O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Turkiston muxtoriyati o'lkamizdagi ilk milliy-demokratik davlat edi

Turkiston muxtoriyati o'lkamizdagi ilk milliy-demokratik davlat edi
04 Şubat 2019 - 9:00 'da yuklandi va 501 marta o'qildi.

1917 yilning noyabrida Qo'qon shahrida o'lkadagi ilk demokratik davlat – Turkiston muxtoriyati tuzildi. Ammo bu muxtoriyat 1918 yilning 15-18 fevral' sanalarida bol'sheviklar tomonidan yo'q qilindi. Atigi 72 kun faoliyat ko'rsatgan Turkiston muxtoriyati bugungacha erk, ozodlik timsoli sifatida Markaziy Osiyo xalqlari qalbida yashab kelmoqda.

Ammo bu muxtoriyat 1918 yilning 15-18 fevral' sanalarida bol'sheviklar tomonidan yo'q qilindi. Atigi 72 kun faoliyat ko'rsatgan Turkiston muxtoriyati bugungacha erk, ozodlik timsoli sifatida Markaziy Osiyo xalqlari qalbida yashab kelmoqda.

1917 yilning mart oyida Toshkentda tashkil topgan «Sho'roi Islomiya» va «Sho'roi Ulamo» jamiyatlari harakat dasturida istiqlol g'oyalari ifoda etildi. Muxtoriyat g'oyasi o'sha yilning sentyabr' oyida bo'lib o'tgan «Sho'roi Ulamo» qurultoyida birinchi marta rasman ilgari surildi. Jumladan, qurultoy qarorida shunday satrlar bor: «Janob Muhammadxoji Eshon va Mulla Siddiqxoji eshonlarning boshqaruv tuzilishi haqidagi ma'ruzalarini eshitib, qurultoy ahli Turkiston Muxtoriyatini ta'sis etishga bir ovozdan qaror qildi». Bu g'oya xuddi unumdor tuproqqa tushgan sog'lom urug' kabi tezda una boshladi. Shu vaqtda Turkiston o'lkasida faoliyat ko'rsatayotgan «Turon», «Ittifoq» (Toshkent), «Mirvaj ul-islom», «Klub islomiya» (Samarqand), «Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», «Ozod xalq», «Hurriyat», «Ma'rifat», «Maftah ul-maorif», «Sana ul-islom» (Andijon), «Ravnaq ul-islom», «Guliston» (Kattaqo'rg'on), «Muayin at-tolibin» (Xo'jand) kabi jadid tashkilotlari hamda Turkiston federalistlar partiyasi o'zlarining siyosiy harakatlarini aynan shu g'oyani ommalashtirishga qaratdi. Turkiston federalistlar partiyasi Rossiya doirasida Turkiston mahalliy aholisiga milliy-hududiy muxtoriyat berilishi tarafdori bo'lib chiqdi.

Turkiston muxtoriyati tarixini o'rgangan professor N.Karimovning ma'lumot berishicha, «Oktyabr' to'ntarishi arafasida Kavkazdan Sibirga o'n ming nafar Chor Rossiyasi armiyasi qo'shini o'tgan. Bol'sheviklar ta'siridan holi bo'lgan ana shu katta harbiy kuch Toshkentda to'xtab turganida Munavvar Qori va Ubaydulla Xo'jaev qo'shin qo'mondoni bilan muloqot qiladi. Ikki o'rtadagi kelishuvga ko'ra o'lka markaziy musulmonlar Sho'rosi, aniqrog'i, «Sho'roi Islomiya» shu qo'shin yordamida hokimiyat tepasiga kelishi lozim edi. So'ng qo'shin Markaziy Turkiston davlati rasman shakllanib, kuchga kirgunga qadar shu erda turishi, ishchi va soldat sho'rolarini qurolsizlantirishi, keyin esa o'z qurol-yarog'ini Turkiston hukumati ixtiyoriga topshirib, tarqalishi zarur edi. Qo'shin qo'mondoni bilan kelishuvga ko'ra turkistonliklar gardaniga faqat moliyaviy xarajatlarni olganlar. Buning uchun esa ikki million so'm darkor bo'lgan».

Munavvar Qori, Ubaydulla Xo'jaev va boshqa milliy etakchilarning tashviqotiga qaramay, o'lkadagi boy va savdogarlar bu pulni yig'ib bermagan. Oradan bir yil o'tar-o'tmas bol'sheviklar o'lka boylarining mol-mulkini musodara etdilar, keyinchalik ularni uzoq o'lkalarga badarg'a qildi.

28 oktyabrda Toshkent hokimiyati F.Kolesov boshchiligidagi bol'sheviklar qo'liga o'tdi. 27 ming ishchi va dehqonlar bu hokimiyatni qo'llab-quvvatladi. Turkiston o'lkasi soldat, ishchi-dehqonlar sovetining 1917 yil 15 noyabrda Toshkentda o'tkazilgan s'ezdida «Hozirgi vaqtda musulmonlarning o'lka inqilobiy hokimiyatini oliy tashkilotga kiritish maqsadga muvofiq emas», degan qarorga kelinadi. Bu esa yangi xo'jayinlarning o'n million turkistonliklarning milliy haq-huquqlariga qanday past nazar bilan qaraganliklarini oshkor etadi.

Muxtoriyat tarafdorlari Toshkentda tashabbusni qo'ldan boy bergach, milliy harakat markazi Qo'qonga ko'chadi. Bu erda Turkiston o'lkasi musulmonlarining IV favqulotda s'ezdi o'z ishini boshlaydi. Turkiston muxtoriyatining ta'sis majlisi sifatida tarixga kirgan bu siyosiy anjumanda o'lkaning turli hududlaridan o'zbeklar, qozoqlar, tojiklar, qirg'izlar, turkmanlar, ruslar, yahudiylardan iborat 200 nafardan ziyod vakil ishtirok etadi. Shu majlisda Turkiston muxtoriyati tuziladi va bu hukumat tarkibi quyidagicha edi:

Muhammadjon Tanishpaev – bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq davlat dumasi a'zosi, muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a'zosi, yo'l muhandisi;
Islom Sulton Shoahmedov – bosh vazir o'rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengashi markaziy qo'mitasi a'zosi, huquqshunos;
Mustafo Cho'qaev – tashqi ishlar vaziri, Turkiston musulmonlari markaziy sho'rosi raisi, huquqshunos;
Ubaydulla Xo'jaev – harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlari kengashi markaziy qo'mitasi a'zosi, huquqshunos;
Yurali Agaev – er va suv boyliklari vaziri, agronom;
Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qo'qon shahar dumasining rais o'rinbosari, tog'-kon sanoati muhandisi;
Abdurahmon O'razaev – ichki ishlar vazirining o'rinbosari, huquqshunos;
Solomon Gertsfel'd – moliya vaziri, huquqshunos.

Turkiston muxtoriyati haqidagi xabar o'lkaning barcha burchaklarida quvonch va mamnuniyat bilan kutib olindi. Abdurauf Fitrat «Muxtoriyat» nomli maqolasida shunday deydi: «Temur hoqonning chin bolalari yonida, turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug'urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so'zni borlig'iga ishonmayman. Turkiston turkni qonini qaynatuvchi, iymonni yuksaltiruvchi bir quvvat bor esa yolg'iz shu so'zda bordur: Turkiston muxtoriyati!

Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo'limiz bog'landi, tilimiz kesildi, og'zimiz qopondi, erimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuldi, nomusimiz g'asb qilindi, huquqimizga tajavuzlar bo'ldi, insonligimiz oyoqlar ostig'a olindi – tuzimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har bir buyrug'ga bo'ysundik, butun borlig'imizni qo'ldan berdik. Yolg'iz bir fikrni bermadik, yashunturdik, imonlarimizni avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yig'lab qaytganda, yoruqsiz turmalarda yotganda, yirtg'uvchi jandarmaning tepgisi bilan yiqilganda, yurtlarimiz yondurulg'anda, dindoshlarimiz osilg'anda ongimiz yo'qoldi, miyamiz buzuldi, ko'zimiz yoruqsiz qoldi, biror narsani ko'rolmadik. Shul chog'da, tushgun ruhimizni ko'tarmak uchun shul qop-qorong'u dunyoning uzoq bir erida oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga o'tmagan ko'zimiz shuni ko'ra edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!».

Turkiston muxtoriyati tom ma'noda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan hukumat edi. Uning maromnomasidagi bandlar shundan dalolat beradi:
– Har kim o'z fikrini, hayolini so'ylamoqqa, matbuot va boshqa vositalar ila nashr va e'lon qilmoqqa ixtiyorlidur;
– Jamiyat yoki bir ittifoq yasamoq uchun hech kimdan ruxsat so'ramoqqa ehtiyoj yo'qdur;
– Hurriyati vijdon tom ma'nosila ijro qilinib, aholidan hech kim dini, mazhabi va e'tiqodi uchun taqib va tazyiq qilinmas.

1917 yilning 1 dekabrida Namangan, 6 dekabrida Jalolobod va O'sh, 13 dekabrda Toshkent, undan keyin Samarqand va Kaspiyorti (hozirgi Turkmaniston) aholisi muxtoriyatga qo'shilish haqida qaror qabul qildi. Muxtoriyatchilar esa milliy qo'shin va g'azna tashkil etishga kirishdi. Ammo dushmanlar ham qo'l qovushtirib o'tirmadi. Bol'sheviklar 1918 yil 19 yanvarda Toshkent-Orenburg yo'li ochilganidan foydalanib, Turkiston muxtoriyatiga qarshi 11 eshelon, 10 ming kishilik qo'shin jo'natdi. O'sha paytda muxtoriyatchilar ixtiyorida 2 ming kishilik chala tayyorgarlikka ega askar bor edi, xolos. Shu sababli Qo'qon mudofaasi uzoq davom etmadi. 1918 yil 15-18 fevral' qatliomi bilan tugadi. Qizil askarlar – avstro-vengriyalik harbiy asrlar, arman dashnoqlaridan iborat qurama qo'shin Qo'qonni va vodiydagi boshqa shaharlarni taladilar.

Darvoqe, bunday holat faqat Turkiston muxtoriyati boshiga tushmadi. Bol'sheviklar 1917 yilning dekabrida qozoq milliy demokratlari tomonidan Orenburgda tashkil etilgan Alash-O'rda avtonomiyasi hukumatini, Ozarboyjondagi Musovatchilar hukumatini ham shu tarzda tugatgandilar. Lekin tarix bol'shevizm ustidan ham o'lim hukmini o'qidi. Oradan 74 yil o'tgach, bu o'lkalar xalqlariga istiqlol nasib etdi. Yuz yil burun Turkiston muxtoriyatini e'lon qilib, mustaqil o'zbek davlatiga tamal toshini qo'ygan ajdodlarimizning ezgu orzu umidlari XX asrning 90-yillari boshiga kelib ijobat bo'ldi.

Abdurahmon BODIROV

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube