O’zbekiston Xalq Harakati

KGB-MXX vs Rembo. Kurash davom etadi. 1-qism

KGB-MXX vs Rembo. Kurash davom etadi. 1-qism
22 Kasım 2018 - 9:20 'da yuklandi va 2290 marta o'qildi.

SSSRning qudratli KGB idorasi jinoyatlarini fosh qilgani uchun xalq orasida Rembo laqabini olgan va o'n yilga qamalgan o'zbek militsiyasi tezkor vakili Qahramon Xo'jaqulov ikki yildan beri o'zini oqlashga urinmoqda…

“Eltuz” nashrining surishtiruv guruhi KGB-MXXdan aziyat chekkan sobiq militsiya mayori haqida fil'm tayyorladi.

E'tiboringizga fil'mning birinchi qismini taqdim etamiz.

KGB-MXX narkobiznesini ochgan o'zbek hamon oqlanmayapti

O'zbekistonda Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelgach, sobiq MXX, hozirgi DXXning ko'plab jinoyatlari haqida oshkora aytdi. Ayniqsa, “xizmat”ning narkotrafikka aloqadorligini keskin tanqid qildi. Uning bu harakatlari MXXdan jabr chekkan kishilarda katta umidlarni uyg'otdi.

Ulardan ba'zilari o'zlarini rasman oqlash uchun O'zbekistonning turli idoralariga murojaat qila boshladilar. Lekin ko'p hollarda davlat idoralari bunday murojaatlarni jiddiy o'rganish o'rniga, arizachilarni u idoradan bu idoraga jo'natishni ma'qul ko'rishmoqda. Ba'zi xollarda bunday kishilar yana ta'qibga olinmoqda.

“Eltuz”ning bugungi fil'mi KGB-MXXdan aziyat chekkan sobiq militsiya mayori haqida. U ikki yildan beri o'zini oqlashga urinmoqda. Demak…

KGBini oyoqqaturg'izgan o'zbek militsioneri

Bundan o'ttiz yil oldin surxondaryolik oddiy o'zbek militsioneri SSSRningeng qudratli ikki tashkiloti – KGB va Tashqi ishlar vazirligini oyoqqa turg'izgan.Narkotrafikka qarshi u olib borgan navbatdagi operatsiya natijalaridan SSSR Tashqiishlar vaziri Eduard Shevardnadze va KGB raisi Viktor Chebrikovning oromi rostakamiga buzilgan.

1988 yilda 28 yoshda bo'lgan Qahramon Xo'jaqulov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tezkorvakil bo'lib ishlagan. O'sha yil yozida Xo'jaqulov o'zining maxfiy manbalaridan muhimxabar oladi. Xabarda noma'lum shaxslar Afg'onistonning Mozori SharifidanO'zbekistonning Termiziga doimiy ravishda narkotik tashishi aytilgan edi.

Qahramon Xo'jaqulov:

“1998 yilning yozida manbalarim qizil rangli raqamdagi, ya'ni diplomatik nomerdagi oq rangli GAZ-24 avtomobilda noma'lum kimsalar Termizdagi uylardan biriga har hafta 1-2 marta kelib, har kelganda avtomobil' balonini tashlab, yana olib ketishini aytishdi. Menga kelgan ma'lumotlarga ko'ra, keyinchalik shu balonlarni bu uydan noma'lum kishilar olib ketib yurishgan. Men Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatini bu haqida ogohlantirib, ma'lumotni tezkor o'rganishga ruxsat oldim. O'tkazgan surishtiruvlarim natijasida, avtomobilning zahira g'ildiragi ichida narkotik moddalarni Afg'onistondan olib kirayotgan kishilar sobiq SSSRning Mozori Sharifdagi konsulligi xodimlari Babkin, Miloshevich va Xatskevichlar ekanligini aniqladim. Diplomatlar qoldirgan narkotiklarni olib ketib yurgan shaxslar esa Termiz davlat pedagogika institutining bir o'qituvchisi va yana bir tadbirkor ekanligi ma'lum bo'ldi”

Qahramon Xo'jaqulov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatigavaziyat haqida xabar beradi. Rahbariyat esa o'z navbatida o'sha paytdagi O'zbekistonSSR Ichki ishlar vaziri Uchqun Rahimovga murojaat qiladi. Murojaatda surxondaryo militsiyasi narkotik savdosi aralashganSovet diplomatlarini qo'lga olishga ruxsat so'raydi.

O'sha paytdagi O'zbekiston Ichki ishlar vaziri, polkovnik Uchqun Rahimov KGBdan chiqqan edi. Shu sabadan bo'lsa kerak, chekistlardan chiqqan vazir diplomatlarni qo'lga olish uchun avval SSSR KGBsidan, keyin Tashqi ishlar vazirligidan ruxsat olish kerakligini aytadi. Shu bahonada u operatsiyani vaqtincha to'xtatib turadi.

Qahramon Xo'jaqulov:

“Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Tohir Mahkamov menga Babkin, Miloshevich va Xatskevchilarni qo'lga olish operatsiyasini biz emas, “komitetchik”larning o'zi amalga oshirishi haqida aytdi. Diplomatlarni qo'lga olish operatsiyasini o'tkazish uchun SSSR Tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze va KGB raisi Viktor Chebrikovning ruxsati kerakligini aytdi. Keyin menga ma'lum bo'lishicha, SSSRning Mozori Sharifdagi konsulligida rasman diplomatik xodim bo'lib ishlab yurgan Babkin, Miloshevich va Xatskevchilar aslida KGBning Birinchi Bosh Boshqarmasi, ya'ni tashqi razvedka boshqarmasining xodimlari ekan. Hozirda bu boshqarma Rossiyada alohida tashkilotga aylantirilib, Slujba vneshney razvedki deb aytiladi. Xullas, ichki ishlar idoralari bu operatsiyadan chetlashtirildi. Shunday bo'lsa ham, KGBning Afg'onistondagi razvedkachilari narkotik savdosiga aralashib qolgani ichki ishlar idoralari rahbarlariga, jumladan o'sha paytda SSSR ichki ishlar vaziri general-polkovnik Aleksandr Vlasoga ham ma'lum bo'lib ulgurgan edi”.

KGB josuslarining jinoyatlari oshkor bo'lib ulgurgan edi.  Vaziyat shunchalik jiddiy tus oladi-ki, 1988 yilyozida SSSRning Afg'onistondagi elchisi Nikolay Egorichev va O'zbekiston SSR KGBsining rahbari general-leytenant Vladimir Golovin zudlik bilan Moskvaga chaqirtirilishadi. Xullas, narkofurush chekistlarni qo'lgaolishdan boshqa chora yo'q edi.

KGB rahbari Viktor Chebrikov Moskvadan O'zbekistonga maxsus qo'lga olish guruhini jo'natadi. Moskvalik chekistlar O'zbekiston KGBsining tezkor xodimlari bilan birgalikda Termizga borishadi. Surxondaryoga kelgach, ular ishni operativ ma'lumotlarni o'rganishdan emas, KGBning tinchini buzgan o'zbek militsioneri Qahramon Xo'jaqulovni ko'rishdan boshlashadi.

Qahramon Xo'jaqulov:

“Babkin, Miloshevich va Xatskevichlar ishidan chetlashtirilganimdan biroz vaqt o'tgach, xonamga rus millatiga mansub bir kishi kirib kelib, men bilan salomlashdi. Menga o'zini: “Ya polkovnik KGB Belov”, – deb tanishtirdi. “Synok, my tebe zvanie Geroya Sovetskogo Soyuza ne dadim, no orden dadim” – dedi. Keyin bilsam, shu odam Moskvadan kelgan KGB guruhining rahbari ekan… Keyinchalik meni KGBning Toshkentdagi idorasiga chaqirtirishdi. U erda tergov boshqarmasi xodimi, polkovnik Sergey Medvedev menga savollar bera boshladi

Lubyanka vakillari narkofurush hamkasblarini Xayraton ko'prigidan o'taverishdagi chegara postida qo'lga olishadi. Babkin, Miloshevich va Xatskevichlar bu safar ham chegarani o'sha oq rangli GAZ-24 avtomobilida kesib o'tishayotgan edi.

Diplomatik avtomobil'ning zahira g'ildiragidan 20 kilogram qoradori chiqadi. Mashinadan ko'p miqdorda xorijiy valyuta, qimmatbaho antikvar buyumlar ham topiladi.

“Eltuz” surishtiruv guruhiga ma'lum bo'lishicha, Termizda qo'lga olingan uch diplomat shu kunning o'zidayoq Toshkentga, O'zbekiston SSR KGBsining Tergov boshqarmasiga va Tergov izolyatoriga olib kelingan.

Biroq uch kundan so'ng Babkin, Miloshevich va Xatskevichlar noma'lum sabablarga ko'ra qo'yib yuborilgan. Narkofurush uch chekist lubyankalik hamkabslari bilan birga Toshkentdan Moskvaga uchib ketishgan. Moskvaga etib kelgach, Babkin, Miloshevich va Xatskevichlar jazolanish o'rniga, KGBning quyi tabaqa idoralariga ishga o'tkazilgan.

Ularni fosh qilgan surxondaryolik militsiya mayori Qahramon Xo'jaqulov esa rag'batlantirilish o'rniga, viloyat markazi Termizdan uzoqlashtirilgadi. U Jarqo'rg'on tumani Ichki ishlar bo'limi Jinoyat qidiruv bo'linmasiga boshliq etib tayinlangan. Ya'ni militsionerlar tilida aytganda “xizmat surguniga” yuboriladi.

Lekin Xo'jaqulov yangi ish joyida ham jinoyatchilikka qarshi astoydil kurasha boshlagan. Jumladan, anchadan beri ochilmay yotgan qator jinoyatlarni fosh qilgan.

Masalan, o'sha paytda Surxondaryoda ikkinchi rahbar Qo'chqor Ahmedovningukasi Eshshi Qo'chqorovni o'ldirgan qotillarni topgan. Bu jinoyat o'sha paytdagi prokuror Hayitmurod To'laganovga yaqin kishilarning qo'li borligi tufayli ochilmay yotgan edi.

Qahramon Xo'jaqulov o'zining faolligi bilan yana mahalliy prokuror va chekistlarning jig'iga tega boshlaydi.

Endi uni Termizdan yanada olisroq joyga – Denov tumaniga o'tkazishadi. Buerda ham u yillar davomida ochilmay yotgan jinoyatlarni ochishga erishadi. Shundanso'ng mahalliy aholi uni “Rembo” deb atab boshlaydi.Lekin“Rembo”ning bu harakatlari xalqqa yoqqani bilan alamzada chekistlarga yoqmaydi. Vamahalliy KGB Qahramon Xo'jaqulovga qarshi tuhmat uyushtirish uchun maxsus operatsiya ishlab chiqadi.

Bu mahsus amaliyot haqida surishtiruvimizning keyingi qismida hikoya qilamiz.

Eltuz.com – maxsus jurnalistik surishtiruv guruhi tomonidan tayyorlandi

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube