O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qobil va Hobil qissasi

Qobil va Hobil qissasi
06 Ekim 2018 - 8:00 'da yuklandi va 2150 marta o'qildi.

Nosiriddin Rabg'uziy

QOBIL VA HOBIL QISSASI

Bu qissa shunday boshlanar. Odamning so'nggi tug'ilgan farzanlaridan biri bo'lgan o'g'li Abdulmug'is deb ataldi, qizi esa Amat -ul Mug'isa deb. Bu ikkovlari anchagina farzand ko'rdilarki, Odamning urug'ini qirq ming band (lug'atda band so'zi o'n ming kishi demakdir)ga etdi.

Qachonki, Qobil tug'ilganida u bilan birga tavallud topgan qiz chiroyli edi, Iqlimo deb ataldi. Ikki yil keyin Hobil tuqildi. U Bilan birga tug'ilgan qiz esa g'oyatda hunuk edi, uni Abudo derdilar.

Odam o'z shariatiga ko'ra Qobilning egizagini Hobilgan bermoqchi bo'ldi, Hobil Bilan egizdosh qizni esa Qobilga. Bu niyat Qobilga hush kelmadi.
— O'zim bilan tug'ilgan qizni olaman, – dedi Qobil.
— Shari'atda bunday bo'lmaydi, – dedi Odam.
— Agar bu qiz menga qarindosh bo'lsa, unisi ham qarindosh emasmi? – deya talashdi Qobil.
— Unday bo'lsa ikkalangizlar qurbonlik qiling, qaysingizni qurbonligingiz qabul bo'lsa, Iqlimoni o'sha olsin, – dedi Odam.

Hobil qo'y boqar edi, katta semiz qo'yni keltirib oyoqlarini bog'ladi-da, qurbonlik qo'yadigan joyga qo'ydi. Osmondan o't tushib, Hobilning 0qurbonligini kuydirdi, Qobilnikiga esa tegmadi. Shunda Iblis keldi-da, Qobilga gezlay boshladi:
— Hobilning qurbonligi shul bois qabul bo'ldiki, uning Olloh taolo huzurida izzat va yaqinligi bor. Otang Odam ham uni yaxshi ko'rar. Yana otangni bir tilagi borki, erning halifaligini Hobilga bermoqchidir.
— Men Hobilni o'ldirayin. Qiz ham, halifalik ham menga qolsin, – dedi Qobil g'azabga kelib.

Qobil Hobilni o'ldirmoqlikka ahd qildi-yu, ammo uni qanday qilib o'ldirishlikni bilmas edi. Bir kuni biyobonda o'tirganida Iblisni ko'rdi. U odam qiyofasida kelgandi, qo'lida bir qush bor edi. Iblis qushni tosh ustiga qo'yib, boshqa bir tosh Bilan uni majag'ladi. Qobil buni ko'rib, o'rganib oldi. So'ngra Qobil Hobilning oldiga keldi.
— Men seni o'ldirarman, – dedi Qobil.
— Men sen Bilan olishmasman, Olloh taolodan qo'rqaman, – dedi Hobil.

Bu paytda Hobil qum ustida yotib, uxlamoqda edi. Qobil bir tosh bilan urib o'ldirdi. Qiyomatga qadar odam o'ldirmoq, qon to'kmoq Qobilning qilmishidan meros qoldi. Habarda kelishicha, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo alayhissalom dedilarki: “Kimki bir yaxsha odatni chiqarsa, unga o'sha odatning savobi bo'lur va to qiyomat kunigacha shu odatga amal qilganlarning ham savobi unga bo'lur. Kimki bir yomon odatni chiqarsa, unga o'sha odatning gunohi bo'lur va shuningdek to qiyomatga qadar o'sha yomon odatga amal qilganlarning ham gunohi o'sha odamga bo'lur”.

Qobil Hobilni o'ldirganida yigirma yoshda edi. U Hobilning jasadini bir qopga solib, orqasiga ko'tarib oldi. Shu holatda bir necha fursat yurdi. Shunda tangri farmoni Bilan ikki qarg'a keldi, bir-biri bilan urishdi va biri boshqasini o'ldirdi. Tirik qolgan qarg'a tumshug'i Bilan erni kavlab, o'lik qarg'ani ko'mdi. Qobil bu holni ko'rgach o'kindi:
— Meni shu qarg'achalik aqlim yo'q ekan, – deb.

Olloh taolo bu holda Muhammad alayhissalomga habar berdiki: (Oyat) “Biz bani Isroilga shuni hukm qilib berdik, kimki biror odamni o'ldirmagan yoki biror fasod ish qilmagan bir tirk jonni o'ldirsa, u go'yo tamom odamlarni o'ldirgan bo'lur. Kimki bir jonni o'limdan saqlab qolsa, u go'yo hamma odamlarni o'limdan saqlab qolgan bo'lur”. Ulamolarning aytishlaricha: “Qobilning o'kinchi Hobilni o'ldirib qo'ygani uchun emasdi, agar o'ldirgani uchun o'kinganda tavba qilgan bo'lardi. U o'likni qaerga yo'qotishni bilmagani uchun, orqalab yuraverib holdan toygani uchun o'kingandi”.

Qachon Odam Hajga bormoqchi bo'lganida Hobilni “Men kelguncha saqlagil!” deb ko'kka topshirganda, qabul qilmadi. Erga topshirdi, qabul qilmadi. Tog'lar ham qabul qilmadilar. Qobil qabul qilgandi, lekin omonatga hiyonat qildi, o'ldirdi.

Qobil ukasini o'ldirganida kechayu-kunduz er qimirladi. Hobilning qoni erga suvdek singib ketdi. Odam Hajdan qaytib kelganida hamma farzandlari qarshi oldilar, lekin Hobil ko'rinmadi.
— Hobil qani, – so'radi u.
— Hobilning qo'ylari mening ekinzorimga kirib ketgandi, undan uyalib kela olmadi, – dedi Qobil.
— Sen shunday deysanu, ammo Hobilning qoni erda ingranib yotar, – dedi Odam.
— U o'ldi, – dedi Qobil.
— Hobilning qoni to'kilgan erga Tangri la'nati bo'lsin, bu kun u qonni tashqariga chiqarmasa, – dedi Odam.

Er qonni tashqariga chiqardi. o'sha kundan beri qon erga singimaydigan bo'ldi. U joydan tikan bilan yulg'un unib chiqdi. Buyobondagi qush-qurtlar “Qarindoshlarda mehr-shafqat qolmadi”, deganlaricha tog'larga qochib keldilar. Odam Bilan Havvo juda ko'p yig'ladilar, aziyat tutdilar.

Rivoyat qilinurki, Qobil hobilni o'ldirgach, Iblik kelib unga gap ketdi:
— Olloh taolo nima uchun qurbonlig'ini qabul qilmadi? Negaki sen olovga topinmaysan, hamr (aroq) ichmaysan, ovoz chiqarib yig'lamaysan.

Shundan keyin Qobli hamr ichdi, butga topindi, o'tga sig'indi, ovoz chiqarib yig'lay boshladi. Odam bu ishlardan ogoh bo'lib, Qobilni bu yo'ldan qaytarmoqlik uchun qirq ming kishini yubordi. Ular kelib Qobilni ko'rdilar, uning yig'ilarini eshitdilar, hammalari dindan qaytib murtad bo'ldilar, u Bilan birga qoldilar. Yuqoridagi mas'iyatlar (gunoh ishlar) hammasi Qobildan meros bo'lib qiyomatga qadar qoldi. Qiyomat kuni o'blganda Olloh jahannamiylarni do'zaxga kiritsa, ular azoblarni ko'rib Olloh taologa yolborarlar: (Oyat) “Ey Parvardigorimiz, jinlardan va inslardan bizlarni adashtirganlarni ko'rsatgil, biz ularni qadamlarimiz ostiga olaylik, toki ular eng past va xorlanganlardan bo'lsinlar”.

Izoh: jin va insdan murod shuki, biri Iblis, biri Qobildir.

Shu paytda xitob kelgay:
— Ey Iblis, jahannamiylar seni qo'rmoqni istaydilar.
— Men ham ularni tilarman, – degay Iblis.

Olloh taolo do'zah ichida bir minbar bino qilgan. Iblis u minbarga chiqar va shunday der: (Oyat) “Albatta, men bundan ilgari menga sherig qilgan narsalaringizdan bezorman”. Jahannamiylar boshqa javob ayta olmadilar, hammalari noumid bo'ldilar.

Aytishlaricha, Qobil o'z ukasini o'ldirgach Iqlimoning qo'lidan tutib, Yaman viloyatiga bordi – olovda topina boshladi. Qobil urug'ining aksariyati fasod qildi, hamr ichdi, olovga sig'indi, ovoz chiqarib yig'ladi vash u ishlari jaddiga halok bo'ldilar.

Yana bir habarda aytilurki, Odam Olloh taolodan “Er mening hukmimga bo'ysunsa”, deb tiladi. Erga farmon bo'ldi: “Odam nimani buyursa shuni qilg'il!” deb. Odam:
— Ey Er, tutgil! – dedi. Er Qobilni to'pig'igacha yutdi. Qobil qo'rqib ketdi va dedi:
— Ey ota, rahm qilgil!
— Sen birodaringga rahm qilmading, endi men senga qanday rahm qilayin, – dedi Odam. Yana buyurdi:
— Ey Er, yutgil! Er Qobilni tizzasigacha yutdi. O'g'il yana yolvordi:
— Ey ota, sen jannatda gunoh qilding, yolvorganding Hudo kechirdi. So'ragil meni ham kechirsin!
— Men bug'doy egandim, sen qon to'kding, bu gunohni qandayin kechirsin, – dedi Odam va Yana buyurdi:
— Ey er, yutgil! Er Qobilni beligacha yutdi. Shunda Qobil:
— Ey ota, sen Ollohning yuz ming rahmati bor, deb aytar eding. Uning to'qson to'qqizini hamma odamlarga mo'minlarga berardi, bir qismini hamma jonzotlarga beradi, der eding. Tilagil, o'sha ulujdan menga ham ravo ko'rsin!
— Sen jigaringga rahm qilmading, ul rahmatdan senga ulush yo'q, – dedi Odam va Yana buyurdi:
— Ey Er, yutgil! Er Qobilni bo'g'zigacha yutdi. Shunda Qobil Odamdan umidini uzib, Olloh tarafga yuzlandi:
— Iloho, Otamdan eshitdim seni Rahmon va Rahim sifatilik ikki oting bor. Rahmonlik sifating meni bu azobdan qutqargil! Agar qutqarmasang Rahmon otingdan kechgil!
— Ey Qobil, Men ko'plarni azobdan qutqargayman. Rahmon otimdan kechmayman!

Shundan keyin erga farmon bo'ldi: “Qobilni qo'ygil!” Er Ollohni farmoni Bilan Qobilni bo'shatdi. So'ngra bir farishta kelib, Olloh farmoni Qobilning oyog'idan tutib, Mag'ribdan Mashriqqa qadar etti marta sudradi, Qobil halok bo'ldi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube