O’zbekiston Xalq Harakati

Ko'p qiziq, ko'p g'alati bu Shoh…

Ko'p qiziq, ko'p g'alati bu Shoh…
14 Haziran 2018 - 6:00 'da yuklandi va 714 marta o'qildi.

Matnazar ABDULHAKIM

TANLANGAN ASARLAR
1 – jild

 

«Bu podshohning qiliqlarini
Qattiq qiyin qilmaslik insho.
Etgan ishi telba-teskari,
Ko'p qiziq, ko'p g'alati bu Shoh.
O'ng qo'l vazir bilan ishi yo'q.
O'zga bir mayl, o'zga ta'sirda.
Fikri-zikri, o'y-e'tibori
Kallavaram chap qo'l vazirda.
Shohimizning bu nuqsonini
Agarchi men qilmoqdaman qayd,
Bu ayb uchun shohni ayblamang
Chunki… Shohning o'zi chapaqay».

* * *

«Bu qofiya ko'p go'zal edi,
Poklik bilan ko'zim yoshladi.
So'ng taltayib ketdiyu, afsus,
She'rdan she'rga o'ta boshladi.
Binoyidek edi es-hushi,
Fikr bilan kelgach quyilib,
Sahifadan sahifaga u
Boraverdi kam-kam suyulib.
Kechish ham ko'-o'p qiyindir… biroq,
Kechmay ham bo'lmaydi ahmoqdan.
Yo'qsa… kitobimning so'ngida
Nom-nishon qolmaydi axlokdan».

* * *

«Guldiragan qahqahang bilan
Larza solib osmon-falakka
Otangni hajv qilganing to'g'ri,
To'g'ridir qilganing kalaka.
Agar chindan aqli bo'lsaydi,
Bo'lsa edi farosat-fahmi,
Tug'dirmagan bo'lardi aslo
Onangga sendayin ablahni».

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort