O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Shu yo'l bilan lavozimga, mol-davlat, shon-shuhratga erishardilar…

Shu yo'l bilan lavozimga, mol-davlat, shon-shuhratga erishardilar…
03 Şubat 2019 - 10:00 'da yuklandi va 1066 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

Oltinchi bob

Sho'rolar zamonida Hukkiga o'xshaganlar el-yurt ko'zida baxtli insonlar hisoblanardilar. “Hukkichilar” qo'lida mansabi borlarni edirib-ichirib, xotinlariga qo'shar yoki ularning xotinlari bilan qo'shilishga zo'r berardilar. Shu yo'l bilan lavozimga, mol-davlat, shon-shuhratga erishardilar. Orttirgan harom-harish amallari tufayli boshlarini tik tutib, gerdayib yurishni o'z hayotlarining mazmuni deya bilardilar. Umrlarining eng gullagan chog'larini havoga sovurib, paymonalari to'lganda, dunyodan armonsiz ko'z yumardilar. Dinidan, qadryatlaridan tobora uzoqlashayotgan millat uchun bu kabi illatlar madaniyatga, urf-odatga aylanib borardi. Kufr ishlarni olamshumul g'alaba deya baholaydigan odamlar gunohlardan tashqarida olam-olam ezguliklar borligini umrlari bino bo'lib, eshitmagandilar. Millat rahnamolari deya ko'rilgan rahbarlarning aql-saviyalari esa Hukkinikidan farqlanmasdi.

Hukki “so'picham” deb erkalatadigan Qiyo jinni vohada “Qiyo tabib” nomini orttirdi. Bunga suxandon sabab bo'ldi. Mazaxo'rakka o'rgangach, u Hukkining quchog'idan chiqolmaydigan kasallikka chalingandi. Uchinchi odam ortiqchalik etgach, u bosh hakimga besh rubl pora berishga majbur bo'ldi. Qiyo jinnini suxandonning xonasiga o'tkazgan bosh hakim, “Joy almashganlaringizni hech kim payqamasin”, dedi. Shunga ko'ra suxandon bilan Qiyo jinni kechki o'n ikkidan o'tgach, o'rin almashardilar.

Suxandonning sherigi Gulbika degan miyasi suyulgan bir ayol edi. Tuman gazetasida muxbir bo'lib ishlaydigan Gulbika Lenin xususidagi afsonalarning biriga mingni qo'shib vaysashni suyardi. Chakagi bir zumga tinmaydigan bu baloyi azimdan avtomatning o'qi yaxshiroq edi. Qiyo jinni birinchi kun xonaga kirganda u ikki qo'lini ko'ksiga qo'yib salom berdi. Alik olgan Qiyo jinni balolarga qolganidan bexabar, suxandonning to'shagiga cho'zildi. Darhol bidirlashni boshlab yuborgan Gulbika tonggacha tinmadi. Bir daqiqa sayramasa o'lib qoladigan Qiyo jinni yo'talib ham qo'ymadi. Uni olti soat eshitib, na “ha”, na “hu” deya oldi. Ertasiga mijozlarni tartibga sololmasdan, kunni mudrab o'tkazdi. Itdek horib-charchadi, uyqusizlik tinkasini quritdi. Keyingi kun undan beshbattar bo'ldi. Azbaroyi ko'zlariga qum to'lgan cho'pon singari tentirab, boshi yostiqqa etsa, miriqib uxlashni orzuladi. Quloqlari ostida jaranglayotgan Gulbikaning tovushidan ko'ngli ozadigan odat chiqardi. Ko'zlari oldiga tinmasdan ma'rayveradigan echkining surati keldi… Bazo'r kunni botirgach, ichkaridan eshikka ilgak soldi. Pullarni sanab dastalagach, og'ziga bir chakas nos otib, yostiqqa bosh qo'yib, dong qotib uxlab qoldi. Soat millari tungi o'n ikkini ko'rsatganda eshik taqilladi. Hukki turib eshikni ochganda, suxandon katagidan qochgan tovuqdek lip etib o'zini ichkariga urdi. Hukkining bo'ynidan bilaklarini o'tkarib, boshini pasga egdi. Oyoqlarining uchida turib, labini uning lablariga bosdi. Hukki uni ko'tarib to'shakka tashladi. Suxandon shahvatning zo'ridan ko'zlarini yumib, tillarini chiqardi. Suv parisidek to'lg'anib, ko'kraklariga chang sola boshladi. Hukkining joni bo'g'ziga tiqildi. Ichida to'fon turgach, borib og'zidan nos oqib uxlab yotgan Qiyo jinnini to'shagi bilan karovatdan ag'darib tashladi. Qiyo jinni irg'ib turib, ko'zlarini ishqadi. O'ziga kelgach, tashlab qochilgan kaltakesak dumidek tovlanayotgan suxandonga ko'zi tushib, qo'rqqanidan baqirib yubordi. Og'zini kafti bilan yopgan Hukki uni eshik oldigacha sudrab borib, xonadan itarib chiqardi va:

– Bor, o'rningga borib yot, ovsar! – dedi.

Qiyo jinni eshikni ochishga yuragi betlamay, bir soatcha devorga suyanib turdi. Uning mo'ljalicha, soat birdan oshsa, Gulbika tugul itbika ham dong qotib uxlab qolgan bo'lardi. Soat birdan oshganda u eshikni surib, mushuk singari tovush chiqarmasdan ichkariga mo'raladi. Gulbikaning uxlaganiga amin bo'lgach, echinsa u uyg'onib ketadigandek, kiyimlari bilan ko'rpaga kirdi. O'rnashguncha nafas chiqarmadi. Oyoqlarini cho'zib, devorga o'girilgach, o'tirib qolgan havoni tishlari orasidan chiqarishni boshlaganda, Gulbikaning chiyillagan tovushi yangradi.

…Vladimir Ilich Lenin gimnaziyada o'qib yurgan chog'laridan juda aqlli bo'lgan. Jandarmlar ushlagani kelganda o'n to'rtiga kirmagan ziyrak Valo'dya jandarmlar choti orasidan pusib o'tib, qochib ketadi…

Damini qaytib yutgan Qiyo jinni, avvalida, qulog'imga shunchaki yo'q ovozlar eshitilyapti, charchagan bo'lsam kerak, deb o'yladi. Ovoz surunkali eshitilavergach, boshini ko'tarib hamxonasiga irkildi.[1] Gulbikaning lablari junini chaynayotgan jinni qo'yning labidek titrayotganini ko'rib:

– Uf-f! – deya boshini yostiqqa tashladi.

…Dzerjinskiy amir Olimxonning oq surpdan tikilgan ishton kafanini kiymaganda, Lenin bobomiz haligacha o'lmagan bo'lardi. Stalin singari zo'r siyosatchi Guriziyadek olis bir o'lkadan davlat boshiga kelmasdi. Ulug' vatan urushi yuz bermasdi, Gitler bilan Musalimboyni rus razvedkasi gumdon qilardi. SSSRni sotmoqchi bo'lgan Xurushcho'pni Suslip to'xtatib qololmasa, Lenin Beriyani yordamga yuborardi. Shunda Suslip tashqi ishlar vaziri Mulatovning xotinidan dashnom eshitmasdi. Lenin o'lib, qanaqangi yaxshi-yomon ishlar bo'lmadi, deysiz. Boylarning mol-dunyosini, er-suvlarini qo'llaridan tortib olib, kalxo'z tuzdilar. Hokimiyatni yo'qsillarga berib, kamunistlar tekin savobning tagida qoldi. O'ttiz ettinchi yilda mana shularni amalga oshirgan Akmal Bahrom, Fayzulla Xo'ja, Usmonnosir Yusupov va Yo'ldosh Oxunmuqimovlarga Stalinni gij-gijladilar. Qay birini otib o'ldirdilar, qay birini urib mayib etdilar. Lenin o'tmaganda, butunlay boshqacha hayot bo'lardi. Nomardlar…

Hukkini – xudo, Leninni payg'ambar deya talqin etadigan Qiyo jinnining qalbida kamunistlarga chuqur ehtirom bor edi. Mavzu unga ma'qul esa-da, Gulbikaning me'daga tegadigan quruq ovozi bu qadryatlardan uning hafsalasini pir qildi. Sho'ro respubliklari orasida vohaliklar Leninga birinchi bo'lib ko'krak nishoni bergandilar. Buni yaxshi biladigan Hukki “Aqli-hushlari joyida bo'lganda, nishonni mening ko'kragimga taqib qo'yishardi”, deya ulardan norozi edi. Uning so'zlarini eslagan Qiyo jinni Gulbikaga qayrildi. “Ichlarida sog'lomlari kam topiladi. Beruniy, Al Xorazmiy kabi azizlarning ham nasli-nasabi Boyquloboddan bo'lsa kerak”, deb o'yladi. U yana amir Olimxonning oq surpdan tikilgan ishtonini Dzerjinskiy kiymaganida, Leninning nima uchun tirik qolishini tushunmayotgandi. Gulbika uning fikrini uqqandek, shu mavzuga ko'chdi.

…Dzerjinskiyning qanaqa aybi bor, deb o'ylayotgan bo'lsangiz, buning hayratlanadigan joyi yo'q. Go'rinda tik o'tirgur xotinboz Olimxon Petrburgga borib, bir betayin fransuz-ispan xonimchadan so'zak ispitisini[2] yuqtirib, Buxoroga g'oziy bo'lib qaytadi. Nahs bosgan fohisha chotining ayrisini oq surpdan tikilgan zardo'zi ishton bilan artgach, shubhalangan oq poshsho uni Germaniyaga ekspirto'zaga jo'natgandi. Ishtondan ispitining zaxm turi topiladi. Ruslardan alamzada nemislar, ataylab, “Ishtoningiz Iso Musoning onasining baxmal lozimini og'idek toza ekan”, deya Olimxonga yolg'on xabar jo'natadilar. “Baxt va omad keltiruvchi ishtoningizni masjid peshtoqiga ildirtirsangiz, balo-qazolar va mustamlakachilar amirlik hududlarini chetlab o'tadi” qabilida maktub ham bitadilar. Ko'cha ko'rgan Olimxon diplo'matik hurmat-e'tibor ramzi sifatida ishtonini peshtoqqa osish uchun ko'p urinadi. Mutaassib eshonchalar va nasli aynagan xo'jachalar unga qarshi chiqqach, jadidlardan hayiqqan Olimxon ishni vaqtinchalik to'xtatadi. Dushmanlari bilan murosayu madoraga  boradi. Fatvosi bir pul bo'lgan shayxulraisning uning oldida yuzi shuvut bo'lgani qoladi. Oq surpdan tikilmay qolgur ishton kafanni sandiqlardagi dur va javohirlarga qo'shib qo'yadilar. Fitratning shogirdi Payzulin Papaya deganlari jadidlar va “Yosh buxoroliklar” bilan til biriktiradi. Buxoroni ikki yarim tonna bombaga sotib, kulini ko'kka sovuradi. Amirlikni zolimlar zulmidan qutqargan Frunze bilan Quybeship xazinani yarim yovvoyilar talon-taroj qilmasin, degan maqsadda, o'n sakkizta vago'nga joylatadi. Ularni “qizil vago'n”lar dohiy Leninga – Masko'piyaga olib ketadilar. Otasi sotib olib bergan uvvadasi chiqqan qora kastum-shimini va isqirt kepkasini kiyib yuradigan kamtarin dohiy mingyamoq paypoq kiygan oyoqlariga shippak iladi. Kremlning oldida boyliklarni mamnunlik bilan qarshilab, ta'sirli nutq so'zlaydi.

– Butun Rusiyani sotib olishga etadigan asrlar davomida yig'ilgan bu boyliklar mazlumlarning qora terlari va qonlari evaziga bunyod bo'lgan. Bu boyliklarni ko'z qorachug'idek asrab-avaylab, ozodlikka erishgan ishchi-dehqonlarga etkazishimiz kerak! – deydi u. – Kamunistligimiz va halolligimizdan dunyo praletarlari lol qolsinlar. Yashasin ishchi va dehqonlar. Yashasin mazlumlar va yo'qsillar. Butun dunyo praletarlari, birlashingiz. Boylarga va mullolarga o'lim! Ur-ra-a.. ur-ra-a-a.. ur-r-r-a-a-a…

 Kiprik qoqmasdan bir maromda so'zlayotgan Gulbika o'rnidan sakrab turib, Qiyo jinniga musht o'qtaldi. Tomog'ini yirtib, joni boricha “Ura-a-a” deya baqira boshladi. Hukkining oldiga keladigan aqldan ozganlarni ko'raverib ko'zi pishgan Qiyo jinni qilt etmay turardi.

– Astaxpiril-lo-o, ozdirmagiysan! Hukkining o'yida bo'laningdatting, zanjira bog'lab, qo'lima xipcha osam, kashkasha[3] sichiratimku-u, vo-xx, dog' armon, joyi amasdo, qo'lim kalta! – dedi so'ngra tishlarini g'ijirlatib.

Uning jahli chiqqanda shevada so'kinadigan odati bor edi. Uni Gulbika tushunmadimi, munosabat bildirmadi. Qiyo jinni “to'vba-a”, deya yoqasini ushlarkan, adyolni boshiga tortdi.

…O'n sakkiz vago'n xazinani dohiy karovatning tagiga yashiradi. Omonatga xiyonat tubanlik ekanligi unga bolaligidan uqtirilgandi. O'z vaqtida Rusiyani vayron qilish uchun nemislar bir vago'n pul taklif etganda, u iflos pullar evaziga vatanini vayron qilmasligini aytgandi. “Chor Rusiyasini haloldan topib, qora terim evaziga erishgan pullarim hisobidan yo'q qilaman”, degandi. O'shanda nemislar kansilageriyasi umri bino bo'lib bunaqangi halol insonni ko'rmaganini tan olib, ho'ngrab yig'lagandi. Yana shunaqangi bir inson dunyoga kelarmikan, deb o'ylab qolaman. Kelmasligini bilib, tunlari bilan nemislarning kansilageriyasiga o'xshab yig'lab chiqaman. Esim qursin, sizga oq surp ishton kafanginaning qing'irlik bilan tarix g'ildiragini boshqa izlarga solganligini aytmoqchi edim. Sizga aytsam, hayotda ayol kishiga ishonib bo'lmaydi. Dunyoni urg'ochi buzadi, degan gap o'rnida topib aytilgan. So'zimni aniq dalilar bilan isbotlab berishimga ruxsat etsangiz bas?!

– Ruxsat etmagnimda qo'limdan nima kelardi? – dedi boshini adyolning ostidan chiqargan Qiyo jinni to'ng'illab. – Vox, Qorahojiga bir marta borsang bormi, boshingni qora qumga ko'mib, orqangni ko'l etmasam, Iso masih degan otimni boshqa qo'yardim. Dog' armon, joy tor!

Gulbika uni eshitmasdi. Eshitsa ham, so'zlashdan to'xtamasdi.

…qo'shnisining ikki yarim yashar yosh qanjig'iga tanda qo'ygan dohiydek odamning zavjayu muhtaramasi Nadejdaxonim Filisquli Dzerjinskiyning yoshlikdagi o'ynashi bo'lgan. Xavfsizlik idoralarida kayf qilib yurgan ichpiyon o'lgurga bu kamdek, inqilob g'alaba qozongach, yana eski odatini qolgan joyidan davom ettiradi. Sodda dohiy xalq g'amida suvga qotgan nonni bo'ktirib, polga Qoplonning o'qi teshgan qora to'nini to'shab yotavergan. Nadejdaxonim ataylab eshikning ilgagini tashlamasdan, derazalarni ochiq qoldirarkan. Filisquli ichkariga oshib kirib, ishini bitirgach, Buxoro amirining sandiqlardagi dur-javohirlardan cho'ntaklarini to'lg'azib chiqib ketaverarkan. Uyida o'lmagur, o'ris emasda. O'ris bo'lganda, Nadejdaxonim, butun badanim qurtlab, qichiq bosyapti, deganda ham, unga barmog'ining uchini tekkizmasdi. Vodkasini ichib, liqillatamanistonga dohiyning o'zini olib borib kelgandayam, xotiniga xiyonat etmasdi. Nimaga deganda, o'rislar cherez chur chesni. Tan olmay ilojimiz yo'q. Ammo Filisquli ham bekorga “chapdast chekis” deya nom chiqarmagan. U uchiga chiqqan kazzob bo'lmaganida, birinchi prezidentimiz Yo'ldosh otaga o'xshab frontga turshak bilan olma qoqi tashib yurardi. Yoki ikkinchi prezidentimizdek og'ziga kelganni vaysab, ichib, boshini tualetning tosiga urib, ichburuqdan o'lishi ham mumkin edi. Xullas, butun boylikni cho'ntaklarida tashib quritgan Filisquli, oxirida, Olimxonning zar bosib tikilgan surp ishtonini o'maradi. O'g'irlading, o'g'irlading, haloling bo'lsin, sandig'ingga olib borib tashlab qo'y, non-osh tilamaydi, turadi. O'lgur, tabarruk, deb ishtonni kiyib oladi. Kiyding, kiyding, orqangga qaytib, nima uchun Nadejdaxonim bilan qovushasan?! O'shanda oq podsho qulagandan buyon xotinini quchog'iga tortmagan dohiyning kirib kelgani yomon bo'ladi. Filisquli sakrab tushib, karavot tagidagi sandiqqa kirib oladi. Dohiy kela-sola, “he” yo'q, “be” yo'q, odatiga xilof ishini bitiradi. Xotin erining bu g'ayratidan hayron qoladi. Pismiq haromi g'ing demasdan, chala joyidan kayfini davom ettiraveradi. O'ta hushyor dohiyni g'aflat bosib, ho'lligiga parvo qilmaganini qarang. Omad bir ketsa ketaverarkanda. Zardo'zi ishton kafanga o'tgan zaxm Filisquli orqali Nadejdaxonimga, undan inqilob dohiysining miyasiga yuqtiriladi. Oybek domla qo'qon aravaning g'ildiragiga tayoq tiqib tarixni o'zgartirgani kabi, Olimxonning oq surp ishtoni dunyoni ostin-ustin etib yuboradi. Hisobni to'g'ri oladigan nemislar bu gal ham nishonga bexato urgandilar. Zaxmdan dohiyning miyasiga nuqson etadi. Oq ishtonning attorning qutisiga sig'maydigan qora ishlariga aql bovar etmaydi…

Xotinlarga ishonmagan odamning umri uzun bo'ladi. Krupskaya bo'lmaganida dohiy Lenin hozigacha yashayotgan bo'lishi ham mumkin edi. U o'lib, kim ro'shnolik ko'rdi? Hech kim! Tayoq bizlarning boshimizda sinib yotipdi. Gidlyan bilan Ivano'p o'z uyimizda o'zimizni yasayapti. Kamunistik partiyaning adolatli qilichini yalang'ochlab, o'zlari o'ylaganlaridan ko'ra besh battar qilmishlarimiz uchun qonimizni ichyaptilar. Vanga degan bir ko'r Sho'rolarning inqirozga uchrashini bashorat etyapti. Unga ko'ra O'zbekistonga Gitlerdan yuz chandon johil bir kimsa prezident bo'larmish, o'zbeklarni qo'ydek haydab, qamoqxonalarga tiqarmish… Dohiy o'lgach,  hammalar oqil bo'lib, bizlar ahmoq bo'ldik. Sulaymon o'lib, devlarga dunyo keng qoldi deganlari shuda…

Har tun uyqusi rasvo bo'layotgan Qiyo jinnining ko'ngliga shayton oraladi. U Gulbika bilan qovushishni rejalay boshladi. Uning maza-matrasiz ovozini o'chirishning boshqa iloji yo'q edi. Aqldan ozdirguvchi quruq ovoz quloqqa chalinayotgani bilan ma'no anglatmasdi. Eshitguvchini shahvat o'tiga dog'lardi. Miyasini g'ovlatib, quloqlaridan hovur chiqarardi. Hukkining aksi o'laroq u xotinidan boshqa bilan qovushib ko'rmagandi. Shuning uchun nimadan boshlashni bilmasdi. Tavakkalchilik ishni buzishi mumkin edi. Ammo uning ichiga olov tushgandi. Shahvat tan-badanini o'tga dog'ladi. Ikki orada bir yarim qulochlik joy bo'lsayam, birinchi qadamning umri asrlarga teng bo'ldi. Visol umidi tutuni bilan qatronlangan hijron mashaqqati uning nazdida tog'larni qaritishga etarli edi. Unga Gulbika erishib bo'lmaydigandek mahobatli tuyuldi. Tomirlari ko'pchib, yuragi bo'g'ziga qaytarkan, otasi “Qiyo” deb qo'ygan ismi yoniga “jinni” laqabini tirkagan Hukki kim o'zi, degan savol birinchi marta uni bezovta etdi. U yig'lamasdan tug'ilgan, o'n to'rt kun og'ziga ko'krak olmagandi. O'shanda Hukki, “Ismi yoniga “jinni” deb qo'shib aytsangizlar, bola o'ziga keladi. U jinlar va devlar tug'ilgan lahzalarda tug'ilgan”, deb, chaqaloqning og'ziga tupurgandi. Shunda chaqaloq birinchi marta chinqirib yig'lab, onasini emgandi. Shu-shu, uni Qiyo jinni deb atardilar. “Jinni” demaganni u tavbasiga tayantirardi.

“Hukki kim o'zi?”, degan o'y boshiga kelgan Qiyo jinni taajjubga tushdi. Uzoqlarda qolgan bolaligi ko'zlari oldiga kelib, xayoli qochdi.

…Esini tanigandan beri uning quchog'ida yotishni xush ko'radigan bolakay, Hukki o'ngidan chapiga ag'darilsa, uyg'onib ketardi. Uning hushyorligini biladigan Hukki, yarim kechadan o'tgach, ko'rpasidan ilondek sirg'alib chiqar, tovush chiqarmasdan eshikni ochardi. O'zini uxlaganga solib yotadigan Qiyo jinni, u kelib qo'ltig'iga olmaguncha uyquga ketmasdi. To'rtiga qadam qo'ygan kunlarning birida Hukki arvoh singari yotoqxonadan chiqqach, Qiyo birinchi marta uning orqasidan tushadi. Hukkinikida qaerdan kelib qolganini hech kim bilmaydigan bir aroqxo'r rus ayoli yashar, u ichkari hovlidagi qora ishlarni bajarib yurardi. Kir-chir yuvar, tandir-o'choqning kulini olardi. Bo'sh qoldi deguncha mollarning tagini tozalab, tomorqaga go'ng tashirdi. U  bir vaqtlar kechalari Quryozagulning bobosi yotgan og'ilxonada yotar, ovqatini o'sha joyda eb, arog'ini ham o'sha joyda ichardi. Uning o'zi bilan o'zi suhbat quradigan odati bor edi… Hukki to'g'ri og'ilxonaga boradi. Ergashib kelgan soyaning orqasidan kirganini sezmaydi. Shu-shu, Qiyo jinni poylash haddisini san'at darajasiga olib chiqdi. Vaqt o'tib, Hukki uni sezganda, o'zini bilib-bilmaslikka oldi. Qiyo jinnining nazaridan qochirmasligi unga yog'dek yoqqandi.

Hukki yon-atrofdan yog'ilib keladigan xotinlardan tashqari, uy yumushlarini bajaradigan besh-olti cho'rining mallagini[4] Xudo bergan kuni bir aylanib chiqardi. Qaysi kunlar o'ziga bag'ishlanganini yaxshi biladigan Qiyo jinnining onasigina belgilangan kunlarda uning oldiga o'zi kirardi. Navbatni betoqat kutadigan Qiyo jinni, gal etsa, onasidan ko'ra ko'proq suyunardi.

Qiyo jinni o'ylab qarasa, Hukki xususida shu kabilardan boshqa ma'lumotga ega emasdi.

…Ikkinchi bosqichda o'qib yurgan kezlarim otam bilan onam Matyoqub degan qarindoshimizning to'yi bo'layotganini aytib, meni Toshkentdan chaqirib oldi. Kela-kelgunimcha, yuziga moshdek-moshdek husunbuzar toshib yuradigan o'sha shishako'zga qaysi baxtsiz qiz turmushga chiqayotgan ekan, deb o'ylab keldim. U uzoq qarindoshimiz edi. Tug'ilganda ko'zlarida ko'zoynak bilan tushgandek, chap ko'ziga minus ikki, o'ng ko'ziga minus bir ko'zoynak taqib yurardi. Qizlar uni “shishako'z” deb chaqirardilar. Leninga o'xshash uchun u qora kastum-shim va oq ko'ylak kiyardi. Boshiga dohiyona kepka qo'ndirib, bo'yniga galustuk bog'lashni yoqtirardi. Ustidan kulsalar, jahli chiqish o'rniga, pishgan kalladek uyalmasdan tirjayardi. Sap-sariq tishlari biror marta misvok ko'rmaganidan, irigan suzmaga o'xshab zamburug' bog'lagandi. Yoqadigan tarafi, u ham dohiy Vladimir Ilichni jon-dildan sevardi. Ettinchi sinfda o'qib yurgan kezlarida dohiyning butun asarlarini kalxo'zda ombor mudiri bo'lib ishlaydigan otasining kichik kutubxonasiga jamlagandi. Kutubxona hojatxona yonboshidagi don saqlaydigan omborning bir chekkasida joylashgandi. Aslida otasi kitob va gazetlarni hojatxona ehtiyojlari uchun yig'ardi. Aql-farosati joyida bo'lgani bois, u iloji boricha o'g'lining javonidagi kitoblardan foydalanmasdi… Zarurat tug'ilmasa, u tomonlarga oyoq bosmasdim. Dohiyning mehri tortib borib qolsam, Matyoqub o'zini qo'yarga joy topolmasdi. Paydo bo'lishim bilan ko'zoynak ostidagi shishako'zlarini o'ynatib, o'qdek kipriklarini pirpiratib, dovdirab qolardi. Bu menga yog'dek yoqsayam, o'zimni beparvo ko'rsatardim. Hech nimani sezmagandek, kitob titkilashga tushardim. Yuragi ichiga sig'magach, u yugurib chiqib, qo'ltig'ida bitta non, ikkita lopkosada sut ko'tarib kirardi. Ikkovlon maza qilib sut ichib, dohiy Lenin haqida suhbat qurardik. Dohiyning va safdoshlarining somonshuvoq devorga osilgan rasmlarini tomosha etib, xayolan o'sha davrlarga sayohat uyushtirardik. Uning chaylada kechirgan mashaqqatli kunlarini eslab, boylarga va mullolarga nafratimiz qo'zirdi. Ezuvchilar sinfiga g'azabimni to'kish uchun avvaliga og'zimga kelgan so'zlar bilan men so'kinardim, yumruqlarini yumurtqadek tukkan Matyoqub davom ettirardi. So'ka-so'ka xumorimizdan chiqqanimizdan so'ngra, navqiron Valo'dya bilan go'zallikda tenggi yo'q Nadejdaning buyuk muhabbati haqida suhbat boshlanardi. Har-har zamon oyoqlari uchida kirib, tovuqlarga don yoki hojat uchun qog'oz olib chiqadigan Matyoqubning onasi bu gaplarni eshitib, chehrasi gulibeordek ochilardi. Bizlarni porloq kelajak kutayotganini sezib turgan hassos yuragi, so'nib borayotgan ko'zlaridan g'arib kutubxonaga shu'la taratardi. U kutubxonaga qanday kirgan bo'lsa, shunday, oyoqlari uchida, orqasi bilan yurib chiqib ketardi. Ba'zida qiyshaygan eshikka borgach, to'xtab, qolardi. “Esim qursin, xayol bilan bo'lib qog'ozdan oz olipman. Matyoqubning otasi kecha ichib kelib, qusug'iga belanib yotgandi. Hojatga chiqsa, besh-o'n varaq kamlik etadi, kechirasizlar”, derdi. Allaqanday kitobdan sharillatib yirtib, keyin qo'li ko'ksida, chiqib ketardi. Nadejda bilan Valo'dyaning sovuq chaylada bir-birini og'ushiga olib yotganini, Filisqulining pistirmadan pusib kelib bo'lajak dohiyni buzganini afsus bilan yod etib o'tirganimiz tufayli, u ko'zimizga pashshacha ko'rinmasdi. Bechora, iloji bo'lmagach, ichi qotgan odamday hojatxonada atay o'tirib, bizlarni tinglardi. Biz bilmaganga olib, olijanoblik ko'rsatardik. Kun kelib, xotini tug'sa, Matyoqub, “Nadejdaxonimning ismiga mazmundosh qilib, qizimning otini Umida qo'yaman”, derdi. Men to'g'ridan-to'g'ri o'g'limning ismini Valo'dya deb atashimni aytardim. Bir gal hojatxonada quloqlarini ding etib suhbatimizni tinglayotgan onaizor, “O'zbekka Valo'dya ismi yarashmaydi”, dedi. Men ham tovushimni baland qo'yib, “Bizlar o'zbekning emas, dohiy Lenin bolalarimiz. Valo'dya degan ism o'g'limga uzukka ko'z qo'ygandek mos tushadi”, deya manglayqaroni ikki og'iz so'z bilan mot qildim. Hamisha sarg'aygan tishlarini ko'rsatib, ko'zoynagi ostidan beo'xshov kuladigan g'ilay Matyoqub, g'azabim qo'ziganini sezdi shekilli, onasiga, “Ishingizni bitirib chiqib keting. Kutubxonaning havosini buzdingiz. Dunyoda Valo'dya degan ismdan ko'ra chiroyliroq ism bo'lganda, o'zimiz bilardik”, dedi…

Xullas, uyga etgach, bilsam, shishako'zga meni uzatishayotgan ekan. Ichim achiyotgan baxtsiz kelin o'zim ekanman. Hovli to'la odam. Katta bir so'qim so'yilib, uch-to'rt qora qozon to'la go'sht qaynab yotipti. Halitdan kalxo'z faollari mast bo'lib, bir-birlari bilan opichlashib, o'pishib yuriptilar. “O'lsam-o'laman, u shishako'z g'ilayga tegmayman” deb oyoq tirkab oldim. Qani birov eshitsa. Hamma mast-alast. Hammaning og'zi-qulog'i chakkasida. Birovga birovning ichi achimaydi. O'zim yig'lab, o'zim ovundim. Birov yupatmagandan keyin, hiqillaging ham kelmay qolarkan.

[1] Irkilib – termulib.
[2] Ispiti – spid demoqchi.
[3] Kashkash – tegirmon.
[4] Mallak – o'ta shaxsiy buyum (er-suv, mol-mulk bo'lishi ham mumkin).

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube