O’zbekiston Xalq Harakati

Axborot makonida nima o'zgardi?

Axborot makonida nima o'zgardi?
19 Kasım 2018 - 23:08 'da yuklandi va 1600 marta o'qildi.

Sanoqli oylarda O'zbekiston ommaviy-axborot vositalari manzarasida eng ko'zga ko'rinarli mavqeini egallashga ulgurgan Komil Allamjonovdan keyin…matbuot xizmatining ham “chillasi” chiqqan ko'rinadi.

O'zbekistonda odatiy sanalgan eski usul bu gal ham qo'l keldi. Faqat bir kishi misolida…

Allamjonovning nima uchun ishdan ketgani yoki yangi matbuot kotibi kim bo'lgani haqida hech qanday xabar berilmadi.

Umuman, prezident matbuot xizmati va yo matbuot kotibi degan lavozim hali ham bormi?

Boshqa tayinlovlar haqida ayrim kunlar soatiga xabar berib turildi.

O'zi ta'bir joiz bo'lsa, mansablar ham shunaqa bo'lib qoldi, yillar emas, oylar va ba'zan haftalar ichida…kursi emas, kursidagilar almashtirib turiladigan zamonlar…

Allamjonovning iste'foga chiqish sabablarini muhokama qilmoqchi emasmiz, birinchidan, bunga ishonch bilan aytish mumkin bo'lgan ma'lumotlar hali oz. Ammo prezident matbuot xizmati Allamjonov ketganidan keyin o'zgarishlarga yuz tutdimi?

Prezidentning O'zbekiston hududlari bo'ylab safarlari

Allamjonov davrida: Prezidentning tashriflari haqidagi ma'lumotlar oldinroq matbuot xizmati muxtasar, matbuot kotibi sahifasida esa batafsil ma'lum qilinar edi. Suratlar sifatli tanlab joylanardi, shuningdek, tashrif rejalari ham avvaldan berilardi. Tashrif davomida axborot tezkorlik bilan, prezident uchoqqa chiqishi bilan uzatilardi. Jarayon ko'pi bilan yarim soat ichida O'zbekiston axborot vositalarida paydo bo'lardi. Tezkorlik shu qadar yo'lga qo'yilgan ediki, xorij matbuoti davlat rahbari faoliyatiga doir ma'lumotlarni o'zbek axborot vositalaridan ola boshladi, aksincha emas.

Bugungi manzara: O'zbek OAVning eski kasali qayta huruj qila boshladi. Maxfiylik ortdi, ma'lumotlar kamaydi, matbuot xizmati vakillari bilan muloqot qiyinlashdi. Birinchi ko'zga tashlangan holat fotobaza engillashib qoldi. Prezident tashrifi bilan bog'liq faqat bitta surat taqdim etiladi. Rossiya prezidenti Putinning tashrifini yoritishda ham matbuot xizmati ishining nomuvofiqligi yaqqol namoyon bo'ldi. Ya'ni, Putinning Shredenger mushugi kabi, avvalo, O'zbekistonga qachon uchib kelgani ma'lum bo'lmadi, undan so'ng mamlakatdan uchib ketdimi yoki yo'q, bu ham yopiqligicha qoldi.

Interfaollik

Allamjonov davrida: Prezident matbuot xizmati sahifalarida nafaqat tashrif dasturlari haqida, balki jamoatchilikni qiziqtiradigan masalalar borasida brifinglar to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilardi. Garchand aksariyat jurnalistlar matbuot anjumanini ma'qul ko'rishsa va ba'zilar buni Allamjonovning “kalondimog'ligi” bilan izohlashsa ham, bir tomonlama bo'lmas ham muloqot bor edi!

Matbuot xizmati avval kuzatilmagan shaklda tezkorlik bilan so'rovlarga javob berayotgan, matbuot kotibining o'zi savollarga, jamoatchilik tanqidiga bevosita javob qaytarishni boshlagan, og'riqli vaziyatlarga imkon qadar izoh berayotgan edi. Masalan, Diana Enikeevaning o'limi, majburiy mehnat, prezident tashrifi uchun tezkorlik bilan qilingan “soxta issiqxonalar” kabi masalalardagi chiqishlari avvalgi matbuot kotiblarida bo'lganmi? O'zbekiston tarixida ilk marta ijtimoiy tarmoqlarda prezident sahifalari ochildi va ancha faol ishlay boshladi.

Hozir: Allamjanovsiz matbuot xizmati O'zbekiston prezidentining Frantsiyaga tashrifini yoritishdayoq o'zini namoyon qildi. Barcha jurnalistlar ortga qaytarildi, tashrif haqida faqat O'zA va MTRK xabar bera boshladi, xabar berganda ham o'zining eski, an'anaviy usuliga qaytdi. To'g'ridan-to'g'ri efirlar ham noaniq va tushunarsiz bo'ldi. Yangi administratsiya esa ushbu ma'lumotlarga ega emas yoki jonli efirlar nima maqsadda va qanday tashkil etilishini etarlicha bilmaydi. Har holda Elisey saroyi qorovulini yarim soat kuzatish uchun tashkil etilmaydi jonli efirlar. Brifinglar, ijtimoiy tarmoq orqali aloqalar to'xtatildi. Ayni damda “Twitter”da ingliz tilida akkauntlar deyarli yuritilmayapti.

OAV bilan ishlash

Allamjonov davrida: Matbuot xizmati qoshida Prezident “guruhi” tashkil etilgan edi, unda nafaqat ilk marta akkreditatsiyadan o'tgan bir necha jurnalistlar, balki media axborot xodimlari va bloggerlar ham ishtirok eta boshlashdi. Prezident guruhi ishtirokchilarining savollariga javob va izoh beradigan ekspertlar faoliyati yo'lga qo'yilgan edi.

Hozir: Prezident guruhi ishlashdan to'xtadi, O'zA va MTRK jurnalistlaridan boshqa jurnalistlar bilan aloqalar to'xtatildi, o'zbek axborot vositalari vakillari yana xorij matbuoti nashrlariga murojaat qilishni boshlashdi. Masalan, Rossiya prezidenti Putin tashrifi borasida asosan Kreml fotobazasidan foydalanildi.

So'z erkinligini qo'llab-quvvatlash

Hozir: ijtimoiy tarmoqlarda muhim masalalar ko'tarilganda, amaldorlar faoliyati tanqid qilinganda Facebook va Youtube ning muntazam bloklanishi kuzatilyapti, bu jamoatchilik bilan bog'liq masalalarni echishda avvalgi konservativ yo'l bilan, ya'ni ommaviy taqiq va bloklashdan foydalanilayotganini aks ettiradi

Ehtimol bu o'zgarishlar Allamjonovning ketishi bilan bog'liqmasdir? Ehtimol kattaroq siyosatda o'zgarishlar bo'lgandir?

Siyosatdagi o'zgarishlar haqida keyinroq batafsil yozamiz…

Nima bo'lganda ham hozirgi mavjud holat prezident matbuot xizmati matbuot ishini tashkil etishni tushunmasdan, his etmasdan, shunchaki inertsiya bilan ishlayotganini ko'rsatyapti. Prezident Shavkat Mirziyoevning “Telegram” kanalida Pol'sha prezidentiga yo'llagan tabrigida Pol'sha davlati bayrog'i o'rniga xatolik bilan Monako bayrog'ining qo'yilishi, Putin so'zga chiqqanda efirga uzatilishida bo'lgani kabi qo'pol xatolar…

Ahvol shunday davom etsa, mamlakat mavqeiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda O'zbekistonning axborot maydoni tanqidga, savolga to'lib boryapti, matbuot xizmati esa jim.

Prezident faoliyati etarlicha yoritilmayapti va ko'p narsa mavhumligicha qolmoqda. Allamjonov o'rnini kim egallashi muhim emas, muhimi ilg'or, matbuotni, so'z erkinligining kuchini tushunadigan, adekvat shaxs bo'lishi lozim.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube