O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zligini unutmagan bir-ikki kimsalar ish zamirini anglardilar…

O'zligini unutmagan bir-ikki kimsalar ish zamirini anglardilar…
30 Ocak 2019 - 8:00 'da yuklandi va 932 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

To'rtinchi bob

Hukkining bevasi puxta chiqib qoldi. U mulloning to'shagida shog'olbazm o'tkazishdan bo'yin tovladi. Nusxagul biror ish chiqara olmagach, O'g'iloy Cho'vish harakatga tushdi. Biroz mavqeyini tiklagan Qo'zi Shishak uchun esa hayajonli va unutilmas damlar boshlangandi. Turtib chiqqan yonoqlariga qizillik inib, chakkalariga jir bitgandi. Chimildiqning sehrli dunyosi bilan xayollari ayqash kuyovto'ralardek, har nafas olganda Quryozagulni qo'msab, yuragi hapriqadigan bo'lgandi. Nazarida ishlari jo'nashgandek edi. U go'rida tuproq chaynab yotgan mullo Hukkining arvohi o'zini qo'llayotganiga ishonardi. O'g'iloy Cho'vishning qayishayotgani unga samimiydek tuyulardi. Shuning uchun u yashilbosh turna bo'lib uchib kelganida, mehr-muhabbat bilan qarshilab, qorasi o'chguncha uning orqasidan ta'zim etadigan odat chiqargandi.

Nusxagul bu muhorabada oddiy tomoshabin bo'lolmasdi. Quryozagul o'zining yo'rig'iga yurmagach, eridan kamchilik qidirib topishga bel bog'ladi. Yostiqdoshini to'liq bo'ysundirishni yaqinda boshlanajak “abuturientlik mashaqqati ibtidosi” deya sanab, O'g'iloy Cho'vish bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotga kirishdi. U yashilbosh turnani derazadan kutib olar, turna odam qiyofasiga kirgach, o'zi kurk tovuqqa aylanardi. Avvalgilaridek chaqoqlab qaznoqqa urib ketmas, aksincha, erini minib, bir maromda irg'anayotgan O'g'iloy Cho'vishning sochlari yog'ilib turgan yalang'och elkalariga uchib chiqardi. Ko'zlari ola-kula bo'lgan erining zo'riqishlarini tomosha qilib zavqlanardi. Pastga sakrab, eri bilan O'g'iloy Cho'vishning xona yuzida yoyilib yotgan kiyimlarini oyoqlari bilan somonni titgandek titkilab nimalarnidir axtarar, och-sariq ko'zlari bilan izlaganini topgach, chaqoqlab shovqin ko'tarardi. Jo'jalaridan darak bo'lavermagach, ilingan luqmasini o'zi cho'qalab eb qo'yardi.

O'g'iloy Cho'vish otni qamchilab charchatgach, o'zi ham shalpayib qolardi. Og'zining suvini artib o'rnidan turib, yaxshi ko'rganining chakkasiga qirmizi atirgulni qistirardi-da, yashilbosh turna bo'lib uchib ketardi. Asliga qaytgan Nusxagul qirmizi atirgulni hidlab, uning orqasidan ta'zim qilayotgan erini to'shakka qantarib bosardi. Keyin institutga kirish ishtiyoqi bilan yonayotgan yurak rozini so'ylardi. Diplo'm olgach, ular qilinajak ishlar xususida uzoq gurunglashardilar. Halitdan birinchi kotiblikka da'vogar er-xotinlar Darmon Madorovichni oradan ko'tarish haqida bosh qotirardilar.

…Ijroqo'm raisasi “vakil ona” bo'lib boshqa xo'jalikka ketgach, Shoxdor Takaevning shiyponidan fayz ketdi. Bedazordan patillab urib chiqqan bedanadek har sahar raisning yotog'idan uchib chiqadigan yashilbosh turna, vaqt ziqligi bois, Shoxdor Takaevga e'tibor bermay qo'ydi. Qo'zi Shishak xushlasa shiyponga keladigan, xushlamasa, kelmaydigan odat chiqardi. “Uchlik ittifoqi”ning butun diqqat-e'tibori Hukki mulloning bevasiga qaratilgandi. Kalxo'zchilarning og'zida ham faqat shu gap edi.

Ikki o'ynashidan bir yo'la ayrilgan qorin polvonni bu holat iztirobga solardi. O'g'iloy Cho'vishning kela olmasligining sababi bor edi. “He” yo'q-“be” yo'q tarang qilayotgan Nusxagulni esa, uning nazaricha, kechirib bo'lmasdi. U yashilbosh turnani kuzatgach, qaytib eri bilan to'shakka kirar, hoyu havasining keti ko'rinmasdi. Er jonivor uning mansab kursisiga o'tirganidan keyingi amalga oshirajak rejalarini eshitaverib jonidan bezor bo'lgandi. Biroq Hukkining bevasi bilan taqdirini bog'lash umididan voz kecha olmayotganligi bois, xotiniga manzirat qilmasdan iloji yo'q edi. Xotini o'rnida qurbaqa bo'lsayam, valaqlashlariga chidashga to'g'ri kelardi. Oxir-oqibat Shoxdor Takaevning ham kutish joniga tegdi. Qorasini ko'rsa yuragini hovuchlaydigan brigadirning ko'ziga rais chivincha ham ko'rinmay qoldi. U hojatxonadan chiqib, qurib qolgan daraxtga qichishayotgan elkalarini ishqadi, tagidagi tuproqni kurab, tumshug'i bilan sassiq qo'ng'iz izladi. Topgach, bir-ikkisini egandi, bahaybat qobonga aylanib qoldi. So'ngra havoga qarab xo'qirdab is olgach, “Qaydasan, Nusxagul”, deya yo'lga chiqdi. Paxtazorni payhon qilib kechib o'tgach, o'zini qamishlar dastidan to'qayzorga aylangan zaxkashga urdi. Shu ketishda etti chaqirim yo'l bosdi. Axiri Qo'zi Shishakning uyi orqasidagi ariqqa kesib chiqdi. Uning ko'zlari singan oynalariga yostiq tiqilgan tanish derazaga tushgach, bostirib ichkariga kirdi. Derazani qo'porib kirgan qobonni ko'rib, ma'ruza o'qiyotgan Nusxagulning yuragi og'ziga tiqildi. O'takasi yorilib,  chinqirib yubordi. Kurk tovuqqa aylanib patlari to'zg'ib, chaqoqlagancha eshigi qiya turgan qaznoqqa uchib kirdi. Tili tutilgan Qo'zi Shishakni qobon so'ylog'iga ilib shiftga otmoqchi bo'lganda, baxmal ko'rpaga jon indi. Buzog'ini arslon changalidan himoyalamoqchi bo'lgan qo'tosdek raisga yopirilib, uni o'rab oldi. Battar jahli qo'zigan qobon uning o'zini suzdi. Ko'rpaning chovuti poxol singari titilib ketdi. Shiftga borib urilgan Qo'zi Shishak qandilni sindirib, qobonning boshiga kelib tushdi. Mo''jiza ro'y berib, u targ'il ko'ppakka do'ngandi. Targ'il qo'porilgan derazadan ko'chaga otilib qochib chiqdi. Qobon esa tovuqni qidirib, o'zini qaznoqqa urdi. Eshikka qo'shib devorning yarimisini o'pirib tashladi. Tovuq qobonning oyoqlari orasidan qochib chiqib ko'rpaning yirtig'iga o'zini urmaganida, devor tagida qolib til tortmay o'lardi. Qobon go'ng titgandek titib, janda orasidan uni topib oldi. Chovutga boshini tiqib olgan tovuqning unga o'girilishga yuragi betlamasdi. Shunda qobon o'zini tanitish uchun xo'qirdab, uning tumshug'iga ufurdi. Ko'ngilni aynatadigan shahvoniy qo'lansadan oyilgan tovuq bir ag'anab Nusxagulning qiyofasiga kirgach, qobon uning tizzalariga bosh qo'yib, munchoq-munchoq, ko'zyoshlarini to'kdi, bo'kirib-bo'kirib yig'ladi. Orzu-havaslar ortidan quvib nima qilib qo'yganini anglagan Nusxagul, rahmi kelib, uning ko'zyoshlarini chovut bilan artishga tushdi. O'ynashi mehridan iygan qobon xo'qirdab, yana Shoxdor Takaevga aylandi.

Ta'zirini egan Qo'zi Shishak ko'ppakka aylangach, oyog'i erga tegib-tegmay o'zini tutzorga urdi. Xayolini yig'ishtirgach, “Qaerdasan, Quryozagul”, deb qishloq chekasidagi Hukki mulloning uyi tomon yo'l oldi. Targ'il suratida ilk bora ozodlikni his etib, u terisiga sig'may quvonib borardi. So'z bilan tushuntirib bo'lmaydigan hislar ta'sirida hangu mang, lol-hayron edi. U uchun har qanday muammo ahamiyatsiz edi, kalxo'zni suv bossa, to'pig'iga chiqmasdi. O'g'iloy Cho'vishning erkalashga mengzash zug'umlari bir chaqaga qimmat, Nusxagulning tahdidlari pingi-parvoyiga kelmasdi. Shoxdor Takaevni o'ylaganida, bir tuki ham qilt etmas, nomusi qo'zimasdi. Chunki u ozod edi, laqabi Targ'il, ko'zlagani Hukkining og'ili edi. U paxtazor oralab tilini osiltirib borar, dunyoda birgina o'zi va Quryozagul bor edi. U avvallari o'z inon-ixtiyori bilan nafas olmaganini his eta boshlagandi. Shu choqqacha ko'rinmas zanjirga bog'lab qo'yilganini endi anglayotgandi. U ming yil yotib zindondan chiqqan mahbusga mengzar, ko'ppak bo'lib, nafsidan xalos bo'lgan, yorug' olam ko'zlarini qamashtirardi. Shuncha yil odam bo'lib yashab erkinlikni his etmaganidan  ko'ksida isyon turgandi. Ozodlik nash'asini bir itchalik ilg'amagach, odam bo'lib yashashning nima qizig'i bor, deb o'ylardi. Tashvishlardan boshi chiqmaydigan odamlarning maqsadi neligiga aqli etmasdi. U tug'ilganidan buyon birinchi marta rosmana fikrlayotgandi. Yuragini alday olmas, tili yolg'ondan mosuvo edi.

U to'rt tarafdan kesib o'tgan zaxkashlar suvini pisand etmay kechib o'tgach, sang'ishning qulayliklarini kashf eta boshladi. Itlik imkoniyatlari cheksizligini o'ylarkan, ko'zlari oldida Qo'zi Shishakning qiyofasi gavdalandi. Shu tobda raislikdan targ'illik avlo edi. U ko'zlarini yumib oldi. Tag'in odamga aylanib, huquqlaridan mahrum bo'lishidan qo'rqdi. Zindonni ko'rgani ko'zi yo'q, erkini yo'qotishni istamasdi. Tanasiga shamol tekkan sari fikrlari tiniqib, o'ylari yayrardi. Hohlagan narsasini xayol qilish mumkinligidan baxtiyor edi.

U kuda[1] qilingan g'o'zapoyani chimdiyotgan sigirning orqasidan aylanib o'tdi. Shu joydan Hukkining ichkari hovlisiga borilardi. Uning eshakdek keladigan o'zi qizil, tumshug'i qora qopog'on iti bor edi. Yil o'n ikki oy u zanjiridan bo'shamasdi. Bo'shasa, ko'rganini tirik yutardi. Odam tugul bironta mushuk yoki it Qoratumshuqning qorasini ko'rsa, qo'rqqanidan o'takasi yorilib o'lardi. U zanjirini uzganida, bir-biri bilan kesishgan zaxkashlar orasidagi Hukkining mulkida masiqqan ayg'irdek aylanib, to'rt tomonga vahima solardi. Shifo talabida keladiganlar uning ovozini eshitsalar, chilko'prikdan kechib o'tmasdilar. Do'nglikka chiqib Hukkini chorlardilar. Qorin ilinjida yaltoqlanadigan “hoy-hoychi”larga tovush etgach, yillar asnosida etimkashlik qiladigan Asadbek uni ushlab, zanjirlab qo'yardi. Hukkinikida yillar bo'yi ertalablari jizzali patir yopilardi. Xira pashshadek atrofda aylanadiganlarga shirchoy tortilardi. Tushda o'n besh kilolik mis qozonda palov damlardilar. Qorin g'amida xuftongacha qolib ketganlar, arpa egan qo'chqordek, yarim kechada uylariga kekirib borib, saharlikka qaytib kelish ishtiyoqi bilan yonardilar.

Tashqari hovlida Hukkining mijozlarni qabul qiladigan qabulxonasi joylashgandi. Mahalliy sharoit bilan taqqoslaganda uni shinam desa ham bo'laverardi. Dahlizda Temir qiytor bilan To'xta kal almashib navbatga ro'yxat tuzardilar. Qandim so'fini hisobga olmaganda, bu ikki mullovachcha Hukkining sara shogirdlari sirasiga kirardi. Nomi “mullovachcha” bo'lsayam, yoshi ellikni qoralagan To'xta kalning oq mocha eshagi bo'lardi. U har sahar so'fi ketini yuvmasdan kalxo'zning nari chekkasidan shu eshagiga xala bosib etib kelardi. G'ilayligi sabab, “qiytor” nomini olgan Temir qiytor bir palov tortilayotganda kelsa, bir dasturxonga fotiha o'qilganda kelib, qornini choy-non bilan ham to'qlayverardi. Non bo'lmasa, unga yog'liq patir ham ovqat edi. Yoshi qirqdan oshgan bo'lsayam  hali uylanmagandi.

Raislik lavozimini egallashidan oldin shu qishloq brigadiri bo'lgan Qo'zi Shishak bir vaqtlar Hukki mulloning dasturxonida tekintomoqlar qatorida qorin to'qlab yurardi. Homiysining g'oyibona harakatlari bois u qishlog'ini kalxo'zning eng ilg'or brigadasiga aylantirdi. Kalxo'zga rahbar bo'lgach, vaqt ziqligidan oradagi muloqot biroz siyrak tortdi. Aybini tan oladigan rais, mulloning duolari sharofati bilan lavozimni qo'lga kiritganini har joyda aytib yursa ham, Hukki uni kamnamoligi uchun jerkib turardi. Hukkini “xudo” deb  biladigan Qo'zi Shishak uning ko'nglini ovlash uchun imkoni tug'ildi deguncha istiqboliga qanchalar oshiqmasin, har tongda salomiga kelmaydigan rahbardan mulloning ko'ngli to'lmasdi.

Hukki nima deyotganini anglapmi-anglamaymi, tilini tagiga nos tashladi, deguncha, “Muhammad payg'ambar davri o'tdi”, derdi. Fikri ojizicha, Lenin yangi zamon payg'ambari edi. U o'zini ilg'or sanagani uchun Leninning kitoblarini Qur'ondan ustun qo'yardi. Kamunistlarning “oq” degani uning nazarida oq, “qora” degani qora edi. Savetlar o'zimizdan deya nomini darsliklarga kiritgan Dukchi eshon unga yoqmasdi. Har gurungida uni firibgardan olib, firibgarga solardi. “Miltiq o'qini tishlarimda ushlayman”, deya xalqni ajal domiga yo'llagan johil nomi darsliklardan olib tashlanmasa, yoshlarni xurofotga botiradi”, der edi. U, Ikkinchi jahon urushi yillarida Reyxstaxga bo'mba tashlash uchun taxtadan qo'lbola uchoq yasagandi. Matatsikil mato'rini o'rnatib, uni erdan yarim quloch ko'tarilishga majburlagandi. U kimyo bilan fizikaning farqiga bormasa ham, texnika sohasida o'zini Eynishteyin bilan teng qo'yardi. Eynishteynning sohasi qanaqaligi xususida bosh qotirishni istamasdi. Nazaricha, ato'm bo'mbasi yasash u uchun arava gupchagini yasashdan ham oson edi. “Stalinga yozgan son-sanoqsiz xatlarimning birortasi uning qo'liga tekkanda, Karalo'pga raketa yasash qanaqaligini ko'rsatardim”, deya maqtanishni xush ko'rardi.

Uyda yolg'iz qoldi deguncha uning oyoq-qo'lini uqalashni sharaf deb biladigan Qiyo jinni laqabli bir navqiron yigit bo'lardi. Og'zidan nos tushmaydigan Qiyo jinni uni barchaga “xudo” deb uqtirar, “xudo buva” deb chaqirmaganning quloq-chakkasiga tarsaki tortardi. Biroq birov “Qiyo jinni kaltakladi” deb “miq” etmas, arz qilgan odam Hukkidan ta'zirini erdi. Uning bu fe'li barchaga ma'lum bo'lgani sabab, shifo talabida kelganlar olazarak bo'lib ko'zlari bilan Qiyo jinnini qidirardilar. Yaqin atrofda bo'lsa, onasiga elangan polopondek, Hukkini “xudo buva”layverib shaytonlab qolardilar. Qiyo jinni ko'zga chalinmasa, “mullo buva”lab murojaat etaverardilar. Manzara naynov bir qo'shiqchining tomoshani kim oshdi savdosiga aylantirish uchun uch-to'rt baqiroqni bir umr atrofida olib yurishiga mengzardi. Bu bilan Hukki el orasida obro', mol-dunyo orttirishga tirishardi. O'zligini unutmagan bir-ikki kimsalar ish zamirini anglardilar. Boshini yo'qotgan aksar kimsalar ming birni qo'shib chatib, Hukining “xudo”ligini olamga doston etishdan uyalmasdilar.

[1] Kuda – g'aram.

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube