O’zbekiston Xalq Harakati

Sayyohga

Sayyohga
11 Haziran 2018 - 6:00 'da yuklandi va 463 marta o'qildi.

«ShAFFOF UY» KITOBIDAN

 

SAYYoHGA

1
To'rt ufqqa qara –
O'zbekiston, O'zbekiston, O'zbekiston, O'zbekiston.
Atrof dala, dala, dala, dala.
Dalada – paxta, paxta, paxta, paxta…
Endi bir zum nafas rostlab ol.

2
Quyosh chiqar… To'rt oyog'in kerib er uzra,
Maysadagi shabnamlarni yalab oladi.
Podachi vaqt oldida u sigirday so'ngra
Keng yaylovga – moviylikka o'rlab qoladi.

 O, naqadar to'yimlidir moviy maysalar,
Engashadi kechqurun u suvga harsillab.
Tushib olar daryoga qoq beliga qadar,
Suv ichadi, elinlari ketar lorsillab…
Ko'rdingmi sen uni? Do'stim, tongni kut,
Tongda sut buladi! Bir osmon sut!

3
Mana, O'zbekiston
Millionlab tonna
Oppok kuzagini taroziga qo'ydi.
Endi, mashinalar
Garajga kirib,
Mudrasa bo'ladi may qo'ng'iziday.
Endi, arziydi Er
Ortga o'girilib –
O'ziga o'ranib, bir zum ko'z yumsa.
Endi, ayni payti,
Sharaf o'qisak,
Xurrak otayotgan dehqon sha'niga…

4
Qiyin.
Nima desam ekan…
Yig'lasam – ko'z yoshga ajablanmaysan.
Kulasan – ovozing eshitilmas.
Sevasan, lekin xat yozmaysan Unga.
Vujudingda og'riq.
Orolga o'xshagan bir og'riq.
O'sha orol – Vatandir sen yashayotgan.

5
U zarur odamga.
Ayniqsa, qaygadir jo'nayotgan bo'lsang.
Xayrlashib,
Xo'rsinishga kerakdir Vatan.
U kerak bo'ladi
Nenidir o'rtanib sog'inging kelsa,
Uzoqda Vataning bo'lsa yig'laysan.
Senga Vatan kerak
Qaytishing uchun –
Quvonchdan
Yuraging «paqqa» yorilib,
O'lishingga kerak hech bo'lmaganda.
So'ra, uni!
Kerak bo'ladi.

1973

 

(192)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (118-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort