O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Fe'lim mening, a'molim mening…

Fe'lim mening, a'molim mening…
29 Ocak 2019 - 8:00 'da yuklandi va 973 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

Uchinchi bob (2)

…Yashilbosh turna bo'lib kelgan O'g'iloy Cho'vish rovog'i singan derazadan yotoqxonaga uchib kirdi. Oyoqlari uchida turib, uzun bo'ynini cho'zdi. Kerilib qanotlarini qoqdi. Odam suratiga kirib, qirmizi atirgulni deraza oldiga qo'yib, tovusdek tovlanib kiyimlarini echdi. Avvalida Nusxagulning nimalar bo'layotganiga aqli etmadi. Moyli qo'llarini erining boshiga surkagancha dong qotib turdi. O'g'iloy Cho'vishni tanirkan, suyunish o'rniga cho'chib ketib, erini boshini qo'yib, nozik joyiga chang soldi. Og'riqqa chiday olmagan Qo'zi Shishak voy-voylab, shog'olga aylandi. Kurk tovuqqa aylangan Nusxagul qaqillagancha qaznoqqa uchib kirdi.

Ishlar bitgach, O'g'iloy Cho'vish qaytib  yashilbosh turnaga aylandi. Tumshug'iga Quryozagul tayyorlab qo'ygan tugunni ilib uchib ketdi. Bu gal oyoq tovushlari o'rnida otning dupuriga mengzash g'alati tovush paydo bo'ldi.

Uchib chiqqan kurk tovuq etay-etay deganda, Qo'zi Shishak tag'in shog'olga aylandi. Nafsoniyati qo'zigan tovuq shog'olning boshiga chiqib, sarlochin singari uning ko'zlarini cho'qaladi. Tovuq – Nusxagulga, shog'ol Qo'zi Shishakka aylandi. Nusxagul shaxdam sur'atlar bilan o'zgarayotgandi. Gumonlari ro'yobga chiqayotgan raisning yuragiga vahima tushdi. Aybdorlik tuyg'ulari mavj urgach, u o'zini bo'ri og'zidagi qo'zichoqdek his eta boshladi.

Kalxo'z jamoasidagilar eshakdan yiqilib o'lgan Hukki mulloning mayyitini oltmish yillik sho'rolar zamonasida etishib chiqqan birinchi shahid sifatida po'sh-po'shladilar. Uni eshakning juliga o'rab, mahsi-kavushi bilan erga topshirdilar. Oradan bir hafta o'tib, Qo'zi Shishak boshini ko'rpaga burkab uxlashga chog'langanda, Nusxagul dumbasidan chimchilab uni gapga solmoqchi bo'ldi. Iyigan er o'ngidan chapiga ag'darildi. Hukkining bevasiga bo'lgan muhabbati so'nmaganini aytmoqchi bo'ldi-yu, tilini tiydi. Jin-ajinalar orqali xotiniga ta'sir o'tkazayotgan O'g'iloy Cho'vishning qiyofasi ko'zlari oldiga kelib, tan-badani muzlab ketdi. Aslida xotini makkoralikda shaytonga dars beradigan ijroqo'm raisasi bilan biror marta so'zlashmagandi. Tishiga ilinganni tiriklayin yutadigan odamxo'r bilan uning qanday aloqa bog'laganiga Qo'zi Shishakning aqli etmasdi. Demak, so'zlashmasdan sirlashyaptimi, ularning ishlarini jin-ajinalar yuritadi, deb o'ylardi. “Uchlik ittifoqi” sharoit taqozosi bilan o'z-o'zidan bunyod bo'lgandi. Ikki hiylakor uni amalda “Ikkilar ittifoqi”ga aylantirgach, Qo'zi Shishak ularning qo'g'irchog'i bo'lib qoldi.

– Rais buva, bizlar O'g'iloy opamlar bilan uzoq va obdon o'ylab, bir qarorga kelib qo'ydik desangiz!

Xotinining og'zidan taxta qipig'idek uchib chiqqan bu so'zlar, pulemyot o'qi bo'lib Qo'zi Shishakning yuragiga sanchildi. U “O'tirib, suhbatlashmasdan, qanday kelishdi ekanlar” deya vahimaga tushdi.

– Bog'ini so'raganingizcha, uzumini eng, rais buva. Nimani kelishganimizning sizga qizig'i yo'qmi yoki?

Ichini uqayotgan xotinining so'zlarini eshitgan erning yuragi yorilishiga bir bahya qoldi.

– Nima uchun qizig'i yo'q ekan?! – dedi u ovozidagi titroqni ichiga yutib. – Beshta oydek-oydek farzandlar tug'ib bergan bo'lsang, necha yillik uy-ro'zg'or bo'lsak, sening aytganlaringga qiziqmasdan bo'ladimi? Qiziqsan-hey, xotin, tavba, tavba-hey…

– Qiziqsangiz, paysalga solmay, brigadiringiz Shoxdor Takaev kabi o'ktamlik bilan orqa-olding, deb o'tirmasdan, shart-shart so'rayvermaysizmi, rais buva?

– Shoxdor Takaevning shart-shart so'raganini sen qaerdan bilasan? – degan Qo'zi Shishak ko'rpasini ochib tashlab, to'shagida chordona qurib o'tirib oldi. – Nimalar bo'lyapti o'zi? O'g'iloy Cho'vish bilan ham hech qachon uchrashib, biror marta suhbatlashganingni ko'rmaganman-u, Xudo haqqi, gaplaringni eshitib hushim boshimdan uchadi. Shoxdor Takaevni qaerdan bilasan? U kalxo'zning eng chekkasidagi bir qishloqning oddiy brigadiri bo'lsa?! Uning qishlog'igacha bizning qishloqdan etti chaqirimlik yo'l bo'lsa?! Shoxdor Takaev nomini eshitgach u o'zini idora qilolmay qoldi. Tilini tishlaganda kech edi. – Xotin, kechirgin, iltimos! Bog'ini so'ragancha uzumini eyish kerak, deb turipsan-u, men ahmoq tushunmayapman. Odam go'l bo'lsa qiyin ekan…

Nusxagul ig'vosi ish berganini kaftlaridagi chiziqlar kabi ko'rib turardi. Erining ko'zlari oldida qora kastum-shim va oq ko'ylak kiyib, no'xat-no'xat gullik kulrang galustuk bog'lagan prakuro'rning sovuq basharasi namoyon bo'lganiga uning ishonchi komil edi. Dami ichiga tushgan bechoraning xayolini bir vaqtning o'zida Shoxdor Takaevning shiyponida, dasturxon bo'yida ertangi tong ta'masi bilan har choshgohda kutadigan O'g'iloy Cho'vishning qiyofasi qoplaganidan esa bexabar, ammo mal'un kaklikdek uning riyo tuzog'iga ilinganidan ko'p shodmon edi.

…Ular, ovqatlangach, dala aylangani chiqardilar. Ba'zida faollar bilan kalxo'z idorasida majlis qursalar, ba'zida yosh va shijoatli raisni ko'z-ko'z qilish uchun tumandagi boshqa xo'jaliklarni oralardilar. Birovlarning ko'zini qizdirish uchun uch kunlik kelin singari uni O'g'iloy Cho'vish shomgacha etalab yurardi. Birinchi kotibning “kechki soat”lari kamida o'n birgacha davom etardi. So'kinch eshitib sillalari qurigan tuman faollari soat ikki-uchgacha alamlarini bosish uchun ko'chada to'yib eb, bo'kib ichardilar. Qo'zi Shishak tonggi uchlarga yaqin uyiga itning keyingi oyog'idek sudralib kirib kelardi. Bir soatdan so'ng Nusxagul uni archilgan tuxumdek yalang'och qilib, kir va g'uborlardan tozalar, buzog'ini yalab-yulqagan sigir singari O'g'iloy Cho'vishning istiqboliga shaylardi. Raisning butun inon-ixtiyori ikki ayolning qo'lida edi. Demak, o'tgan muddat mobaynida Nusxagulni Shoxdor Takaev tasarrufida bo'lmagan deb hech kim ayta olmasdi. O'g'iloy Cho'vishning beminnat xizmati tufayli uning bog'ida Nusxagulning qo'ng'iz tergani haqiqatga yaqin edi.

O'g'iloy Cho'vish nazarida eskilik sarqiti hisoblangan mo'ylovini Shoxdor Takaevning olganiga ham ancha bo'lgandi. Qo'zi Shishak buni ma'nosini endi angladi. Anglarkan, bexosdan yuragi sanchdi, nafasi siqilib, ko'zlarining oldi qorong'ilashdi. U ko'ksini g'ijimlab, o'tirgan joyida ikki bukilib qoldi!

Uch yil ilgari rovoqlari singan deraza ko'zlariga ikki buklangan yostiq tiqilgandi. Kesib o'tayotgan oy nuri ishkom oralab derazadan yotoqxonaga tushardi. Hukkining bevasi bilan sodir bo'lishi mumkin ko'ngilxushliklar xumori bilan yonayotgan Nusxagul erining chovuti uzilgan yostiqdek bukilganini ko'rib ham, er og'a, senga nima bo'ldi, deya so'ramadi. Oxirgi paytlarda o'qtin-o'qtin bezovta qiladigan yurak xuruji o'tgach, Qo'zi Shishak qaddini rostlab, ko'ksining g'ijimlangan joyini kafti bilan engil silab qo'ydi.

– Nima demoqchi eding, xotin? – dedi so'ngra derazadan suzayotgan oyni tomosha etayotgan xotiniga.

Nusxagul darrov javob qaytarmadi. Ataylab paysalga soldi. Erining nojo'ya gap-so'zlariga jazo tariqasida sukut saqladi. Sirli qarorining taftidan mastu masrur bo'lsayam, puxtalik qilishga tirishdi. Eri o'zi boshlagan bu o'yinda uni aybdor etishga urinishi qalbiga qattiq botgandi. Pushaymonlik bilan xatosini tan olgan erga, har ne bo'lganda ham, uning ko'ksida kek uyg'onmadi deb bo'lmasdi. Xotinining oyga termulib bamaylixotir yotganini ko'rgach, nochor er ham o'zining bu yog'iga bir umr mayna bo'lib o'tishini o'yladi. Uning fikri-xayolini el olgurining mahobati bilan fohishalar orasida mashhur Shoxdor Takaevning jundor qiyofasi egallagandi. U behudaga jin-ajinalardan xafa bo'lgani uchun afsus-nadomatlar tortayotgandi. Butun oilasini shaxsiy mulkiga aylantirgan O'g'iloy Cho'vishdan jin-ajinalar dars olsa arzirdi.

   Shoxdor Takaev kalxo'zdagi eng ilg'or brigada boshlig'i emasdi. O'tgan yillar davomida ijroqo'm raisasining qo'llab-quvvatlovi bilan uni shunchaki bardor-bardor etib kelgandilar. U har yil mukofotga yangi “Jiguli” sotib olardi. Quruq maqtovdan boshqasini bilmaydigan Qo'zi Shishak, “holvani hokim eb, kaltakni etim eydi” deganlaridek, “Uchlik ittifoqi” quliga aylangandi. U moddiy rag'bat nimaligini bilmas, huzurni burni ostidagi bir tutam junni qirtishlagan Shoxdor Takaev ko'rardi. Bir siqim xashakcha tafti yo'q chiqindi uning mavqeyini yuksaltirgandi. Nusxagulni esa O'g'iloy Cho'vish haminqadar rag'batlantirib turardi. Nonushta evaziga minnatdorlik tariqasida unga atir-upaga o'xshash ba'zi bir narsalar olib kelardi. O'ziga oroq-taroq berish qo'lidan kelmaydigan Nusxagulga bu kabilar omuxtalashgach, misli ko'rilmagan hidlar dunyoga kelardi. Endi barchasini bilib bilmaganga olish Qo'zi Shishak uchun o'lim bilan barobar bo'ladi.

Qo'tosdek bahaybat, cho'chqadek xo'ron Shoxdor Takaevda ham xotininikiga o'xshash bir qo'lansa hid bor edi. Qo'zi Shishak keyingi paytlarda xotinidan shunday hid kelishini nega payqamaganiga hayron edi. O'g'iloy Cho'vishning atir-upasi haqiqatan uni chalg'itgandi.

U o'z-o'zidan o'ksirkan, yuragini vahima bosdi. Shunda xotiniga o'girilib, quchoqlash bahonasida uni hidlab ko'rmoqchi bo'ldi. Burnini ikki ko'ksi orasiga tiqqandi, dimog'i eb to'ymas fohishalarni aqldan ozdiradigan shahvoniy is bilan to'ldi.

Nusxagul uning bu holatini boshini yo'qotgan oshiqning rozi deb tushundi.

– O'g'iloy opamlar bilan kelishib, sizni Hukkining bevasiga uylab qo'yadigan bo'ldik, rais buva, deng! – dedi u erining boshini quchoqlab ko'ksiga qantarib bosarkan. – Biroq rasman nikohimdan chiqishingizga yo'l bermayman.

 Qo'zi Shishakning zimistonga cho'mgan dunyosi yorishdi. U xotini ko'ksidan lablari bilan xashakka aylanayozgan lolalarni uzdi. Endi uning yo'liga g'ov bo'ladigan narsa qolmagandi. Quryozagulga etishish uchun u Shoxdor Takaevning oyog'idan o'pishga ham tayyor edi. Qo'lansa dimog'iga Parij oqshomlarida esadigan sergin  ifordek tuyuldi. U umri bino bo'lib o'zi tug'ilib o'sgan viloyat hududlarini kesib o'tmagandi. “Azizim” romanini o'qigan qo'shni qizning hikoyalarini o'spirinlik yillarida tinglashga muvaffaq bo'lgani sabab, Toshkent bilan Samarqandan ko'ra Parijni yaxshiroq tasavvur etardi, xolos.

U otizchaning xas-xashagini yig'ishtirgach,  Shoxdor Takaev payhon qilgan chamanzorni sug'orishga tushdi. Quryozagul bilan bog'liq shahvoniy o'yinlarni xayolida aylantirayotgan Nusxagul boshini jodugarning supirgisidek har yonga siltalar, sochlari quyunga uchragan somondek to'zg'irdi. U ko'zoynakli ilondek to'lg'onib, erining ikki qulog'idan ushladi.

– Rais buva, aytib qo'yay, bitta sharti bor ammo! – dedi so'ngra yillar bo'yi, orziqib kutilgan farmoni oliyni e'lon qilayotgan hukmdordek amrona tovushda.

– Roziman! – deya javob berdi er.

– Tomga chiqib o'zingizni tashlang desam, tashlarmidingiz?

– Jinnimisan?! Inson umid bilan bir yostiqqa bosh qo'ygan umr yo'ldoshining elkasiga ham shunaqangi qaltis vazifani yuklaydimi?

– Bo'lmasa, qanday shart ekan, deya so'rang-da, rais buva.

Har tugul xotinining o'zingni tomdan tashla demoqchi emasligiga o'zini ishontirgan Qo'zi Shishak, kuyning avjida sozi qochgan dutorning toridek bo'shashib, uning ustidan ag'darilib, yonboshiga yotib oldi.

– Meni nikohingdan chiqarmoqchi emassanda! – degach, shoshganini anglab, so'zlarini to'g'irlashga urindi. – O'zim ham nikohingdan chiqishni istamayman. Qanaqa shart ekan sharting, xotin?

– Ha-a, bu boshqa gap, – dedi Nusxagul mavzu chuqurlashsa, erining shashti so'nishini hisobga olib. – Soddasiz-hey, rais buva, ikkimiz bir odam bo'lgach, sizga zarar etkazadigan ish qilishga yuragim betlarmidi? Besh bolamning otasi bo'lsangiz, xo'jalik boshlig'i bo'lsangiz. Menga sog'lik-salomatligingiz kerak emasmi? Iloyo, sizni Hukki mulloning ruh-arvohi qo'llasin!

– Rahmat, xotin! – dedi Qo'zi Shishak, ikki kaftini yuziga tortgan xotinining niyati yomonga o'xshamayotganligini his qilgach. – O'tgan ikki-uch yilda aqling zap pishdi. Yoshroq bo'lganingda, biror institutda sirtdan o'qitardim. Toshkentda o'qiy olmaganim kemtigini to'lg'azganingda, tuman qo'limizda bo'lardi. Sening O'g'iloy Cho'vishdan kam joying yo'q. Nomiga bo'lsayam qo'lingda diplo'ming bo'lganda, shu aql-farosating bilan butun boshli tumanga birinchi kotib bo'lsang arzirdi.

– Men ham aynan shu masalada gaplashmoqchiman! – dedi Nusxagul erining suyagi turtib chiqqan ikki yonog'idan o'pgach. – Meni qari deb sizga kim aytdi?

– Hech kim aytgani yo'q… Men… men seni qari demadim!

– Bo'ldi, bo'ldi, o'zimning arrintumansimon, garrillo' maymuncham. Quryozagulning evaziga meni Toshkentdagi “Raischilik” instutiga sirtdan o'qishga kiritasiz!

Xushxabar Qo'zi Shishakning cho'ka boshlagan qalbini jo'shtirdi. U bahor tashrifidan qiyg'os gullagan bog'-bo'stonlar singari yashnab ketdi. Xotinini yilida qirq kunga yiroqlarga ketishi uning uchun chinakam ozodlik edi. U yo'q bo'lgach, O'g'iloy Cho'vish bu erlarga oyoq bosmasdi. Shunda qishloqning bir chekkasida, Suyunxonning qal'sidek qaqqayib turgan Hukkining mulklarida u kayfichog'lik qilardi.

– O'g'iloy opamlar bu qadamimizni maqullarmikanlar, ishqilib?!

Bu so'zlardan Nusxagul ko'p narsani angladi. Toshkent tomonlarga yo'l ochilayotganidan u suyungan bo'lsayam, eri O'g'iloy Cho'vishning oyoqlari ostidagi to'zg'igan gilamdek o'zini xokisor tutishi nafsoniyatini qo'zidi.

– Nima, mening nimani o'ylashim sizni unchayam qiziqtirmaydimi, rais buva? – dedi u g'alati bir ohangda. – Mening taqdirim bu – mening taqdirim. O'zimga tegishli bo'lmagan kovakka burun tiqishni yoqtirmayman.

Halitdan u O'g'iloy Cho'vish bilan “Cho'tirona mustaqillik” uchun kurashga bel bog'lagandi. Holbuki, “Cho'tirona mustaqillik”ning qullikdan tafovutlanadigan jihati yo'q edi. Qo'zi Shishak bu jabhada xavf-xatarning nihoyatda kattaligini bilgani uchun ichidan zil ketdi.

– Bu so'zlarni o'z roziliging bilan aytayotgan bo'lsang kerak deb o'ylapman, xotin! – dedi u nojoiz so'z og'zidan chiqsa, O'g'iloy Cho'vishning qulog'iga etishidan qo'rqib. – Sening rozi-rizoliging men uchun qonun, jonginam!

– Albatta! – dedi nafsoniyati battar erga urilgan Nusxagul. Ayni zamonda tuman ijroiya qo'mitasi raisasi lavozimida ishlab turgan kimsadek salobat bilan. – Buyog'iga u bilan Shoxdor Takaev orqali tillashishni yig'ishtiraman, jonimga tegib ketdi. Undan yuzim kuygan bo'lmasa, orqavarotdan unga nisbatan muttahamlikni amalga oshirgan joyim bo'lmasa, nimasidan qo'rqaman. Ikki orada po'chtachining dumsiz itidek Shoxdor o'lgurga balo bormi? O'zi bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashib olaveraman!

– To'g'ri! – dedi oxir-oqibat xotini og'zidan chin-haqiqatni eshitgan Qo'zi Shishak hayratdan har ko'zi singan derazaning oyinasidek o'pirilib. U shu tobda Quryozagulning visoliga etishish ishtiyoqi bilan yonardi. Shartni bajarib, xotini va O'g'iloy Cho'vishdan bir yo'la qutulmoqchi edi. Ikkalasini Shoxdor Takaevning bir o'zi uddalaydi deb o'ylardi. – Sen nima desang, shu bo'ladi. Shartingga ko'ndim desam, noto'g'ri bo'lar, bu shartingni barcha qo'l-oyoqlarimni ko'tarib tasdiqlayman. Men sendagi g'oyibdan berilgan yorqin iqtidorga ishonaman. Hali katta lavozimlarni egallab, el-yurtga adolatli kamunistik partiya va shonli Vladimir Ilich Lenin nomiga munosib ishlarni amalga oshirasan. O'g'iloy Cho'vish va Shoxdor Takaevga o'xshaganlarni bosib ishlatib, baxt va istiqbol yo'lini ochasan. To osmonda quyosh suzar ekan, zaminda daryolar to'lib oqar ekan, sen tufayli bizning nomimiz “Savetlar qomusi”ga manguga muhrlanib, muborak xotiramiz yorug' dunyodan o'chmaydi.

– Men O'g'iloy opamlarga bunday katta ishlarni eplay olarmikanman, degandim, u kishi “Albatta, eplaysan” dedilar! – dedi quloqlariga erining maqtovlari yog'dek yoqqan Nusxagul darhol g'ashlikni unutib, tag'in ijroqo'm raisasi nomini og'zidan bol tomib tilga olarkan. – Bundan ham zo'r gaplarni aytgan bo'lishlari ham mumkin, Shoxdor o'lgur ko'pini esidan chiqarib qo'yyapti. Boshida Zulfiya opamlarning ham mendan ortiq joylari bo'lmagan ekan. Hamid Olimjon maktabini puxta o'zlashtirgach, u kishi gul-gul ochilib ketipdilar. Erlarining o'limi nur ustiga a'lo nur bo'lipdi. O'sha fojea haligacha hayot yo'llaridagi muvaffaqqiyatlarini ta'minlab turarmish. Shoira avlodlari, sho'rolar davlati bor ekan, baxtli va baxtiyor turmush kechirarmishlar, deng, rais buva. Kimningdir gullab-yashnashi uchun kimdir o'zini qurbon berishi zarur ekan-da. Tavba… Hayot bunchalar ham beshafqat bo'lmasa… Bu ishlar naqadar go'zal…

Sakkizinchi sinfni zo'rg'a tugallagan tovuqboqarning qizi ichidagi shumlik uch yil mobaynida misli ko'rilmagan sur'atlarda o'sgandi. O'g'iloy Cho'vish bilan Shoxdor Takaev orqali tillashadigan xotinining to'g'ridan-to'g'ri uning bilan o'zi suhbatlashgandek so'zamollik etayotgani Qo'zi Shishakni aqldan ozdirayozdi. Uni institutga besh ming rubl berib kiritishdan avval unga “O'rta maktabni bitirdi” degan shahodatnoma olib berish joiz edi. Bu ish kamida ikki yuz bog' beda evaziga amalga oshirilardi.

…O'g'iloy opamlarga men ham zabardast shoira Subhida Narshoda kabi bo'lmoqchiman, degandim, yosh shoira haqida ham u kishi bilganlarini so'zlab beripdilar. Shoxdor o'lgur ham zap olib qochadi, deng. Ba'zi bir narsalarni o'zi guvoh bo'lganday qilib so'zlashga zo'r beradi, o'lgur. Uni eshitib mashhurlikning har narsadan ustun bir tilsimot ekanligiga aqlim etgandek bo'ldi. Subhidaxonim avvalida o'ziga munosib, qosh-ko'zlari popukdek bir mexaynik yigit bilan ahd-paymon qilipdilar. Taqdir yo'llarini bir-birlariga bog'lagach, ular turmush ham quripdilar. Mashqlari “Saodat”da chop etilganidan so'g'in yosh shoiradagi yorqin iste'dodni Zulfiyaxonim payqab qolipdilar. Subhidaxonimni hamkorlik qilish uchun muharririyatga adl-inoyat yuzasidan chorlagan ekanlar, nonko'r eri buni istamapdi, deng. Tavba-a… Qoch, bedavlat, non keldi, deganlari shu bo'lsa kerakda! Jahli chiqqan shoira shunda “Moyingga belanib yuravermaysanmi, qora yaloq”, deya umr yo'ldoshlarining befahmligidan qattiq afsuslanipdilar. Ketidan, “Bilganingni qilmaysanmi”, deb,  ko'rchumchuqdek “pir-rr” etib Toshkentga qarab uchipdilar. Bugungi kunda butun Savet ittifoqida u kishidan boobro', u kishidan zukko ayolni topib bo'ladimi, axir? Yurtlaridan bir go'rso'xta u kishi bilan hayot rishtasini bog'lash uchun qishloqi xotini va bir etak bolalarini tashlab, orqasidan soyadek ergashib yuripdi emish. Bir amallab unga uylanib olsa, o'sha odam juda katta bir mansabni egallaydi, meni aytdi, dersiz hali rais buva. Qani, kutmaganda bizning ufqimizda ham shunaqa imkoniyat eshiklari ochilsa edi. Qaerda bo'lmaylik, baribir bir-birimizni qo'llab-quvvatlab turardik. Eshitayapsizmi o'zi, yoki uxlab qoldingizmi?

– Shunday maroqli hikoyani eshitmasdan uxlab qoladigan govkalla emasman-ku! – dedi Quryozagulni qo'msayotgan Qo'zi Shishak. – Qani, qolgan joyidan davom et. Juda zo'r gap ekanmi? “Raischilik”ni bitirib, o'zing ham “jurnalistik – pedago'gichskiy” she'riy kitob yozmasang bo'lmaydi lekin.

– Niyatim yo'q emas, rais buva, desangiz! – dedi u borho g'ururlanib. – Odamni ichidagini qaerdan bilasiz-hey?! Ko'zlaringizda rengeningiz bormi, nima balo? Erining topqirligidan suyungan Nusxagul “xi-xi”lab, labining bir tomonini qiyshaytirib kulib qo'ydi. – O'zimizning Oyxon Surxunchamizning hayot yo'llari ham Subhida Narshodanikidan qolishmasmish. O'g'iloy opamlarni bilmagan narsalari yo'g'-hey, tavba. Shoxdor yigit o'lgur, qobonbashara bo'lsayam, opamlarni og'zlaridan chiqqan har bir so'zlarini ohanrabodek ilib oladi. Oyxon Surxuncha maktabda o'qib yurgan davrlaridayoq Toshkentda qilinajak ish rejasini tuzab qo'ygan ekan, deng. Odamzotning bo'ladigani onasidan mug'ombir-puxta bo'lib, zuvalasi pishib tushadi, deyishadi. O'zini maqtayapti, demang-u, men ham shundaylar sirasiga kirsam kerak. Ammo siz to'g'ringizda bunday deb, aytolmayman. Sizni hali hayotning qora qozonida kalla-pochani qaynatgandek uzoq qaynatishimga to'g'ri keladi. Him-m… Hikoyamiz qaerda to'xtagandi? Ha, Oyxon opamlar talabalik chog'larida mansab va mashhurlik pillapoyalarini ko'zlab qaltis ishga jazm etgan ekan. O'shanda deng, rais buva, u yotoqxonada birga turadigan sharm-hayoli bir qizning suqsurdek yigitini sehrlab, o'ziga og'dirib olipdi. Dugonasi shundoq oshxonaga chiqib, choy damlab qaytib kirguncha andijonlikning paytavasini to'g'irlab qo'yipdi. O'sha yigitni qaytib xonasidan ko'chaga chiqazmapdi. Dugonasini esa eshikdan ichkariga kiritmapdi. Qiz bechora issiq choynakni ko'tarib eshik oldida zor-qaqshab turaveripdi, deng. Oyxon opam uning ko'chlarini ko'z ochib-yumguncha yig'ishtirib, dahlizga chiqarib tashlapdi. “Bosib yurgan izlaringni shamollar o'psin”, deya she'r aytib, xonani ichkaridan ilib olipdi, deng, rais buva. Ana puxtalik, mana puxtalik, siz bilan men kimlardan qolmagan O'g'iloy Cho'vish bilan Shoxdor Takaevni ustimizga chiqarib yuripmiz. Bu yog'i ishlamasa ham, udda er joningni yolg'on-yashriq gap bilan ham oladi. Nima dedingiz, rais buva, xi-xi-xi… O'g'iloy opamlarning, “Sen Amir Nasrullo zamonida tug'ilganingda, Amir Umarxonning kanizagi oldingda ip esholmay qolardi” degan so'zlarida jon bor. Chakki emasman, rais buva deng. Amir Umarxonning kanizagi nima ish qilgan ekan o'zi…

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube