O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

QQS narx-navoga qanday ta'sir ko'rsatyapti?

QQS narx-navoga qanday ta'sir ko'rsatyapti?
08 Ocak 2019 - 16:30 'da yuklandi va 1057 marta o'qildi.

Toshkentda mashinalarga quyiladigan metan gazning narxi 1950 so'mdan 2200 so'mga ko'tarildi. Buni ko'pchilik qo'shimcha qiymat solig'i olish boshlangani bilan bog'lamoqda.

Bu qanchalik to'g'riligi haqida hozircha rasmiy doiralar biror bir tushuntirish berayotgani yo'q. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda QQS mamlakatda narx-navoning yanada oshishiga poydevor qo'ygani borasida munozaralar kuchayganidan kuchaygan.

Joriy yilda yangi soliq kontseptsiyasi doirasida hukumat umumbelgilangan soliqlardan voz kechib, tovar aylanmasi 1 milliard so'mdan yuqori bo'lgan yuridik shaxslar uchun 20 foizlik QQSga o'tish to'g'risida qaror qabul qildi.

Bu qaror avvalboshdanoq juda ko'p tortishuvlar, bahslar, qarama-qarshi fikrlarga sabab bo'ldi.

Jumladan, mazkur qabul qabul qilinishi ortidan Iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashuv markazi (CED) rahbari Yuliy Yusupov: “Soliq islohotini amalga oshirayotgan hukumatning eng katta xatosi, menimcha, QQS stavkasini 20 foiz qilib qoldirishi bo'ldi”, deb yozgan edi.

Uning fikricha, bu holatda biznesning legallashuvi va soliqqa tortishning umumiy tartibiga o'tishi kutilganidan kamroq ko'lamda bo'ladi. Biznes QQSga o'tmaslikka faol tarzda harakat qiladi, jumladan, biznesni maydalashtirish, tushumni yashirish, yangi yuridik shaxs sifatida qayta ro'yxatdan o'tishga urinadi.

Bundan tashqari, ekspertning ta'kidlashicha, mahalliy tovar va xizmatlarning ba'zi turlari qo'shni mamlakatlarnikiga nisbatan kamroq raqobatbardosh bo'lishi, soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi natijasida byudjet daromadlari kamayishi mumkin.

Yu.Yusupov soliqqa tortishning yangi tizimiga o'tishdagi biz duch kelayotgan ko'plab muammolar aynan QQS stavkasini pasaytirishni istamaslik bilan bog'liqligini eslatgandi.

O'zbekistonda 2019 yil uchun belgilangan davlat byudjeti parametrlarida qo'shilgan qiymat solig'ining ulushi eng yuqori bo'lib, 35 foizdan oshadi.

Bundan ko'rinadiki, mamlakat hukumati yangi QQSga byudjetni to'ldirishning asosiy manbasi sifatida qaramoqda.

Shu bilan birga, QQSning 20 foiz, ya'ni MDHning aksariyat davlatlaridagiga nisbatan balandroq qilib belgilangani ichki bozorda narx-navo o'sishiga sabab bo'lmasligini ta'kidlab kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda va elektron OAVda bildirilayotgan fikr-mulohazalar esa ko'pchilik hukumatning bu va'dalariga ishonqiramay qarayotganini ko'rsatayotir.

Jumladan, kun.uz mushtariysi Shukurulla Fayzullaev QQS narxlarning oshishiga sabab bo'lmaydi, deyishga hali juda erta, deb hisoblaydi.

“Bugungi tizim bo'yicha korxona tomonidan to'lanayotgan ish haqiga va korxona tomonidan amalga oshirilayotgan ba'zi xarajatlarga ham QQS solish ko'zda tutilgan. Holbuki, ish haqi to'lash vaqtida ham korxona, ham xizmatchi belgilangan soliqlarni va majburiy to'lovlarni to'laydi, boz ustiga, korxona yana ish haqidan ham QQS to'laydi”, deb yozadi Sh.Fayzullaev.

U soliq bosimi oxir-oqibatda xaridorning elkasiga tushishi aniqligini aytar ekan: “Shunday ravshan ko'rinib turgan vaqtda davlat tashkilotlarining “QQSning kiritilishi tovarlar va xizmatlar narxining oshishiga olib kelmaydi”, deyishi g'alati”, deya qo'shimcha qiladi.

Mutaxassislar masalaning yana bir jihatiga e'tibor qaratmoqda. Bunda QQS to'lamaydigan korxonalarda realizatsiya hajmi kamayishi mumkin. Chunki QQS to'lovchi korxonalar mahsulotlarni aynan o'zlari singari QQS to'lovchilardan sotib olishga harakat qiladi.

Natijada tovar aylanmasi 1 milliarddan kam bo'lgan kichik korxonalar qiyin ahvolga tushib qoladi.

Iqtisod fanlari doktori Shuhrat Toshmatov bu kichik korxonalar bozorga chiqargan tovarlarda QQS hisoblamasliklari tufayli yuzaga kelayotgan bozor iqtisodiyotiga xos bo'lmagan nosog'lom raqobatni bartaraf etishga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda.

Ayrim ekspertlar esa bu holat kichik korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini kamaytirib, kengayishiga to'siq bo'lishini ta'kidlayotir.

Yangi yildan boshlab QQS yuzasidan tanqidiy va salbiy munosabatlar ko'payib ketganidan so'ng iqtisodchi Yuliy Yusupov yuqorida eslatib o'tilgan avvalgi fikridan qaytgandek ko'rindi.

U o'zining feysbukdagi sahifasida kassa cheklarida QQS bandi paydo bo'lgani munosabati bilan boshlangan chiqishlarni “jazava” va “savodsizlik”, deb aytdi.

Iqtisodchining fikricha, agar QQS to'lovchilari oldinroq zanjirda bo'lgan bo'lsa, endi yangi soliq tizimiga o'tishda narxlar oshib ketmaydi. Ayrim hollarda esa u kamayishi mumkin, sababi, QQSga o'tish yagona solq to'lovi to'lashdan voz kechish demakdir.

“Agar u cheklarda ko'rsatilmagan, boz ustiga, qo'shimcha qiymat yaratilishining avvalgi bosqichlarida to'lovlar ko'rsatilmagan bo'lsa, bu u bo'lmaganini anglatmaydi. Ya'ni bir soliqni boshqasiga almashtirish yuz berdi. Ba'zi hollarda soliq yuki (shunga qarab narx) oshishi mumkin, ba'zida u o'zgarmaydi, qaysidir birida esa hatto kamayadi”, deb yozdi Yuliy Yusupov.

Garchi hukumat ham, ayrim iqtisodchilar ham QQSning yangi tartibi joriy etilishi narx-navo oshishiga olib kelmasligini ta'kidlayotgan bo'lsa-da, iste'molchilar o'rtasida baribir o'zgacha kayfiyat hukm surmoqda.

Chunki yangi yildan ayrim tovarlar narxi oshgani sir emas. Buni esa iste'molchilar o'z-o'zidan QQSga bog'lamoqda.

Shunday ekan, xalqni QQS narx oshishiga olib kelmaydi, deb ishontirish juda qiyin. Narx-navoni barqaror ushlab turish esa undan ham qiyin bo'lishi kundek ravshanlashib borayotgan bir vaqtda xavotirlarga o'rin bordek ko'rinmoqda.

Bahodir Sharif

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube