O’zbekiston Xalq Harakati

Ukraina borasida Islom Karimov haqmi va yoki Shavkat Mirziyoev?

Ukraina borasida Islom Karimov haqmi va yoki Shavkat Mirziyoev?
19 Aralık 2018 - 21:25 'da yuklandi va 1446 marta o'qildi.

Rasmiy Toshkent o'tgan bir yilning o'zida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qrim, Ukrainaga oid ikki xalqaro rezolyutsiyasini ketma-ket rad etdi.

Bu kabi voqe'lik ekspertlar qolib, oddiy o'zbekistonliklarning ham diqqat-e'tiborlarini o'ziga jalb etmay qolmadi.

O'z fikrlarini turli ijtimoiy muloqot tarmoqlarida bildirayotgan aksariyat bundan o'z taajjublarini izhor etishgan.

Birlari, “Avvalgi pozitsiyamiz boshqacha edi”, deya miyig'ida kulganning ishorasini qilgan bo'lsa, boshqasi, “diplomatik nuqtai nazardan betaraf qolsak bo'lardi”, degan.

Ularning orasida O'zbekistonning bugungi mavqeini, ta'bir joiz, “Rossiyadan juda qo'rqish”ga yo'ygan, buni “marionetkalik” qilishga qiyoslovchilar ham topilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qrimni harbiylashtirish to'g'risidagi rezolyutsiyasi Ukraina voqealari rivojining yangi bosqichi – Kerch bo'g'ozidagi hodisalardan bir oycha o'tib ovoz berishga qo'yilgan.

Bundan tashqari, so'nggi ovoz berishlar, mintaqaviy ekspertlar nazdlarida, rasmiy Toshkent va Moskva orasida har tomonlama hamkorlik aloqalari jadal kuchayib borayotgan bir paytda kuzatilgan.

Boshqa tomondan, mintaqada Rossiya va AQSh o'rtasida geosiyosiy tanglik yanada kuchayib borayotgan, rasmiy Moskva Markaziy Osiyoda o'zining manfaatlarini parvarishlash harakatiga zo'r berayotgan bir manzarada bo'y ko'rsatgan.

BMT yangi rezolyutsiyasida esa, “Bosh Assambleya Rossiya Federatsiyasini istilochi davlat sifatida Qrimdan qurolli kuchlarini olib chiqib ketish va Ukraina hududidagi vaqtinchalik ishg'olni darhol to'xtatishga qat'iyan chaqiradi,” deyiladi.

“Karimov davridagi ehtiyotkorlik bilan bugungi kundagi ehtiyotkorlikning tabiati jiddiy farq qiladi. Karimov davrida Rossiyaga nisbatan qo'rquv bor edi. O'sha qo'rquvning zamirida Rossiya siyosatini qo'llab-quvvatlamaslik bu ehtiyotkorlikning asosiy qiyofasi edi. Bugungi kundagi ehtiyotkorlik Rossiyaning qahr-g'azabiga uchramaslik uchun imkon qadar geosiyosiy va xalqaro masalalarda qarshilik ko'rsatmaslik, ya'ni farqli pozitsiyani bildirmaslik mana bu ehtiyotkorlikning boshqa ko'rinishi, deyishimiz mumkin”, – deydi Frantsiyadan asli o'zbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

Tahlilchi suhbatdoshimizga ko'ra, Ukraina post-sovet hududida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi davlat bo'ladi.

“Post-sovet hududida aholisi nuqtai nazaridan eng katta davlat bu – Rossiya bo'ladi. Aholisining soni 145 million. Ikkinchi davlat bu – Ukraina, 42 million. Uchinchi davlat O'zbekiston, 33-34 million. 15, uzog'i bilan 20 yildan keyin, agarki, hozirgi demografik tendentsiya, jarayonlar saqlanib qoladigan bo'lsa, O'zbekiston va Ukrainaning o'rni almashadi. Ya'ni, O'zbekiston ikkinchi davlat bo'ladi, Ukraina uchinchi o'ringa tushadi”.

“Demakki, O'zbekiston ertami-kechmi, o'zining ichki va tashqi loyihalarini, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish uchun geosiyosiy mustaqillikka va xalqaro tashabbusga qo'l urmoqchi bo'lsa, bugungi Ukrainaning muammolari O'zbekistonning qarshisida turadi”, -deya o'z tahlilida davom etadi ekspert suhbatdoshimiz.

“Chunki Rossiyaning asosiy tafakkuri – so'nayotgan, aholisi torayib borayotgan, o'zining sharqiy hududlarini qanday asrash, qanday parvarishlashni bilmayotgan bir imperiya sifatida asosiy e'tiborini post-sovet hududida o'zining ta'sirini ko'proq mahrum qilish, bosim o'tkazish mexanizmlari orqali ushlay turayotgan bir davlat”, – deya o'z so'zlarida davom etarkan, Kamoliddin Rabbimov, “demak, O'zbekiston Rossiya davlatchiligi uchun, Rossiya imperiyasi uchun juda ham muhim bo'lgan bir davlat”, – deydi.

Agar, dushanba kungi ovoz berish natijalariga qaralsa, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi yuzasidan ikki Markaziy Osiyo davlati – Qozog'iston va Qirg'iziston betaraf qolishni ma'qul ko'rishgan.

O'zbekiston, Armaniston va Belarus unga qarshi ovoz berishgan.

Turkmaniston, Tojikiston va Ozarbayjon esa, ovoz berishlarda ishtirok etishmagan.

Rossiya 2014 yilning bahorida Ukraina nazoratidagi Qrimni o'z hududiga qo'shib oldi.

Bu Qrimda istiqomat qiladigan aholi o'rtasida o'tkazilgan referendum natijalariga asoslangan, dedi Kreml'.

Referendum tashkilotchilari e'lon qilishicha, 2014 yil 16 mart kuni yarim orolda o'tkazilgan referendumda aholining 96 foizi Qrim yarim orolini Rossiyaga qo'shib olishni yoqlab ovoz bergan.

Qrim anneksiyasi borasida BMT Bosh assambleyasi 2014 yil 27 martida rezolyutsiya qabul qilgan.

Bu rezolyutsiya Qrim referendumi qonuniy kuchga ega emas, deb tan olingan.

Shunday ekan, O'zbekiston, rasmiy Toshkent, ekspert nazdi, tahlili va bahosidagi voqealarning bu kabi rivojiga tayyormi?

Batafsil suhbatimizda tinglab, tomosha qiling va bu xususda siz ham o'z fikringizni bildiring.

Manba: bbc.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Fikrat ;

    O'zini milliyatchi (millatchi emas) deb bilgan partiya nega doim dunyoviy jarayonlarda faqatgina o'z manfaatidan kelib chiqib ish tutadigan anglosaksonlar pozitsiyasini qo'llab ish tutadi. Tushunmadim.

    19/12/2018 22:35
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube