O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Hozirgi o'zbeklar

Hozirgi o'zbeklar
03 Şubat 2019 - 7:00 'da yuklandi va 885 marta o'qildi.

E. OLLVORT. HOZIRGI O'ZBEKLAR

MILLATLARNI TADQIQ ETISh (1990 yil):

O'sha vaqtdagi kuzatuvchi “etnik xususiyatlarga asoslangan hududiy chegaralanish loyihasi Buxoroning o'zidan kelib tushayapti” deb qayd etgan bo'lar edi. Biroq milliy chegaralanish jarayonini go'yo mahalliy tashabbus sifatida ko'rsatish uchun Buxoroning mahalliy rahbariyati Moskva tomonidan saylangandi. Markaziy Osiyoni etnik ma'muriy birliklarga bo'lib tashlash bo'yicha ochiq-oshkora va rasmiy qadamlar 1924 yilning 25 fevralida Buxoro Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasining O'rta Osiyoni etnik xususiyatlar asosida bo'lish vaqti kelganligi haqidagi bayonotidan boshlandi.

Ushbu Butun Buxoro Kongressi xalqlarning turmush tarzi va iqtisodiy holatidagi farqlarga shama qilib va ular o'rtasidagi nizolardan kelib chiqib, millatlarni belgilab berdi. Bu jadidlar islohotlar o'tkazayotgan davrda Markaziy Osiyo muammosini hal qilish maqsadida ruslar va ularning vakillari tomonidan olib kirilgan zo'ravonlik edi.

Buxoroda o'sha vaqtda kommunistlar etakchisi bo'lgan Fayzulla Xo'jaev 1924 yilda “Markaziy Osiyo respublikalarining mavjud siyosiy chegaralari sun'iydir” deb ta'kidlagandi. “Bu chegaralar, – deydi u, “ushbu respublikalarda yashovchi har bir elatni nohaq ravishda bir-biridan ajratib tashlaydi”. U xalqlarning bunday tarzda bir-biridan ajratilishini “Markaziy Osiyo elatlari orasida sun'iy ravishda adovat qo'zg'atish” deya ta'riflagandi.

Kommunizm amaldorlari etnik nizolar qo'zg'atilishi bilan bog'liq ayblovlarga qo'l siltab, o'rta osiyoliklarning mahalliy xalqlar o'rtasida mavjud bo'lgan munosabatlarga asoslangan va bir millat nomi bilan atalmaydigan davlatlarni tuzish maqsadida qilgan sa'y-harakatlarini yo'qqa chiqardi. Turkistondagi va Markaziy Osiyoning boshqa tumanlaridagi voqealarning tirik govohi bo'lgan Ahmad Zaki Volidiy (To'g'an) 1920 yillarning boshida u va boshqalar Xorazmda millatlararo munosabatlarni uyg'unlikda saqlash uchun samarali ish olib borganliklarini qayd etgan edi. “Biroq ruslar [Xorazmda] turkmanlar va o'zbeklar o'rtasida adovat urug'ini sochish o'z manfaatlariga mos kelishini yaxshi bilar edi” deb ta'kidlagandi u. Ahmad Zaki Volidiy 1919–1920 yillarda boshqird inqilobiy qo'mitasining rahbari bo'lgan va Markaziy Osiyodagi tadbirlarda ham ishtirok etgan.

Rossiya va uning Markaziy Osiyodagi agentlari 1917 yildan keyin turkmanlar va qozoqlar orasida o'zbeklar bilan avvalgi siyosiy-ma'muriy birliklarda hamkorlik qilishni va birga hayot kechirishni davom ettirmaslik kayfiyatini uyg'otishga harakat qilganiga shubha yo'q. Bu 1920 yillarning boshidan boshlab Moskvada va Markaziy Osiyoda g'ayrio'zbek siyosatchilarining sa'y-harakatlarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Turkiston va Xorazmda savodsiz qozoq ishchi va mardikorlarining sara s'ezdlarini chaqirish orqali ular xalqlararo bid'atlarni qo'zg'atib, Markaziy Osiyodagi etnik ishlar bilan bog'liq yirik madaniy va siyosiy masalalar haqida hech qanday ma'lumotga ega bo'lmagan yuzlab ana shunday shaxslarni o'zbeklarga qarshi gijgijladi. Bu tez orada etnik nizolar kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Bunday siyosat olib borayotgan hokimiyat butun mintaqa bo'ylab etnik guruhlarni bo'lib tashlash rejasini amalga oshirish maqsadida xalqlararo fuqarolik va shaxsiy huquqlarni ta'minlash g'oyasini ko'tarib chiqdi. Markaziy Osiyoning turli mintaqalarida yashovchi etnik guruh a'zolaridan etnik tafovutlarni aniqlash va ular o'rtasida chegaralarni belgilash zarurligi haqida da'volar kelib tushdi. Bunday bo'shliqqa tez orada Leninning deputatlari etib keldi. Ularning missiyasi asosan o'zbeklarni Markaziy Osiyoning boshqa xalqlaridan ajratib, ularning sovet hokimiyati uchun xavfli bo'lgan faolligini bartaraf etishdan iborat edi.

Milliy hududiy chegaralanish rejasi bilan bog'liq eng katta nizolardan biri 1924 yilning avgust-sentyabr' oylarida Toshkent vohasi va Toshkent shahri ustida kelib chiqdi. Bu nizoda sovet hokimiyati vakillaridan ko'ra ko'proq qozoqlar Moskvaga katta xizmat ko'rsatib berdi. Qozoq va o'zbek hududlari o'rtasidan belgilangan yangi chegara chiziqlariidan biri Toshkent shahrining yonidan o'tgandi. Qozoqlar xiralik bilan Toshkent shahrini qo'lga kiritishga intildi. Ushbu chegara nizosi vohada yashovchi o'zbeklarda vatanparvarlik ruhini qo'zg'atdi. Ular qozoqlar bilan qattiq va uzoq raqobatlashdi. Qozoqlar “sartlarga” Toshkent shahri va Toshkent viloyati berilishiga olib keladigan qaror qabul qilinishiga barcha jabhada kurash olib bordi.

Xalqlarni bir-biridan ajratishni nazarda tutuvchi Rossiyaning talabi ayrim sovet tarixchilari aytganidek, janubdagi xalqlarga foyda keltirishni emas, balki o'zbeklarni yakkalab qo'yishni hamda Marksning millatlar nazariyasini tasdiqlashni ko'zlar edi. Shuningdek ruslar o'zlarining etnik bir xilligini boshqalar tan olishlarini xohlar edi. Bu, ularning fikricha, Sharqda ham ichki, ham tashqi sohada etnik siyosiy rivojlanishning yagona modeliga aylanar edi. Quyidagi uchta holat etnik chegaralanishga kuchli qarshilik ko'rsatilganligini tasdiqlaydi. Bunday qarshilik ko'pincha sartlar yoki o'zbeklar sifatida ma'lum bo'lgan xalq yashaydigan mintaqalarda birin-ketin kuzatildi. 1923 yilning oxirida Turkiston muhtoriyatining janubi-sharqiy qismida O'rta Osiyoni bo'lish masalasiga qarshi fikrlar yangradi. Unda turli xalqlar yashaydigan Farg'ona viloyati delegatlari 1924 yilning 1-8 yanvar' kunlari bo'lib o'tgan Turkiston muhtoriyati Kengashining yigirmanchi s'ezdida aholi zich bo'lgan butun Farg'ona vodiysini o'z ichiga oladigan “avtonom Farg'ona viloyati”ni tashkil etishni talab qilib chiqdi (u vaqtdagi Farg'ona viloyati Rossiya tarkibidagi Turkiston ASSR hududida joylashgandi va Qirg'iziston hududining bir qismini ham o'z ichiga olardi). Ular ushbu s'ezddan keyin bevosita Turkiston kommunistik partiyasining rahbariyatiga, shuningdek Markaziy Qo'mita qoshidagi O'rta Osiyo byurosining qarorgohiga murojaat qildi. Byuro bunga quyidagi tarzda javob qaytardi: “Farg'onani farg'onalik o'rtoqlar taklif etganidek hozirgi shaklda qoldirish va avtonom viloyatga aylantirish xatodir”. Ushbu rad javobida o'zbeklarning mintaqadagi integratsion salohiyatiga putur etkazishni ko'zlagan eng muhim sabablar emas, balki ikkinchi darajali siyosiy sabablar – masalan, kommunistik partiyaning ko'proq bir millatli respublikalarni tashkil etish siyosati sabab qilib ko'rsatildi.

Bunday javob farg'onaliklar shijoatini qaytarmadi. Olti oy o'tgach Qo'qon gazetalari O'rta Osiyoni qayta tashkil etish bo'yicha yangi g'oyani taklif qildi.

Rossiyaning milliy hududiy chegaralanish rejasiga bo'yin egish o'rniga qo'qonliklar o'z shahrini milliy respublikaning poytaxti qilib belgilashni taklif qildi, negaki “o'zbek xonlarining poytaxti yaqin-yaqingacha Qo'qon shahrida joylashgan edi”. Qo'qon shahrida Buxoro va Toshkentdan farqli ravishda tojiklar, ruslar va boshqa turkiy bo'lmagan xalqlar yashamas edi. Qo'qon shahri mintaqadagi mustaqillik kayfiyati kuchli bo'lgan shahar edi va ko'pincha (1850, 1876, 1898, 1917-1918, 1919 yillarda) rus harbiylari va ko'rilgan siyosiy chora-tadbirlarga qarshilik ko'rsatgan markaz vazifasini bajargan edi. Ushbu mantiqiy taklif chippakka chiqdi, chunki Turkiston hududining bir qismida asosan o'zbeklar yashaydigan ittifoqdosh respublikaning tashkil etilishi etnik jihatdan bir xil bo'lgan aholining jipslashishi natijasida ushbu sub'ektni mustahkamlar edi. Moskvaning nuqtai nazari bo'yicha, aftidan, tojiklar ko'pchilikni tashkil qilgan Samarqand yoki ruslar talay bo'lgan Toshkent yangi hududiy bo'linmani [o'zbek respublikasini] boshqarish uchun mos keladigan shahar edi. 1924 yilning martida milliy chegaralanish bo'yicha ikkinchi va jiddiy qarama-qarshilik bu safar Xorazmda kuzatildi. Xorazm respublikasi Markaziy qo'mitasining Ijro etuvchi byurosi mamlakatni etnik belgilar bo'yicha bo'lib tashlash rejasidan rasman bosh tortdi. Xorazm avvalgi asrlarda kuzatilganidek Rossiya hamlasiga yana dosh berdi. Shunday qilib, 1924 yilda ham Xorazm g'animning zarbasiga chap berdi. Moskvada Rossiya kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasining Siyosiy byurosi 1924 yil 12 iyun' kuni Xorazm respublikasi turli millatlardan iborat Markaziy Osiyodagi yagona sub'ekt sifatida qoldirilishini tasdiqladi. Biroq 1924 yilning 26 iyul' kuni tozalash va bosim o'tkazilgach, Xorazm respublikasining Markaziy Ijro etuvchi qo'mitasi o'zining avvalgi qarorini bekor qildi (bu qaror xato deb e'tirof etildi) va Moskvadagi yuqori turuvchi organlardan [avvalgi] qarorni qayta ko'rib chiqishlarini o'tinib so'radi. Rossiya Markaziy Qo'mitasining Siyosiy byurosi darhol Xorazm respublikasini “etnik tenglik va bir xillik” printsipi bo'yicha bo'linishi lozim bo'lgan sub'ektlar toifasiga kiritdi. Farg'ona avtonom respublikasini tashkil etish taklifi va xorazmliklarning qarshiligi, ehtimol, O'rta Osiyoda muayyan millat nomi bilan atalmaydigan davlat tuzilmasini saqlab qolishga bo'lgan turkistonliklarning so'nggi intilishi edi. Ushbu intilishlarning yo'qqa chiqarilishida Butunrossiya kommunistik partiyasining O'rta Osiyo bo'linmalari bevosita ishtirok etdi.

Rossiyaning Markaziy Osiyoni milliy xususiyatlarga ko'ra bo'lish qarori yuzasidan yana bir norozilik Orol dengiziga yaqin joyda joylashgan Chimboyda, Chimkent uezdining Amudaryo de'tasida kuzatildi. U erda yashovchi aholi milliy chegaralanish natijasida o'z madaniyati xarob bo'lishidan xavfsirar edi, chunki milliy chegaralanish loyihasi ularning o'ziga xosligi ustidan hukmronlik qilish uchun qozoqlar va qoraqalpoqlarga yuridik imkoniyat yaratib berar edi. Kommunizm barpo etuvchilar bu shaxslarni millatchilikda, sinfiy dushmanlikda va hokazolarda aybladi, ular borasida Farg'ona va Xorazmdagi “adashgan” kommunistlarga nisbatan qo'llanilgan choralardan ham qattiqroq choralar ko'rildi.

Milliy hududiy chegaralanish printsipiga qarshi chiqqan o'rta osiyoliklar mintaqadagi mavjud davlatlar tarixan yuzaga kelganini, turkiy xalqlarning uyg'unligi yuksakroq darajadagi jipslikni shakllantirganini hamda Islom dini aholi birligini mustahkamlaganini ta'kidladi. Bunday da'volarni rad etish uchun Moskvaning O'rta Osiyo respublikalaridagi vakillari Stalinning millatlar tasnifiga asoslangan holda Evropacha-Markscha usulda javob qaytardi.

Qozonlik tatar siyosatchi Said Sulton Galiev (1880-1939) Sharqning, shu jumladan Markaziy Osiyoning butun musulmon va/yoki turkiy aholisi Rossiya va Evropa kommunistik sub'ektlaridan ayri holda yagona sotsialistik uyushmaga birlashtirilishini qo'llab-quvvatlaganida Stalin unga butun vujudi bilan qarshilik ko'rsatdi. Sulton Galievning rejalari, shubhasiz, Markaziy Osiyoning turkiy musulmon aholisini ham o'z ichiga olar edi va bosh kotib Sulton Galievga u kommunistik partiyada irqiy-diniy guruhlar haqida boshqa nutq so'zlay olmasligini ma'lum qildi. 1923 yilda Stalin Markaziy Osiyoda bo'ysunmas va madaniy jihatdan bir-biri bilan bog'liq aholini birlashtiradigan federatsiyalar tashkil etilishiga qarshilik ko'rsatib, yana bir bor o'zining hiyla-nayrangini ishga soldi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube