O’zbekiston Xalq Harakati

AES barpo etiladigan joy yana o'zgardi…

AES barpo etiladigan joy yana o'zgardi…
22 Ekim 2018 - 8:00 'da yuklandi va 1057 marta o'qildi.

Faqat kulmang, lekin AES barpo etiladigan joy yana o'zgardi:

Eslatib o'taman, oldin AESni Navoiy viloyatining hududida qurishmoqchi edi, so'ng Aydarko'l deb aniqlik kiritishdi. Vaqt o'tgach O'zbekenergo idorasining vakili, AES uchun joy qidirilmoqda, balki Farg'ona viloyatida, balki Qashqadaryo viloyatida, balki Buxoro viloyatida, balki Navoiy viloyatida, balki Toshkent viloyatida AES quriladi va to'rt yil ichida quriladi deb rasman bayon qildi.

Vaqt o'tdi, jimlik, so'ng jimlikni prezidentning o'zi buzdi va AES 8-10 yil quriladi deb, oldingi «energetikning» gapiga qo'shimcha qildi. Yana ozgina vaqtdan so'ng esa AES Navoiy bilan Buxoro o'rtasida, Tudako'l yonida quriladi degan xabar tarqaldi.

Endi esa, shu kunlarda, katta janjal ko'tarilgan emish chunki Tudako'l yonida badavlat odamlarga va Navoiy tog' metallurgiya korxonasiga qarashli dam olish maskanlar bor ekan.

Eslatib o'tay, Tudako'lni Rossiyaning o'zi tanladi. Faqat savol – bizni davlat Tudako'l yonida dam olish maskanlar borligini bilmas ekanmi?? Nega Rossiya aynan To'dako'lni tanladi? Birinchidan bu shaharlarga yaqin joy, infratuzilmasi (elektr tarmoq, issiqlik va boshqalar) tayyor va bu degani AESni barpo etish uchun Rossiya kamroq xarajat qiladi. Bu erda Buxoro va boshqa shaharlar yaqinligi Moskvani va bizni davlatni qiziqtirmadi. Endi esa amaldorlar, o'z dachalarini saqlab qolish uchun janjal ko'tarishdi va davlat yana Rossiyaga Aydarko'lni tavsiya qildi.

Aydarko'l esa Xalqaro Ramsar Konventsiyasi tomonidan himoya qilinadigan, betakror, suv-botqoq hududlari Xalqaro ro'yxatiga kiritilgan joy va O'zbekiston bu konventsiyaga qo'shilgan. (Manba:http://sreda.uz/rubriki/bio/oxrana-vodno-bolotnyx-…​)

Aydarko'l bu bizni bugungi ikkinchi Orol dengizimiz, baliqchilik uchun asosiy manba! Eko turizm uchun xalqaro maskan! Va dunyo hamjamiyati tomonidan himoya qilinadigan tabiat yodgorligi! Aydarko'l atrofida Xalqaro qizil kitobga kiritilgan qushlar turlari in quradi har bahorda, bu ham xalqaro ahamiyatga ega omil!

Aydarko'lni tanlagani, Rossiya uchun katta xarajat ham: Aydarko'l atrofi sof yovvoyi tabiat, bu erda endi nafaqat AES, bitta kattagina shaharni ham Moskva qurib berishi kerak. Demak loyihaning narxi oshadi, oddiy infratuzilma oldin tortilishi kerak, AESni ishga tushish vaqti ham orqaga tashlanadi va barpo etish vaqti cho'ziladi. Tayyormi bunga bugungi Rossiya?

Umuman olganda AES mavzusi masxarabozlikka aylandi, hali joyi hatto aniq bo'lmagan, kontrakti tayyor bo'lmagan loyihaga bugun rasman start berildi.

Lekin biz uchun Aydarko'lni tanlashgani katta ekologik falokat! Aydarko'l bu bizning dengizimiz bugun, eng katta suv ombori, go'zal va betakror tabiati, boy milliy merosimiz! Xalqaro statusga ega maskan! Bu maskanni yo'q qilinishi nafaqat milliy falokat biz uchun, bu katta xalqaro janjalga ham olib keladi.

Endi bizda, dunyo ham jamiyatiga murojaat etishga jiddiy asos bor, bir mamlakatning Ramsar Konventsiyasini buzishi bu jiddiy, xalqaro muammo!

Suratlarda esa merosimiz Aydarko'l, agar bugun harakat qilmasak, ertaga yanagi avlodlar faqat shu suratlar orqali Aydarko'lni tomosha qilishadi xolos.

Anvar Nazir

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort