O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Milliy korruptsiya xususiyatlari yoxud O'zbekistonda amaldorlar «biznesi»ni qanday engish mumkinligi haqida

Milliy korruptsiya xususiyatlari yoxud O'zbekistonda amaldorlar «biznesi»ni qanday engish mumkinligi haqida
28 Ocak 2019 - 15:18 'da yuklandi va 1365 marta o'qildi.

Behzod Hoshimovning korruptsiya haqidagi interv'yusi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ushbu muhokamalar meni korruptsiya, uning biznes shaklini olgan jihati haqida mushohada yuritishga undadi.

Umuman olganda, korruptsiyani «pullik xizmat ko'rsatish» sifatida e'tirof etish mumkin. Ammo u odatiy emas — o'ziga xos xizmatdir. Birinchidan, u qonunga xilof. Ikkinchidan, u boshqa bir turdagi xizmatdan kelib chiqadi — davlat xizmatlaridan.

Jamiyat davlat xizmatlarini ko'rsatishi uchun mansabdorlarni yollaydi. Ammo ba'zi holatlarda mansab egalari shundoq ham bajarishlari kerak bo'lgan ishlar uchun manfaatdor tomondan qo'shimcha to'lov talab qila boshlashadi. Aksincha bo'lishi ham mumkin: ular qilishi lozim bo'lgan ishlarni qilmaslik uchun, qoidabuzarlikka «ko'z yumish» yoki ruxsat bermaslik lozim bo'lgan joyda ruxsat berishlari uchun pora olishadi.

Davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida nega bunday holatlar yuz berishi va nega «qo'shimcha» (korruptsion) xizmatlarga talab paydo bo'lishini tushunib etmoq kerak. Axir bu erda gap faqat mansabdorning pora olish istagi haqida emas, kimdir o'sha porani berishga tayyorligida hamdir. Aks holda, mansabdorning pora olish istagi havoda muallaq qolgan bo'lardi.

Tahlil qulayligi uchun davlat xizmatlarini ikki toifaga bo'lamiz.

Birinchisi — jamiyatga kerak bo'lgan xizmatlar. Ular barcha rivojlangan mamlakatlarda ko'rsatiladi. Masalan, mulk huquqini hisobga qo'yish (registratsiya qilish), pasport (yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat) berish, tashkilotlarni tekshirish (soliq to'lash, sanitar qoidalarga amal qilish va boshqa masalalari bo'yicha), davlat ehtiyojlari uchun xaridlar qilish.

Ikkinchi toifa — aksariyat hollarda mansabdorlarning o'zlari tomonidan jamiyatga tiqishtirilayotgan xizmatlar. Rivojlangan davlatlarda bunday xizmatlar ko'rsatilmaydi. Masalan, alohida korxonalarga turli-tuman individual imtiyozlar (soliq, kredit sohasida, rasmiy konvertatsiyadan foydalanish uchun imtiyozlar) berish. Yoki o'ta qiyinlashtirilgan propiska. Yoxud jamiyat uchun aytarli zarar keltirmaydigan, shu uchun ham ularga ruxsat olish kerak bo'lmagan, ammo, negadir, mansabdorlar tomonidan ularga ruxsat berish joriy qilingan xizmatlar. Yoki konkurs o'tkazmasdan qurilish uchun er berish amaliyoti (bunda mansabdor kimga er berish keragu kimga bermaslik kerakligini o'zi hal qiladi).

Qanday holatlarda davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida korruptsiyaga talab paydo bo'ladi?

Birinchidan, bunday xizmatlar murakkablashtirilganda va shaffof bo'lmaganida. Bu holda mansabdor o'zining xizmatlarini tadbirkor yoki fuqaroga osonlik bilan «qo'shimcha servis» sifatida tiqishtiradi: «ishing tez va oson bitishini xohlasang, mullajiringni cho'z!» Yana biri — mansabdor murakkab va noshaffof jarayondan taqiq uchun, nimadir bermaslik uchun, nima uchundir jazolash uchun foydalanadi. Shunda mazlum taraf «chekka yo'llarni» izlay boshlaydi — pora berish nimanidir isbotlashdan qulayroq bo'lib qoladi.

Ikkinchidan, mansabdorning qarori yordamida kimdir foyda ko'rishi mumkin bo'lganda korruptsiyaga talab paydo bo'ladi. Masalan, soliq imtiyozlari yoki rasmiy konvertatsiyaga «yo'l ochish» (2017 yil sentyabrigacha bizda shunday edi) yoki davlat xaridlari bo'yicha tenderni yutib olish. Bunda manfaatdor tarafda ustunlikka ega bo'lish uchun pora berish istagi paydo bo'ladi.

Endi bu holatga korruptsion «xizmatlar» sotuvchisi ko'zi bilan qarab ko'ramiz. Har qanday sotuvchi o'zining tovariga bo'lgan ehtiyoj oshishini istaydi. Talab kuchayishi uchun sotuvchilar turli marketing vositalarni ishga solishadi. Albatta, mansabdorlar o'z xizmatlarini gazeta orqali ochiq reklama qilolmaydilar. Ammo ularda boshqa vositalar bor.

Modomiki, korruptsiyaga talab jarayonlarning murakkabligi va noshaffofligidan kelib chiqyaptimi, demak ular jarayonni tobora murakkablashtirib, yanada noshaffof qilish kerak. Ya'ni, normativ hujjatlardagi ziddiyat va chalkashliklar, mansabdorlar tomonidan taqiq qo'yish imkoniyati, turli ruxsatlar olish uchun talablar qanchalik ko'p bo'lsa, korruptsiyaga potentsial talab ham shu qadar katta bo'ladi. Binobarin, korruptsiyalashgan mansabdorlar me'yoriy bazani murakkablashtirish va taqiqlar, ruxsatlar hamda tekshiruvlar turlarini o'ylab topish uchun maksimal kuch sarflashadi. Shu uchun ham ular ko'zingizga qarab «afsusda ekanliklarini, me'yoriy bazaning nomukammalligi sababidan hech narsa qilolmasliklarini» izhor etsalar — ishonmang! Ular aslo afsusda emas. Yomon me'yoriy baza — ularning «noni» — korruptsion xizmatlarga talabni oshirish uchun hal qiluvchi vosita.

Boshqa bir marketing vositasi — jamiyatga keraksiz (ortiqcha) xizmatlarni tiqishtirish. Bu erda doim ezgu sabablar o'ylab topiladi: individual imtiyozlar «milliy ishlab-chiqaruvchilarni rivojlantirish uchun kerak» (unda nega bu imtiyozlar individual — sohaning barcha ishlab-chiqaruvchilari uchun emas?), propiskani cheklash «xavfsizlikni ta'minlash uchun kerak», jamiyat uchun kerak bo'lmagan ruxsat va litsenziyalar «xaridorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun kerak» (har kim sotavermasin-da tovarlarni, biz tekshirganlar sotsin!). Qurilish uchun erlarni tanlov asosida sotmaslik kerak (kim ko'p to'lasa, o'shanga emas), balki shundoq (mansabdorga pora berganga) bo'lib berish kerak.

Shuning uchun ham turli, davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga aralashuvini kuchaytiruvchi g'oya, dastur, me'yoriy hujjatlarni ilgari surish ishlarida korruptsiyalashgan mansabdorlar birinchi safda. Jamiyatga zarar etishi ular uchun ahamiyatsiz. Davlat (demakki, mansabdorlar) qo'lida funktsiya va vakolatlar, ruxsat berish va taqiqlash, biror-bir narsaga yo'l ochish yoki ochmaslik, nimanidir boshqarish imkoni qanchalik ko'p bo'lsa, korruptsion xizmatlarga ham talab shunchalik ko'p bo'ladi. Boz ustiga, bu talab korruptsion marketing mahsuli bo'lgan mutlaqo sun'iy talabdir.

Endi bir o'ylab ko'raylik, jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, korruptsiyaga talabni qisqartirish, uning asoslaridan mosuvo qilish uchun nimalar qilish kerak?

1. Normativ hujjatlarni ishlab chiqishning, muhokama qilish va qabul qilishning maksimal shaffof va keng jamoatchilik muhokamasini nazarda tutuvchi mexanizmini yaratish. Hozir yana paydo bo'lgan, me'yoriy hujjatlar loyihasi ommaga taqdim etmasdan, ustimizga qo'qqisdan, «tomdan tarasha tushgandek» taqdim etilayotgan amaliyotdan mutlaqo voz kechish kerak. Shu bilan birga, loyihalar muhokamasini bir shaklga solib, bildirilayotgan takliflarga nisbatan hujjatlarni ishlab chiqqanlarning reaktsiyasini shaffof qilish lozim. Bundan tashqari, barcha me'yoriy hujjatlarni mustaqil antikorruptsion ekspertizadan o'tkazib borish kerak. Bu bizga qaerda korruptsion «mina»lar va samarasizlik yashiringanini ko'rsatib beradi.

2. Davlatning qonun qabul qiluvchi va ijro etuvchi tarmoqlari tomonidan qabul qilinadigan me'yoriy hujjatlar nisbatini qat'iyan o'zgartirish kerak. Hanuzgacha me'yoriy hujjatlarning aksariyati aynan ijroiya hokimiyat, ya'ni amaldorlar tomonidan qabul qilinyapti. Demak, korruptsionerlar qo'lida me'yoriy bazani murakkablashtirish va jamiyatga kerak bo'lmagan davlat xizmatlarini ilgari surish hamda o'zlarining korruptsion majburiyatlarini (ayniqsa turli imtiyozlarni berish qismida) amalga oshirishning ulkan imkoniyatlari saqlanib qolmoqda.

3. Iqtisodiy va ijtimoiy hayot ustidan davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish lozim. Bu esa davlatdan ortiqcha funktsiya va vakolatlarni olish bilan kechadi. Bu korruptsiyaga qaqshatkich zarba bo'ladi. Masalan, 2017 yilda valyuta bozorining erkinlashtirilishi mansabdorlarning valyutani imtiyozli konvertatsiya qilish huquqini berishdek funktsiyasini bekor qildi. Erkin konvertatsiya sharoitida konvertatsiya uchun kimgadir pora berish kerak emas. Talab yo'qmi — taklif yo'q — korruptsiya ham yo'q.

Iqtisodiyot liberalizatsiyasini yanada davom ettirish korruptsion «oxurlar»ning yo'qolishiga, davlatning roli pasayishiga olib keladi. Bunda korruptsiyalashgan mansabdorlar va ularning (ixtiyoriy va beixtiyor) g'oyaviy ittifoqchilari milliy ishlab chiqaruvchilar, mahalliy iste'molchilar, davlat manfaatlarini himoya qilish lozimligi va boshqa narsalar haqida hayqira boshlaydilar. Aslida, aynan korruptsion «oxurlar» himoyalanayotgan bo'ladi. Ishoning.

4. Davlat xizmatlarini ko'rsatishni mukammallashtirish lozim. Buni ularni soddalashtirish, keraksizlarini yo'q qilish, shaffoflikni ta'minlash va davlat xizmatlarini qabul qiluvchilarini etkazuvchilardan maksimal uzoqlashtirish (xususan, internet vositasida) bilan amalga oshirmoq kerak. Bu erda normativ bazalarni qayta ko'rib chiqish, yagona axborot bazalarini yaratish, xizmat ko'rsatishni elektronlashtirish kabi ulkan ish yotibdi.

Mazkur maqolada men korruptsion xizmatlarga talabni kamaytirish uchun nimalar qilish kerakligiga e'tibor qaratdim. Korruptsionerlarning xizmatlarini qisqartirish bo'yicha chora-tadbirlar — alohida muhokama qilinadigan mavzu. Bu o'rinda muhim hamda chuqur o'ylab ko'rish kerak bo'lgan masalalar ko'p. Masalan, davlat xizmatchilarini tayorlash, tanlash, xizmat pillapoyasidan ko'tarish, malakasini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish. Yoki ularning ishi ustidan nazorat o'rnatish, ularni chog'lantirish, maqsad tizimlarini shakllantirish.

Xulosa o'rnida. Korruptsiyaga qarshi kurashish uchun biz iqtisodiy islohotlarni davom ettirishimiz, davlatimizda keskin ma'muriy va boshqa, xususan sud (sudlar fuqarolarni korruptsionerlardan himoya qilmog'i kerak) islohotlarini amalga oshirib, hokimiyatlarning bo'linganligi borasida real mexanizmlarini yaratib, parlamentarizmni rivojlantirish, joylardagi davlat boshqaruvini isloh etishimiz lozim.

Yuliy Yusupov

Manba: kun.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube