlariga chidadik.

Oxirgi marta bir ayol eshagimiz ustidan shikoyat qilib keldi. Ana undan keyin Domla juda bezor bo'lib, haydab yubordilar. Bechora ketgisi kelmay, rosa shu atrofda yurdi. Ayniqsa kiraverishdagi kameraga qarab rosa hangradi “domlajon, yolg'on, axir u yolg'on-ku, axir men…” deb rosa yalindi-da. Lekin domla kechirmadilar, keyin araz qildi, shekilli, kitoblarini yuklab ketib yubordi. Shu ketganicha yo'q. Qaerda bo'lsa xam tinch bo'lsin-da.”

Qorovulni gaplarini eshitib bo'lib, haykal tomonga qarab yurdim. Shu ishlar bilan bo'lib, shom vaqti kirganini xam sezmay qolibman. Shu tobda kichkinasi qistab, chiday olmay qoldim. Ko'zim alang-jalang, xilvat joy izlayman. Hamma joy yop-yorug'. Eng xilvat, qorong'u joy haykal oborib tashlangan joy ekan. Sekin borib haykalni bosh tomoniga o'tib, endi ishni bajaraman deb tursam, Imom baqirib qoldi “hoy vatangado, endi bolalar qolib, senlar xam bunday ishlarni qilyabsanmi? Navoiyni o'qimagan iflos” – deb turib, menga otish uchun erdan toshni oldi. Otaman deb qo'lini ko'tardi-yu, TIM… TIM… deb, chap ko'kragini ushlab erga yiqildi. Mana endi bildim nimaga komaga tushganini. (Hammalaring soatni orqasidan deb yuribsizlar.)

«Tezroq bu erdan surish kerak», deb endi qochmoqchi bo'lib tursam… o'g'lim «dada, turing, saharlik qilib oling», deb xayolni to'zg'itib yubordi.

Xayol xam shunaqa uzoq va yoqimli buladimi-a?

Iltimos, meni malomat qilmanglar, xayol surishga haqim bordir?

P.S: Lekin «Oq saroy»ni o'rni haqiqatda xam rosa masjid bop joy.

Duo qilib turinglar…

Sayyid Islom

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort