O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Afsus, afsus, Amriqoda yoki Isroilda tug'ilmaganmizda..”

“Afsus, afsus, Amriqoda yoki Isroilda tug'ilmaganmizda..”
01 Şubat 2019 - 7:00 'da yuklandi va 1069 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

Beshinchi bob

…Quryozagul o'n olti yoshida saksonni qoralagan Hukkiga xotin bo'ldi. Joni kirgan mullo uni “Muhabbat otashida yongan qalbim malagi” deya atadi. Zaxkashlar o'rtasida joylashgan orolchada o'zini birinchi malika hisoblaydigan Qiyo jinnining onasi yillar bo'yi erishganlaridan bir soatda ayrildi. Buni anglagan zahoti uydan haydab solmasligi uchun yosh bekaga mulozamat qilishga tushdi. Bobosi qo'lida etimlik va etar-etmaslik jabrini tortib o'sgan Quryozagul ko'zini yumib-ochguncha o'zini jannatda ko'rgan odam singari mislsiz baxtga erishgandi. Hukki qartayganiga qaramasdan, kuch-quvatga to'la, yovuz maxluqniki kabi shahvoniy mayli baland edi. Uning mana men degan navqiron yigitlarni yarim yo'lda qoldirishini biladigan harakatlariga ko'pgina ayollarning aqli bovar etmasdi. Quryozagul tunda uning kaltaklariga tutilsa, kun bo'yi eb-ichib, uyqudan bosh ko'tarmasdi. Uyqudaligida oyoqlarini uqalab qo'yadigan kampirning xushomadlarini sezmas, barcha yaltoqlanishlar havoga uchardi. Aslida ichkarida timirskilanib yuradiganlarning har bittasi uning oyoqlarini uqalashni sharaf deb bilardi.

U kelgach, butun xonadondagi iqlim o'zgardi. Qiyo jinnining chorasizlikdan onasi singari boshi qotgach, boshqalarning kapalagi uchdi. Hukkining xotini hammaning ko'ziga jonolg'uchi bo'lib ko'rindi. Ikki mullovachcha – To'xta kal bilan Temir qiytorning esa quyoshi balqdi. Kunida uch-to'rt marta hojat uchun tashqi hovliga chiqadigan yosh bekani ko'rganlarida ikki qo'llarini ko'kraklariga qo'yib ta'zim etishni marosimga aylantirdilar. Chuqur iltifot zamirida ko'rinmas afyun bor edi. Quryozagul o'zi bilmagan holda mulozamatlardan yoqimli bir xumorlanish tuyardi. Kayfga o'xshash bir mudroq yuragida kun-kundan chuqur ildiz otdi. U mamnunligi ramzi sifatida ona va o'g'ilga asta-sekinlik bilan bosimni kuchaytirib bordi. Bir ishora bilan ikkovini quritishga qurbi etsayam, zulm o'tkazib huzurlanishning haddisini olayotgani bois, bunday qilmadi. Peshasini munosib raqiblar evaziga chipakka chiqarib, yuragi chigalini yozdira olmasdan qiynalishni istamasdi. Ancha davom etgan taranglik To'xta kal bilan Temir qiytorga ro'shnolik ulashdi. Hukki o'lgach, ularning Quryozagulni “he” yo'q, “be” yo'q, tashlab ketishlari shuning uchun ham uning ko'nglini yaralagandi. Mullovachchalar, “hayyo-huyt”, deb etak qoqib ketganidan uch kun o'tgach, Qiyo jinnining orqasiga xotini, beshta bolasi, takasaltang ukalari va singillarini solib, Quryozagul ularni uydan haydadi. Bu uning kelajakka tashlangan birinchi mustaqil qadami bo'ldi. Cho'rtkesarligi bois u o'zida jur'at topa olgan, hayoti uchun erta bir kun xatarga aylanishi mumkin bo'lgan xavfdan o'zini vaqtida asrab qolgandi. Yangilikdan xabar topgan har ikki mullovachcha bir-biridan yashirib, Quryozagulga o'sha kun sovchi qo'ydi. Har ikkalasidan qo'lini tirsagigacha yuvgan Quryozagul sovchilarni hakkaga tikka qilib, haqoratlab orqasiga qaytardi. “Itdan bo'lgan qurbonlikka yaramas”, degan so'zlarni mullovachchalarga etkazishni ularga ta'kidlab qo'ydi.

…Shu o'rinda bir narsani qayd etib o'tish joiz. Qiyo jinni o'tgan yillar davomida shunchaki qo'l qovushtirib o'tirmadi. U chivin qo'rishdan boshqasiga yaramaydigan tepsa-tebranmas bo'lganida qo'lini burniga tiqib qolaverardi. Deyarli himoyasiz qolgan bevaning ikki og'iz so'zi bilan oilasini ergashtirib Hukkinikidan chiqishida hiyla bor edi. U el-kun ko'zi o'ngida bir umr oyog'i uzilmagan joydan qirchang'i eshak singari nochorlikdan ketmagandi. Rejasi bo'lmasa, yillar qilgan mehnatlari ajrini so'rab ayyuhannos solgan, o'zgalar ko'ziga o'zini jabrdiyda ko'rsatgan bo'lardi.

G'amg'usorligi qatlarida yiltillayotgan quvonchi uning yutqizmaganini ifodalardi. Buning o'ziga yarasha sabablari bor edi. Quryozagulga uylangach, Hukkining nazaridan qolgan onasi o'lgan kunigacha o'g'rin-to'g'rin eplab, uyiga tashiganlari o'z yo'liga, Qiyo jinni Hukkining u yog'idan kirib, bu yog'idan chiqib, o'nta hovli qurgandayam tugamaydigan mol-dunyo orttirgandi.

…O'rkachi bilan dunyoga kelgan Beknazar, gap-so'zlarga qaraganda, nasl-nasabi jihatidan ulug' bir avliyoga borib taqalardi. U katta bir xonadonda eshonning ettinchi xotinidan Amir Olimxon Petrburgda so'zak orttirgan yili tug'ilgan yolg'iz o'g'il edi. Avvalida onalari o'ldi. Keyin otasi o'lib,  hayhotdek hovlida, o'n besh yoshida bir o'zi qoldi. (Shunday deymiz-u, uning uyi-joyi kimsasiz bo'lganini hech kim ko'rmagandi.) Eshon o'g'li dunyoga kelganida etmishni qoralagandi. O'sha zamonlarda ham Hukkining xonadonidan odam arimasdi. Orqasiga bolasini mingashtirgan toshbaqaga mengzab yuradigan Beknazarni ko'rganning yuragiga vahima oralardi. Odamlar undan qo'rquv aralash jirkansalar ham, eshonning ko'zi uchun mulozamat ko'rsatardilar. Yaltoqlarni suyadigan Hukki oxirgi nafasidayam Birubordan marhamat so'rash o'rniga, mo'ltirayotgan ko'zlari bilan Qiyo jinnidan xushomad istardi. U chorasiz qolganda beriladigan inoyatdan o'zini bebahra qoldirgandi. Uning fojeasi aslida shu nuqtada edi. Umr bo'yi orttirgan gunohlari oxirgi nafasidagi befarosatligi qarshisida tog' yonidagi ushoq toshcha ham kelmasdi.

…Uning g'ayurlikda o'tkazgan umrini ibtidosi Quryozagulning buvasidan boshlanardi. Uylarida etimkashlik qiladigan sakkiz yashar bolani u o'n yoshida buzmaganida, iffatiga dog' qo'nmagan qizga uylananishni sakson yil orzulamasdi. Quryozagul bo'lmaganda u buyuk orzusi dog'ida armon bilan o'tishi ham mumkin edi.

Har tunda, barchaning ko'zi ilingach, Beknazar yotoqxonasidan oyoq uchida yurib og'ilxonaga borardi. Bu payt kun bo'yi eshakdek ishlab, itdek charchagan Quryozagulning buvasi poxol tiqilgan to'shakda toshdek qotib uxlab yotgan bo'lardi. Beknazar uning uvadasi chiqqan ko'rpasiga ilondek sirg'alib kirardi. Hovuri bosilgach, so'fi azon chaqirguncha uni bag'riga bosib yotardi. Bu be'mani ish sal kam o'ttiz yil davom etdi. Quryozagulning buvasi ikki sag'iri bilan eridan erta qolgan cho'loq, bir ko'zi ko'r bevaga ellik sakkiz yoshida uylangach, Beknazar xoli qoldi. Bu aslida Hukki o'lgan kungachayam davom qilishi mumkin edi. O'shanda xotini uni qo'yarda-qo'ymay qo'shni qishloqda yashaydigan ota-onasinikiga olib ketgandi. Quryozagulning momosi buvasidan farzand ko'rmagandi. Xotinining avvalgi eridan qolgan bolalarini boqib katta qilgan chol ota-onasidan chaqoloqligida etim qolgan Quryozagulni jonidan ortiq ko'rardi. Biroq uni Hukkining, “Yo o'zing kelib xizmatimda bo'lasan, yoki nevarangni xotinlikka berasan”, deya o'tkazgan zug'umlari charchatdi. Ayniqsa, “Ko'nmasang, o'ttiz yillik sardaftaring bayonini ayon etaman”, degan gapdan chol aqldan ozayozdi. Tili so'zga aylanmagan bo'lsayam, boshini liqillatib rozilik bildirdi. Quryozagul buvasini qanchalar yaxshi ko'rmasin, taklifiga darrov rozi bo'lmadi. “Qari o'lgur hukki bo'lmasa ham go'rga edi. Butun umr nogiron boqamanmi”, deya xarxasha qildi. “Unday deb o'ylama, jon qizim. U o'nta polvon yigitdan sog'lom. Kuch-quvvatga to'la bu yirtqichdagi hazni shahzodalardan topolmaysan. Topsam, men topardim” degan buvasining javobi uni dovdiratib qo'ydi. U bo'ldi, bu bo'ldi, o'n olti yashar qizning yoshini Hukki shahodatnomada ikki yoshga ulg'aytirdi. Rasman nikohlab, unga uylanib oldi. Quryozagulning ko'zlariga boshida dunyo qorong'i ko'rinib ketdi. Uch kun o'tib, buvasini aytganlariga iqror bo'ldi. U, “Buvam boshidan o'tkazgan kimsa singari aniq bilarkan”, deb o'yladi va uning topqirligiga hayron qoldi.

Hukki qirq kun chimildiqda chilla o'tirgach, to'rtta buqa so'yib yurtga elomonoshi berdi. Bo'vamurod Hamdamni chaqirtirib, kalxo'z klubida qishloqdoshlariga katta konsert qo'ydi. Sharafiga uyushtirilayotgan ma'rakadan Quryozagul gul-gul ochilib, bir chiroyiga o'n chiroy qo'shildi. Buni ko'rib Hukkining og'zidan so'lagi oqdi. Tizginni qo'lidan chiqazgan Qiyo jinnining yuzi kulsa-da, ichini it tirnar, onasining parixonlikni boy berishidan qo'rqardi. U Hukkini yana o'z ta'siriga olishni o'yladi. Buning uchun yangi reja, tesha tegmagan tadbir joiz edi. Oxiri u Hukkining qo'yniga xotinini tiqishga jazm etdi. Xotini qanchalar noz-firoq qilmasin, ko'rganini qantarib bosadigan Hukki unga qayrilib ham qaramadi.

 To'rt oy o'tib Quryozagulning buvasi bilan momosi yorug' olamni birin-sirin tark etdi. U butunlay Hukkiga suyanib qoldi. Erkalashlar xumori bilan masiqib, u na buvasiga, na momosiga aza ochdi. Aksincha, tez-tez qovushishga zo'r berdi. Uning yaqinlariga yuragi achimaganini ko'rib Qiyo jinnining bir dardiga ming dard qo'shildi. Undan ko'p narsa kutush mumkinligini o'ylab, boshi qotdi. Shunda Hukkini udda eta olmagan xotin eriga yordamga keldi. Xotinining “Mulloni tez-tez sayri sayohatga olib chiqing” deb bergan maslahati Qiyo jinnining ko'zlarini ochdi. Shumlikni yashin tezligida anglaydigan boshida yangi rejalarning xomaki chizgilari paydo bo'ldi. U avvalida Hukkini kasaba uyushmasi yo'llanmasi bilan Chortoqqa o'ynatgani olib bordi. Boshqalar bunaqa joylarga kelib yiqqanlarini sovursalar, Hukki cho'ntaklarini pulga to'lg'azib, uyiga to'lib-toshib qaytdi. Qiyo jinnining uddaburronligi orqasidan yuzaga chiqqan ishlar unga yoqib tushdi. Oradan ikki oy o'tmay yana ko'ngli o'sha tomonlarni tusab qoldi. Qiyo jinni uning tuzoqqa oson ilinganidan mamnun edi. Xohishi ijobat bo'lgandi…

Hukki uning o'ziga nisbatan ikki baravar ko'p foyda ko'rayotganidan bexabar edi. Har kecha biri-biriga o'xshamaydigan oyimchalarni bag'riga bosish uning ko'zlarini ko'r, quloqlarni kar qilib, qalbida hayotbaxshlikni kuchaytirgandi. Umri qorong'ilikda kechgan gumroh uchun go'yo faraxbaxsh tonglar otgandek edi. U Qiyo jinnidan shubha qilmas, istagini og'zidan chiqmasdan amalga oshirayotgani uchun unga juda tez bog'lanib qolgandi. Qiyo jinni esa uning buzuqliklardan boshqasiga yaramaydigan ruhiy olamini qaytadan ishg'ol etgandi.

Navbatdagi sayohat qo'shni viloyatga uyushtirildi. Qiyo jinnining rejalari bu taraflarda gullab-yashnadi. Ular, baliq o'zini suvda qanday his qilsa, shu singari ko'hna vohada erkin harakatlanardilar. Viloyatni Hukkining buyuk tabibligi haqidagi cho'pchaklar bosib ketdi. Ibn Sino tirilib kelipti deguvchilar ham topilardi. Vodiyda orttirilgan tajribalar samara bera boshladi. Hukki to'xtagan dam olish maskaniga mijozlar daryodagi baliqlar misoli oqib kelardilar. Qiyo jinni har erda bemorlarga bildirmasdan ularning og'zini poylardi. Etarlicha ma'lumotga ega bo'lgach, ularni Hukkiga etkazardi. O'zlari haqidagi ma'lumotlarni Hukki og'ishmay aytganda, hayratdan mijozlarning ko'zi xonasidan chiqib ketay derdi. Uning nomi butun mintaqada doston bo'ldi. Mijozlar yomg'irdan keyingi qo'ziqorinlardek bolalagach, u og'ziga kelganini gapira boshladi. Shifo talabidagilar olti oy oldindan navbatga yoziladigan bo'ldilar. Hukki pulni pichan kabi g'aramlardi. U avvallari imkon topib kelib Quryozagulni ko'rib ketardi. Vaqt o'tgach, ora ochila boshladi. Sababi, u Xudoning bergan kuni ikki-uch ayolning tanobini tortardi. Qiyo jinni uning ko'zini ochirmay, har tunda qo'yniga yangi-yangilarini solib qo'yar, tag'in ularni tong yorishmasdan xonadan chiqarib yuborardi. Uning qo'yniga bir tiqqan marjasini Qiyo jinni ham ikkinchi marta qabul etmaslikka tirishardi. Bo'lavermagach, unga pora berardilar. Shunda u ularni o'zi tuzgan jadvalga tirkardi. Tunda Hukkining  qo'ynida yotib, yorug'da qiyofasini ko'rgan ba'zilar dahshatga tushib, chinqirib yuborardilar. Nechalari hushidan ketib, yiqilib qolardi. Qay birlari oyog'ini qo'liga olib, juftak rostlardi. Undan beshbattarlarini ko'rganlar o'zini uning qo'yniga otar, shahvatga to'la Hukki bundan quturib ketardi. Fohishalar aslida dunyodagi eng yaxshi xabar tashuvchilar edilar. Ulardan ma'lumot yiqqan Hukki ularning miyasiga o'zi haqidagi bo'lmag'ur afsonalarni joylardi. Shahvoniy o'yinlardan aql-hushini yo'qotgan gumrohlar el orasida g'aroyib tabib haqidagi ko'z ko'rib, quloq eshitmagan gaplarni tarqatishdan charchamasdilar.

Sayohat bir-ikki martada poyoniga etmadi. Qariyib uch yil uzluksiz davom etgan bu tijoriy safar Quryozagulning me'dasiga tegdi. Hukki tez-tez safarga chiqavergach, u tunlarini kuyikish bilan o'tkazadigan bo'lib qoldi. Uning bu masalada Qiyo jinnini ko'rgani ko'zi bo'lmasa ham, ochiqdan-ochiq chora qo'llashdan cho'chirdi. Ming turli usullar bilan erining jonini kirgizayotgan Qiyo jinnining nufuzi Quryozagulnikidan qolishmasdi. Ular zimdan shartnoma tuzgan sheriklar singari bir-birlariga xalaqit berishni istamasdilar. Shoxlashsalar har ikkalovlari ham erishganlaridan ayrilib qolish ehtimoli ko'p edi. Botinan zidlashayotgan bu ikki dushmanning har biri xususida, “qulay vaziyat poylamayaptimi”, desa ham xato bo'lmasdi. Kutilgan kun etsa, ular bir-birlarini dorga tortishdan ham tap tortmasdilar. Barchasiga Hukkining eshakdan yiqilib o'lishi chek qo'yganini yaxshi biladigan o'quvchiga bu haqda ortiq gapirmaslikni ma'qul topdik. Undan ko'ra sayohat davomida yuz bergan o'nlagan sarguzashtlardan bir-ikkisini so'zlasak foydaliroq bo'ladi, deb o'yladik.

… Hukkini hamma birdek yoqtirib, hamma unga birdek ixlos qo'yardi, desak, xato bo'ladi. Uning hiyla-nayranglariga ko'pchilik laqqa tushgani kabi, ko'pchilikning uni firibgar-muttahamga chiqarishi ham bor gap edi. Shundaylardan biri mahalliy televideniyada suxandonlik etadigan bir ayol bo'lib chiqdi. U qish chillasida oromgohga dam olgani kelgandi. Mo''jiza va g'aroyibotlarga ishonmasligini ayta turib, u Hukkini firibgardan olib firibgarga soldi. Uzunquloq bu gurung Qiyo jinnining qulog'iga ham etdi. Zudlik bilan biror chora qo'llamasa, erishilgan yutuqlar chipakka chiqishini u darhol angladi. Buni eshitgach, Hukkining ham kayfiyati uchdi. U o'zini dahlizga qamalib qolgan mushuk singari noqulay his eta boshladi. O'sha ayol xonasiga oyoq bosgudek bo'lsa, u tuyadek quturib, uni to'shining tagiga olib ezib tashlashdan toymasdi. Ungacha ham ancha ishlarni amalga oshirish lozimligini o'ylab, u ilojisizlikdan siqilib ketdi. Gap-so'zlarga nuqta qo'yish uchun zudlik bilan bironta tadbir ishlab chiqish lozim edi. Shunda nima bo'ldiyu, Qiyo jinnining ko'zlari oromgoh hududlaridagi panjaralarni payvandlayotgan kimsaga tushib, “karbi-id” deb, chinqirib yuborib, ichi chiroq yongandek yorishib ketdi. U muammoga chora topgandi. Iddaosini aytgach, Hukki uni qo'llab-quvvatladi.

– Mullo buva har tongda tanqadagi[1] sovuq suvni yo'lakda qo'yib hojatga kiradilar! – deya u Hukkini maqtashdan ish boshladi. – U kishi qaytib chiqqanlarida, suv qaynab turgan bo'ladi. Odamlarning ko'zi ko'r bo'lganmi, xojamning karomatlarini ko'ra-bila turib, bo'lar-bo'lmas gaplarni tarqatadilar. Yuz daraja issiqlikda qaynab turgan suvda yana kim tahorat ololadi? Cho'g'dek qizib turgan vujud bilan mijozlarini davolaydigan yana kim bor?..

Ang-tang qolganlar gap tarqata boshladilar. Ko'p o'tmay bu mish-mish butun oromgohga tarqadi. Dam oluvchilar shom kirmasdan qo'llarida tanqa ko'tarib chiqadigan tabibni kuta boshladilar. Azonda chiqqan Hukki barchaga birdek ko'rinishi uchun tanqani yo'lakning qoq o'rtasiga qo'ydi. Keyin bir nimalar deya, tilini tagiga nos tashlab, pichirilab, hojatxonaga kirib ketdi. U qaytib chiqqanda tanqadagi suv qaynab, bug'i havoga ko'tarilayotgandi. U o'zini kuzatayotganlardan xabari yo'q kimsa kabi tanqani ko'tarib olib toharatxonaga o'tdi. Toharat olgach, chiqib, bo'linmasi tomon bukrisini to'mpaytirgancha ketib qoldi. Uning qo'liga karbit tutqazgan Qiyo jinni uni o'zgalar singari derazadan poylab o'tirarkan, ichida o'z ro'lini qoyilmaqom qilib o'ynagan Hukkiga ofarinlar aytardi. “Afsus, afsus, Amriqoda yoki Isroilda tug'ilmaganmizda..”, degan so'zlarning og'zidan chiqib ketganini uning o'zi ham bilmasdan qoldi.

[1] Tanqa – obdasta.

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube