O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Fe'lim mening, a'molim mening…

Fe'lim mening, a'molim mening…
31 Ocak 2019 - 8:00 'da yuklandi va 703 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

To'rtinchi bob – 2

…Qiyo jinnining ota-onasi yigirma uch yil farzand ko'rmadi. Tirnoqqa zor bechoralarning himo istab bormagan shifoxonalari, bosh urmagan qabrtoshlari qolmadi. Ot aylanib qozig'ini topadi, deganlaridek, bir kun aqllari kirib, Hukki mulloning huzuriga yig'lab keldilar.

– Qoyim bo'ldingmi, Qarg'a? – dedi istehzo bilan ovozsiz kulgan Hukki, og'zidagi nosini qum solingan silobchaga tupirarkan, Qiyo jinnining otasini laqabi bilan atab.

– Bir qoshiq qonimdan keching, mullo buva! – deya Qarg'a aybini tan oldi. Hukkining oyoqlariga yiqilib, “uv” solib yig'ladi.

– Kelinni rayhon qo'shilgan isiriq suvida obdon cho'miltirib, yarim tunda olib kelasan! – dedi qovoq uygan Hukki, og'zidagi nosni yuqini choy bilan chayib tashlab.

– Xo'p bo'ladi! – dedi tizzalarida turib, ikki qo'lini ko'ksiga bosgan Qarg'a.

O'sha kun yarim tunda u xotinini Hukkinikiga boshlab keldi. Mullo Qarg'ani qabulxona oldidagi tut ostida qoldirib, xotinini ichkariga olib kirib ketdi. Ellik yoshni qoralagan Hukki uylanmagandi. Umurtqasidan tuyaniki singari bo'rtib chiqqan o'rkachi og'iz urgan qizining yuragiga vahima solardi. O'zini xushlaydiganlarga uning xushi yo'q edi. Ko'ngli, umridan bir kuni qolsayam, onasi o'pmagan qizni tusardi.

Tut ostidagi so'rida Qarg'a yulduz sanab, ularni ikki soatdan ko'p kutdi. Bir payt ichkaridan xotini chiqdi. Uning chimirilgan qoshlari yoyilib, rang-ro'ylari binoyidek, ochilib qolgandi. Tag'in shamollab qolmasin, deb, Qarg'a uning ustiga to'nini echib tashladi. G'isht suvi chiqqan xotin mayda qadamlar bilan eriga ergashdi.

– Katta qadam tashlama, qoqila ko'rma, tushadi. Solgan damimni uvol etasan! – degan Hukki, tilini ostiga bir otim nos tashlab, er-xotinning orqasidan qarab qoldi.

Muolaja qirq kun davom etdi. Mulloning solgan dami to'kiladi, deya Qarg'a xotinini yo'lning rovon joylaridan etalab kelib, etalab ketardi.

– Ikki soat nima qildilaring? – deb so'rardi u har gal.

Xotin:

– Mullo buvamlar dam solib, og'zimga tupiradilar! – deyishdan nariga o'tmasdi.

– Faqat shuginami? – derdi er har doimgidek.

– Ha, dadasi, boshqa qiyo ham boqmadilar! – deb qo'yardi xotin.

Xullas, Qarg'aning xotinida homila paydo bo'ldi. To'qqiz oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat deganda, u ko'zlari yonib turgan shog'olbashara sariq bir o'g'il tug'ib berdi. U qo'lida beshotar miltiq, oyog'ida kirza etik, tilini tagida bir otim nos bilan erga tikka tushgandi. Halitdan bezligi bilinib turgan chaqoloqning tanasi sur teridek ajabtovur tovlanardi. Onasi qornida “Ovchilar maktabi”ni bitirgan go'dakning peshonasiga Hukki ketmondastasi bilan “KAZZOB NOSKASh” deb yozib qo'ygandi. Cheksiz quvongan Qarg'a mulloning xotiniga “qiyo” boqmagani sharafiga o'g'liga Qiyo deb ism berdi. Qiyo jinni to'siqni buzgach, onasi qorin ustiga qorin ko'tarib, bir etak jo'jiqchalarni dunyoga keltirdi. Najot topgan Qarg'a bilan xotini, Qiyo jinni tug'ilgach, mullodan bir kunga ham uzoqlashmadilar. Xotin tongdan kechgacha uy ishlariga sho'ng'isa, kalxo'z ishlaridan qo'li bo'shagan er mulloning er-cheli va mol-hollarining tagidan chiqmasdi. Xuftondan keyin bolalarini ergashtirib uylariga ketadigan er-xotinlar, To'xta kal kelmasdan, yana azonda Hukkinikiga etib kelardilar.

Taqdir-nasibasi yorug' olamdan uzilgan Qarg'a qahratonning qaqshatg'ich bir  tunida dunyoni bevaqt tark etdi. O'shanda Qiyo jinnining uylanganiga ikki oy ham bo'lmagandi. Uning xotini va bir etak bolalari Hukki tasarrufida qolib ketdi. Ungacha ham “so'picham” deb erkalaydigan mullo Qiyo jinini qo'njida olib yurardi. To'shakka kirganda ham uni bedanani kaftiga siqqan xumorboz kabi qo'yniga bosardi. Qiyo jinni undan qochib otasi bilan onasining orasiga kirib yotsa, uni yo'qotib qo'ygan mullo it qopgan jinni kabi tun bo'yi alahsirab chiqardi. Xullas, Qarg'a o'lganidan olti yil o'tib Qiyo jinni o'zini “Nurdan bo'lgan xudoning o'g'li – Iso masih bo'laman” deb e'lon qildi. Onasini “Bibi Maryam” deb chaqirmagan odamni ayab o'tirmasligini bildirdi. Onasiyam, “Haqiqatan menga erim qo'lining uchini tekkizdirmagan. Bolalarim Hukki xudo buvamning dam solib, og'zimga tupirishlaridan paydo bo'lgan” deya o'g'lining iddaolarini tasdiqladi. Bu e'tirofdan Hukkining qalbi tog' kabi yuksaldi.

…Targ'il qabulxona ostonasida Hukkidan qolgan izlarni is olardi. Uning eshakdan yiqilib, bo'yni sinib o'lgani rost bo'lsayam, nazarida u tirikdek edi. Bu kabilarni u hid bilish qobiliyati bilan idrok eta boshlagandi. Shunda bir maromda shiqirlayotgan bir sas uning kapalagini uchirib yubordi. Qoratumshuq zanjirini uzgan bo'lsa-ya, degan gumon uni suratida suv etdi. Qo'rquvdan boshi g'ovlab, quloqlari shang'illadi, ko'zlariga parda inganday, ko'rmay qoldi. Nigohi narsalarni ilg'ay boshlaganda, peshonasida qaqqayib turgan qora dog'ni payqadi. Uning nimaligini bilolmay birpas kiprik qoqmay turdi. Dimog'iga urayotgan badbo'y hid Qoratumshuqnikiga o'xshardi. U ishonmaslikka tirishsa ham, “Bu rostdanam Qortumshuq bo'lsa-chi”, degan mudhish o'y xayolini buzgach, miyasiga igna sanchilgandek, og'riq zo'ridan uvlab yubordi. Cho'chigan soya orqasiga qarab qochdi. Halitdan buyon Qoratumshuqning ro'parasida turganini sezgach, u jon holatda sapchigandi, tut tagidagi xandaqqa o'mboloq oshib tushdi. Qochayotgan Qoratumshuq buni ko'rib, orqasiga o'girildi. Kesilgan quloqlarini ding etib, dumini shaqildoq ilonning dumining uchidek titrata boshladi. Targ'ilning na dumi, na qulog'i kesilgandi. U ko'ppak bo'lsayam, ko'rinishidan qanjiqqa o'xshardi. Umri bino bo'lib Qoratumshuq bunaqa itni ko'rmagan, undan odamzotning hidi anqirdi. Bu juda xatarli edi. Shunda Targ'il o'rnidan irg'ib turib, tishlarining oqini ko'rsatdi. Irillab bo'g'iq tovush chiqardi. U bularning barini qo'rqqanidan etardi. Qo'zi Shishakning hidi dimog'iga urgan Qoratumshuqning oyoqlaridan mador qochdi. Ichidan bir nima uzilib tushgandek, butun vujudiga muz yugurdi. U hech nimani tushunmayotgandi. Mahobatli haykal singari ko'rinishi qolgandi, xolos. Na joni, na fikri bor edi, murdadan farqi yo'q edi. Ammo shu karaxtligi bilan ham u qutulib qolishni ko'zlardi. Qorong'ilik ichra yonib bitayotgan shamga mengzash joni unga shu holida ham shirin tuyulardi. U oyoqlari chalishib qocha boshladi. Go'yo tush ko'rayotgandek edi. Targ'il uni quvlashga tushdi. Uning ahvoli ham Qoratumshuqnikidan avlo emasdi. Qo'rquv uni eshak kabi minib olgandi. Nimalar bo'layotganiga fahmi etmas, ixtiyorini yo'qotgach, tizginsiz bo'lib qolgandi. U Qoratumshuqni Hukkining chegaralaridan chiqqunicha quvlab bordi. Qaytarkan, ko'rsatgan qahramonligini o'ylab, yuragi orqasiga tortdi. Qoratumshuq tilka-pora etsa, nima bo'lardi degan o'y uni larzaga solgandi.

…Qo'zi Shishak Qoratumshuqni ko'zi ochilmagan zamonlardan yaxshi bilardi. U bu itning chog'aligi[1] kechgan chog'lardagi dorulomon kunlarini itlik shukuhi bilan xotirasida jonlantira boshladi. Qalbiga g'am-anduhlardan forig', farahli kunlar tarovati indi. O'shanda Hukki bir cho'ponning otariga mehmon bo'lib borgandi. Unga tuya sovg'a etgan cho'pon ko'zi ochilmagan Qoratumshuqni ham xurjunning ko'ziga tashlagandi. U chog'aligidan badjahl va tajang edi. Sut tishlari chiqqanda Qiyo jinnining o'rta barmog'ini tishlab, terisini shilib olgandi. Hukki xamirga shakar chaynab qo'shib, uning yarasiga bog'lagandi. G'azablangan Qiyo jinni usta Xo'jageldining temirxonasidan zanjir keltirib, hali mushukdek kelmaydigan bechoraning bo'yniga soldi. Shu-shu uning bo'ynidan zanjir tushmadi. Zanjirga chiranib tashlanadigan bu baloyi azimning dushmani ham, suyanadigan tog'i ham shu zanjir edi. Zanjir unga shijoat bag'ishlardi. Ayni paytda kutilmaganda paydo bo'lishi mumkin xavf-xatarlardan asrardi. U zanjirdagi talvasasini duch kelgan joyda qiladigan bo'lsa, ajalidan besh kun burun o'lardi.

Aql-zakovat egasi bo'lmish insonda butun er yuzidagi itlarni bir tunda yo'qotishga loyiq hiyla-nayrang borligi ahmoqqa ham ayon. Dunyodagi butun itlarning fahm-farosatini bir joyga yiqqanda, bitta odamning aql-farosatining mingdan bir ulushicha kelmaydi. Qo'zi Shishak ko'ppaklik shuuri bilan shu kabilarni idrok etardi. Shuning barobarida itlarning odamga xavf tug'dira olishini ham xayolidan soqit qilmasdi. U brigadirlik qilgan yillarida tut daraxtidan ikki bosh barmoq yo'g'onligida kesilgan bir qulochdan uzunroq baqam tayoqni ko'tarib yurardi. Har qanday hayvon uning tayoq ushlab kelayotganini ko'rsa, dumini chotiga qisib qochib qolardi. Baqamning zahrini totganlari ikki-uch chaqirimdan brigadirning hidini olib, bo'kirib yuborardi.(Baqam tayoqlari – Qo'ndoqda urushlarda qo'llaniladigan haqiqiy himoya va hamla quroli bo'lgan. Tutdan kesilgan tayoqni quduq yoki chashmaga tashlab qo'yganlar. Tayoq quyoshning yorug'i tegmaydigan joyda ellik-yuz yil yotib, baqamga aylangan. Ikki-uch barobar zaranglashgach, temirdan qattiq holatga kelgan. U bo'riga yoki to'ng'izga tekkanda, suyagini kukun qilarlik darajada zarang bo'lgan. Shu qurol bilan jangga kirgan botirlarning har biri yigirma-o'ttiz dushmanni er tishlatgan.) Qo'zi Shishak qaysidir ajdodidan qolgan baqam tayoqni qo'lidan qo'ymasdi. Xavf-xatar tug'ilmaguncha, ishga solinmaydigan bu qurolni o'ynatib yurishning o'zi, kuch-quvvatdan tashqari, kishiga ruhiy ko'tarinkilik bag'ishlardi. Buni yaxshi biladigan Qo'zi Shishak paxtazorga kirgan uy hayvonlarini shunchaki yo'liga turtib qo'yardi. Bunaqangi bo'g'iq va zarang og'riqni ilgari his etmagan jabirdiydalar qaytib paxtazorga oralamasdilar. U shu tayoqqa ishonib, kecha-kunduz qaerga bo'lsa urib-surib boraverardi. Qorasini payqagan it, yo'lbars bo'lsayam, uni ko'rganda dumini chotiga qisib, ko'zdan g'oyib bo'lardi. U o'ziga tashlangan qopog'on itlarning ikki-uchini urib o'ldirgani ham rost edi. Buni yaxshi biladigan kalxo'zchilar brigadirlarini ko'rganlarida, hordiq chiqarib o'tirgan bo'lsalar, irg'ib turib ishga tushar, nonushta qilayotgan bo'lsalar, simyog'och simiga qo'ngan chumchuqlar xavfni sezganlarida “duv” etib uchganlari kabi, birvarakayiga oyoqlariga turib unga tavoze ko'rsatardilar. Qoratumshuqning badjahl it bo'lishini chog'aligida payqagan Qo'zi Shishak uni baqam tayoq bilan yo'liga turtib, do'q urib qo'yardi. Quloq-quyrug'i kesilmasdan baqam zahrini totgan Qoratumshuq brigadirning hidini olishi bilan dumini chotiga qisardi. Qo'rqqanidan dag'-dag' qaltirab, u o'tib ketguncha tumshug'ini xashakka tiqib turardi. Zanjirini uzganda u tevaraklab, vahima solib hurarkan, zaxkashning nariyog'ida kelayotgan Qo'zi Shishakning hidini olsa, qoplonni payqagan kiyikdek orqasiga qaramay qochib qolar, uning hidi ko'tarilmaguncha hovliga oyoq bosmasdi. Qo'zi Shishak qo'llagan bu usul necha yillar o'tib, bukun hosilini berdi. Targ'ildan Qo'zi Shishakning hidi anqimaganda, Qoratumshuq uni tilka-pora etardi. “Umid bilan suqilgan tayoq Bir kun berar mevayu yaproq”, degani shu bo'lsa kerak. Ammo hammasi baqam tayoq tufayli ekanini, shu jonsiz tayoq bo'lmasa Qo'zi Shishakning quruq qaratqidan farqi yo'qligini Qoratumshuq qaerdan ham bilardi?!

Itlarning ko'zi odamlarnikidan o'tkir bo'lmasa-da, eshitish va hid ilg'ash va ajratish imkoniyatlarini odamlarnikidan o'ttiz barobar yuqori deyishadi. Ularning tumshug'i ko'zlariga nisbatan ellik hissa ko'p ish bajaradi. Bu jabhada tajribasiz Targ'il, boya Hukkining hidini olganda ham, uni tirik deya adashgandi. Dimog'iga urilgan hid u tirikligida hovlidagi narsalarga o'rnab qolgan hidning shunchaki izlari edi.

Targ'il dumini va quloqlarini tikkaytirib oldi. G'alabasiga iqror bo'lgach, salobat va viqor bilan salib yurishni boshladi. U Hukki o'lib, huvullab qolgan tashqari hovlidagi qabulxona bo'saxonasini qayta boshdan hidladi. Mullodan qolgan hidlar bilan xayolan suhbat qurmoqchi bo'ldi. Jumboq Qiyo jinnining uni “xudo” deb qilgan da'vosiga taalluqli edi. Uning ko'nglida, u “xudo” bo'lsa, nima uchun o'ladi, degan iddao tug'ilgandi. Ko'rinmas hidning dasti odamnikidan daroz edi. Hidcha holi yo'q odamning xudolanishi Targ'ilga erish tuyula boshlagandi.

 Ko'ppakligi bilan dunyoni yangidan anglayotgan raisning boshini g'ayri oddiy fikrlar qopladi. U har xil xayollardan qochish uchun shoxlari tarvaqaylagan keksa tutga boqdi. Ko'zlari oldiga Qiyo jinnining Hukkinikiga o'xshash sarg'imtil-zahil basharasi keldi. Birinchi marta ko'nglidan, “Qiyo jinni mulloning o'g'li emasmikan”, degan gumon oraladi. Ikkalasining yoshi va mulloning bukriligini hisobga olmaganda, ular bir-birlariga ikki tomchi suvdek o'xshash edilar. Bu har bir raisni ham tashvishga sololmagani kabi, har qanday itni o'ylantirmasdan qo'ymasdi. Odamligida Qiyo jinnining basharisini ko'rsa ko'ngli ayniydigan Targ'il hozir dumini likillatib ichkari hovliga kirdi. Na tashqari, na ichkari mullo tirikligidagi go'shaga o'xshamasdi. U borligida ichkarida ham, tashqarida ham hayot qaynardi. Hovli sog'liklarini tiklash uchun kelgan mijozlar bilan to'lib-toshardi. Uy yumushlari bilan kuymalanadigan ayollar soni besh-oltini tashkil etardi. Tomorqa va mollarning tagi-usti bilan andarmon erkaklar soni ham ularnikidan kam emasdi. Shifo talabida kimdir qo'y, kimdir echki etaklab kelardi. Kimlarningdir qo'ltig'ida tovuq yo xo'roz bo'lardi. Un, guruch yoki moy ortmoqlab kelayotganlar soni kim qancha edi. Qo'lini burniga tiqib kelganlar ham bir-ikki so'm tashlamasalar, Hukki duoga qo'l ochmasdi. Onasini otasi qirq kun kutgan tut tagida chordona qurib o'tirgan Qiyo jinni barchasining hisobini bir o'zi olardi. Qo'y va echkilarni qo'raga qamasa, un, guruch va shunga mengzash oziq-ovqat mahsulotlarini yovontovuqdek yo'rg'alab omborga tashmalardi. Majburlikdan keltirilgan narsalarni egalari qo'lidan o'zlarini muttaham etib tortib olish har qanday vallomatning ham ishi emasdi. Ustasi farang Qiyo jinnining beti qalinligini va qo'l-oyog'i chaqqonligini shu bois Hukki yuqori baholardi. Uni, “Onasinikidan oyoqlarida o'risning valinkasi, boshida qofqozliklarning silkima telpagi, qo'llarida beshotar miltiq, og'zida nos bilan teskari tushgan Maqbul ovchi”, deb maqtab ham qo'yardi. Taltaygan Qiyo jinnining quloq-chakkasi, azbaroyi quvonganidan, vokzaldagi hojatxona eshigi kabi bir zum ham yopilmasdi. U shunda Hukkiga, “Xudo buva, gaplaringiz rost bo'lsa, beshotar bo'lmasayam, o'g'lingiz Iso masihga ikkiotar miltiq olib bermasangiz, yumronqoziqlarning va quyonlarning yuragi otning kallasidek bo'lib ketadi”, deya taltayardi. Uning otasi vafot etgach, onasi butunlay Hukkining ixtiyorida qolgandi. Qiyo jinnining ta'biricha, etmish yoshni qoralagan onasi ishtonbog'i ho'l bo'lmagan so'qqaboshni yuvib-taragani uchun tog'-tog' savobning tagida edi. Bundan tashqari, onasi kun bo'yi tovuq partlashdan diqqanafas bo'lmasdi. Har kun besh-olti ra'yma-xayolni, bo'lsa echki, bo'lmasa tovuqning qoniga bo'yardilar. Boshida olov o'ynatib, kirdi-chiqdilarni sux-alas qiladigan To'xta kal ularni Temir qiytorga oshirardi. Temirqiytor ularni ajinaga talatardi. Kampir besh-o'n tovug'u echkini archilgan yumurtqadek tozalardi. Bemorlar Hukkining huzuriga etmasdan, Qiyo jinni qurbonliklarning ichak-chovoqlarini va bosh-oyoqlarini qorishtirib, zaxkashning roshiga ko'mib kelardi. Yillar bo'yi bir maromda takrorlanadigan bu tadbir aniq va rejali amalga oshirilmasa, bemorlarga nafi tegmasdi. Jarayon mijozlar ongiga ruhiy ta'sir o'tkazmasdi. Shu uchun Hukki tong-sahardan boshlanadigan bu tadbirga jiddiy qarardi. Bor barakat shu ishda deb biladigan Qiyo jinni shu bois, otasi o'lgach, parixonlikni bir amallab To'xta kaldan onasiga o'tkazdi. Kirdi-chiqdilarni Temir qiytorning o'rniga onasidan o'zi qabul etib oladigan bo'ldi. Necha yillardan buyon shu ish bilan shug'ullanadigan To'xta kal bilan Temir qiytor, yog'liq o'rinlarini qo'llaridan chiqargach, qabulxona dahlizida mijozlarning tartib-intizomi bilan o'ralashib qolaverdilar. Arazlab ketib qolsalar, ular tansiq taomlar va soya-salqin joylardan mosuvo bo'lardilar. Garchi Qiyo jinnining nohaqliklari suyak-suyaklaridan o'tib ketsa-da, u bilan raqobatlashishdan olovdan qo'rqqanday qo'rqar edilar. Burunlaridan yuqori gap aytsalar, jinni ularni Qoratumshuqni savalagan kabi savalashdan ham toymasdi.

Qiyo jinni, onasi To'xta kalning o'rnini egallagach, uning o'rniga xotinini tayinladi. Mulloning kir-chirini yuvib, uyqudan oldin uni choyshabga o'rash ham yigirma bir yoshini to'ldirmagan xotiniga qoldi. Iso masihning onasi deya shuhrati oshib borayotgan kampir sux-alasdan boshqasiga qo'lini urmaydigan bo'ldi. U qariganida nozik oyimga aylandi. Atrofidagilarning mavqei yillar asnosida oshsa, yoki so'nib borsa, uning mavqei soat va daqiqa sayin oshib boraverdi. Bir umr boshini egib yashagan bir mushtiparning eri o'lib, o'g'li tufayli, dahaniga til bitdi. U cho'rilik qiladigan o'ziga o'xshash ayollarni nazoratiga olishni xohlab qoldi. Bu Hukkiga ayon bo'lgach,  hojati bo'lmasayam, boshqaruvni unga in'om etdi. Kampirning kech chiqqan tili har qancha uzun bo'lgani bilan, “Kal eb, ko'sa chichib ketadi” yoki “Guliqaqqarros” degan oltita so'zdan boshqasiga aylanmasdi. Shu bilan ham bozorda tug'ilib, peshtaxtada tili chiqqan har qanday vaysaqini bir cho'qishda qochirardi. Sovuniga kir yuvgan odamning dimog'idan yuz yil mag'zavaning hidi anqib turardi. Ayniqsa, uning lavozimi oshgani To'xta kal bilan Temir qiytorga qimmatga tushgandi. Hukki eshakdan yiqilib, bo'yni sinib o'lgan kungacha ular ichkari hovliga oyoq bosolmadilar. Pirlarining qirqi o'tgach, hayyo-huyt deya barchasidan etak qoqib, ketib qoldilar. Ularning boshqalarga qo'shib bevadan ham bekorga yuz o'girishlari Quryozagulning ko'ngliga og'ir botdi…

(Davomi bor)

[1] Chog'a – itning bolasi.

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube