O’zbekiston Xalq Harakati

Musiqa sendan boshlanadi…

Musiqa sendan boshlanadi…
18 Haziran 2018 - 22:42 'da yuklandi va 531 marta o'qildi.

“Qo'lingni qo'liga berma, Gul tutsa bo'lmagin xursand…”. Kitob varaqlanadi, varaqlangan kabi yurak. Beixtiyor xotira o'chog'iga o't qalab, bir ismga takror duch kelaveraman, ko'zimni yumaman, ko'rmay deyman-u ixtiyorsiz ko'yda bu istakning aksini qilaman. Baxtiyor lahzalarning qadrini kech anglagan aqlning tushuniksiz tovushi sukutni qirqadi.

Endi bu sukutdan xotirjamlik yasasa bo'ladi.

Yasay oladigan odamni topsang bas.

Tarqoq o'ylarni jamlash mushkul ekanini besh qo'limdek bilaman. O'zimni aldayman, bu aldovga ishonganimdan zavqlanib kulaman, bu kulgu sening tabassumingni eslatadi.

Eshik ortida meni hayot kutib turibdi, uni atay kuttiraman.

Bu mashg'ulotni topib olganimdan beri men hayotdan shunday qasd olaman. “U sening qoshingda to'nka, Kel, mening yonimga o'ltir”… O'zimga o'zim o'qigan misralar odam shamoyiliga kirib qarshimda paydo bo'ladi.

Sen g'alati odamsan, deyman o'zimga o'zim.

Ro'paramdagi misralar – odamlarga esa parvo qilmaslikka tirishaman.

Dilafzo bir oqshomning sokin musiqasi bo'lib, borliqni unutaman, seni esa unutmayman.

Musiqa ichiga sen “do” nota bo'lib kirasan.

Qaydan paydo bo'lganing zarra qiziq emas, muhimi mening musiqam sendan boshlanadi…

Vaqtning yovuz soyasi yopirilib kela boshlaydi.

Bo'taqul Bolta

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort