O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Investitsiya kiritaylik!” Nega investorlar kam kelyapti?

“Investitsiya kiritaylik!” Nega investorlar kam kelyapti?
15 Kasım 2018 - 14:03 'da yuklandi va 1311 marta o'qildi.

Toshkentda e'lon qilingan tadqiqot xulosalarida O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb etish oson bo'lmayotgani haqida aytilgan. “Taraqqiyot strategiyasi markazi” shveytsariyalik ekspertlar bilan birga tayyorlagan hisobotdan ma'lum bo'lishicha, aksariyat xorijiy investorlar O'zbekistonning erkin iqtisodiy hududlariga investitsiya kiritganidan pushaymon ekan.

Tadqiqot Angren va Navoiy erkin iqtisodiy hududlarida o'tkazilgan. Hisobot mualliflariga ko'ra, erkin iqtisodiy hududlar, kutilganidek, sanoat rivojlanishining lokomotivlariga aylanolmagan va ularning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi arzimasligicha qolmoqda.

Ekspertlarga ko'ra, erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona davlat tuzilmasi yo'q. Erkin iqtisodiy hududlarda jami 402 ta shirkat ro'yxatdan o'tgan, ammo ulardan faqat 112 tasigina faoliyat boshlagan, xolos.

Investorlar byurokratiya va boshqaruv tizimining murakkabligidan, er va inshootlarni olishdagi qiyinchilik, suv, elektr va gaz ta'minotidagi muammolardan shikoyat qilishgan.

Biz YouTube kanalimizdagi an'anaviy chorshanba kungi jonli dasturimizda tadqiqot xulosalari va umuman, sarmoya muhitidagi muammolarni Britaniyadagi Miora Group asoschisi va direktori Mirshod Shokirov, hamda Amerika qo'shma shtatlaridan Abundance Consulting Group asoschisi, huquqshunos va moliyaviy maslahatchi Suhrob Ismoilovlar bilan muhokama qildik.

Ekspertlarning aytishlaricha, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish bo'yicha yagona strategiya yo'q, erkin iqtisodiy hududlarning vebsaytlari sistemaga solinmagan, hatto sez.gov.uz saytining ingliz tilidagi versiyasi hali ishga tushirilmagan.

O'zbekistondagi sarmoya muhiti o'tgan yillarda juda ham abgor bo'lib kelgan va O'zbekiston biznes qilish bo'yicha barcha xalqaro reytinglarda eng oxirgi o'rinlarni egallab kelgan, ammo shunga qaramasdan, Rossiya, Xitoy va Janubiy koreyalik investorlar O'zbekistonga qo'rqmasdan sarmoya kiritgan va hanuz kiritishmoqda.

Bu uch davlat O'zbekistonning eng yirik sarmoyadorlari va savdo sheriklaridir. Biz xususan, Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi sarmoyalari haqida Seuldan asli o'zbekistonlik siyosiy tahlilchi Galina Xegaydan so'radik. Uning aytishicha, Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiyadan farqli o'laroq, O'zbekistonda geosiyosiy manfaatlarga ega emaslar va bu O'zbekiston uchun muhim. Ammo, ayni damda, O'zbekistonda davlat ulushidan holi bo'lgan xususiy sektorlar kam.

Dasturimizga o'zbekistonlik rasmiylarni ham taklif qilishga urindik, ammo hozircha bu mavzuda gapiradigan rasmiylar topilmadi. Avvalroq Londondagi sarmoyalar mavzusidagi anjumanga tashrif buyurgan O'zbekiston Adliya vazirining o'rinbosari Akbar Toshqulovdan milliy valyuta konvertatsiyasi qachon to'liq bo'lishi va investorlarga taqdim etilayotgan loyihalar qanchalik shaffofligi haqida so'ragandik. Dasturimizdan Toshqulov janoblarining javobi ham o'rin olgan.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube