O’zbekiston Xalq Harakati

Tiz cho'kishga g'urur yo'l qo'ymas…

Tiz cho'kishga g'urur yo'l qo'ymas…
12 Haziran 2018 - 6:00 'da yuklandi va 667 marta o'qildi.

Matnazar ABDULHAKIM

TANLANGAN ASARLAR
1 – jild

«Ko'p og'irdir mening gunohim,
Yo'q, beparvo qayrilib ketma.
Afv etib sen mening jonimga
Ko'p ayovsiz bir zulm etma.
Mislsiz ayb etdim qoshingda,
Buzib qo'yib yurak ahdini.
Muyassar qil endi boshimga
Qattiq jazo tortmoq baxtini.
Tiz cho'kishga g'urur yo'l qo'ymas.
Tiz cho'kishga etmaydi kuchim…
Kechirilmoq kabi dahshatli
Jazo yo'qdir endi men uchun».

* * *

«Gullar qo'rqa-pisa ochilar,
Bag'ri dog'lar, bag'ri kuyuklar.
Ular — borib turgan beozor,
Ular — go'yo yuvvosh kiyiklar.

Atrof jim-jit, tevarak tim-tirs,
Chaman ichra yutgan nolasin,
Kezinadi muattar nozbo'y —
Hurkovuch kiyikning bolasi.
Shamol — qashqir keladi hozir,
Ko'rinmasdan, og'zini ochib,
Tishlab olib, ko'tarar ketar
Kiyikchaning qonini sochib…»

* * *

«Mening uyim juda muhtasham,
Sening uying juda ham vayron.
Sen uyimga hayron boqasan,
Men bo'yingga boqaman hayron.
Yoshlikdan zo'r hashamat yo'qdir,
Kelajakka, oh, volidasan.
Men uyingning ahvolidaman,
Sen uyimning ahvolidasan».

* * *

«Dilga nechuk orom yor bo'lsin,
Nechuk unga jo bo'lsin tinim.
Men qovunga pichoq urganda
Rahmi kelib yig'lar xotinim.
Shunday ko'ngilchan bir xotinga
Ming faryod chektirdim. Ming nola.
Qovun so'yish holva… tug'dirdim
Shu xotinga bir etak bola».

 

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort