O’zbekiston Xalq Harakati

Sodiq Safoev Karimovning terrorga qarshi kurashi o'zini oqlamaganini tan oldi

Sodiq Safoev Karimovning terrorga qarshi kurashi o'zini oqlamaganini tan oldi
12 Haziran 2018 - 21:22 'da yuklandi va 744 marta o'qildi.

Terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatish o'zini oqlamadi.

O'zbekiston Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev ana shunday bayonot bergan.

11 iyun' kuni Toshkentda o'tgan xalqaro anjumanda gapirgan Safoevga ko'ra, yoshlarning terrorchilik guruhlari ta'siriga tushishishining asosiy sabablari ta'lim muammosi hamda internetdagi targ'ibotlardir.

Senatorning so'zlariga ko'ra, radikal ekstremistik guruhlar a'zolarining katta qismini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi.

“Agar 2000-yillar boshida terrorchi tashkilotlarga qo'shilgan evropaliklarning o'rtacha yoshi 28 ni tashkil etgan bo'lsa, bugunga kelib – 20 yoshni tashkil qilmoqda”,- deya Sodiq Safoevning so'zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.uz nashri.

U Markaziy Osiyo davlatlarini yoshlar orasida ekstremizm mafkurasining yoyilishidan ogohlantirish bo'yicha preventiv choralar ustida birgalikda ishlashga chaqirgan.

Farqli yondashuv

O'zbekiston o'tmishda ekstremizm va terrorizmga qarshi asosan kuch ishlatish yo'li bilan kurashib kelgan.

Inson haqlari tashkilotlari marhum Karimov hukumatini terrorga qarshi kurashdan repressiyalarni oqlash yo'lida foydalanishda ayblaganlar.

Mirziyoev hokimiyatga kelganidan buyon 18 ming odam o'zbek huquq-tartibot idoralarining qora ro'yxatidan chiqarilgan.

Prezident Mirziyoev terrorizmga qarshi faqat kuch bilan kurashib bo'lmasligini aytgan.

O'tgan yil martida Qozog'iston matbuotiga bergan interv'yusida Mirziyoev mintaqaviy xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurash borasidagi farqli yondashuvini bayon qilgan.

Uning aytishicha, xavfsizlik choralari iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash uchun muhim.

Ammo ayni paytda faqat kuch bilangina barqarorlik o'rnatib bo'lmaydi.

“Terrorchilik va radikallashuvga qarshi kurash faqat xavfsizlik choralarinigina emas, balki barqaror iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik va odamlarning ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ham o'z ichiga olishi zarur”, – deb aytgan Shavkat Mirziyoev.

U qo'shni Afg'onistonda tinchlikka erishish uchun avvalo iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash zarurligini ta'kidlagan va butun mintaqa davlatlarini ayni jarayonda ishtirok etishga da'vat qilgan.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort