O’zbekiston Xalq Harakati

Barqaror iqtisodiy rivojlanish reytingida O'zbekiston qo'shnilaridan ortda qoldi

Barqaror iqtisodiy rivojlanish reytingida O'zbekiston qo'shnilaridan ortda qoldi
17 Aralık 2018 - 17:38 'da yuklandi va 589 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining zabar berishicha, The Boston Consulting Group (BCG) tadqiqot reytingi e'lon qilgan barqaror iqtisodiy rivojlanish indeksi reytingda O'zbekiston postsovet mamlakatlari hamda qo'shnilaridan ortda qolgan.

Reytingni tuzishda o'rganilgan 152 davlat orasida O'zbekiston 101-o'rinni egallagani ma'lum bo'ldi.

Qiyoslash uchun: Belarus' – 52, Qozog'iston 57-, Rossiya 59-, Ukraina 67, Armaniston 69-, Ozarboyjon 71-, Qirg'iziston 95-, Tojikiston 108- o'rinda.

Norvegiya, Shveytsariya va Islandiya, Lyuksemburg, Daniya, Shvetsiya, Singapur, Finlyandiya, Avstriya hamda Niderlandiya reytingning dastlabki o'rinlaridan joy olgan.

Ro'yxatni Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Yaman, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Sudan, Nigeriya, Mozambik va Pokiston yakunlagan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort