O’zbekiston Xalq Harakati

Islomda ayol

Islomda ayol
10 Haziran 2018 - 11:52 'da yuklandi va 733 marta o'qildi.

ISLOMDA AYoL

Savol: «Islom ayollarga huquq bermaydi, ularga ikkinchi darajali insonlar sifatida muomala qiladi», degan gap to'g'rimi?

Javob: 1. Bu gap Islomiy ta'limotlardan va musulmonlar hayotidan bexabar, Islom dushmanlarining kitoblaridan ma'lumot olgan kishilar gapidir.

2. Islom ayol u yoqda tursin, hayvonlarning haqlarini ham himoya qiladi. Ularni besabab azoblash, toqatidan tashqari ishlarni qildirish sababli oxiratda jazo beriladi. Islomda hayvonga zulm qilish ham man qilingan.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam ansorlardan birining bog'iga keldi. U erda bir tuya bor edi. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko'rib ingradi va ko'zlaridan yosh to'kdi. Payg'ambarimiz tuyaga yaqinlashib, uning o'rkachi va quloq orqasini siladi. Tuya tinchlandi. Keyin: «Tuya kimniki?» – deb so'radi. Ansordan bir yigit: «Meniki”, -dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Alloh senga omonat qilib bergan bu tuya borasida Allohdan qo'rqmaysanmi? Bu tuya och qoldirganingni va juda charchatganingni menga shikoyat qildi», – dedi («Riyozus-solihin»dan).

3. Islomning ayolga bergan huquqlarini bilishdan avval Islom kelishidan oldin dunyodagi ayollarning mavqei hamda g'arbdagi ayolning 150-200 yil oldingi holatini bilib olish lozim. Islom kelishigacha ayolga deyarli butun qavm va millatlarda eng past bir maxluq kabi qaralar, u zalil va haqir bir asir holatida edi.
Avvalgi hind huquqida ayolning nikoh, meros va boshqa ko'p huquqlari yo'q edi. «Ayol murdor moyilli, mizoji zaif va yomon axloqli», degan e'tiqod hukmron edi. Buddizmning asoschisi Budda dastlab ayollarni diniga umuman qabul qilmagan.

Isroil huquqiga ko'ra, qizlar hatto otalarining uyida ham xizmatchi kabi yashar, otasi uni sotishi ham mumkin edi. Qizlar boshqa biron voris bo'lmasagina meros olishga haqli edilar.

Eronda Sosoniylar davrida kishining o'z singlisi, qiziga uylanishiga ruxsat berilgan edi. Hatto bunga tashviq qilinardi. Opa-singillik va onalik rishtalarining biron e'tibori yo'q edi. Evropada ayolning va erkakning o'z jinsdoshiga qonun yo'li bilan uylanishiga ruxsat berilishi, diyonatli va vijdonli har bir insonni larzaga soladi. Amerikada ba'zi ayollar itga ham turmushga chiqmokda va buni oshkora namoyish qilishmokda.

Qadimgi Yunon va Rumda ayollar shaxsiyat va huquqqa ega emasdi. Faylasuf Aflotun fikriga ko'ra, ayol mushtarak mol kabi qo'ldan-qo'lga o'tishi kerak.

Xitoyda ayol inson hisoblanmasdi, hatto unga ism ham qo'yilmasdi.

Angliyada milodiy V asrdan XI asrgacha er xotinini sotishi mumkin edi. Birinchi gunoh qilinishiga va insoniyatning halokatiga sababchi Havvo onamiz deb ishongan nasroniylar ayolga doim «shayton» nazari bilan qarashardi. Ayol murdor maxluq hisoblanib, Injilni qo'liga ololmas edi. Bu hukm qirol Genri VIII (1509-1547) davrida parlament qarori bilan to'xtatildi. Shu qarorga ko'ra ayollarga Injil o'qishga ruxsat berildi.

Evropada XIX asrgacha ayolning ruhi bormi-yo'qmi, degan bahslar bo'lib turar edi. Rum va Yunonda ba'zi ayollar ayrim xususiyatlar va imtiyozlarga ega bo'lgan esalar-da, bu faqat poytaxt va muayyan shaxslar doirasi bilan cheklangan edi. Xulosa, Evropada ayollarning bunday tuban darajadagi holati sanoat inqilobigacha davom etdi. Bu inqilob sababli xotinlar va bolalar ham ishlay boshlashdi. Oilaviy rishtalar zaiflashib, hayot nizomi buzildi.

Birinchi jahon urushida Evropa va Amerika yoshlaridan 10 millionga yaqini halok bo'ldi. Ayol bola-chaqasini boqish uchun ishlashga majbur edi. Erkakka nisbatan ularga maosh kam to'lanardi. Bu qiyin holatdan foydalanib, sarmoyadorlar o'zlarining iflos hoyu havaslarini qondirishga harakat qilardilar. Ularni to'xtatuvchi biron mone yo'q edi. Ayol butun kuchini, nomusini qurbon qilishiga qaramay, erkak bilan teng maosh olish huquqiga erisholmadi. Lekin shu maqsadga etishga jiddiy harakat qila boshladi. Majlislar, chiqishlar tashkil qilib, maqolalar yozdi. Keyin siyosiy huquqqa ega bo'lishga harakat qildi. Avval saylov huquqini, keyin vakil qilish huquqini talab etdi. Bu Evropada ayolning o'z huquqi uchun mujodalasi tarixidir.

Komunist davlatlarda holat bundan ham yomonroq edi. Yaratilishdan nozik bo'lgan ayollar ertayu kech zavod, fabrika va dalalarda ishlashardi. Er bir zavodda, xotin boshqa zavodda, bola esa umumiy tarbiya uylarida. Uchalasining jam bo'lishi bir muammo. Er uyga kelsa, xotin yo'q, xotin kelsa, er yo'q. Oshxona umumiy, xojatxona umumiy. Shaxsiy mulk yo'q. Hayotdan maqsad ham yo'q. Qul hayoti. Robotdan farqi qolmagan ayol qaysi baxtdan gapirsin?! Ayolni ishlatishdan maqsad nima? Uymi, molu mulkmi? Bular kommunizmda mavjud emas-ku. Hamma narsa mushtarak.

4. Islom kelishidan oldingi holatni ham, hozirgi XXI asr johiliyatini ham tasavvur qilgach, endi Islomning ayolga bergan haqlaridan gapirsak bo'ladi.

Ayollarni asrlar bo'yi qiynab, ezib kelayotgan zolim qo'llarni Islom havoda ushlab qoldi. Butun mazlumlar bilan birga bu tutqunlarni ham qutqardi. Islom ayolning asrlar davomida qiynalgan nozik badanini «iffat timsoli» deya ipaklarga o'radi. Erkaklarning qo'llaridan oltin, javharlarni olib, ayollarga takdi. Zolim qo'llar tortgan sochlarini avaylab, ro'molga o'radi. Keyin erkaklarga:

«Ayollarga yaxshi muomala qilinglar» (Niso, 19), — deb buyurdi. Bu inqilobni keltirgan Muhammad sallallohu alayhi vasallam ham: «Sizlarning eng yaxshilaringiz ayoliga eng yaxshi bo'lganingizdir», — deya murojaat qildi (Imom Termiziydan). Chekkan iztiroblarining, to'kkan ko'z yoshlarining mukofotini «Jannat onalar oyog'i ostidadir» hadisi bilan mujdalangan ayol baxtu saodatni Islomda topdi. Payg'ambarimizdan so'rashdi:

Kimga yaxshilik qilay?

Onangga, — deb javob berdi.

Keyin kimga?

Onangga.

Keyin kimga?

Yana onangga.

Keyin kimga?

Otangga, – dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.

(davomi bor)

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort