O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Najot “o'lim bekati”da

Najot “o'lim bekati”da
05 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 798 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

Ettinchi bob

“Qiyo tabib” laqabi bilan tanilgan Qiyo jinnining mashhur bo'lishiga ikkinchi sabab ham bor edi. Suxandonning eri, xotini Hukkiga ilakishgach, aytganimizdek, mirshablik mundirini echib, unga haydovchi bo'lib yollandi. Old o'rindiqda guvohnomasini bo'yniga ilib olgan suxandon, Hukki bilan Qiyo jinni orqa o'rindiqda, ikkalasining o'rtasida tili ostiga lo'laki tashlab olgan  Gulbika o'tirardi. U “sayyor ambulatoriya”ga keyinroq qo'shilgan esa-da, dastyorlik haddisini tez o'zlashtirgani bois, har joyda guruhga servis xizmatini ko'rsatardi. Elning mashaqqatli xizmati asnosida guruh turli toifalarga uchrardi. Fe'l-atvorlari, turish-turmushlari turfa odamlarning ust-boshlaridan anqiydigan hidlar ham turli xil bo'lardi. Qay birlari burni va quloqlarini kavlardi, qay birlari uyalmay-netmay barmog'ini yalab ko'rsa, qay birlari hidlab ko'rardi. Ro'parasida o'tirganlarning yuziga qarab, esnab, kekirishni suyadiganlar bor edi. Qay birlari bilaklarini yuqori ko'tarib, terlagan qo'ltiqlarini hidlashni yoqtirardi. Ba'zi birlari bildirmay el chiqarib, keyin boshqalarga qo'shilib kaftini og'ziga bosardi. Burnini jiyirib, qo'y og'zidan cho'p olmagan odamdek o'zini ovsar ko'rsatardi. Boshini saraklatib, ko'zi bilan aybdorni qidirardi. Hukki buqadek kerishib, shimi ustidan dumbasi orasini yoki chotini qashlaganlarni jinidan ham yomon ko'rardi. Ko'zi tushsa, og'zidagi nosni jahl bilan tupirib, tashlab, o'sha kun muolajalarga nuqta qo'yardi. Bunday odat o'rta yasharlar orasida urchigandi. Ularning qashinishi nima uchun Hukkiga yoqmasligini Qiyo jinni tushunmasdi. Bir kun uni izlab, Qashqadaryodan oldiga eski tanishlaridan biri keldi. Ular Namangandagi oromgohda birga dam olganda tanishgan edilar. Mezmon vohaning mashhur polvonlaridan biri edi. Ikkalovi chiqishib, yaqin ulfat bo'lib qolgan edi. Hukkini izlab kelsa, yonida haftalab qolib ketardi. Uning xalq orasidagi shon-shuhrati Hukkinikidan o'tsa o'tar, qolishmasdi. Polvonning ikki xotini bo'la turib, begonalarni ko'rdi deguncha ishtonbog'ining ichqiri[1] qochardi. Ko'zlari olma tergani etmagandek, mijozlar o'ngida qoziqdagi buqadek kerishib, qashinaverardi. Istihola nima, bilmasdi.

Bir gal Qiyo jinnining shumligi tutdi.

– Polvon, nima uchun ha deb chotingiz orasini randalayverasiz? – deb yuborganini o'zi ham sezmasdan qoldi.

– Og'o, – dedi u og'zini to'ldirib. – Yaqinda qirtishlagandim, issiqda qichishyapti.

– Odatda tozalanmagan odamda ro'y berardi bunday holat. Sizda teskarisi bo'lipti-da!

– Bilmasam, og'o. Buni davosi yo'qmi?

– Bor. Abzalqayroqda!

– Abzalqayrog'ingiz nimasi, og'o? Shu choqqacha eshitmagan ekanman. Bu dunyoda yo'q narsaning o'zi bormi, o'zi? Oshkoralik bo'lmasa, ochiq ko'r bo'lib o'tib ketaverar ekanmiz. Garbacho'p otaga rahmat-e!

– Mozandaron tog'laridan olib kelinadigan belga quvvat, ko'zga nurbat beradigan obigavhardan kesilagan noyob bir tosh bor, polvonjon. Bir hindistonlik morbozga buyurtma berganimizga ikki yil bo'lyapti. O'tgan kun qo'ng'iroq qilgandim, yaqinda etkazaman, dedi padari la'nati. Lof bo'lmasa, besh mingdan ortiq yigitlar ro'yxatga yozilgan, ishqilib, hammalariga etsinda. Xotinlarining ko'zlari to'rt, quloqlari ding bo'lib, ikki yildan buyon abzalqayroq kutadilar.

–  Ayollarga nima uchun kerak?

– Abzalqayroq uloqning tilidek keladigan kulrang bir tosh. Hukki buva ikkalamiz o'qib, dam ursak, erkak-ayol yotib-turishdan va tozalanishdan oldin andomiga surkaydi. Erkaklarning qichig'ini bosib, quvvatini oshiradi. Ayollarning aloqaga bo'lgan xohish-istagini kuchaytiradi. Ular oshxonada yurib ham, mol-holning em-xashagini berib ham, buqaga kelgan g'unajindek kuyukaveradilar. A'zolarning tuklari o'sishdan to'xtaydi. Shahvoniy quvvat oshib, ko'zlar qonga to'ladi. Bel bo'shatib turilmasa, kuchala egan kuchukdek ming uvlasin, kimsa dardiga davo topmaydi. O'tkazib yuborsa, zo'rzamin eb qutuladi. Bo'lmasa, tars yorilib o'ladi. Tongda turib, qo'l-bet yuvilgach, ko'zga surilsa, ko'z nuri ziyoda bo'ladi. Shiddati shu qadarki, uni ko'ziga surtgan kimsa ko'rpaning tagida burganing burtigini ko'radi!

– Og'o, menga shundaqasidan ikkisini topib bermasangiz bo'lmaydi. Ikki xotin eb qo'yay deyapti. Ikkalasining ham enasini ko'zlariga bir ko'rsatay. Vay-dod, enag'arlarning ko'zlarini o'tini chiqaraman endi!

–  Polvonjon, ikkita deya ko'rmang. Hukki buva bilan kelishib, bir dona to'g'irlab beramiz. Yo'qotmasdan ishlatsangiz, ikki xotiningizni ham qaritadi. Cho'timcha, navbatda turganlarga abzalqayroqlarimiz etishmaydi. Aytish xayolimdan ko'tarilipdi. Kecha qo'ng'iroq qilishgandi, birgina Chirchiq shahrini o'zida uch mingdan ortiq odam abzalqayroq olish uchun yangi tuzilgan navbatga yozilipdi emish. U yoqdagi vakilimiz amal-taqal etib, kelishganimizga mingta qo'shmasalaring bo'lmaydi. Mijozlardan pul olib qo'yganmiz, deyapti!

Yurtiga qaytgan Qiyo jinni kalxo'zning “Tiraktir-mashina parki”ga bordi. Bir dona lo'laki puliga tegirmondek keladigan beshta charx tosh sotib oldi. Ularni bo'laklatib, egovlatdi. Besh yuz qirq ikki abzalqayroqni Muchchigarning xurjiniga tiqdi. Sig'maganlarini qopga joylatdi. Mehnatlari evaziga bitta lo'laki pulini olgan ustalar, og'izlari quloqlarida, xursand bo'ldilar. Egar ustiga qoplarni ortgach, ikki bukilib Qiyo jinniga ta'zim bajo keltirdilar.

Vohaga qaytgach, u polvonni Qashqadaryodan atay chaqirib, abzalqayroq savdosini undan boshladi. Hukki uning ustamonligi va topqirligidan ko'ra ham, eng ichida ish bitiradigan pismiq-puxtaligidan taajjubga tushib, qattiq xafa bo'ldi. U ikki yuzta abzalqayroqni bir haftada pullab, besh ming rubl mablag' yiqqandi. O'zini nazardan qolayotgandek his etgan Hukki shunda kun kelib o'limi muqararligi xususida ilk bora xayol surdi. Bir umr Tangriga isyon etganini eslab, qo'rquvdan titrab ketdi. Go'l yoki omi emasligini bilib, “Kimman o'zi? Shayton emasmanmi”, deya o'yladi. Qiyo jinnining har bitta qadami u amalga oshirgan ishlarning aks sadosi edi. Ekkan o'radi, etgan topadi, deganlaridek, u mehnatlari hosilini olayotgandi.

Qiyo jinnining ahvolini ham unikinikidan avlo deb bo'lmasdi. O'g'rin-to'g'rin eplaganlari yoniga qolgani bilan, asosiy mablag'lar Hukkining tasarrufida edi. Hukki hisob-kitob masalasida kalxo'zning bosh hisobchisidan ikki kalla yuqori turardi. Har bir tiyin qaerga sarflanganidan tashqari, huda-behudaga sovurilgan mablag'larning uch-to'rt yillik hisobi uning xotirasida saqlanardi. U har safar Qiyo jinniga pul berayotganida, noo'rin sarflangan mablag'larni eslatib, uni muttaham etishni tarbiya vositasi sifatida ko'rardi. Bu narsa avvallari Qiyo jinni uchun mushukni silagandek bir gap edi. Keyingi paytlarda boshiga bolg'a bilan urgandek, har bir so'z asoratsiz ketmasdi. U chora izlab, tishini-tishiga qo'yishga majbur edi.

Hukkining amirlik zamoni bilan bog'liq jihatlari ko'p bo'lgani bois, u topganini atrofidagilarga edirib-ichirishni yaxshi ko'rardi. Bu bilan foydasiz obro' va taftsiz savob orttirishga zo'r berardi. Kamunistik mafkuraning o'zbekona vakili Qiyo jinni esa pulga sanamlarga topingandek sig'inardi. O'zidan boshqaning na boy bo'lishini, na obro'si ortishini istardi. Butparast och qolganida holvadan bo'lgan sanamni eganidek, Qiyo jinni ham oxirida topgan pullarini havoga sovurganini va bo'lar-bo'lmas gap-so'zlari bilan o'zini sharmanda qilayotganini sezmasdan qolardi. Saksoninchi yillarning oxiri, to'qsoninchi yillarning boshida, odamlar nazarida, Hukkining nafsi uchun to'kib sochganlari – Xizr alayhisalom himmatidan kam emasdi. Aslida yuho va johil avlod vujudga kelayotganidan ular bexabar edilar. Achinarlisi, mehr-muhabbat kushandasi, oqibatsizlik va illatlar koni – jabrdiydalarning o'zlari edilar. Shundaylarning tipik vakili bo'lib etishadigan Qiyo jinni yo'l qo'ygan xatolari va topgan pullarini xarjlaganiga qarab, o'zini tuzatishni boshlaganda, el orasida futuvvat va javonmardlik fazilatlari deyarli unutilgan bo'ladi. Avlodlar o'lib ketgan Hukkini boshlariga ko'tarib, o'shanda hali bir-birlariga taskin beradilar. Futtuvat va javonmardlikka uning hech qanaqa aloqasi yo'qligini o'ylab ham ko'rmaydilar. U hech bir jihati bilan Qiyo jinnidan avlo bo'lmagan bo'lsa ham, dunyodan o'tganligi maqtovlarga asos bo'ladi. Qiyo jinnini u ixtiro qilganini  xayoldan soqit etganda ham, ularning hech birlari sariq chaqaga arzimasdilar.

Mustaqillik esa odamlarni xudbinlar va molparastlarga sig'indi etdi. Sababi, mol-dunyo bilan sotib olib bo'lmaydigan xislatlar toptaldi. Lo'laki bilan abzalqayroqdan tasavvurga sig'maydigan mablag' orttirgan Qiyo jinni jamiyatning ko'zgusiga aylandi. Uni favqulodda iste'dod sohibi sifatida ulug'lay boshladilar.

Iqtisodiy qaramlik bugun Qiyo jinnidan Hukkini o'rtadan ko'tarishni taqozo etarkan, u hamma narsaga tayyor edi. Bu juda xavfli edi. Hukki buni sezib qolgudek bo'lsa, ikkilanib o'tirmas, uxlab yotgan joyida Qiyoni jinnining boshini olardi. Buni yaxshi biladigan Qiyo jinni o'zining mash'um rejasini o'zidan boshqa birov sezmasa ham, hayiqib yashardi. Yostiqqa bosh qo'ysa-da, quloqlari ding yotar, bir ko'zini yumsa, ikkinchisini ochib uxlardi…

Bir gal Hukkining huzuriga qo'l-oyog'i shol, tili so'zga aylanmaydigan bir qariyani zambilga solib olib keldilar. U qassobligi bilan tanilgan boy-badavlat bir kimsa edi. Bolalari uni olib bormagan shifokor qolmagandi.

Hukki uni obdon tekshirib, tajribali shifokorlar kabi xulosa yasadi. Farqi shuki, uning so'zlari pardasiz edi.

– Betga aytganning zahri yo'q. Yoshullining to'rt oy umri qolgan, bahorga chiqib o'ladi! – dedi u. – Biz ham yoshullining yoshiga etaylik, yaxshilab parvarish etinglar. Ko'ngli tusaganini edirib-ichiringlar…

– Yoshingiz nechada? – deya so'radi Hukkidan cholning o'g'illaridan biri.

Javobni eshitgach, Hukkining o'z otasidan besh yosh kattaligini bildi.

– Opangni falon qilay, tabib! – dedi u musht do'laytirib. – Gaping bemorning zarariga bo'lgach, birimizni chetga tortib aytsang, osmon uzilib erga tushmasdi. To'shakka mixlanib yotgan bir nochor oldida aqli bor odam shunaqa sovuq gap aytadimi? Tangri taolo seni bilib bukri etgan. Qozon-tovoqingga falon…

Shunda necha zamonlardan buyon gapirmaslik mashqini o'tab yurgan Gulbikaning g'azabi qo'zidi.

– Ov, Xudo urg'ay sani. Akangdan besh yosh ulli kishini haqorat atisha uyalmiysanmi? – dedi lo'lakisini yutib yuborib. – Ena-ena mulloga qo-qo-qozon-tovoq de-deysan, yu-yuzing qurg'ay…

U shunday dediyu, tili tomog'iga ketib, bo'yi barobar yiqildi. Buni ko'rganlar shamdek qotib qoldilar. Nosini tupurgan Hukki irg'ib o'rnidan turdi. Uning ikki oyog'ini juftlab, bir qo'lida yuqoriga ko'tarib, ikkinchi qo'li bilan ikki kuragining o'rtasiga qoqdi. Og'zidan lo'laki tushgan Gulbika nafas ola boshlagach, yig'lab yubordi. So'ngra uyqusi kelayotgandek, homuza tortib, lozimini ho'llab qo'ydi. Yoyilib yotgan sochlaridan suv sizdi. Uni bir chetga cho'ziltirmoqchi bo'lganda, cholning o'g'illaridan biri Hukkiga musht tushirdi. Hukki orqasiga shoshmasdan o'girilib, qassobbachchaning quloqchakkasiga shapoloq torti. Boyoqish gandiraklab borib, xontaxtaga keti bilan tushib, turolmay qoldi. Ko'pdan qimirlamaydigan cholning tan-badanini tok urgandek bo'ldi. Qolgan to'rt qassobbachcha buni ko'rib eng shimargancha Hukkining ustiga bostirib kelib, o'shqira ketdi. Qiyo jinni ularni insofga chaqirmoqchi bo'ldi. Biri uni tepib erga ag'dargach, qo'rqib ketgan suxandon shosha-pisha o'zini isto'l ostiga urdi. Orqasidan Qiyo jinni emaklab kirdi. Ularni kiprik qoqmay, kuzatayotgan mijozlar zo'ravonliklari bilan tanilgan mushtumzo'r aka-ukalarning fe'lini yaxshi bilganlari uchun juftak rostlashga tushdilar. Odamlarning qo'rqoqligidan g'azabga to'lgan Hukki bukchaygan qaddini ko'tarib, to'nnini chiqardi, ko'ylagining engini shimarib, musht do'laytirib, besh aka-uka bilan bitta o'zi jangga kirdi. Aka-ukalarning mushtlari unga chivin chaqqanchalik ham ta'sir etmas, u o'ziga ro'para kelganni bir zarba bilan ag'darardi. Ushlaganini uch-to'rt quloch joyga irg'itib, orqasidan lapanglab borib, chotirmig'iga tepardi. Og'riq zo'ridan bechoralar bukchayib qolardilar.

– Voy-voy, Bukri… Opangni falon qilay, yumurtqamni ezding!  – deya oldilarini changallab javranardilar.

Bolalarining ahvolini ko'rgan chol ko'zyosh to'kib, ichida bevafo dunyoga la'natlar o'qirdi.

Balo-qazo singari yoprilayotgan aka-ukalar yosh va zingg'il[2] edilar. Hansirab qolgan Hukki nafas rostlash uchun to'xtaganda,  ularning biri sakrab uning bukrisiga mindi. Hukki uni yulib olish uchun elkalariga chang sola boshladi.

Ayni shu payt:

– Bo'sh kelmang, mullo buva, Gitlerchi fashistlarga o'lim. Yashasin Stalin, yashasin  dohiy Lenin! – degan Gulbikaning jangovar ovozi yangradi. U hushiga kelgan edi. – It emgan fashistlar bepayon vatanimizga yuzsizlarcha bostirib kirdilar. Ularga munosib javob qaytarishga kuch-qudratimiz etadi. Yashasin  Nadejda Ulyanovna Krupskaya, yashasin  Klara opa Setkina va  Jannadark. Yashasin  Beriya bilan Amir Olimxon. Filisquli Dzerjinskiy bilan Quybeship Katovskiyga o'lim! Ur-ra-a.. ur-ra-a… O'rkachlaringdan aylanay, mullo, yuqoriga, yo'q-yo'q, quyiga sudra-a… Tez-tez… Ih-h, mana senga, mana, ih-h…

Qassobvachchani uloqtirgan Gulbikaning o'zi Hukkining o'rkachiga o'tirib olgandi. Hukki uloqchi arg'umoq singari gijinglardi. Singan kursining oyog'ini olvolgan Gulbika urib aka-ukalarning boshini yorardi…

– Dohiy Lenin va jallod Stalin uchun! – der edi u. – Hukki, suxandonxonim va Qiyo tabib uchun. Yashasin Gitler, yashasin  Po'lpo't bilan Musalimboy. Yashasin Xudoyorxon va Pino'chet. Amir Olimxonga o'lim. Baynalminal o'zbek xalqiga  shon-sharaflar. Ur-ra-a…

Qonlariga bo'yalgan aka-ukalar suxandonning uyining har-har burchagida voy-voylagancha boshlarini ushlab, ag'anab yotardilar. Hukkining o'rkachidan irg'ib tushgan Gulbika isto'l tagida Qiyo jinnining boshini qo'ltiqlab olgan suxandonga so'z qotdi.

– Dugonajon, oyoqlaring ko'rinib qolipti-ku! – dedi u. – Chiqaver, fashist gazandalarni asirga oldik. Ularning taqdiri sening qaroringga bog'liq. Uy seniki, ozod va farovon, hur va mustaqil mamlakat seniki. Tezroq chiqib fikringni bildirsang, shunga qarab ish tutardik. Xohla mirshablarni chaqir, xohla bizga buyur, bu pastkashlarning boshlarini tanalaridan judo etib, bo'g'izlangan echki kabi oyoqlaridan dorga tortamiz. Xohla nabakorlarga mehr-muruvvat ko'rsatib, barchasiga bosh-oyoq sarpo ber, har birining cho'ntagiga ikki yuz do'ldirdan pul solib, Solim Sotimning prito'nxonasiga jo'nat, Sharpa gazarman bilan aysh-ishrat etsinlar…

Shaloba bo'lgan Gulbika urg'ochi arslondek bo'kirardi. Hukki ustini qiyig'i bilan artib, burnini jiyirdi. Uning ruhiyatida g'oliblik nash'asi hukm surar, shu topda biror a'zosini kesib olsa ham hech nimani sezmasdi. Biroq tili ostiga lo'laki solib yuradigan Gulbikaning matonatidan u hayron edi. Qiyo jinni bilan suxandonning quyon yurakliklaridan nafratlanardi. Qiyo jinnini shu choqqacha bu qadar qo'rqoq deb o'ylamagani bois yuragida og'riq paydo bo'lgandi. Qo'rasida ko'ziga tikka qaraganni tilka-pora qiladigan bo'rining – uy sheri, maydon g'aribligi ayon bo'lgandi.

Isto'l ostidan chiqqan Qiyo jinni ko'zlarini erga qadadi. Bu uzoq davom etmadi, albatta. U suxandon singari boshni erga solish bilan ish bitmasligini yaxshi tushunardi.

– Otangizni tuzatsa bo'ladi! – dedi u nima qilishi bilmasdan turgan qassobbachchalarga.

– Nima qil deysiz? – dedi zambilni ko'tarishga chog'lanayotgan qassobbachchalar.

– Hech nima! – deya javob qaytardi u. – Yontoq gullaganda, cholni Boyqulobodga olib borasizlar. Bir hafta mullo buvanikida yotsa, o'z oyog'i bilan uyingizga qaytib keladi.

Uning so'zlariga cholning o'g'illari munosabat bildirmadilar. Indamasdan xo'mrayganlaricha otalarini ko'tarib chiqib ketdilar. Qiyo jinni oshkora shog'ollik eta boshlagandi. Buni fahmlagan Hukki o'zi ko'targan tom bir kun o'zini bosib qolishi mumkinligini o'yladi. Uni so'nggi paytlarda bu kabi shubhalar junbushga keltirardi. Boshqa tarafdan, hushyor torttirishi ham haqiqat edi. Bu tiriklikni anglash uchun imkoniyat edi. Xurofotga botgan o'zi kabi kimsa uchun najot “o'lim bekati”da ekanligini u xayoliga keltirmasdi. To'g'ri, u oxirgi paytlarda o'limning haqligini teran bo'lmasa ham, bir qadar his etardi. Ammo tavba-tazarru xususida, bir to'xtamga kelolmayotgandi. Ko'nglining bir chetida haliyam o'limiga ishonmaslik xastaligi batamom uni tark etib ulgurmagan edi.

– Avliyo ota, meni kechiring! – dedi uning o'ylanib qolganini ko'rgan suxandon. – Tabiatan men qo'rqoq emasman. Nima balo urdi, bilmasdan qoldim. Qiyo tabibni qutqarish uchun shunday qildim, shekilli. Bo'lmasa sizni olovga tashlab, daryoga qarab qochmayman-ku!

– Bo'lgani bo'ldi, dugonajon! – deya Hukkining o'rniga Gulbika javob berdi. – Bosqinchilar ko'chaga chiqmaslaridan burun qaroringni ayt. Tezroq tadbir qo'llamasak, dushmanlar qutulib ketadilar.

– Aytish lozim bo'lgan gaplarni Qiyo tabib aytdi! – dedi Hukki. – Uning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz.

– Ko'prikning ostidagi o'sha gap, gap degandek, ma'qul! – dedi Hukkining pichinggini ilg'amagan suxandon. – Gapni ko'paytirib nima ham qildik. Tush bo'lib qoldi. Odamlardek bir marta bo'lsayam g'alvasiz ovqatlanaylik. Bu dunyoning ishi bitmaydi. Erim qozonga buqaning zigirrigini[3] tashlab qo'yipti. Qaynayverib sho'rva o'lgur qaymoq bog'lab ketdi, egan yigit toychoqdek gijinglaydi. Xudoyim-ey, nima uchun odamlar kun-kundan qo'rqoq bo'lib ketyaptilar? Hech kimga ishonib bo'lmaskan! Mol olasi sirtida, odam olasi ichida, deb shuni aytadilarda. Xiyonat etgan odamning ko'zlarini o'yib, quloqlarini kesib itlarga tashlasang ham haqqing ketadi. Bunaqangi tuban va jirkanch voqealarni ko'rgach, vijdoning qiynalib ketadi-hey, voy-yey…

[1] Ichqir – rezinka o'rnida o'tqazib, beldan boylaydigan ip.
[2] Zing'il – epchil, chayir.
[3] Zigirrik – dumg'aza.

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube