O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Endi o'lganlarida ham ularning hech birlari tuzalmaydilar…

Endi o'lganlarida ham ularning hech birlari tuzalmaydilar…
07 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 1130 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

Sakkizinchi bob

…Yuqoridagi voqea-hodisalarni ko'ppaklik hissi bilan idrok etgan Qo'zi Shishak asl haqiqatdan boshqalar kabi bebahra qolganini angladi. U Quryozagulni ko'rish ishtiyoqida Hukkining hovlisida sandiroqlardi. Havoyi nafs jazavasi bilan amalga oshgan jinoyatlar izi nazaridagi beg'ubor dunyoni qora bo'yoqlarga chapladi. U bir pardali bo'lib ko'rinadigan hayotning bir necha pardadan iboratligini endi anglab etdi. Yarim umrining uxlamagan paytlaridan tashqarida kechgani tushdan o'zga narsa emasdi. Ikkinchi yarim umrining qanchasini yashash nasib etishini u tasavvur etolmasdi. Buni tusmollashdan ko'ra o'lim avlo edi. Ammo butun hayot davomida erishilmagan cho'qqiga oxirgi nafasda erishish mumkinligi uning qorong'i kechaga aylangan yuragiga umid uchqunlarini sochardi. U nigohi tushgan narsalarni birinchi marta ko'rayotgandek, hayratangiz boqardi. Niyatning amalga eshligini u insonligida anglamagandi. Itlik hofizasi tabiiylikka qorishgach, u o'zini kashf etishga tushdi.  Uning xotirasini uyg'otgan omil – hid bilish salohiyati benazirligida edi. Itlarga xos vafodorlik odamga aylanganda g'aybga ketishini u bilmasdi. Hukkining izlaridan yuqqan islarni kitob kabi o'qiyotib, uning qiyofasiga kirganini sezmasdan qolgandi. U, o'zi xohlamagan holda, Hukkining so'nggi kunlarini yashardi. Vaqtni hisobga olmaganda, o'z-o'zidan bezish, barcha ko'rguliklar sababchisi – jamiyatdan nafratlanish unga Hukkidan qolgan dardlardan yuqqandi. Itchalik vafosi yo'q odamlardan qochib, o'tgan kunlarni yozg'irish, Qiyo jinni qiyofasida o'z-o'ziga dor tikish – Hukkining so'ngsiz iztiroblar ichidagi og'ir kechinmalari edi. Hukki bosib o'tgan sakkiz oylik yo'lni u uch soatda bosib o'tayotgandi…

…Oxirgi marta Xorazm safaridan qaytgach Hukki tamoman boshqa kimsaga aylandi. Undagi shahvoniy va firibgarlik hislari o'z-o'zidan so'nib qoldi. U o'zidan jirkanadigan, qing'ir-qiyshiq ishlardan qochadigan odat chiqardi. Umri-joniga qilgan xiyonati tufayli aziyat tortdi, charchab, ramaqijon bo'lib qoldi.

U sho'rolar amirlik hududlarini bosib olgan davrlarda juda yosh edi. Yosh bo'lsayam, aqli tiyranligi bois, voqealar mohiyatini yaxshi anglardi. Uning ilojsizlikdan xudosizlarning ko'zi va qulog'iga aylanganini aytsak, yolg'oni yo'q. Xufiyalik – tirik qolishning yagona imkoni, xoinlik – umrguzaronlik hunari edi. U shu yo'lga kirmaganda, vatan fidoyilari – vafo ahllari, halol ziyolilar, shijoatli boylar, e'tiqodli eshonlar va jamoat manfaatini o'z manfaatidan yuqori qo'yadigan xo'jalar kabi qamoqxonalarda ajalidan besh kun burun o'lib ketgan bo'lardi. O'ttizinchi yillarning u yoq-bu yog'ida ko'zi ochiq kimsalar hayot sahnasidan supirib tashlandi. Qochib-quragan, shaxsini yashirgan to'rt-besh ziyolinamo kimsalar va Hukkiga o'xshash nomi ulug', suprasi quruqlarni hisobga olmaganda, yurtda pichoqqa ilinadigan kimsa qolmadi. Ruslar bostirib kelgunga qadar ham hayot jannatmonand emasdi. Mustaqillik yillaridagiga nisbatan nochor va g'arib edi. Shoh-Mo'ltonlar, mullo-eshonlar tomonidan boshsiz to'daga aylantirilgan olamonga ezib ishlatib, ochlikdan o'lmasligi uchun bir burda non beradigan quldorlar lozim edi. Ruslar Turkistonga yuz yil kechikib kirdilar. G'orat etilgan mintaqani boshqarishning qiyin jihati yo'q edi. Tarixiy xotirasi, din-iymonidan mosuvo xalq orasida mansab va mol-dunyo uchun xotinini va qizini dushmani tagiga tiqadigan dayuslar son mingta edi. Bir-birlariga gij-gijlab turilsa, ular o'z xalqini uy hayvonlari singari ezib ishlatishi mumkinligini rus razvedkasi allaqachonlar ishlab chiqqandi. Turkistonni o'zlashtirishning yuz yillik dasturi Oq podshoga taqdim etilganiga uch yuz yil bo'lgandi. Shunday murakkab vaziyatda ota-onasidan etim qolgan Hukkini chekistlar asfalasofilinga bir necha marta olib borib-olib keladilar. U tirik qolish ilinjida tuzumning sodiq itiga aylanadi. Xalqning nazarini islomdan chalg'itish uchun sho'rolarga unga o'xshagan aslzodalardan yasalgan manqurtlar joiz edi. Kitobi tortib olinib, masjidlari molxonaga aylantirilgan jamoaga shaklan musulmon, mazmunan shaytoniy mullovachchalar yo'lboshchilik etishi, bosqinchilarning ishini osonlashtirib, zulm tegirmoniga gizli suv quyardi. Shunda to'ralari to'rt yuz yillab avragan millatning haq-huquqlari ta'minlangandek ko'rinardi. Hukki shunday kampaniya qurbonlaridan biri bo'ldi. U saksoniga yaqinlashgach, qilmishlari uchun nadomat cheka boshladi. O'sha zamonlarda o'lib ketmaganiga afsuslandi. U o'zligini anglaganda, ahvoli yuz yil zindonda yotgan kimsanikidan ham og'ir edi. Zindondan bir kunmas-bir qutulsa bo'lardi. Uning qilmishlari ajrini to'lay olishi esa dargumon edi. U shol chol ahvoliga tushishni xayol etar, orqasida aqalli bitta duogo'yi qolishini istar, shu yo'l bilan og'riqli o'ylardan qutulmoqchi bo'lardi. Islom nomidan amalga oshirgan firibgarliklari uni ikki eshik orasiga siqqan, tuhmat va ig'volari qo'liga kishan, bo'yniga sirtmoq tashlagandi. Kamunistlar dinni buzib ko'rsatishni talab etganlarida, u jonidan kechsa ham, bu yo'lga kirmasligi kerak edi. O'lsa, na qadr-qimmati, na yuragi achiydigan biror-bir g'amg'usori bor, endilikda ikki dunyo ovorasiga aylangan edi. Uni qabristonga joylab, qirq yil is-chiroq etganlarida ham joy tutmasdi. Eyish-ichishdan boshqasiga yaramaydigan bu kabilarni uning o'zi yoki o'ziga o'xshaganlar o'ylab topganlar. Do'zaxga moy sepishdan boshqasiga yaramaydigan odamlar islom nomidan amalga oshirayotgan ishlari bilan o'zlariga ofat etkazayotganlarini bilmasdilar. Albatta, Hukkining bir umrlik faoliyati “ota”ning bir soatlik fitnasiga etmaydi. Bu degani chora degani emas. Hukki bitta kalxo'z timsolida o'tkazgan tajribani yurtboshi  o'ttiz milyonlik millat ustida sinab ko'rdi. Istiqbolda oydin manzillar bo'la turib, u ong va tafakkurga tish-tirnog'i bilan monelik ko'rsatdi. Garbacho'p oshkoraligi tufayli sho'rolar davri o'tganini anglashga na shijoat, na fikrat topdi. Uning o'rnida Hukki kabi bir imonsiz bo'lganda ham, Mustaqillik bu qadar kishanlanmasdi. Katta bo'hronlar ham kechmasdi.

…O'zbekistonda ozodlik shamollari esa boshlagan o'sha zamonlarda Hukki o'ziga o'lim izlab yurar, Qiyo jinnining shuhrati tog' kabi yuksalib borardi. Uning oldida mol-dunyo orttirish uchun biror to'siq qolmagandi. Faqat Hukkining tirikligi uni ko'zga tushgan cho'p singari bezovta etardi, xolos.

Hukki tushgacha shifo talabida kelganlarga bir qur nazar tashlar, keyin tilining ostiga nos tashlab, dilsiyohlik qutqusi bilan kimsasiz cho'lda ajal izlardi. Jilovi tashlab qo'yilgan Muchchigar har safar saksavulzorga urib ketar, Hukki hushini yig'ishtirib, uning boshini orqaga burardi.

Qiyo jinni esa hamon uni zimdan ta'qib etishda davom etardi. Mash'um rejasi amalga oshadigan kun etganini anglagach, u ikkita echki po'stakni qopga joylab, Hukkini boshi oqqan tomonga boshlab ketayotgan Muchchigarning orqasidan tushdi. Jonivor kichik qishloqlarni oralab o'tdi. Qo'riq erlarga etganda quyosh og'a boshlagandi. Dengizdek chayqalib yotgan paxtazor uch-qiroqsiz edi. Har-har joyda barxanlardan qolgan do'ng tepalar, bir-biri bilan kesishgan ilon izi yo'llar ko'zga tashlanardi. Zaxkashlar va ariqlarning adog'ida qamishzor bor edi. Muchchigar shu joyga etganda Qiyo jinni undan uzilib qoldi.

 Cho'kkan go'rdek bukrisini chiqarib egarda o'tirgan Hukki quyosh ufqqa bosh qo'yayotgan pallada ortiga qaytdi. Ko'zlari to'rt bo'lib kutayotgan Qiyo jinni og'zidagi nosini tashlab, emaklab borib, yo'l chetidagi qamishlar orqasiga pistirma qurdi. So'nggi kunlarda Hukki siqilaverib adoyi tamom bo'lgan, quruq suratga aylanib qolgan edi.  Shuning o'zi uning sirliligini oshirardi. Uning ahvolini uqish uchun g'assol bo'lish kerak edi. Jallodlikni da'vo qilayotgan Qiyo jinnining esa g'assolni eslasa, yuragi behuzur bo'lardi. Hech qachon o'limni xayoliga keltirishni istamaydigan bu shaytovachcha, yaxshi-yomon kunda mahallaning yuvg'uchisi bilan ro'para kelib qolsa, Azroilni ko'rgan kabi, undan aylanib o'tardi.

Hukki pistirmaga yaqin kelganda po'stak yopingan Qiyo jinni sakrab chiqib, chinqirib yubordi. O'takasi yorilgan Muchchigar sapchib o'zini orqaga otdi. Hukkining biti ham g'ivirlamadi. Ammo muvozanatini yo'qotib, egardan uchib ketdi. Aksiga olib, ip qo'liga o'raldi. Keskin orqaga tislangan Muchchigar uni tuyoqlari ostiga oldi. Keyin sudraklab qocha boshladi. Bo'ynini sindirgan Hukki chorasiz edi. Ustiga-ustak, qattiq qo'rqqan Muchchigar shatoloq otib, uni tinmasdan shattalar, dumini ko'targancha hangrab, el qo'yvorardi. Hukkining bitta ko'zi oqib tushdi, tuynoqlar yuzini tilib tashladi. Muchchigar qirq qadamcha qochib, ariqdan hatlanganda, u ariqqa tushib ketdi. Baxtiga ariqda suv yo'q edi. Tortishga kuchi etmagan jonivor ipiga chiranib to'xtab qoldi. Hukki ariq tubida osmonga qarab yotardi. Qizil qonga bo'yalgan yuzida miltirayotgan bitta ko'zidan boshqa biror-bir joyi qilt etmasdi.

 Po'staklarni uloqtirgan Qiyo jinni roshda turib unga bo'yladi. Uning ahvoli yomonligini ko'rib, suyundi.

– Ha, xudo buva, sizga nima bo'ldi? – dedi so'ngra. – Bilagingizga eshakning ipini cho'lab,[1] bu erlarda tezak terib yuripsizmi?

Hukki gapirmoqchi bo'ldi, biroq uni chiqmadi. Keyin tomoq qirmoqchidek, chuqur xo'rsindi. Oqqan ko'zi yonog'i ustida bir parcha kalla go'shtidek osilib turardi. Beso'naqay burnining chiqib turgan mo'ylaridan qon sizib, miyiqlaridan bo'yniga oqar, jun bosgan ko'kragiga kelib singib ketardi. Qiyo jinnini ko'rgan Muchchigar xotirjam tortdi. Ajiriq chimdishga tushgan esa-da, hamon dumini xadang qilib turardi.

– Holing shu ekan! – dedi Qiyo jinni zo'rg'a nafas olayotgan Hukkiga. – Butun oilamiz bilan senga bir umr xizmat qildik. Otam eshigingda o'lib ketdi. Quryozagulga uylanib, onamni tanimay qo'yding. Mol-dunyoying qo'riqchisini cho'riga aylantirding. U jabru sitam tortib, ajalidan besh kun burun o'ldi. Quryozagul onasining bo'yida paydo bo'lmagan zamonlardan tagingda yotib, kir-chirlaringni yuvgan onaginamni kamsitmaganingda, shu ahvolga tushmasding. Sen yuzsizni bir qarichligimdan yaxshi bilaman. Onamni otamning yonida o'z holiga qo'ymasding, vaqt-bemahal uni javratib, otamni tahqirlarding. Bila turib, meni jim yuradi, deb o'ylaganmiding? Seni “xudo” deganlarim mulozamat uchun, shu kunlarga etish uchun hiyla-nayrang edi, xolos. Ahmoq bo'lmaganingda, seni “xudo” deb da'vo qilganimda, og'zimga tarsaki solgan bo'larding. Sen esang mag'rurlanding, meni ruhlantirding. Fahmsiz, bandalikni eplay olmaydigan odamzotdan xudo chiQo'ndoqi? Er yuzidagi butun insonlar bitta bo'lsa, Xudo nari tursin, Muhammad payg'ambar bo'la olmaydilar. Uning aytgan bir jumla so'zni aytish hech kimning qo'lidan kelmaydi. Meni o'qimagan, bir savodsiz nodon deb o'ylasang, xato qilasan. Bolaligimda men chollardan eshitgan gurunglarni sen ham eshitgansan-ku. Mendan yuz barobar ko'p narsani bila turib, xudoligingni pesh qilmoqchi bo'lasan. Yoki rostdan ham o'zingni xudo deb o'ylaganmiding? Xudo bo'lsang, o'zingni qutqarib ko'rchi, qo'lingdan kelarmikan? Kelmaydi! Endi o'lasan, o'lmasang, seni o'z qo'llarim bilan bo'g'ib o'ldiraman. Shol cholning o'g'illari aytganidek, Tangri seni bilib bukri qilgan. Umurtqalaring egri bo'lsa go'rga edi, ichak-chavoqlaring, tanangdagi har bir mo'ying, har bir hujayrang, orzu-armonlaring, o'y-xayollaring va niyatlaring ham egri. Yon-atrofingda menga o'xshab ulg'aygan baxtsizlar borki, ular bukrilarning bukrisi bo'lib qolganlar.. Endi o'lganlarida ham ularning hech birlari tuzalmaydilar…

Hukkiga qaytib zabon bitganda, qotil tug'dirgani uchun o'ziga la'natlar o'qirdi. Bir soatga yaqin vaqt o'tsa-da, u jon taslim qilavermagach, Qiyo jinnining joniga tegdi.

– O'lmoqchi bo'lsang, o'l, haromi! – dedi u. – So'kib charchadim. Sen eshitgan haqoratni Muchchigar eshitsa ko'tarim bo'lardi. Bilib qo'y, o'lganingdan keyin sening mol-mulklaringga egalik etish niyatim yo'q. Ma'rakangning uchinchi kuni ko'ch-ko'ronimni yig'ishtirib o'zimning uyimga ko'chaman. Xotinchangni Qo'zi Shishak chillagurzon etadi. Uning orqasidan brigadirlar va hisobchilarning yumala-yostiq, supraqoqtisi boshlanadi. Uy-joying fohishaxonaga aylanib, firibgarlik orqasidan orttirgan boyliklaring talon-toroj bo'ladi.

U o'zini ariq roshidan jon achchig'ida tilini chaynayotgan Hukkining ustiga otdi. Yuragiga poshnasi bilan tepib, ezg'iladi.

Hukkining avval og'zidan, keyin quloqlaridan qon qaynab chiqdi. U omon qolgan ko'zini Qiyo jinniga tikib nimadir demoqchi bo'ldi, biroq quvvati etmay, o'zini tashlab yubordi. Oxiri beshafqat zarbalar ostida alamzadalik bilan jon berdi. Qiyo jinni borho talvasaga mindi. Mayitni tepaverib terlab ketdi. Muchchigar cho'chib, hangrab yubordi. Dumini xadang etib, ipiga chirandi. Muruvvat[2] o'qi chiqmaganda, u Hukkining bilagini uzardi. Bo'shangach, bo'riga yo'liqqan qulundek qishloqqa qarab hangrab qochdi…

…Shu payt Targ'il Quryozagulni ko'rdi. Hukkidan qolgan izlar so'zlayotgan hikoya elga uchdi. Tashqariga chiqqan Quryozagul ko'pakka aylangan Qo'zi Shishakni mahliyo etgandi. Hukki bilan Qiyo jinni orasidagi fojeani endi hech kim oxirigacha bilolmaydigan bo'ldi. Butun jinoyat Muchchigarning zimmasiga yuklanadi. Jonivor qartayganda tuhmatga uchradi…

[1] Cho'lab – o'rab.
[2] Muruvvat – tob tushmasligi uchun ipga boylab qo'yiladigan halqa.

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube