O’zbekiston Xalq Harakati

Xiyonatlar jonidan o'tib ketgan edi…

Xiyonatlar jonidan o'tib ketgan edi…
09 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 606 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

To'qqizinchi bob – 2

O'g'iloy Cho'vishning e'tiboridan bir gaz o'sgan Nusxagul, ikki bilagini bir-biriga chalishtirib eriga kalondimoqlik bilan o'qdek termulardi.

– Sassiq cho'chqani elkamning chuquri ko'rsin! – dedi to'shagida yotgan Quryozagul echkidek jarillab. – Targ'il bo'lmaganda u meni harom o'ldirardi. Iloyo, uni Hukkining ruh-arvohginalari urib, qo'l-oyoqqinalarini akashak, o'zini ko'tarim etsin! So'zingizni bo'lganim uchun, O'g'iloy opajonim, uzr. Bu sassiq qo'tosbashara qaytib shu joylarga qadam bossa, rais buvamga aytib oyoqlarini sindirtiraman. Go'shtini burda-burda etib, Qoratumshuqqa ediraman. Rais buvamlarning takliflariga keladigan bo'lsak, bu kishiga, o'lay agar, ko'nglim yo'q edi. Ammo lekin behad botir-qahramonliklarini va mullo buvalariga jonfidoliklarini namoyish etib, meni iyitdilar. O'g'iloy Cho'vish opajon, issiq yuz-ko'zingiz va Nusxagul opamning haqqi hurmatlari, necha martalab so'raganlaringizda, “yo'q”, “yo'q” deya, bergan javobimga o'zgartish kiritib, “ha”, “ha” demoqchiman. Meni muborakbod etinglar. Mullo buvalaringizning issiq to'shagi sovumasdan vafodor yor uchratganimdan behad xursand bo'lib ketyapman. Iloyo, uning ruh-arvohlari biz yoshlarni qo'llab, boshimiz balo, tanimiz talofatlar ko'rmagay. Falokatlar zaxkashning nari yog'idan aylanib o'tib, boshqalarga urgay. Omin, hamma o'lsin, biz qolaylik, el-yurtda nom chiqargan folbin, azayimxon bo'laylik. Bizga ishi tushmaganlarning tishlari tushsin, ikki ko'zi teshilib, burnining uchiga o'qitma chiqsin. Biz ovqat emagan qozonda axlatginalar qaynasin. Eshigimizga qulliq qilib kelmaganlarning boshginalari uchsin… Omin!

Yotgan joyida duoga kaft ochgan Quryozagulga qo'shilib boshqalar ham yuzlariga qo'l tortdilar. Titilib ketgan qonli ko'ylagining engi bilan ko'z yoshlarini artgan beva o'rnidan turmoqchi bo'lib, ko'rpasini ko'tardi.

– Hoy-hoy, tura ko'rmang, Quryozagulim, sizdan iltimos! – dedi shahvoniy o'yinlarning bunday bu yog'iga Shoxdor Takaevsiz o'tishi mumkinmasligini o'ylagan O'g'iloy Cho'vish. – Xabar topgach, odatimizga xilof ish tutib, qoshingizga uchib kelaverdik. Muhorabalarimizning qolgan qismlari sizning to'shagingizda davom etadi.

– Nima?! – deya Quryozagul to'shagidan sakrab turdi – O'laman sattor, bu noma'qulchilikka yo'l qo'ymayman. Sharmanda bo'ldim, sharmanda!

U qo'lini musht qilib, orqasini tishladi. To'zg'igan sochlarini yig'ib ketiga o'girib tashladi. O'g'iloy Cho'vishga ma'yus tikilib, o'zidan-o'zi gapirayotgan odamga o'xshab, ko'zlarini o'ynatib, qoshlarini uchirdi. – Shoxdor Takaev bilan ilakishganimizni yuzimga ro'kach qilmang, yomon xayollarga borishga haqqingiz yo'q. Mening buloq suvidek gard yuqmagan sha'nim, Sibir qoridek oppoq iffatim, hind filmlaridagi qo'shiqlar singari quvnoq hayotim har soatda yuz ming marta toptalmasin, Hukki buvamga sodiqman. Hovli-joyini, qo'llari va oyoqlari tekkan har bir xas, har bir gardni himoya etishga shijoat va g'ayrat topa olaman. Nomusim toptalsa, chorasi bor. Erimni harom o'ldirgan Muchchigardan qolgan arqonni tutning baland shoxasiga ilib, o'zimni osaman, sizlar mendan, men sizlardan qutulaman. Erimning huzuriga boshimni tik tutib, yorug' yuz bilan borishimga imkon tug'iladi. Barchasini ko'rib-bilib yotgan bukri shunda mendan nozirg'anmaydi, gumonsiramaydi. U yoqdagi xotinlariga meni bosh-qosh etadi. Eganim oldimda, emaganim ketimda, taralla bedod qilib yuraman. Qolganlarni ham Hukki mullo xudo buvam bu olamda ustun qilib yaratmagan, sizlar ham orqamdan navbati bilan borasizlar. To'xta kal bilan Temirqiytorning boshiga shunday kunlarni solayki, onalaridan tug'ulganlariga pushaymonlar esinlar. Qiyo jinnini qo'yaveringlar, uni qirq quloqli qozonda dog'lab, go'shtini emasam, bo'lajak erimga taloq xati berib, sassiq qobonga xotin bo'lay…

 Ijroqo'm raisasining ensasi qotdi. U, eplab ismini yoza olmaydigan bir ayol, buncha mahmadona bo'lmasa, deb o'yladi. Uning noqulay ahvolga tushganidan suyungan Nusxagul erining bejo qadamidan o'ksindi. Noo'rin harakat kelajakdagi rejalarini chipakka chiqarishi mumkinligi uchun u portlab ketishdan o'zini zo'rg'a tiyardi. O'g'iloy Cho'vishning sabr kosasi to'lib, tutoqsa, u ham Quryozagulning boshiga qiyomat kunini solishga tayyor edi. Ko'p narsalarni yuzxotir qilayotgan ijroqo'm raisasi, shaddodligiga qarama-qarshi, bu safar og'ir-bosiq edi. Shunday yo'l tutmasa, “Uchlik ittifoqi” barbod bo'lardi. Undan ham yomoni, Qo'zi Shishak raislikdan kechsa ham, Quryozaguldan kechmasdi. Bu O'g'iloy Cho'vishning respublika miqyosida o'sib borayotgan obro'siga putur etkazardi. Shoxdor Takaevni kalxo'z rahbarligiga tayinlash uchun hali to'rt-besh qovun pishig'i bor edi.  U etilmagandi.

– O'zingni bos! – dedi u Quryozagulga. – Hukkini bizlar sendan kam hurmat qilmaymiz. Ammo u o'ldi. Qabrida irib-chirib, qurt-qumursqalarga em bo'lib yotipdi. Tana chirigani bilan ruhning yo'q bo'lib ketmasligi, narigi dunyoning borligi be'mani va betutruq narsalar. Bu gaplarni Hukkiga bir tuki o'xshamaydigan tekintomoq mullolar va haromtovoq boylar o'ylab chiqarganlar. Odam maymundan paydo bo'lgan. Maymunlar va er yuzidagi boshqa hayvonlarning kelib chiqishi amyobalarga borib taqaladi. Qanday paydo bo'lgan bo'lsak, shunday nom-nishonsiz yo'q bo'lib ketamiz. Yo'q bo'lishimizni bila turib, “or-nomus”, “shon-sharaf”, “Alloh”, “din-iymon”, deb o'zimizni bo'lmag'ur unsurlarga qurbon berishimizning nima keragi bor. Xudoparastlar bilan bizlarning bitta farqimiz bor: ular Tangriga ishonib, teskari amallarga qo'l uradilar, bizlar Tangrining yo'qligini idrok etib, dindorlar ko'r-ko'rona bajarayotgan ishlarni ongli ravishda amalga oshiramiz. Dunyoda, eb-ichganimiz va o'ynab-kulganimizdan boshqa tag'in nima qolishi mumkin. Davlatimiz, partiya-hukmatimiz ko'ngilxushliklarni amalga oshirish uchun barcha huquqiy me'yorlarni qo'limizga berib qo'ygan. Eb-ichaylik, o'ynab kulaylik, jinsiy hamkorlik etib, hayot lazatlarini totaylik. O'lib ketsak, kimlar bizlarni yod etadi? Kimlar biz uchun lahadga kirib, kimlar go'rimizga chiroq yoqadi? Hech kim! Hatto bolalarimiz ham bizlarni unutib yuboradilar. Shu kabi qabihliklarni bilgan Hukki butun umrini maishatparastlikka, yolg'on-yashriqqa bag'ishlab to'g'ri yo'l tutgan, bola-chaqa orttirmagan. Ota-bobolariga o'xshab, “din-iymon”, “Yaratganning qahri-g'azabi”, “jannat”, “do'zax”, deya ovsarlanganda, u ham uvol ketardi. U leninizm-marksizm g'oyalarini anglamaganda, bunchalik shon-shuhratga erishmasdi. Qabristonda yotib-turib, Xudodan o'zgasini bilmaydigan Qosim devonaga mengzab, eyishga non, kiyishga kiyim topolmasdi, uni birov to'y-ma'rakaga, yaxshi-yomon kuniga chaqirmasdi. Shunday ekan, o'rtoqlar, barchamiz aziz va muhtaram Hukkining jonlarimizga huzur-halovat bag'ishlaydigan oydin yo'lini tutaylik. U kabi davru davronlar surib, odamlarga o'xshab bir-birlarimizga izzat-hurmat ko'rsatib yashaylik. “Halovatga din va odob-axloq bilan erishiladi”, deganlarning safsatalari puch, tokaygacha xurofotga botib yashashdan uyalmaymiz. Inson o'zining husni-jamoliga, kuch-qudratiga mahliyo bo'lmasdan turib, o'zining tabiat yaratgan oliy mavjudodligini qaerdan biladi? Kelinglar, bir-birlarimizni kashf qilaylik. Buyuk dohiy Vladimir Ilich Leninning o'gitlariga og'ishmay amal etib, depsinmasdan qadamlashni o'rganaylik. Shunda Hukki singari el-yurt va rahbarlar nazariga tushamiz. Quryozagulning bu narsalarga aqli etmayotgan bo'lsa, unga o'rtoqlarcha ko'mak ko'rsataylik. U qo'pol xatolarini tuzatish uchun oramizda do'stona va sog'lom tanqidiy muhitni shakllantirsin. Leninizmning qulay jihati shundaki, tushunchasi sayoz kishilar zo'rlanmaydilar. Aksincha, ular qayta tarbiyalanib, mehr-muhabbatga chanqoq dillari ezgu g'oyalar bilan sug'oriladi. Hayotda hamma narsalarni tushunib, anglaydigan va tushunib, anglaganlarini o'zi ham yaxshi biladigan va boshqalarga ham o'zidagi xislatlarni ilinadigan odamlar bor. Hamma narsalarni bilib, mavqeyini belgilashga qurblari etmaydigan odamlar bor. Hech bir narsani bilmaydigan va bilmasligini ochiq-oydin tan oladigan odamlar bor. Biror narsani bilmaydigan va aksiga olib, bilmasligini bilmaydigan odamlar bor. Birinchi toifaga kirganimdan men hamisha iftixor tuyaman. Bu fikrimga biror-bittangizning monelik ko'rsata olmasligingizga aqlimning etgani ham maymun sifatida, mening ongimning oliy darajada odam bo'lib rivojlanganligini aks ettiradi. Ikkinchi toifaga Nusxagulga o'xshagan tirishqoq va shaddod, tovuqboqarlar tabaqasidan chiqqan ayollar mansubdirlar. Uning aql-idrokining shaxd bilan o'sishda davom etayotgani fikrimning isbotidir. Uchinchi pog'ona Quryozagulga o'xshaganlarga  mo'ljallangan. Uning o'zining kimligini bilmasligi ayb emas. Undagi o'qib-o'rganish va xatolarini tan olib yashashga bo'lgan tirishqoqlik uning fazilatlarini oshirib, qusurlarini kamaytiradi. Chunki hali hech nimani bilmaslikni anglash shaxsning jaholat botqog'iga batamom botmaganidan darak beradi. Oxirgi zinopoyada Qo'zi Shishak bilan Shoxdor Takaevga o'xshagan xudbin odamlar turadilar. Hech nimani bilmasliklarini bilmaganliklarining o'zi ularning johilligidan dalolat beradi. Bu toifa jamiyat uchun o'ta xavfli. Ularning o'zlarida bor narsalarni jamoat bilan baham ko'rmasliklari, xotinlari va o'g'il-qizlarini etti qavat paxsa devor orasida ushlab turishga urinishlari jamiyat oyog'iga kishan bo'lib tushadi. Oftob ko'rmagan bechoralar, bir umr xat-savodi chiqmagan omi, burnining ostidan narini ko'ra olmaydigan jaydari-johil bo'lib etishadilar. Yaxshiyamki, Nurxon, Mayna Hasanova, Zulfiyaxonim, Yulduz Ummon, To'rsi Sodiq, Oyxon Surxuncha, Tamaraxonim va Mukarramaxonim singari katta momolarimiz yashab o'tganlar. Shu tufayli Nusxagul kabi fidoiy singillarimizni, inqilob g'alabasiga oltmish yil o'tib ham, bu yurtdan topsa bo'ladi. Uning illatlarga zarba berish yo'li timirskilanayotgan nasllar ongini Ilich chiroqlari singari ravshanlantirib, orzularga qanot bog'laydi. Quryozagulga o'xshagan otash qalbli qiz-juvonlarimizni ergashtirib, hayotning begona o'tlar oralamoqchi bo'lgan so'qmoqlarini yot g'oyalardan tozalab turadi…

O'g'iloy Cho'vishning nutqi “Uchlik ittifoqi”dagi o'zgarishlarning tezroq amalga oshishini istayotgan Quryozagulga chivin chaqqanchalik ham ta'sir etmadi. U umrida birinchi marta maqtovlarga beparvo qaradi. Ikki kimsadan boshqa hamma shahvoniy o'yinlarni yana Qo'zi Shishakning yotoqxonasiga ko'chirishga chog'lanardi. “Uchlik ittifoqi” qaroridan Qo'zi Shishak bo'yin tovladi. Tong otishiga sanoqli daqiqalar qolgandi. O'g'iloy Cho'vish bilan Nusxagul vaqt tig'izligidan asabiylashardi. Foydalanib qolish mumkinligini tushungan Shoxdor Takaev shunda taklif kiritmoqchi bo'ldi:

– Gapirsam bo'ladimi, o'rtoq boshliq? – dedi u do'ppisini boshidan olib.

– Nima deysan, sassiq qobon? – dedi undan sado chiqadi deb o'ylamagan O'g'iloy Cho'vish, sendan tuzuk fikr chiqarmidi, degandek, peshonasini tirishtirib. – Gapirmoqchi bo'lsang, gapir, tilingni yutib yuborganmisan, nima balo, gapir deyapman-ku!

– Betutruq gapirib, xol qo'ysam, urishmaysizmi, o'rtoq ijroqo'm raisasi?

– Tutliqmayin o'lgur, sassiqpo'pishak, chaynalmasdan gapiraver. Shu choqqacha sendan tuzuk gap chiqmagan, endi ham chiqishi amri mahol.

– Maslahatimni olsangiz, opajon, Hukkinikidan ham, raisnikidan ham voz kechib, Oqpartovning qoq o'rtasiga “Uchlik ittifoqi”ni ko'chirsak! Uning xotini Sipsagul ancha paytlardan buyon “Uchlik ittifoqi”ga a'zo bo'lish ishtiyoqida yonardi. Birovlarning xonadoni bu ishga noqulay bo'lib, u qulay fursat kelganda, yotib qolgancha, otib qol qabilida ish tutmoqda edi. Taklifi inobatga olinmaganda ham u hech nima yo'qotmasdi.  – Odam bo'yi paxtazor, toza havo, orasida tovushqonlar bilan bedanalar bir-birlarini quvalashib o'ynab yuripdi. Tepasidan qarg'alar bilan tustovuqlar uchib o'tadi. Oqpartovning to'rt tomoniga to'rtta obro'talab kalxo'zchi qo'yilsa, qadam bosgan kimsani, avcharkaga aylanib, burda-burda qiladida, go'shtini Qoratumshuqqa tashlaydi. G'urumsaroyliklardan ko'zi-qoshimiz kammi, aql-idrokimiz, eb-ichishimiz yoki tanamizdagi go'shtimiz kammi? Agrasanoat boshlig'i Ahmadjon Odilov amalga oshirgan xayrli ishlarni bizlar nima uchun amalga oshira olmaymiz? Ahmadjon Odilov Sulaymon Qurbonning elliginchi yillardagi sinov tariqasida yo'lga qo'ygan ishlarini takrorlayapti, xolos. Butun Ittifoqda shuhrat qozongan bu tashabbus boyqulobodliklarning ajoyib va g'aroyib kashfiyoti-ku, aslida. Nima, o'zimizga tegishli buyumni kimlargadir berib qo'yib, olma pish, og'zimga tush, deb o'tiraveramizmi?

– Voy xumpar-ey! – dedi undan bunday fikr chiqishini kutmagan O'g'iloy Cho'vish. – Sassiq o'lgur, iching to'la axlatmi, deb o'ylasam, g'ussa changidek aqling ham bor ekan-ku. Avval ham mana shu axmoq boshing bilan Darmon Madorovichni chuv tushirganding. Senga qilgan mehnatlarimiz behuda ketmayapti, yaxshilab boqib, tarbiya bersa, qobon sifatli, arlon kelbatli, tuppa-tuzuk odam bo'lasan. Qolgan joyidan davom et, yomonmas, yaxshi gaplar aytyapsan!

– Shuda endi! – dedi ortiq bir nima deyishga qiynalgan Qo'zi Shishak maqtovlardan iyib ketib. – To'g'risi, hammasini xotinim o'rgatdi!

– Hisob! – deya cho'rt kesdi, kayfiyati ko'tarilgan O'g'iloy Cho'vish. – Er-xotin qo'sh ho'kiz, ikki yarti bir butun degalariday…

– Oqpartovning qoq o'rtasiga to'shaklarni to'shab, toza havo – tanga davo, deb qolgan joyidan davom ettiramiz, – degan Shoxdor Takaev do'ppisini kiyib oldi. – Siz hamishagidek ustimizga minib olib, ham ishlab, ham gardun bilan yon-atrofni kuzatasiz. Ko'zingizga yoqqan odamnimi, otnimi, eshaknimi ko'rib qolsangiz, men ushlab kelaman. Ona Ekatrinadan qolishadigan joyingiz yo'q, husn-malohatingiz, aql-farosatingiz, rahbarlik qobilyatingiz unikidan o'tsa o'tadi, kam kelmaydi. Qo'zi Shishak Nusxaguldan manjalaq yasab, sizni manjalaqqa solib turadi. Asirni siz obdon ko'rasiz, so'ngra Qo'zi Shishakdan manjalaq yasab, manjalaqqa Nusxagulni solamiz. Ammo lekin Quryozagulga bir nima deb, ayta olmayman! U shunday derkan, ayolga qarab qo'llarini panshaxa qildi. Qo'rqayotgandek, yolg'ondakamiga qaltirab kulib qo'ydi. – Og'zi kuygan qattiqni ham puflab ichadi, deganlar. Mullo buvamning parisiga endi qo'limni uchini ham tekkizmayman. Becharahollarning kelin-qizlari duch kelsa, Laziz domla bilan Ozod aka singari tappa-tappa bosib, o'shalarni rais bilan baham ko'raveramiz. Ro'yxatini tabilchilarimizga aytamiz, tuzib boradilar. Bizlarda nishxo'rd qilish odati shakllantirilmagan, g'aribga sariyog'ga qorilgan lochira, lochira bo'lmasa, patir ham non. Yana desangiz, Sulaymon buva bilan Ahmadjon aka darajasiga chiqqaningizga o'n yillar bo'ldi. Endi o'zimizning “gestapa”miz, “enkevede”miz bo'lishi kerak. Odamlarni o'zimiz gunohga botirmasak, o'zimiz qochirmasak, o'zimiz ushlab, o'zimiz so'roq qilmasak, o'zimiz sudlab, o'zimiz jazo bermasak, jilovlarini tutqazmasdan qo'yishlari mumkin. Siz bosh-qosh bo'lsangiz, qolgan ishlarni rais buva ikkalamiz eplaymiz. Kremldan Toshkentga qarab Gidlyan degan odamxo'r yo'lga chiqipti emish. Bizlarni o'sha qirq bitta ko'zi, qirq sakkizta qulog'i, og'zi ikki tanob keladigan yovuz dashnoq xurujidan asrasangiz, bas. Padari qusur, tanlab, nuqul palovxo'r o'zbeklarning go'shtini eyman, deyotganmish. Oti o'chgurning nomini eshitsam, ko'zlarimdan uyqu qochadi. Haromining na o'zini, na suratini ko'rmagan bo'lsam ham, tushlarimga kirib, qo'rqitib chiqadi, O'g'iloy opajon…

Taklif barchaga birdek ma'qul bo'ldi. Quryozagul taklifni qo'llab-quvvatlagan bo'lsa ham, “Uchlik ittifoqi”ga a'zo bo'lishga tayyor emasligini aytdi. Qo'zi Shishak bira to'la qutulish fursati etmaganini inobatga olib, Targ'il ko'ppakka aylangach, yashilbosh turna bilan kurk tovuq orqasidan tilini osiltirib majburan yo'lga chiqdi. Yovvoyi qobonga aylangan Shoxdor Takaev barchadan oldin borib, otga aylangan mashinadan ko'rpa-yostiqlarni tushirdi. Maymunga aylangan haydovchi bilan “Uchlik ittifoqi”ning yo'liga ko'z tikdi…

Ishlar sur'ati jo'nashib ketdi. Shahvoniy o'yinlar yozda Oqpartovda, qishda Shoxdor Takaev boshchilik qilayotgan brigada dala shiyponida to'rt yil davom etdi. Quryozagul biror marta “Uchlik ittifoqi” anjumanida ishtirok etmadi. Ijroqo'm raisasi arzirli sabab bo'lmaganda, uni bir soatda sindirib, har qancha qaysar bo'lmasin,  Hukkining oldiga yo'llagan bo'lardi…

…Quryozagul birinchi bor Qo'zi Shishak bilan qovushganda, uning jinsiy nochorligini sezdi. U xo'rozning tilicha ham tuyulmadi. U qanjiqqa aylanib ham, odam sifatida ham qovushib ko'rdi. Ichining olovi tirnoqcha pasaymagach, o'z yog'ida o'zi qovurildi. Boshini qaysi devorga urmasin, foydasi bo'lmadi. Shoxdor Takaevni izlasa, qasam ichib qo'ygandi, o'ylamasdan aytgan so'zlari boshiga balo bo'ldi. Boshqasini topay desa, Shoxdor Takaevga o'xshagani yo'q edi. Shuning uchun u Qiyo jinnini qarg'ab kunlarini kech qilardi. Uning nima aybi bor, o'zi bilmasdi. Vujudi qichishib, azob tortgan pallalarda unga qo'shib Hukkini ham yozg'irardi. “Yigit o'lmay, juvonmarg bo'lgur, o'larkansan, uylanib nima qilarding? Uylanding, uylanding, shirinkomaga o'rgatmasang, asakang ketardimi? Iloyo, go'ringda chirib-irib, O'g'iloy Cho'vish aytganidek, qurt-qumursqalarga em bo'lgur”, deb qarg'ar, quruq so'zdan natija chiqmasligini ham yaxshi tushunardi. Bir kuni boshiga yangi fikr keldi. Ekin-tikinga e'tibor bilan yondoshsang, yaxshi hosil olasan, sigirni parvarishlab, vaqtida emlab tursang, suti ko'payadi. Terisi suyagiga yopishgan buqaga mehr bersang, semiradi, g'unajinni ko'rsa, jonini kirgizadi. Qo'zi Shishaknining usti-boshini butlab, qornini tansiq taomlar bilan to'ydirsam, o'zgarmasmikan, deb o'ylab qoldi. Albatta Qo'zi Shishakning egani oldida, emagani ketida, u och emasdi. Ammo bu kabi emishlar har qancha tansiq bo'lmasin, insonning quvvatiga bevosita ta'siri hisobga olinmagan edi. Aynan, quvvat masalasini nazarda tutayotgan Quryozagul, o'sha kundan boshlab unga har saharda o'n donadan qora tovuqning tuxumini yuttirdi. Xarxasha boshlasa, otang yaxshi, onang yaxshi, deya avradi. Har haftada tuxumlar soni bittaga oshib bordi. Qo'zi Shishakning uning tantiqliklariga ko'nishdan o'zga iloji qolmadi. Ikki hafta o'tib, o'zgarish boshlandi. Tuxum yoniga boshqa masalliqlar qo'shsa bo'ladigan muddat etdi. Quryozagul un qopidan tikilgan ro'zg'orsumkasini ko'tarib tuman markaziga yo'l oldi. Qassobxonalardan buqaning moyagini yig'di. Uyiga kelgach, oshxonaga uchib kirgan chumchuqlarni ushladi. Molhovlidagi bostirmaga in qo'ygan chumchuqlarning iniga qo'l tiqib, polopon terdi. Poloponi yo'q uyalardan tuxum o'mardi. Poloponlarni moyaklarga aralashtib, mantiqasqonga qo'ydi. Chigirtkani tuxumga bulg'ab, sariyog'da qovurdi. Tunda qaytgan Qo'zi Shishak maxsus taomlarni paqqos tushirib, tong otguncha uxlamadi. Hovuri bosilib, joni orom topgan Quryozagul shu kundan boshlab har sahar ro'zg'orsumkasini ko'tarib tuman markaziga yo'l oladigan odat chiqardi. Go'sht do'konlarida uni tanimaydigan qassob qolmagani kabi kalxo'z hududlarida biror chumchuq yoki chigirtkaning joni omon qolmadi. U bor mehr-muhabbati va kuch-g'ayratini, Hukkidan qolgan butun mol-davlatini Qo'zi Shishakning og'zidan tiqib, ketidan oqizdi. Bo'lmaganni bo'ldirmoqchi bo'lib, birinchi yil ozib-to'zdi, ikkinchi yil haddiga kelib, to'lishib qoldi. Ammo tovonlaridagi yoriq-yirtiqlari o'lguniga qadar bitmadi.

O'g'iloy Cho'vishning Quryozagulga zug'um qilmagani uning Qo'zi Shishakka mehr-muhabbati va xokisorligi tufayli edi. Yara-chaqalari bitib, rang-ro'yi tozargan Qo'zi Shishak semirib, quvvatga to'ldi. Faol ishtirokchiga aylandi. Ittifoqqa Sipsagul qo'shilgach, jonini jabborga berib Shoxdor Takaev bilan baqamti turdi. U zaqqum-zahmat chekmaganida, ikki erkakning uch eb to'ymas baytalni eplashi qiyin kechardi. Barchasiga guvoh O'g'iloy Cho'vish ko'zlariga ishonmasdi. Qo'zi Shishakning o'zgargani g'alati edi. Uning dag'al terisi nafislashgani etmagandek, Shoxdor Takaevnikiga teskari o'laroq, rayhon chaynagan tishlaridan bahor nafasi ufurardi. U o'rtada talosh edi. Evrilishlar ijroqo'm raisasining ruhiyatiga ta'sir o'tkazdi. U hayot va odamlar haqidagi qarashlarini o'zgartirdi. Narigi dunyoning borligiga ishona boshladi. Xayolini Hukkining qiyofasi qamradi. Qo'zi Shishakni mulloning ruh-arvohi qo'llamayaptimikan degan gumon uni jinni etayozdi. Etimlikda, och-nahor o'sgan omi bir qizning qo'lidan bunday ish kelmasdi, deb o'yladi. Sipsagulning hikoyalari uni yanayam domiga chuqurroq tortdi. Kamunistik mafkuraga zid o'laroq u jin-ajinalarning mavjudligiga ishondi. Azbaroyi Hukkining shotisidan eyolmaganidan afsus chekadigan odat chiqardi. U buni hayotidagi eng katta omadsizlik deb hisoblardi. Nazaricha, xato qilmaganda, u Oliy Savet prezidiumi raisasi bo'lardi.

Nusxagul bilan Sipsagulning aytishiga ko'ra Hukkining ayg'irnikiga o'xshagan hidi miyani afyun misol sehrlardi. Tilsimlangan mijoz, shu-shu, og'zining bo'shini birovga bermasdi. Devor bo'lmasa, ko'zlari devorning nari yog'idagi narsalarni ko'rardi. Ko'zga boqib odamning ichidagi niyatini uqardi. Sirtdan “Raischilik” institutining to'rtinchi bosqichida o'qiyotgan Nusxagul, eganlari ta'sirida avval brigada boshlig'i bo'lib ishladi. Keyin kalxo'z partko'mi lavozimiga ko'tarildi. Navbatda uni kalxo'z raisligi kutardi. Sipsagul ham bekordan-bekorga brigada boshlig'i bo'lmadi. Uni ham Hukkidan eganlari qo'lladi. Niyati, Nusxagulga o'xshab, Toshkent “Raischilik” institutida sirtdan bilimini oshirish edi. Shu kabi bo'lmag'ur gap-so'zlarni eshitaverib O'g'iloy Cho'vishning Hukkining oldiga borgilari kelib ketardi. Orzusi tezroq u bilan juftlashish edi.

 Quryozagul baribir Qo'zi Shishakning bir kamchiligini bartaraf etsa, ikinchisi chiqardi. Yaqinda kalxo'z boshlang'ich partiya qo'mitasi lavozimiga o'tirgan Nusxagul Tovuqboqarovnaning ijroqo'm raisasiga bergan iqroriga ko'ra, Qo'zi Shishak hech qachon Hukkining izini bosolmasdi. Aflotun go'ridan tirilib chiqsa ham buning iloji yo'q edi. “Uchlik ittifoqi”dagilar Quryozagul singari umid etishdan tiyilmasdilar. Quryozagulning o'jarligidan zada Qo'zi Shishak Hukki kabi bukri emasligidan aziyat tortardi. Iloji yo'qligini har o'tirib-turganda eslatadigan Quryozagul qovushganda Hukkining bo'yini tuyish uchun undan ayg'ir terisini topib kelishni talab etardi. Bu gapni qayta-qayta eshitishdan bezgan rais kalxo'zdagi yakka-yagona otni so'ydirib tinchimoqchi bo'ldi. To'shak o'rniga ot terisini to'shagan Quryozagul Hukkining bo'yini tuya olmagach, oxirgi chorani qo'lladi. U bo'lajak Turkmanboshining jahonga mashhur Oholtekin ayg'irining siydigiga qorishgan tezagini G'aybulla polvondan topib keltirishni iltimos etdi. Pul uchun Chorsuning hojatxonasiga kalla tashlaydigan polvon odam bolasining qo'lidan kelmaydigan bu ishni ham qoyillatdi. Mashhur ayg'irning hidi haqiqatan boshqacha edi. Hidlatsa, o'lganiga ming yil kechgan baytalga jon inardi. Quryozagul ko'rpa-to'shaklariga tezak aralashtirib avra-astar qavidi. Afcus, uning barcha urinishlari oxirida yana bekor ketdi. Miyani achitadigan jihati Hukkinikiga cholim bersa-da, jinsiy jazavani bosolmasdi. Aksiga olib, hidni yoqtirgan Qo'zi Shishak qanjiqqa aylanib qoldi. U yalinib-yolvorib Arlonni chaqirib kelishlarini iltimos qila boshladi. “Bo'lmasa, Shoxdor Takaevga ketaman”, deya Quryozagulga ig'vogarlik ham qildi. Hamiyati qo'zigan Quryozagul boshini changallab, ko'chaga otildi. Ne yoziq, hovlisini ham kuyikkan baytallar bosgandi…

Quryozagul uch yil o'tib Qoratumshuqning qadriga etdi. U o'lmaganda, baytalga aylangan kalxo'zchilarni hovliga yo'latmasdi. Aytganimizdek, u kovushga bir tumshug'ini bosgancha qaytib o'rnidan turmadi. Bir hafta o'tib jon taslim etdi. Xiyonatlar jonidan o'tib ketgan edi. Tirikligida eshigida eb-ichib yurganlar, Hukki o'lgach, oraqasini vayronaga aylantirgandilar. Qoratumshuq o'limni tanlamaganda, uning subutsiz odamlardan farqi qolmasdi…

(Davomi bor)

islomxolboy.blogspot.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort