O’zbekiston Xalq Harakati

Anvar qori: Karimov jasadini rayhonga burkagan imom

Anvar qori: Karimov jasadini rayhonga burkagan imom
13 Haziran 2018 - 12:31 'da yuklandi va 1140 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov 13 iyun' tongida olamdan o'tgan.

59 yoshli Anvar qorining vafot etganini Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati kun.uz nashiriga tasdiqlagan.

Anvar qori Tursunov aprel' oyining ilk kunlarida mikroinsul'tni boshidan kechirgani va shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Diniy idora uning o'rniga Toshkent shahar bosh imom xatibi vazifasini bajaruvchi tayinlagan.

9 iyun' kuni Sog'liqni saqlash vazirligi ulamoning vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan xabarlarni rad etgandi.

Suiqasddan omon qolgan ulamo

Anvar qori Tursunov 2009 yil 31 iyulida suiqasddan omon qolgan, noma'lum shaxslar tomonidan pichoqlanishi oqibatida og'ir tan jarohati olgandi.

Rasmiy ulamoga suiqasd urinishi hamda Ichki ishlar vazirligi mulozimi Hasan Asadovni o'ldirishga aloqadorlikda ayblangan 14 shaxs 2010 yil bahorida uzoq yillik qamoq jazolariga mahkum etilgan.

O'zbekiston rasmiylari hodisani terrorchilik amali deb atashgan.

O'tgan yili birinchi marta suiqasd hodisasini sharhlagan Anvar qori o'ziga qasd qilganlar allaqachon “Olloh Taolo tomonidan jazolangani”ni aytgan.

Anvar qori Tursunov ularni “johillar” deb atagan.

Karimov jasadini rayhonga burkagan imom

Anvar qori marhum Islom Karimov davrida rasmiy Islomni namoyon qilgan ziddiyatli din ulamosi sifatida bilinadi.

Islom Karimov jamg'armasining rasmiy sahifasida Anvar qorining vafoti munosabati bilan maxsus maqola e'lon qilindi.

Unda Islom Karimov Anvar qori Tursunovga “alohida mehr qo'ygani” ta'kidlanadi.

Maqolada aytilishicha, Karimov vafot etganda Anvar qori uning mayyitini “rayhonlarga burkagan va qorilar bilan tongga qadar Qur'on o'qib chiqqan”.

Islom Karimov jamg'armasiga ko'ra, “imom-xatib keyinchalik Islom Karimovning yuzlarida tabassum zuhur etgani, yuvish chog'ida esa qoshlari qalinlashib, yuzlari yorishib ketganini so'zlab bergan”.

Marhumning janozasi o'zi imomlik qilgan “Minor” masjidida o'qilishi aytilmoqda.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort