O’zbekiston Xalq Harakati

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo'lgan qochqin vatanga kiritilmadi

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo'lgan qochqin vatanga kiritilmadi
09 Haziran 2018 - 16:36 'da yuklandi va 918 marta o'qildi.

O'zbekistonga qaytmoqchi bo'lgan 58 yoshli shvetsiyalik o'zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O'zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan qaytarildi. Stokgol'mga qaytib kelgan Qurbonov voqea tafsilotlari yuzasidan «Eltuz» muxbiriga interv'yu berdi.

«Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig'i bo'ldi. «Qo'li qonga botmagan bo'lsa kelsin, ota-enasini oldiga kelib yashayversin» degan gaplari menga turki bo'ldi», deydi Qurbonov.

Biroq, Toshkent aeroportida bor yo'g'i ikki soat bo'lgan huquq faoli Stokgol'mga vatandoshligi yo'q shaxsga aylanib qaytdi.

«Shamsiddinov degan leytenant bitta pechat bilan meni O'zbekiston vatandoshligidan mahrum qildi», deydi u.

Qurbonovga prezident farmoniga ko'ra, besh yil ichida O'zbekistonda bo'lmaganligi bois vatandoshlikni yo'qotganligini ma'lum qilishgan.

«O'sha kelgan samolyotimga o'tqazib qaytarib Shvetsiyaga jo'natishdi», deydi huquq faoli.

Qurbonov 2006 yili Shvetsiyadan boshpana so'ragan, biroq shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan edi.

Shu yilning 4 dekabrida Stokgol'mda uchrashuv o'tkazib o'zbek qochqinlarini vatanga qaytishga da'vat etgan O'zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vatanga qaytishga ahd qiladi.

Biroq Muhiddin Qurbonovning Toshkent aeroportida vatandoshlikdan mahrum qilinib Shvetsiyaga qaytib kelishi O'zbekistondagi «kirdi-chiqdi» muammosi eskicha qolayotganini ko'rsatmoqda.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Fazliddin Yokub ;

    Mana sizga hakikat …

    09/06/2018 18:24
istanbul escort