O’zbekiston Xalq Harakati

Tog' fathiga etmadi qurbim…

Tog' fathiga etmadi qurbim…
10 Haziran 2018 - 6:00 'da yuklandi va 434 marta o'qildi.

Matnazar ABDULHAKIM

TANLANGAN ASARLAR
1 – jild

 

«Men tog'larga yuksalmoqchi edim,
Ko'ray deb tosh jilolarini.
Osmono'par cho'qqilaridan
Olmoq bo'lib tillolarini.
G'amgin-g'amgin qaytdim vodiyga.
Dol bukchayib, yoydek egilib.
Bosh ustimga egildi falak
Yangi tuqqan oydek egilib
Tog' fathiga etmadi qurbim.
Qilsam hamki jonimni fido.
Nadomatdan boshim changallab
Faryod chekib tortdim bir nido.
Va u tog'da boshlandi ko'chki,
Qoshlarimga toshlar keldilar.
Goh tahlika, gohi hayratdan
Ko'zlarimga yoshlar keldilar.
Yo na oltin edi u toshlar,
Yo na edi u toshlar yoqut.
Yoki na-da marmar edilar,
Na oddiy tosh edilar yoxud.
Kelmasdilar la'ldayin ko'chib,
Kelmasdilar zardayin ko'chib,
Kelardilar momiqday ko'chib
Kelardilar pardayin ko'chib.
Har toshda men ming bitik ko'rdim.
Vodiy uzra bo'ldi havo dim.
O'qimasam, armonlar bo'g'di,
O'qiy desam, yo'kdir savodim.
Zir titradi mijjalarda yosh,
Bitik bilmas ko'zlar ko'chkisi.
Osmono'par tog'dek o'kinchdan
Tushib keldi so'zlar ko'chkisi.
Endi uzr so'rash ortiqcha,
Gunohlari uchun, zotan, man
Shaxsan tog'ning o'zi toshbo'ron
Qilgan odamman…»

* * *

«Yosh chog'imda torlarim aro
Mudom quvnoq un edi mening.
Sochlarim tim qora tun edi,
Soqolim ham tun edi mening.
Yal-yal yonib ochilgan har gul
Ko'ksimda ming gulxan yoqardi.
Endi bo'lsa sochlarimda ham
Soqolimda tonglar oqardi.
Bu tonglarning savdosi yomon,
Otmagaylar bu tonglar tekin.
Evaziga umrim quyoshi
Botib-botib bormoqda sekin».

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort