O’zbekiston Xalq Harakati

“To'yni to'xtatish o'rniga dunyoqarashingni o'zgartir!”

“To'yni to'xtatish o'rniga dunyoqarashingni o'zgartir!”
13 Haziran 2018 - 12:26 'da yuklandi va 779 marta o'qildi.

Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi norozilikka sabab bo'lgan mansabdor amali Prezident Mirziyoev tanqidiga ham sabab bo'ldi.

O'zbekistonda “Kamolot” jamg'armasi o'rniga tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqining rahbari Qahramon Quronboevning to'y kortejini to'xtatib, kelin-kuyovni taksiga o'tirg'izib yuborgani haqidagi audiosi tarqaldi.

Qahramon Quronboevning ushbu ishi yuzasidan boshlangan muhokama Yoshlar Ittifoqining naqadar mamlakat yoshlarining og'irini engil qilayotgan tashkilotga aylangani haqidagi bahslarga ham etakladi.

Nomi o'zgargani bilan YoI eski “Kamolot”dan farq qilmasligi, o'tkazilayotgan tadbirlar O'zbekiston yoshlarining muammosini hal qilishga yordam berishdan ko'ra ko'proq “bajarilgan ishlar haqida hisobot berish” taassurotini uyg'otishi aytildi.

Xususan, eng oxirgi xabarlardan biri, Buxoro viloyatida 1-2 so'm pul topish maqsadida ko'chaga chiqqan mardikorlarni futbol o'ynatib, g'olibga 1 baklashka yog' sovg'a qilingani haqidagi yangilik bo'ldi.

12 iyun' kuni Farg'onada videoselektor yig'ilishi o'tkazgan Prezident Shavkat Mirziyoev Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboevning to'y kortejini to'xtatganini tanqid qilgan.

Oltiariq tumanida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidan iqtibos keltirgan ommaviy axborot vositalariga ko'ra, Prezident Mirziyoev, jumladan, shunday degan:

“Balandparvoz gaplar, to'ylarni yo'lda to'xtatish menga kerak emas. To'ylarni yo'lda to'xtatgandan ko'ra, senga o'xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o'zgartiringlar. Men to'y masalasini, u bir yilda bo'lmaydi, nima uchun cho'zyapman, muhit paydo bo'lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to'yni to'xtatish, bu Prezidentga xiyonat.”

2017 yili avgustida Prezident Shavkat Mirziyoev to'ylarda paydo bo'layotgan yangi-yangi urf-odatlarni tanqid qilgan, turli dabdabalarni “10 foiz odam o'ylab topayotgani”ni aytgan.

Odamlar aynan to'y dabdabasini qilaman, deb qarzga botayapti, insul't bo'layapti, degan Prezident Mirziyoev.

O'sha majlisda Prezident Toshkent shahar hokimi va Yoshlar Ittifoqi rahbariga to'ylarni ixchamlashtirish bo'yicha topshiriqlar bergan.

Biroq oradan bir necha kun o'tib o'sha paytdagi Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonovni Prezidentning to'ylar haqidagi so'zlarini noto'g'ri talqin qilgani uchun tanqid qilgan.

“Bitta gap aytgandim, shahar hokimi keyingi kuni shahardagi hamma restoranni yoptiribdi. Bu menga qilgan do'stligimi? “Mirziyoev aytdi, hammayoqni yopish kerak, to'y bo'lmaydi” dermish. Avval tizim qil, tartib qil. Yoningga kallasi ishlaydigan odamlarni yig'sang bo'lmaydimi? Odamlar og'zida gap yuribdi. “Nima emish, Mirziyoev to'yni yopish kerak, deganmish”.

Men to'yxonalarni yopish kerak demadim, to'ylarni tartibga keltirish kerak dedim”, deya Mirziyoev gaplaridan iqtibos keltirgan kun.uz nashri.

2018 yil martida O'zbekistonda to'ylarni tartibga solish maqsadidagi yangi hujjat xalq muhokamasiga qo'yildi.

Parlament qarori loyihasi “To'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida” deb nomlandi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort