O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Fe'lim mening, a'molim mening…

Fe'lim mening, a'molim mening…
06 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 695 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

Ettinchi bob – 2

…Oradan ancha vaqt o'tdi. Qiyo jinni “Yontoq gullaganda…” deb nimaga shama qilganini haligacha ham tushunmasdi. Umuman, u qassobbachchalarning besh yuz chaqirim joydan yo'l bosib otalarini Boyqulobodga keltirishlariga ishonmasdi. Cholning besh oydan buyon yashayotgani ham unda gumon tug'dirardi. Biroq og'zidan “Yontoq gullaganda…” degan so'zlarning bekorga chiqmagani uni fikrlashga majburlardi. Sir sirligicha qolsa, yuragi tars yorilib o'lishi ham hech gapmasdi. Shu bois cholni o'ldi deb o'ylash uning uchun azob edi. U har safar barchasiga qo'l siltasa-da, nimadir unga tinchlik bermayotgandi. Shunday paytlarda u tong otguncha tomog'i qurqshab, muzdek suv ichib chiqardi. Tafti bosilmagach, atroflarda arvohdek izg'irdi.

Hukki esa ro'y bergan o'sha voqeadan keyin faromush tortib qoldi. Dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydigan behafsala bir kimsaga aylandi. Ertalab turib, tilini ostiga nos tashlasa, oqshomgacha “miq” etmaydigan odat chiqardi. Kechqurun yotayotganda ham og'ziga bir chakas nos tashlab, ertalabgacha nosini tupirmasdi.  Suxandon o'tgan oylar ichida uni olib ketish uchun Boyqulobodga uch marta eri bilan keldi. Biron ish chiqara olmagach, oxirgi kelganida Qiyo jinnini olib ketdi. Hukkiga, “O'zingiz izlab bormasangiz, men endi bu joylarga oyoq bosmayman. Sizdan qattiq arazladim, jonginam”, dedi.

Safarda bir yarim oy bo'lgan Qiyo jinni yurak yutib cholning ahvolini surishtira olmadi. “Yontoq gullaganda…” iborasi uni mumdek eritib, cho'pdek quritdi. Uning holatini o'zgalar cho'kib boryotgan Hukkiga achinganidan deya talqin etdilar. Shol cholni allaqachon unutgan Hukki Qiyo jinnining bir siri borligiga ishonsa-da, nimaligini topolmasdi. Lo'laki bilan abzalqayroq tufayli shon-shuhrat va katta boylik orttirgan Qiyo jinni uchun “Yontoq gullaganda…” iborasi kun-kundan sirlilik kasb etar, bu sir Hukkini o'rtadan supirib tashlash rejasi bilan qo'shilib, ichini o'rtardi.

U safardan qaytgan kunlarda yontoq gullay boshlagandi. Uch kun o'tib cholni o'g'illari olib keldi. Ularni ko'rishga ko'zi yo'q Hukki Muchchigarni minib cho'lga chiqib ketdi. Qiyo jinni kutulmagan mehmonlarning hurmat-izzatini joyiga qo'ydi.

– Sizlar bemalol ketaveringlar, yoshulli bir haftada ortlaringizdan etib boradi! – dedi u.

Qassobbachchalar, ko'zlari orqalarida, yurtlariga jo'nab ketdilar. Chol ko'zyosh to'kishdan boshqasiga yaramadi.

Nima deyotganini o'zi ham bilmaydigan Qiyo jinnining ichiga chiroq yoqsa yorishmasdi. U orziqib kutgan damlarga erishgan esa-da, ikki kun o'tib ham qanday chora qo'llashni bilmasdi. G'azabini ichiga yutib yurgan Hukki u tufayli boshiga balo orttirishdan cho'chirdi. Uchinchi kun Qiyo jinni zanjirini sudrab yurgan Qoratumshuqni zaxkashning roshidan ushladi va nihoyat unda yangi fikr tug'ildi… U Qoratumshuqni suvning ko'pirib oqib turgan joyida o'sgan norg'ul yulg'unga bog'ladi. Kelganidan buyon og'ziga tuz solmagan cholni elkasiga ortib, do'nglikning ustiga olib chiqdi. Bir-birlarini ko'rib turishlari uchun uni Qoratumshuqqa qaratib yotqizdi. Kipriklari pirpirashi va ko'zlarining miltirashini hisobga olmaganda, chol o'likdan farq etmasdi. U yigirma quloch pastdagi yulg'unga boylangan itni ko'rib ko'zlarini yumib oldi. Zanjiriga chiranib hurayotgan it bo'shansa, uni yamlamay yutardi. Mabodo do'nglikdan dumalasa, yontoqzorda o'ligi qolardi. Qoratumshuqning oldiga o'mbaloq oshib borguncha tikanlar butun badanini ilma-teshik qilib tashlardi. Go'shti qolmagan suyagini g'ajigan it yulg'un soyasida taralla-bedod qilib uxlardi.

– To'g'ri tasavvur qilyapsan! – dedi ichiga botgan ko'zlarini ochgan cholga Qiyo jinni, og'zidagi nosni uning basharasiga tupirarkan, Ey do'st, xomushsan, hushing qani? Suyaging qolipti, go'shting qani? – deya pisanda bilan. – Seni mana shu it zanjirini uzib emasa, o'zim seni uning oldiga dumalataman. Tan-badaningni tikanlar teshib, til tortmay o'lasan. Ming yildan buyon qoradori tutuni bilan dudlangan jirkanch suyaklaringni Qoratumshuq g'ajib maishat etadi. Joni halqumiga kelgan bolalaring ham, o'ylayverib sochlariga oq tushgan Qiyo jinni ham seningdek tirik murdadan qutuladi. Sening aybing juda ko'p. Yillar asnosida o'n minglagan buqalarning bo'g'ziga pichoq tortding. O'n gulidan bir guli ochilmagan jonivorlarni juvonmarg etganing etmagandek, yuz minglagan sigirlarni beva qoldiring. Qancha buzoqlar tirik etim bo'ldilar. Erlari so'yilavergach, orqasini duch kelganga yalatadigan butun boshli jamoada fahsh va fujur ishlar yuzaga keldi. Aqlga sig'maydigan harakatlarni risoladagidek deya tasavvur etishga ko'nikkan buzoqlar, sut tishlari to'kilmasdan, chiqqan teshiklariga ish qo'ya boshladilar. Shunday ham nochorlashgan odamiylik, buzuqliklar va tubanliklarga tortildi. Insonlarni zimdan axloqsizlikka da'vat etding, evaziga hisobsiz mol-dunyo orttiriding. Bu ham etmaganidek, harom o'lgan va iste'mol etish mumkin bo'lmagan jonivorlarni so'yib, bog'cha va maktablarga, institutlar va harbiy qismlarga tarqatding. Bolalarning vujudini axlatxonaga aylantirding. Yoshlar o'laksaxo'rlarga o'xshab qoldilar… Ko'z yosh to'kib, ko'zlaringni o'lgan ho'kizning ko'zlaridek mo'laytirma, mehr-shafqat so'raganning foydasi yo'q. Oldingda ikki yo'l bor: o'lim yoki tuzalish, eshitdingmi? Eshitingmi, iflos, sendan so'rayapman!

– E-e-eshitdim, Qiyo tabibjon! – deya dashnom eshitib, tepki egan chol tilga kirdi. Quloqlariga ishonmagan Qiyo jinnining ko'zlari hayratdan chaqnab ketdi. – Qi-iynama… yashirib saqlagan butun boyligim seniki bo'lsin. O'g'illarimni chaqirib, meni berib yubor. To'shagimda o'lishdan boshqa armonim yo'q…

– Bekorlarni beshtasini aytipsan, sassiq chol. Tanangni tikanlar bigiz mahsini teshgandek teshadi. Shu joyda o'lasan. “Yontoq gullaganda…” deb bekorga aytmaganman. Tiling bor ekan, nima uchun damingni ichingga yutib yuripsan? O'zingni bardor-bardor etishlarini tusaganmiding? O'zingning aqling etmagan narsalarga boshqalarning ham aqli etmaydi deb o'ylaysanmi?

– Rostdanam gapirolmasdim. O'zim ham taajjubdaman. Men juda badavlat odamman. Bolalarimni chaqirib, og'zingga siqqancha so'ra. Uyimda o'lsam kifoya!

– Elanaverma! – degan Qiyo jinni uning och biqiniga tepdi. – Sen juhud bo'lsang, men nemisman. Qoningdan bir qoshiq ichmasam, Qiyo jinni otimni Qoratumshuq qo'yaman. Eshitayapsanmi, manfur buqaxo'r?

– Eshityapman, Qiyo tabib! – dedi boshini bemalol qimirlatishni boshlagan chol. – Taqdirim kalitlari qo'llaringda ekanligini angladim. Bu o'tkinchi, bevafo dunyoda, hargiz o'lmagaysan, balo ko'rmagaysan, Nuhning yoshiga etgaysan, meni bolalarimga berib yubor…

– Nuh nech yoshga kirgan? – deya Qiyo jinni javranayotgan cholning yuzlariga tupurdi.

– Ota-bobolarga ko'ra, lof bo'lmasa, ming yoshlarga kirgandir! – dedi yuziga tushgan tupikni chap qo'li kafti bilan artgan chol inqillab. – Sen ikki ming yoshga kir, iloyo. Baxting yotmagay, bolam!

– Opangni falon qilay, meni bolam dema! – deya Qiyo jinni tag'in uning biqiniga tepdi. – Enag'ar, ikki ming yoshga kirganimda, meni o'ldirmoqchimisan? O'n ming yil yasha, deb ayt, yuz ming yil umr ko'r, deb ayt, pulga sotib olmaysan-ku, maraz!

Cholning qo'li ishlab ketganini ko'rgan Qiyo jinni uni battar siquvga oldi. Asablari qancha taranglashsa, u dardidan shuncha tez forig' bo'ladi deb o'ylardi.  Uning butun xatti-harakati ko'r-ko'rona tavakkalchilikka asoslangandi. Qo'lidan ortiq bir ish kelmasdi. Chorasiz chol qochib qolish payida edi, bo'lmasa o'lishi tayin edi. Qiyo jinnining uni tikanzordan ag'anatib, Qoratumshuqqa g'ajitishi shunchaki po'pisa emasdi. Chorasizlik va qo'rquv Qiyo jinnini vasvasaga solgandi. Ishni bir yoqlik qilmasa, obro'siga putur etar, Hukkining oldida sharmisor bo'lardi.

– Qo'llaring tuppa-tuzuk ishlar ekan-ku! – dedi u kekirdagini cho'zib. – Sen hayvon meni hech zamonda alday olmaysan. Men Qiyo bo'laman, aniqrog'i, Qiyo jinniman. Shaytonga dars beraman, devlarning podshosi, jinlarning sarkardasi ekanligimdan xabaring bormi o'zi?

– Xabarim bor! – dedi chol qo'llari va oyoqlarini ko'tarib kaltakdan himoyalanarkan. – Urma… Urma…

Qiyo jinni bo'ralatib so'kib, battar jazavaga tushdi va cholning chotirmig'i orasiga paydar-pay tepa ketdi. O'rnidan turmoqchi bo'lgan chol depsinib, ag'anadi. Shunda tolvos urayotgan Qoratumshuq yulg'unni ildizidan qo'porib unga tashlandi. Butun badanini tikan teshgan bechora irg'ib, turib, paxtazorga qarab qochdi. Oldinda u, orqasida buta sudraklagan Qoratumshuq, uning orqasida Qiyo jinni, bir-birlarini quvlab borardilar. Paxtazorga yaqin qolganda Qo'zi Shishakning hidini olgan Qoratumshuq orqasiga o'girilib, juftak rostladi. O'pkasi bo'g'ziga tiqilgan Qiyo jinni unga chalg'ib to'xtab qoldi. Qo'zi Shishak bilan salom-alik etib, oldiga qaragandi, chol osmonga uchdimi, erga kirdimi, ko'zdan g'oyib bo'ldi. U uzukun paxtazorlarni oralab, kechga yaqin uyiga quruq qo'l bilan qaytdi. Cholning o'g'illariga nima deyishni o'ylayverib, boshi shishib ketdi. Koshki uning o'ligini ko'rganda,  bunchalik iztirobga tushmasdi. Qassobbachchalar tanasini qiyma-qiyma qilishi mumkinligini xayoliga keltirarkan, Hukkining bunga aralashmasligi uni qattiq tahlikaga soldi.

O'tgan besh kun u uchun yillarga teng bo'ldi. Chol yo'qolgach, cho'llarni qidirib ham undan darak topa olamadi. Kirib-chiqmagan arig'i qolmadi. Na otalarini izlab o'g'illari keldi. Hukki o'z ishi bilan ovvoradek ko'rinsa-da, ahvolni zimdan kuzatib turardi. U ro'y berishi mumkin mojarodan ko'p narsa kutayotgandi. Tayoqning bir uchi o'ziga tegishini bilsa ham, Qiyo jinnining tomoshasini qo'rmoqchi edi.

 Qiyo jinni tuzoqqa tushgan kaklikdek tolvos urar, o'shanda Hukkining mavqeyini pasaytirish maqsadida aytgan so'zlarining jabrini tortardi. O'zini uddaburron ko'rsataman deya xatoga yo'l qo'yganidan pushaymonda edi. Chol yo'qolganining oltinchi kuni tongda hovlida shovqin turdi. U elkasiga to'nini tashlab, qo'rqa-pisa parda orasidan hovliga bo'yladi. Mashinasidan bir nimalarni tushirayotgan cholning o'g'illarini ko'rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Quloqlariga uzuq-yuluq gaplar chalinardi. Shunda uyg'otishga qo'yilgan qo'ng'iroq soat jiringladi. Aksiga olib, elkasidagi to'ni sirg'alib erga tushdi. Uni vahima bosib, tizzalari titrab, qo'llarining joni qochdi. To'nni erdan olib, bir amallab elkasiga tashladi, ko'zlarini yumib, chuqur-chuqur nafas oldi. Shu holatda bir necha soniya toshdek qotib turdi. Shunda haligi ovozlar quloqlariga aniq-tiniq eshitila boshladi. Bu ovozlar shunchaki quruq shovqin-suron  emas, sevinch qiyqiriqlari edi. Chol uyiga o'z oyoqlari bilan yurib borgandi…

– Qiyo tabib, hoy Qiyo tabib, qaerdasiz? – degan chaqiriqlarni eshitgach, u hayiqayotgan bo'lsa ham, ularga peshvoz chiqdi.

– Nima balo, o'pqin oldimi, tog' ko'chdimi? – dedi u tomog'ini qirib. – Besh yuz chaqirim joydan aziz mehmonlar kelipdi. Oyoqlari ostiga tovuq bo'lsayam so'yib yuboringlar. Qon chiqsa, hisob.

 Cholning o'g'illari tovuqning jon taslim qilayotganini ko'rib, “Boyqulobodni kichik Xorazm deb aytar edilar. Bu erda taomil boshqacha ekanda”, deya hayron qoldilar. Qo'l-betini yuvib qaytayotgan Qiyo jinni ularning ko'zlaridagi hayratni darrov ilg'adi.

– Tentakmisan, mehmonning oyog'i ostiga tovuq so'ygan odamni qaerda ko'rgansan? Dindan chiqsang ham, eldan chiqma, degan gapni eshitmaganmisan? – deya u yugurdakka o'shqirdi.

– Qiyo jinni aka, qon chiqsa, hisob, deganingizdan keyin, bir ish qilishga haddim sig'armidi! – dedi yugurdak boshsiz tovuqqa boqib.

– Bor, cholidan[1] semiz bir echkini olib chiqib so'y! – dedi u.

Otalari tuzalishi sharofati bilan yo'qlab kelgan qassobbachchalar butun sovg'a-salomlarni Hukkining istiqboliga tutdilar. Qilgan odobsizliklari uchun yalinib-yolvorib kechirishni iltimos ettilar.

– Qizishib ketganda nimalar bo'lmaydi, yigitlar! – dedi bir nima demasa joy tutmasligini anglagan Hukki. – Otalaringizga tuzalishi munosabati bilan to'y qilyotgan ekansizlar, xayrli bo'lsin. Men borolmayman. Qiyo jinnining ixtiyori o'zida. Borgisi kelayotgan bo'lsa, boraversin.

– Siz bormasangiz, men ham bormayman! – dedi Qiyo jinni cholga bergan sitamlarini o'ylab. – Tuzalgan bo'lsa, bo'ldi. El-olamga doira-dumbak qilishning nima keragi bor. Men bergan va'damning ustidan chiqdim. Siz bilan biz bu ishlarni shaxsiy manfaat yoki birovlarga o'xshab to'rt so'm pul orttirish ilinjida qilmadik. Pisobilloh, savob orttirish umididamiz.

Qilmishi oqibatidan cho'chiyotgan Qiyo jinnining iddaolarini Hukki yaxshi anglayotgandi. Chiqsa jon, qolsa ko'ngil topilmas, deganlaridek, u ichidagini bildirmaslikka tirishardi, xolos. Mo'ljalicha, manglayi ming marta urilganda ham hech qachon pishib-etilmaydigan bu lodonni qassobbachchalar yomon niyatda izlab kelmagandilar. Niyatlari o'ch olish bo'lganda, ular o'zlarini bunchalar beg'ubor tutmasdilar. Demakki, chol bolalariga sog'ayganining sabablarini aytmagan. Aslida Qiyo jinnining to'yga borish-bormasligining Hukki uchun ahamiyati yo'q edi. O'zini bir muddat erkin tutishi uchun u bu erlardan ketsa ham yomon bo'lmasdi. Boshqa tomondan, Qiyo jinnining unga daxldorligi yo'q edi. Hukki uni xohlagan paytda haydab sola olsa ham, bu ishga qo'l urmayotgandi. Buning o'ziga yarasha sabablari bo'lib, batafsil hikoya qilish uchun yangi bir kitob yozishga to'g'ri keladi. Bu bizni maqsadimizdan chalg'itishi mumkin bo'lgani bois, yopiqlik qozonning yopiqligicha qolishini istaymiz. Aslida hech nima demayotganimiz hech nimani anglatmaydi. Ba'zi o'quvchilarning shamalarni ilg'amasliklari ularni mavzudan adashtirmaydi.

U emas, bu emas, cholning o'g'illari Qiyo jinnini to'yga borishga ko'ndirdilar.

U ming istehola va vahima ichida manzilga qanday etib borganini ham sezmay qoldi. Chol xonadonida katta bir ma'rakaga tayyorgarlik ketayotgandi. Mashina dolonga kirib to'xtaganda atrofini hovlidagi olamon o'rab oldi.

 Suxandon bilan Gulbika oralab o'tib, mashinaning orqa eshigini ochdi. Ichidan qirindi o'taverib yastanib qolgan Qiyo jinnining ko'zlari ularga tushishi bilan joniga suv yugurdi. U o'zini olagardonga[2] solgan shubha-gumonlarning behudaligiga ishondi. Chol shunda uni hech kimga bo'lashmasdan qo'lidan ushlab, mashinadan tushirdi va ichkari xonalarning biriga etakladi. Hushidan ayirilayozgan Qiyo jinni qorong'i xonaga kirganda, u eshikni yopdi. Chiroq yonganda uning qo'l-oyoqlari qaltirardi.

– Aybingni bilasan-a! – dedi chol. – Xum boshingni kesayinmi, palakat?

– Si-si-sizni tu-tu-tuzatishning bo-boshqa cho-cho-chorasi yo'-yo'-yo'q edi-da, qas-qas-qassob buva! – dedi Qiyo jinni tili tutilib. – Me-meni ke-ke-kechiring, il-il-iltimos!

– Sen yalinib-yolvorganlarimni hisobga olganmidingki, iltimosingni inobatga olsam! – dedi chol kundaning ustidagi yarim quloch keladigan pichoqni qo'liga olib. – Kundaga o'z ixtiyoring bilan boshingni qo'ysang, azob-uqubatdan tezroq qutulasan. Bo'lmasa qiynalib o'lasan. Sen nemis, men juhud bo'ladigan bo'lsam, bizlarni bog'lab turadigan narsa qondan iborat. Sen-ku mening qonimdan icholmading, men qoningdan to'yib ichmasam, yana shol bo'lib qolaman, maraz.

Jonidan umidini uzgan Qiyo jinni orqasiga qochib chiqolmasligini o'yladi. Uning derazadan chiqib qochishdan o'zga chorasi yo'q edi. U cholni nari surib, o'zini derazaga urdi. Rom o'rnidan ko'chmagach, qaytib xona o'rtasiga kelib tushib, hushidan ketdi.

Cholning barmog'ini pichoq tilgandi.

– Qiyo jinni, ko'zlaringni och! – dedi u barmog'idagi qonni og'zi bilan so'rib uning yuziga tupurarkan. – Bo'rini ham g'aflatga botganda otib bo'lmaydi. Boshingni hushingdan ayrilganingda kesib gunoh ko'taradigan holim yo'q.

Hushiga kela boshlagan Qiyo jinni cholning o'z boshida pichoq ushlab turganini ko'rib qimirlamoqchi bo'ldi. Na qo'li, na oyog'i o'ziga bo'ysundi. Yalinib-yolvorib cholning ko'nglini yumshataman desa, tovushi chiqmadi. Shunda cholning soqolidagi qonga ko'zi tushdi. Xayolida, chol meni so'yib, qonimni ichyapti, deb o'yladi. Uvvos solgandi, bo'g'ziga urgan chinqiriq tashqariga chiqmadi. Qaytanga ortiga qaytib, yurak-bag'rini tildi. Qattiq og'riqdan ko'zlaridan yosh urib chiqdi. U o'shanda cholni o'ldirmaganidan qattiq pushaymonda edi.

– E, palakat ekansanku! – dedi ustidan sapchib turgan chol.

– Otaxon, meni so'ymaganmidingiz hali? – deya tilga kirgan Qiyo jinni yig'lab yubordi.

– Meni ota dema, xotinchalish! – dedi chol burnini jiyirib. – Maxtuquli aytgan ekan:Maxtumquli, har yon har yonga boqar, Bu na qudrat, suv yuzidan o't chiqar, Nazarkarda o'g'il ota chirog'in yoqar, La'natkarda o'g'il bo'ldi, bo'lmadi. Sendaqa o'g'ilning boridan yo'g'i yaxshiroq. O'z uyingda arpa egan eshak singari arillaganding, chumchuq yurak ekansan-ku, palid. O'rningdan turib yuvin, toza kiyim berishadi. Gilamning rasuvosini chiqarding.

– Nima uchun gilamning rasuvosini chiqaraman?!

– Hammomga kirsang bilasan! – dedi chol qahqah otib. – Hisob birga-bir bo'ldi, ora ochiq. O'rtada kina-kudurat qolmadi. Meni tuzatganing uchun senga rahmat…

Chol tuzalishi sharafiga daryoning ikki qirg'og'idagi nomdor qassoblarga katta ziyofat uyushtirgandi. Qassoblar jamoasidan tarkib topgan bazmda suxandon va Gulbikaga o'xshagan kasb egalari deyarli ko'zga chalinmasdi. Kechaga zo'r hofiz Rahmatjon Qurbonov fayz bag'ishlab turdi. Mahalliy televidenie xodimlari voqealarni miridan-sirigacha suratga oldilar. Chol Feruzxonning taxtiravoniga o'xshatib bezatilgan mahobatli isto'l atrofida yangi kuyovlarga o'xshab, Qiyo jinni bilan savlat to'kib o'tirdi. Mehmonlar ko'zi o'ngida undan yangi mashinaning kalitini qabul qilgan Qiyo jinnining tori sust edi. Uning mum tishlab o'tirishi cholning kulgisini qistardi.

– Ha, na buncha uch kunlik kelinlarga o'xshab, nozlanmasang? Ho'l qilganingga chillaki xonimchalardek nozi firoq etayapsanmi? – deya u qichiq qilsa, uyatdan qizarib ketayotgan Qiyo jinni:

– Yaxshiliklarimizning ajri savobiga orttirgan foydamiz shu bo'ldimi?! – deya xo'mrayardi.

Cholning tuzalgani butun vohaga ovoza bo'ldi. Dunyoning to'rt burchidan Qiyo jinnini qidirib bemorlar oqib kela boshladilar. Suxandonnikida mijozlarni qabul qilgan tabib biror-bir jonni ortiga umidsiz qaytarmasdi. Uning, “Kelasi yil yontoq gullaganda Boyqulobodga borsangiz, albatta oyog'ingizga turg'azman…”, deya aytadigan so'zlari hayotdan umidini uzganlar uchun jon bag'ishlar edi.

Oradan ikki oy o'tgach, u sovg'a qilingan mashinasini mol-dunyoga to'latib uyiga qaytdi. Bir yarim oy burun el-olamga tarqab ketgan video tasvirlarni ko'rgan odamlar Hukkining uyini ini buzulgan suvaraklar kabi bosgandilar. Ularni navbatga yozayotgan kalxo'zning bosh hisobchisi har bir odamdan ikki kilo go'shtning pulini olib, g'aznaga topshirardi. O'sha yili to'qqiz yuz ellik ikkita a'zosi, bir yarim ming gektar eri, etti yuz bosh qora moli va ming besh yuz ona sovlig'i bor xo'jalikning yillik daromadidan Qiyo jinnining xazinaga qo'shgan tushumi qariyib bir yarim barobar oshdi. Odamlarning Hukkiga mensimaslik nazari bilan boqishi Qiyo jinni uchun ayni muddao bo'ldi. Manzaraning aldamchiligini yaxshi anglaydigan Hukkining bu kabilar ping-parvoyiga kelmasdi. Uning uchun yashashdan ko'ra nos totliroq bo'lib qolgandi…

[1] Choli – qo'ra.
[2] Olagardon – vasvasaga demoqchi.

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube