O’zbekiston Xalq Harakati

Erk degan pallada bo'g'ilgan elim

Erk degan pallada bo'g'ilgan elim
07 Haziran 2018 - 10:32 'da yuklandi va 569 marta o'qildi.

 

 

 

Itlar ishshayadi, maymunlar kular
Sichqonning ini ham bir chaqa bo'ldi
Yuztuban ag'anab saltanat qular
Omad kalitlari voh taqa bo'ldi

Vooh sodda elima, nodon elima
Isriq mol tishiga sig'ingan elim
Oq oltin dardida ming bor egilib
Talanmoqlik uchun yig'ingan elim

Bechora o'zbegim, sodda millatim
Bolasi dalada tug'ulgan elim
Tamom jaholatga ketganding botib
Erk degan pallada bo'g'ilgan elim

Ko'zing yig'lamadi joning yig'ladi
Ammo sen boshingni baland ko'tarding
Ozod yuraginga erklar sig'madi
Zavol bilmas elim ne edi darding

Bir kosa yovg'onga to'yding-u ammo
Qadringa yig'lading sassiz nolakor
Shunga ham chidolmay zolimlar ey voh
Bir boshdan boshladi qatliom shikor

Yana hamma ayb senga qo'yildi
O'zni oqlashdan ham qo'rqding, oh nega?
Bobongni otishdi otang so'yildi
Tahoratsiz kaslar yurtinga ega

Mana o'tib ketdi hammasi shukur
Shunchasini yozdim qog'ozga o'rab
Kerak bo'lsa o'zni olovlarga ur
Endi bu yog'iga xaqingni so'ra

Raftor Mansur

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort