O’zbekiston Xalq Harakati

Islohotlar kimga bog'liq: Mirziyoev, DXX va yoki?..

Islohotlar kimga bog'liq: Mirziyoev, DXX va yoki?..
21 Aralık 2018 - 16:25 'da yuklandi va 1863 marta o'qildi.

O'zbekiston prezidentining o'z so'zlaridan anglashilishicha, bugun mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning sur'atiga mos ilg'or kadrlar etishmaydi.

So'z esa, minglab kadrlar haqida ketmoqda.

Bu mavzu kuni-kecha poytaxt Toshkentda shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevning o'zi boshchiligi ostidagi yig'inga sabab bo'lgan.

Rasmiy xabarlarga ko'ra, yig'in zamonaviy kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga qaratilgan.

“Bu hali bugungi ehtiyoj”, – deb aytgan prezident Shavkat Mirziyoev.

“Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun mutaxassis kerak bo'ladi? Shuni hozirdan chuqur o'ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak”, derkan, O'zbekiston prezidenti, “bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz”, – deya ta'kidlagan.

Bu xususdagi prezident rasmiy veb sahifasida chop qilingan xabarda e'tirof etilishicha, hozirgi tizimli o'zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko'nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo'lib qolgan.

Ammo ayni shu xabarning o'zida so'nggi yillarda ta'lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilgani ham birma-bir sanab o'tiladi.

Kutubxona

Xorijiy universitetlarning filiallari doxil o'ndan ortiq yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etilgani, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlangani aytiladi.

Yaqinda prezident farmoni bilan O'zbekiston Vazirlar mahkamasi huzurida tashkish qilingan maxsus “El-yurt umidi” jamg'armasi tilga olinadi.

Prezidentning ko'rsatmasiga muvofiq, bu jamg'armaga davlat byudjetidan rejadagidek 45 milliard so'm emas, bundan-da ko'proq ajratilishi bildiriladi.

Vazirlar Mahkamasiga bu jamg'arma bilan birgalikda hattoki bu borada “Yo'l Xaritasi” ishlab chiqish vazifasi yuklatilgani ham ma'lum qilinadi.

Bu xususda yana Oliy ta'lim, Tashqi ishlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Yoshlar Ittifoqiga ham topshiriqlar berilgani ayonlashadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev O'zbekistonga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning ma'lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirishni istashi ma'lum bo'ladi.

Tashabbuslar, natija-chi?

Shavkat Mirziyoev

Yangi prezidenti qudratga kelishi ortidan kechgan ikki yilcha vaqt oralig'ida O'zbekiston tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el sarmoyalarini mamlakatga jalb etishga qaratilgan bir qancha tashabbuslarni ilgari surgan.

Va'da qilganidan biroz kechikib bo'lsa-da, erkin konvertatsiyani ochgandek, yana boshqa qator iqtisodiy islohotlarga qo'l urayotgandek ko'ringan.

Xuddi shu manzarada yangi hukumat xorijdagi O'zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytishga chaqirgan.

Bu tashabbusni O'zbekiston yangi prezidenti Shavkat Mirziyoevning shaxsan o'zi boshlab bergan.

O'tgan yil sentyabr' oyida AQShga qilgan rasmiy tashrifi chog'ida N'yu-Yorkdagi o'zbekistonliklar va O'zbek diasporasi vakillari bilan shaxsan uchrashgan.

Mirziyoev ularga Vatanlariga qaytishni taklif qilgan va O'zbekistonning ravnaqiga hissa qo'shishga chaqirgan.

“Men ularni qo'llab-quvvatlash va bunday hamkorlikni har tomonlama rag'batlantirishga tayyorman”, – deb aytgan.

Umid esa, xorijdagi o'zbekistonlik mutaxassislar mamlakatda investitsiya bozorini rivojlantirishga ko'mak berishlari mumkinligidir.

Yaqinda prezidentning “xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish”ga oid qarori ham qabul qilingan.

Unda bu xususda “O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” so'z borgan.

Ayni shu maqsadda davlat siyosati Kontseptsiyasi va birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanayotgani bildirilgan.

Yangi qaror matnining o'zidayoq bu masalaga e'tiborning etarli bo'lmagani bandma-band oshkora va rasman e'tirof etilgandi.

Bu borada ilk bor tashkil etilgan “Umid” jamg'armasi O'zbekiston mustaqilligining ilk yillariga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'limi ortidan xotirasiga asos solingani “Islom Karimov” nomidagisi esa, so'nggilaridan biri bo'lgan.

Aynan hozirda marhum prezidenti Islom Karimov boshqaruvda ekan, O'zbekistonda 1997 yil avgustida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham qabul qilingan.

Prezident Karimov bu dasturni mamlakatdagi kadrlar siyosatining tamali, deya taqdim etib kelgan.

Ammo tahlilchilar ushbu dasturga u yoki bu soha bo'yicha mutaxassislarning ham “kadrlar” sifatida kiritilgani, amalda analitik fikrlash qobiliyatiga ega va liderlik salohiyati mavjud professional kadrlarning boshqaruvdan chetda qolib kelganini aytib kelishgan.

Ularga ko'ra, kadrlar siyosati o'sha paytda shaxsiy sadoqat va qarindosh-urug'chilik tamoyillariga asoslanib kelgan.

Britaniya

Bugun AQSh, Britaniya, Yaponiya doxil dunyoning etakchi davlatlarida bank, konsalting, sug'urtalash, ilm-fan, ta'lim, davlat xizmati, tibbiyot, informatsion texnologiya va logistika yo'nalishida ishlayotgan o'zbekistonliklar esa, etarlicha topiladi.

Ammo yangi prezidenti boshchiligi ostida o'zbek hukumati turli tashabbus, qonun, qaror va farmonlar bilan O'zbekiston imijini yaxshilash harakatida esa-da, aftidan, o'zi boshlagan islohotlarga halicha xorijdagi barchani ham ishontira olmagan ko'rinadi.

Hozir Britaniyada iqtisodchi bo'lib ishlaydigan asli o'zbekistonlik suhbatdoshimiz Abdumalik Salievning aytishicha, buning uchun O'zbekistonda tubdan o'zgarishlar lozim bo'ladi.

“O'zgarishlar bo'lmadi, demaymiz, o'zgarishlar bo'ldi. Hali-haligacha qaysidir ma'noda bo'ldi, ko'rayapmiz. Lekin tubdan o'zgarishlarni haligacha ko'rayotganimiz yo'q. Lekin kuch ishlatar deymizmi yoki bo'lmasa, asosiy davlat bo'g'imlari bo'lgan tizimlarda hali-haligacha tubdan o'zgarishlar bo'lgani yo'q”.

“Ya'ni, hozir mavjud bo'lgan har bitta bajariladigan ishlarning byurokratik tizimiga o'zgartirish kiritilishi kerak yoki bu tizimni tamoman qayta ko'rib chiqish lozim. Tizimda ma'lum bir effektiv o'zgarish bo'lmasdan turib, kadrlarni chaqirishimiz, bizda kadrlar etishmayapti, kadrlar bo'lganida bizda o'zgarish bo'lardi, degan fikrni berishning o'zi noto'g'ri bo'lardi”, – deydi u.

Prezident Shavkat Mirziyoev hali o'zining rasman qudratga kelishi arafasida, Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisida qilgan inauguratsion nutqida ham kadrlar taqchilligi masalasiga e'tibor qaratgan.

Mirziyoev o'shanda o'zi rejalayotgan islohotlarni hayotga tadbiq etish uchun boshqaruv tizimini o'zgartirish kerak bo'lishi haqida so'z yuritgan.

“Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida ko'p hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish, ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yo'lga qo'yilmagani sezilmoqda. Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga ishlab o'tiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish ko'p, vazifa ko'p, lekin ishlaydigan odam, kadr etishmaydi”, derkan, prezident, “Har bir davlat xizmatchisi … o'z aravasini o'zi tortishi lozim”ligini ta'kidlagan.

Tahlilchilarga ko'ra, Mirziyoevning hokimlarni almashtirish jarayoni Karimov davridagidan farq qilmagan va hozircha kadrlar siyosati tubdan isloh qilinishining belgilari yo'q.

Ularning aytishlaricha, O'zbekistonda qaror topgan hokimiyat vertikali inobatga olinsa, islohotlarning taqdiri hukumat a'zolarining malakasidan ko'ra ham ko'proq Mirziyoevning siyosiy irodasiga bog'liq bo'lib qoladi.

Manba: Bi-Bi-Si  O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube