O’zbekiston Xalq Harakati

Nuh Alayhissalom qissasi

Nuh Alayhissalom qissasi
05 Ekim 2018 - 9:00 'da yuklandi va 1719 marta o'qildi.

Nosiriddin Rabg'uziy

Nuh Nabiy Alayhissalom Qissasi

Nuh nabiy ibn Malik ibn Idrisdir. Onasining oti Shamxo binti Anursh edi. Nuhdan Odamga qadar o'n ota o'tdilar, hammalari musulmon bo'lgandilar. Asl ismi Yashkir edi, ko'p nola chekib yig'laganlari uchun nuh deb ataldi. Aytishlaricha, uning nolalariga sabab shu edi:

Kunlardan bir kun Iblis dedi:
— Ey Nuh, menga sherik qilding. Agar sheriklarim, qo'ldoshlarim, askarlarim yig'ilib kelsa, bu erga sig'mas edilar.
— Sherik qilganim nimadir? – so'radi Nuh.
— Sen duo qilganding, qavming halok bo'ldi. Hammalari jahannam ichra menga qo'ldosh bo'ldilar. Sabr qilganingda ba'zilari imon keltirardi, shu afzal edi, – dedi Iblis.
— Ey koshik, koshki sabr qilgan bo'lganimda ba'zilari musulmon bo'lardi, menga bunday ta'na tegmas edi, – Deya Nuh tunu kun nola qildi.

Hikoyat qilarlarki, Nuh alayhissalom Mashriqdan Mag'ribga barcha haloyiqqa payg'ambar edi. Bir qari (qo'l uchidan tirsakka bo'lgan o'lchov birligi) ham er odamlardan holi emas edi. Bir keksaning o'rnicha erdan uch yuz botmon bug'doy unardi, yuz botmon bug'doy esa bir yillik ochuqa bo'lardi. Yana Mashriqdan Mag'ribga qadar uylarning tomlari bir-biriga tutash Ediki, tomma-tom yuyursa bo'lardi. Er yuzida ziroat qiladigan er qolmagach, yilqilarga tuproq ortib, baland tog'lar ustiga yoyib dehqonlik qilardilar.

Hikoyatda kelurki, Mashriqdan Mag'ribgacha qaysi joga bo'lmasin tayoq tashlansa odamlarning boshiga tushardi. Nuh zamonidagichalik obodonlik qiyomatga qadar bo'lmas. O'sha paytda Ollohni bir deb biluvchilar bo'lmadi.

Aytishlaricha, bir qancha vaqt o'tgach, Jabroil alayhissalom payg'ambarlik olib kelganida Nuh aytdi:

— Olam juda kengdir, kofirlar bo'lsa haddan ziyod. Men qaerga borib, Ollohning birligini bildirayin?

— Ey Nuh, aytmoq sendan, eshitmoq mendan! Degan xitob keldi.

Shundan so'ng Nuh iymonga dvat qildi:

— Ollohning yagonaligiga iymon kekltiring, mening payg'ambarlarimga iqror bo'ling! – Bu da'vatni shamol Mashriqdan Mag'ribga qadar eltid.

Kofirlar Nuhni ura boshladilar. Shu qadar urdilarki, suyaklari sindi, siniq suyaklari teri ichidan behad darajada qaqshardi, chidash qiyin edi. Yotsa, kechasi bilan Olloh taolo unga shifo berur edi. Kun sayin Jabroil alayhissalom kelib: “Ey Nuh, borgil, kofirlarga aytgilki “La ilaha illallohu Nuhun rasulillohi” desinlar!” deb farmon keltirardi. U borib aytardi, ular bo'lsa urardilar.

Ilohi tunu kun sening farmoningni etkazdim, tinglamadilar. Ochiq aytdim, eshitmadilar, mahfiy aytdim, qabul qilmadilar (Oyat) “Ey Parvardigorim, men qavmimni kecha-yu kunduz da'vt qildim, lekin mening chaqirishim ularning nafratlarinigina ziyoda qildi”, -dedi Nuh.

Ellik kam ming yil da'vt qildi, sakson kishi iymon keltirib, musulmon bo'ldilar, yarmi erkaklar va yarmi xotinlar edi. Ulardan boshqa hech Kim musulmon bo'lmadi. Kun sayin mashaqqatlari ziyoda bo'ldi. Nuhning xotini ham kofir edi.

Bir kuni bir qariya o'g'lini etaklab, Nuhning qoshiga keldi. Qariya Nuhning yuziga tupurdi, haqorat qildi va o'g'liga vasiyat qildi:

— Bu Nuh telbadir. Otalarimiz buni so'zlarini eshitmadilar. Bugun men qanday ishni qilgan bo'lsam, bundan keyin sen ham shunday ishni qilgaysan.

Uning so'zini eshitib, qilmishini ko'rib, Nuhning umidi uzildi, ko'ngli og'ridi, duo qildi: “parvardigoro, er yuzida birorta kofirni qoldirmagin”. Shundan so'ng Olloh taolo qirq yilgacha yomg'ir yog'dirmadi, erdan o'simlik undirmadi, ayollar farzand tug'madilar, chorva hayvonlari halok bo'ldi, buloq va jilg'alar quridi.

Habarlarda keladiki, Avj ibn Unuq to'fonda halok bo'lmagandi. Negaki, u daryolardan emasdi. Dayyor – xotinlik, uy-joylik deganidir. Avjning esa uyi ham, xotini ham yo'q edi. Dengizlarning narigi yog'ida turardi, to'fon suvi uning tizzasiga ham kelmagandi.

Oradan vaqt o'tib Nuhga xitob keldi:
— Duoingni ijobit qildim. Borgil chinor daraxti ekkil!

Nuh daraxt ekdi, qirq yilda uch daraxt etildi. Daraxtni kesdi-yu, uni kerakli joyga keltira olmadi. Shunda Avjni chorladilaro, u daraxtni sudrab keltirdi. Jabroil Nuhga ta'lim berdi, daraxtni bolta Bilan chopdilar. O'rdakning suv ustida yurganini ko'rsatib, o'rgatdilar, unga o'xshatib kema yo'na boshladilar. Kofirlar buni ko'rib mashara qilar edilar: (Oyat)

— “Sen payg'ambar eding, endi duradgor bo'lib qolding!” Buni nima qilmoqchisan o'zi?!

— Kema qilyapman, unga minib, suv ustida suzarman,dedi Nuh ularning so'rog'iga javoban.

— Egar yo'narsanmu, avval eshak olgil! – deb yana kuldilar. (Oyat) “Qachon uning yonidan qavmning raislari o'tsa, uni masxara qilar edilar”.

— Nuh dedi: “Oyat” “Agar sizlar bizni masxara qilsalaringiz, bizlar ham sizlar kabi masxara qilamiz. Juda ham tezda bilasizlar (Kim haq ekanligini)”.

— To'fon va'dasi qachon bo'lur? – so'radi Nuh.

— Qachonki, tandiring ichidan suv chiqsa, balki azob kelgan turur, – degan xitob keldi.

Nuhning to'rt o'g'li bor edi: Som, Xom, Yofas va Kan'on ismlik. Uch o'g'li musulmon edi, Kan'on esa kofir edi.

Kema yo'ndilar – bo'yi uch yuz qari, eni ikki yuz qari edi. Ba'zilarning aytishlaricha, kema uzunligi ming ikki yuz qari, balanligi olti yuz qari, eni ham olti yuz qari edi (qari – bir tirsak uzunligicha). Bir yuz yigirma to'rt ming temir bog'lar qildilar. Har bir bog'ning ustida bir payg'ambarning oti bitilgandi. Iblis “Muhammad rasululloh” kalimasi bitilgan bog'ni o'g'irladi.

Nuh qancha qidirsa ham topolmadi. Jabroil kelib habar qildi, so'ngra “Bog'ni Nuhga bergil!” desa, “Olmadim!” deb qasam ichdi. Jabroilning achchig'i kelib, kema yog'ochini olib boshiga bir urgandi, boshi-ko'zi qonga bo'yaldi. Qo'rqqanidan bog'ni topib berdi.

Kema bitdi, u uch qavat edi (birinchi qavatida chorva hayvonlari, ikkinchisida Nuh qavmi Bilan, uchuinchisida qushu qurtlar joy olgandi). Kema birgach, Nuhning kofir xotini non pishirayotgan chog'da tandir ichidan suv chiqdi. U kelib Nuhga habar qildi. Nuh o'sha sakson kishi Bilan kemaga chiqdi. Shunda farmon keldi: (Oyat) “Mindir kemaga har xil jonivorlardan bir er va bir urg'ochisini va ahlingni ham. Yana o'g'lonlaringni ham chiqargil!”

— Iloho, uchadigan, chopqir jonivorlarni qanday qilib tutayin, – dedi Nuh.

Shundan so'ng olloh qudrati Bilan suv yuziga hamma jonivorlar yig'ildi, har biridan bir erkak, bir urg'ochini tutib, kemaga chiqardilar. O'g'li Kan'onni ham kemaga chiqarmoqchi bo'lgandi, yorlig' keldi: “Chiqarmagil, u kofirdir!”

— Iloho, ahlingni chiqargil, deb aytgan eding-ku? -so'radi Nuh.
— U sening ahlingdan emas! – degan xitob keldi.
— Ey kan'on, musulmon bo'lgil, kemaga kirgil, to'fon suvi halok qilg'usidir, – dedi Nuh.
— Men baland tog'larga sig'inarman, Tog'lar meni suvdan qutqargay, – dedi Kan'on.
— Bugun Ollohdan boshqa azobdan saqlaguvchi hech kim yo'qdir, – dedi Nuh. – Hudoning rahmatiga sazovor bo'lgan odamgina omon qoladi.

Shu paytda suv keldi, halok qilgudek bo'lib, Kan'on tog' tepasiga qarab qochdi. Suv ko'tarila borib oyog'iga etdi. Kan'anning bir o'g'li bor edi, suvdan qutilmoqchi bo'lib, uni oyog'i ostiga olib ustiga chiqdi, bolasi o'ldi, sal o'tmay o'zi ham halok bo'ldi, imonsiz ketdi.

Aytishlaricha, kemaga eng avval qaldirg'och kirdi, eng keyinida kirgan jonivor eshak bo'ldi. Eshakni sudradilar, sira kemaga kirmadi, negaki shayton uning dumidan tortib turgandi.
— Shayton mingan bo'lsa hamki kirgil! – dedi nuh.

Yana aytishlaricha, Nuh taysallanib turgan eshakka qarab: “Kirgil, ey mal'un!” degan edi, Iblis maol'un eshakning dumidan ushlagan holda kemaga chiqdi. Shaytonni kema ichida ko'rgan Nuh:

Sen kimning farmoni bilan kemaga chiqding? -*dedi.

Sening so'zing, sening farmoning Bilan chiqdim, – dedi Shayton.

Seni kirgil, deb qachon aytdim? – taajublandi Nuh.

“Kirgil, ey mal'un!” deding, mal'un mendirman, eshak emas, – dedi Iblis.

Molik ibn Sulaymon al-Xaraviy rahmatullohi alayh aytarki, Nuh payg'ambar ilon va chayonni “Sizdan odamga zarar tegar”, deb kemaga chiqarmadi. Shunda ular:

Kimki sening otingni aytsa, unga zarar tegdirmaymiz, – dedilar.

Deydilarki, Kim ilon va chayondan qo'rqsa (Oyat) “Salom bo'lsin Nuh payg'ambarga ahli odam ichida. Albatta, biz yaxshi amal qilguvchilarni Yana shundoq mukofotlaymiz, Haqiqatda u bizning mo'min bandalarimizdan edi”, oyatini o'qib yotsin.

Iloho, arslon sigir bilan, bo'ri qo'y bilan, mushuk kabutar bilan dushmanlig'ini bilarman, ularni nima qilayin, – dedi Nuh.

Hamma narsalarni chiqarib bo'lgach farmon keldi:

Odamning suyaklarini keltirgil, kemaga chiqargil, unga azob suvi tegmasin!

Hazrat Odamning jasadini keltrib kemaga qo'ydilar. Kemaning br tarafida erkaklar, bir tarafida esa ayollar joy olgandilar, Odamning jasadi ular orasida parda bo'ldi.

Yana bir rivoyatda Judi tog'iga qo'ydilar derlar, ammo eti va terisi Sarandibda, suyaklari Jiduda turar.

Qachonki suv kema qirg'og'iga kelganda Nuh necha bor urindi, lekin kema yurmadi. Shunja Jabroil aytdiki: “Ey Nuh, to'rt joyga to'rt ko'zni nomlab joylashtirgin!”.

Shunday qilganda kema yurdi. Aytishlaricha bir ko'zni Otik, ikkinchisini Umar, uchinchisini Usmon, to'rtinchisini Ali deb nomlagandi. (Oyat) “U kema suzar edi ko'z oldimizda, toki mukofot bo'lsin yolg'onchisan deyilgan odamga (ya'ni Nuh payg'ambarga)”.

Nuh alayhissalom Iroqdan chiqib Makkaga bordi, Ka'batullohni etti bor tavof qildi. Undan Mag'ribga, so'ngra Mashriqqa bordi. Rajab oyining uchinchi kuni kemaga chiqdi, olti oy kemada suzdi.

To'fon chog'i qirq kecha-kunduz yog'n yog'di, erdan ham suv chiqdi. (Oyat) “Osmon eshiklarini quyib oqadigan suvga ochib tashladik va erda chashmalarni oqizib qo'ydik”.

Aytadilarki, Nuhga payg'ambarlik kelganda yuz yoshda edi. To'qqiz yuz ellik yil odamlarni da'vat qildi. Yana bir rivoyatda to'fongacha to'rt yuz yoshda edi, undan keyin uch yuz ellik yil umr ko'rdi, deydilar. Hammasi ming etti yuz yil bo'ladi.

Aytadilarki, qirq kecha-kunduz yog'in yog'di, har bir qatrasi tegirmon toshidek kelardi. Dunyoning eng baland tog'ini ustiga ham qirq qari suv bosdi. Kemadagi sakson kishidan tashqari er yuzida birorta ham odam qolmadi, hammasi o'tdi.

Habar kelarki, ilgari uch narsa yo'q edi, ular kemada, dengiz ustida paydo bo'ldi: biri mushuk, ikkinchsi sichqon paydo bo'lib kemani teshdi, uchinchisi to'ng'iz. Farmon bo'ldi, Nuh arslonning boshini siladi, burnidan ikkita mushuk chiqdi va u sichqonni edi.

Yana aytadilarki, sichqon kemani teshganda odamlarda suvga g'arq bo'lish qo'rqinchi uyg'ondi, suv ichida esa sira teshikni berkitib bo'lmadi.

Shunda Nuh aytadiki:

Kimki bu teshikni berkitsa, nima tilagi bo'lsa bergayman.

Men teshikni berkitayin, suv kirish to'xtagach, kemadagi suvlarni chiqarib tashlangan, – dedi ilon so'ng so'radi, – menga nima berarsan?

Nima istaysan? – dedi Nuh.

Qaysi go'sht totli bo'lsa, o'shani bergil, – dedi Ilon.

Nuh qabul qildi, Ilon suvga kirib teshikni berkitdi, o'sha joyda kulcha bo'lib yotdi, suv kirishi to'xtadi. Kema ichidagi suvni tashqariga chiqarib tashladilar, g'arq bo'lish qo'rqinchi barham topdi.

Kemadan chiqqanlaridan keyin ilon kelib, Nuhdan va'da qilingan go'shtni talab qildi.
— Hamma jonivorlar kemadan chiqdi, tarqalib ketdilar, go'shtni qanday toparmiz? – dedi Nuh. Ilon ko'p siqildi, shunda Nuh chivinga amr qildi:
— Borgil, er yuzidagi go'shtlarni totib ko'rgil, totlisini Ilonga bermiz.

Chivin ketdi, ammo ancha hayallab qoldi. Ilon esa tiqilinch qilardi. Nuh hijolatda qolgandi, qaldirg'ochni chivinni topib kelish uchun jo'natdi.

— Nega kech qolding?- dedi Qaldirg'och, Chivinni qidirib topgach.
— Er yuzi keng ekan, shu bois kech qoldim, – dedi Chivin.
— Go'shtlarni totib ko'rdingmi? Qaysi go'sht totlik ekan? – so'radi Qaldirg'och.
— Hamma go'shtlarning eng totlisi odamlarning go'shti ekan, – dedi Chivin.
— O'sha go'shtning mazasi hali-yam og'zimda turgandir. Og'zingni ochgin, men ham bir hidlayin, – dedi Qaldirg'och. Og'zini ochgandi Qaldirg'och uni hidlamoqchi bo'lib, tumshug'i bilan Chivinning tilini kesib oldi. O'shal kundan beri Chivin tilsiz qoldi.

Ikkovlari Nuh payg'ambarga keldilar. Chivin harchand harakat qilsada so'zlayolmas edi. Uning so'ziga hech Kim tushuna olmasdi.
— Unga nima bo'ldi, nechuk so'zlayolmas? – deb so'radi Qaldirg'ochdan.
— Men Bilan so'zlashganda baqaning go'shti shirin ekan, deb aytgandi. Kech qolganidan hijolatda bo'lib, so'zlayolmay qoldi, – dedi Qaldirg'och.

Nuh alayhissalom baqa go'shtini ilonga berdi. Agar qaldirg'och o'sha kunda shunchalik ezgulik qilmaganda edi, bugun biz hamma odamlar ilonga em bo'lardik.

Yana maqsadga kelamiz: Nuh alayhissalom kemadagilarga aytgan edi:
— Juftlaringizga yaqinlashmang, bolalar tug'ilsa, kemaga sig'may g'olurmiz, – deb.

Hech kim juftiga qovushmas edi. Ammo mushuk ko'rdiki, it jufti Bilan qovushdi. Kelib Nuhga aytgandi, lekin It tondi. Bundan mushukning achchig'i chiqdi, hijolatlik bo'ldi. Bir qancha vaqt o'tgach, Mushuk Yana ko'rdiki, It jufti bilan qovushayotgandi.

— Iloho, bu It sening payg'ambaringga yolg'on so'zlaydi, aybdan tonardi. Qudrating bilan uni shu holda tutgil, men borib Nuhga habar qilayinki, u kelib ko'zi bilan ko'rsin, – deya Mushuk Ollohga munojat etdi.

Olloh uning duosini ijobat qildi, It to Nuh kelib ko'rguncha o'sha holda qoldi, juda uyatli bo'ldi. Bugunga qadar bu ish Itga meros bo'lib qoldi. It ham duo qildi:
— Meni Nuhga uyatlig' qildi. Hudoyo, buni ham rasvo qilg'il!

Olloh taolo Itning tilagini ravo qilmadi. Ammo mushuklar qachonki juftlariga hojati tushsa, shu qadar ovoz chiqaradilarki, hamma jonzodlar habardor bo'lar. Bundan ma'lum bo'ladiki, Kim birovning aybini ochsa, o'zi ham o'shanday aybga mubtalo bo'lg'uvsidir.

Kemada odamlar va jonzotlarning axlatlari ko'payib ketdiki, bu behad tashvish tug'dirdi. Farmon bo'ldiki: “Nuh layhissalom urg'ochi tuyaning orqasini silasin!” Silagan edi, tuya dumini qimirlatdi va orqasidan to'ng'iz chiqdi. U hamma najosatlarni edi. “Bu kun to'ng'iz go'shtining harom bo'lmog'iga sabab o'shadir”, deydilar.

Olti oy o'tgach avjga farmon bo'ldi:
— Kemani sudragil!

Kemaning quyrug'idan tutib sudramoqlikka biror kimsaning quvvati etmas edi. Avjni shu sabadan ham Olloh taolo halok etmadi. Shundan keyin farmon bo'ldi: (Oyat) Va hukm Ilohi tomonidan aytildiki, “Ey er, suvingni yut!” va “Ey osmon, yog'ishingni to'xtat!” Osmon yog'ishdan to'xtadi, suvlar er yuzidan quridi. Ma'lumki, er yumaloqdir, atrofida tog'lar turar. Suv to'rt tarafdan Kof tog'iga kelib to'xtadi, keyin pastlay boshladi. Erning atrofii muhit daryosi bo'ldi. Muhitdan muhitga ulangan suvlar dengiz bo'ldi. Er yuzasidagi tog'lar, chuqurlar, ko'llar hammasi to'fon suvi Bilan buzilib, izdan chiqdi. Dengizlar suvi achib, sasib odamlar o'lib ketdilar.

Tog'larga xitob keldi:
— Men Nuhning kemasini tog'larda turgizgayman!

Hamma tog'lar bosh ko'tardilar, zora kema bizda turgay, deya. Judiy tog'i hamma tog'lardan past edi. U hokisorlik Bilan “Menga buk aromat qaydan ham tegishli bo'lsin”, deya o'zini past tutdi. Olloh taolo uni ihtiyor etdi, kema unda turmoq uchun pastlay boshladi.

— er yuzida qancha miqdorda suv qoldi, erning qancha miqdori ochildi? Buning habarini menga kim keltiradi? – dedi Nuh alayhissalom.
— Men borayin, – dedi qoraqarg'a.
— Unga Kim kafillik bergay? – dedi Nuh.

Erkak tovuq kafil bo'ldi, Qarg'a yo'lga tushdi. Ko'rsaki, erning betida o'liklar ko'p ekan, uni emakka andarmon bo'lib, kech qoldi. Ho'roz vaqt bo'lganini Qarg'aga bildirmoq uchun kemaning tomiga chiqib, qanot qoqib chorlay boshladi. Qarg'a esa kelavermadi. Nuh alayhissalom Ho'rozni ushlab qoldi. Shu bois tovuqlar uchmaydigan bo'lib qoldilar, odamlar Bilan birga qoldilar. Aytadilarki, kafolatning boshi malomatdir, o'rtasi o'kinchdir, oxiri esa tovondir. Kim ishonmasa, sinab ko'rsin. Nuh alayhissalom Qarg'ani duo qildi, Olloh taolo uni ijobat qildi. Qarg'aning umri qattiq mashaqqatda, havotirda oxir bo'lar, chunki u yo'ldan qaytmishda o'ngu so'lga boqqani uchun.

Nuh alayhissalm kabutarni jo'natdi:
— Tezda habar keltirgil! – dedi

Yo'lga tushdi. Borib ko'rsa, er ko'rindi, u soyga qo'nganda oyog'i balchiq bo'ldi. Shu zahotiyoq qaytib kelib, oyog'idagi balchiqni ko'rsatdi.

O'sha balchiq oyog'ida tuklarga aylandi. Shu bois oyog'i tukliklar uning naslidan bo'lar. Yana bir rivoyatda, Kabutar suvi qurigan joyga qo'nganda suv sassiq bo'lgani uchun, oyog'i qizil bo'ldi, derlar.

Kabutar qaytishda zaytun daraxtining yaprog'ini tumshug'iga olib kelib, Nuhga ko'rgazgach, payg'ambar uni ezgu duo qildi:
— Odamlar senga mehribon bo'lib, uylaridan joy bersinlar!

— Yana bir iltimosim bor, – dedi Kabutar. Nuh duo qildi, Olloh taolo ijobat etdi.

(Oyat) “Ey Nuh, biz tomondan bo'lgan salomatlik ila tush!” degan farmon bo'ldi. Nuh qirq er va qirq Xotin bilan kemadan tushdi va Shom viloyatida dengiz bo'yida bir qishloq qurdilar. Uni “Qaryat ul-samonina” deb atadilar. Olti oy suv ichda turganlarida shamol kelmagandi. To'satdan shamol keldiki, bu ularga yoqmadi, kasal bo'ldilar. Oqibatlda hammalari o'lib, etti kishigana qoldilar. Nuhning o'zi uch o'g'li va uch kelinidan boshqa biror kishi qolmadi. Bugun kelib odamlarning yovuzlari, yaxshilari, mo'minlari, kofirlari – hammasi Nuhningf arzandlaridan bo'lar. Kata o'g'lini Som, o'rtanchasini Hom, uchinchisini Yofas der edilar.

Bir kuni Nuh uxlayotgandi, shamol kelib etagini ko'tardi. Shunda uning uyat joyi ochilib qoldi. Uni ko'rgan Hom kuldi, Som esa uni malomat qildi, Yofas kelib to'ni Bilan yopib qo'ydi. Olloh taolo bu shimlikning yomonligi tufayli Homning pushtikamaridagi urug'larini qora qildi. Uyalganidan xotining qo'lidan tutib, dengiz qirg'og'ida qamishdan uy qilib, yashay boshladi. Shunday qilib, hindular, habashlar, zangilar – hammasi uning urug'idan bo'ldilar.

Arablar va Ajamlarning otasi Som bo'ldi. Homni Hindistonga (hindular yurti demoqchi), Somni arab va ajam viloyatlarigat jo'natdi. Yofas esa Turkiston viloyatlariga keldi. Hamma turkiy xalqlar uning urug'idan tarqaldi. Shu boisdan turklar aziz va mukarra mbo'ldilar. Bu so'zlar Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan “Qissasi al-anbiyo”da bitilgandir. Boshqa olamlarning aytishlaricha, Ya'jun va Ma'jun ham Yofas urug'idan chiqar. Ka'b rivoyatiga ko'ra, Odamato uxlayotgan chog'da tush ko'radi. Nutfa erga tomib, tuproqqa qorishadi. Olloh taolo undan Ya'jun va Ma'juni yaratdi. Shu bois bizlarga ota tarafdan bog'lanib, qarindosh bo'lar. Havvo ona tarafdan bog'lanmas, o'gay bo'larlar. Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi bo'lsin): “Odam farzandlari o'n hissadir, uning to'qqiz hissasi Ya'jun va Ma'jun, bir hissasi jamiki odamlardir”, degan.

HIKOYaT. Nuhning bir qizi bor edi. Bir odam so'radi, bermoqchi bo'ldi. Yaan birov so'rab kelgandi, unga ham bermoqni ihtiyor qildi. Tag'in birov so'radi, unga ham berishga rozi bo'ldi. To'rtinchi birov ham so'rab keldi, uni ham ko'ngli tiladi. Hammalri qizni olib ketgani bir vaqtda kelib qoldilar, shunda Nuh alayhissalom qayg'uga botdi. Uyida bir qanjiq iti va urg'ochi eshagi bor edi. Ollohning qudrati Bilan ikkalasi ham qizlarga aylandilar. Parvardigor jannatdan bir hurni chiqardi. Ularning hammalri bir xil suratlik Ediki, u o'z qizi qaysiligini ham taniy olmay qoldi.

Oradan bir qancha vaqt o'tib, u qizlarini ko'rgani keldi.
— Jufting bilan qanday yashayapsizlar? – dedi bir kuyoviga.
— Yaxshi yashayapmiz, ammo bir aybi bor – hech narsa emas va ichmas, – dedi kuyovi. Nuh bildiki bu hur ekan.
— Jufting Bilan qandaysizlar? – dedi ikkinchi kuyovi oldiga kelib.
— Qanjiqqa o'xshab ketarkan, – dedi kuyovi. Bildiki bui t ekan.
— Jufting Bilan murosalaring qalay? – deb so'radi uchinchi kuyovidan.
— Eydi,ichadi, eshakday cho'zilb yotgani yotgan, – dedi kuyovi. U bildiik bu eshak ekan.
— Jufting Bilan qanday yasharsizlar? – so'radi to'rtinchi kuyovidan.
— Men undan behad hursandman, u payg'ambarzodalardan ekan, – dedi kuyovi. Nuh alayhissalom u o'zining qizi ekanligini bildi va olib borgan hodyasini unga sovg'a qildi.

Habarda kelarki, Nuhning umri oxirlab qolgach, bir kuni Jabroil alayhissalom keldi va unga:
— Ey Nuh, payg'ambarlar ichida sening umring uzunroq bo'ldi. Dunyoni qanday tasavvur etding?
— Dunyoni ikki eshikli saroydek bildim. Bir eshikdan kirib, ikkinchisidan chiqarman, – dedi Nuh.

Aytishlaricha, Nuhga yuz yoshlarida payg'ambarlik keldi. Ellik yili kam ming yili odamlarni da'vat qildi. To'fondan keyin uch yuz ellik yil yashadi. Yana aytadilarki, Odamatodan to'fonga qadar ikki ming ikki yuz yil vaqt o'tgandi. Shundan keyin Nuh vafot etdi. Odamlar uch yuz yil Nuhning hariatiga amal qildilar. So'ngra hammalari kofir bo'ldilar, shariatni bayon qilguvchi qolmadi. Uch yuz yildan keyin odamlarga Hud payg'ambari yuborildi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano