O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Fe'lim mening, a'molim mening…

Fe'lim mening, a'molim mening…
11 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 619 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

O'ninchi bob – 2

O'zidan yigirma yashar yosh Quryozagulga uning “Parimomo”jonlab sayrashlari teshik quloqqa erish tuyulardi. Savodsiz bir ayolning, domiga to'g'ri bo'lsa, ajdarhoni ham yutishga qodir ijroqo'm raisasiga bas kelishi – Oxunboboevning Stalinga etigini tozalatgandek bir gap edi.

– Bu taklifingda jon bor! – dedi u. – Ammo men tuman qo'mpartiyasi birinchi kotibi Darmon Madorovichga o'xshagan anoyilardan emasman. Chuv tushiraman deya ko'rma. Kavlagan chuquringga o'zingni ko'mib, zanjirli traktirda tekislatgach, ustingga paxta ektiraman. Qidirgan kimsa Chingizxonning go'rini topishi mumkin, sening ko'milgan joyingni topa olmaydi.

– Parimomojon, hiyla-nayrang ishlatib o'lipman ekanda. Darmon Madorovichga qilgan yomonligimni, mullo buvamning ruh poklari haqqi, shu topda eslay olmayapman.

– Mug'ombirlik qilaman deya ko'rma. Hammasini rais aytib bergandi. Zamirini ipidan ignasigacha yaxshi bilaman. O'sha paytdagi ikkinchi kotibni chuv tushirish amaliyotida bosh rolda o'ynagan kimsa Shoxdor Takaev bo'ladi. Qobonni rag'batlantirgan maxluq sen bo'lasan. Yoki noto'g'ri gapiryapmanmi? Qani, sasimay o'lgur, o'zing bir nima deginchi!

– Siz to'g'ri gapiryapsiz. Ijroqo'm raisasi buyurmaganda, haddim sig'ib jinoyatga qo'l urarmidim! – dedi Shoxdor Takaev qimtinib.

– Sasimay o'l, Shoxdor Taka! – dedi jahli chiqqan O'g'iloy Cho'vish burnining uchidan oqayotgan terni artib. – Qo'zi Shishak bilan chorasini topolmay o'tirganimizda, o'zing yo'lini o'rgatmaganmiding? Erkak bo'lmay har balo bo'lgur, mavridi keldi, gapirmasak bo'lmaydi. Endi to'g'risini gapir-da, sassiq.

– To'g'rida, siz qing'ir yo'lga boshlamaganingizda, men yo'ldan ozmasdim. Tegirmondek boshing bilan qanorqopdek keladigan qorningning ichida axlatdan boshqa narsa yo'q, sendan tuzuk fikr chiqmaydi, deya koyiganingiz koyigan edi. Endi aqlli bo'lib qoldimmi? Eskilik sarqiti deya mo'ylovimni majburlab, shiypon qoravuliga oldirdingiz. O'sha kun bosib, nomusimga tajovuz etdingiz. Hukki buvamlarning g'oyibona ko'maklari asqotib tirik qolmaganimda, Qo'zi Shishak kabi shishib o'lganimga olti yil bo'lardi. Mullo xudo buvamlarga shukur, bolalarimning peshonasida bir tishlam non bor ekan…

– Xotinchalish bo'lmay har balo bo'lgur, sassiq! – deya Parimomoning ham g'azabi qo'zidi. Uning och biqniga yoriq poshnasi bilan ayamay tepdi. – O'lgur, erkak degan noming bor, fohisha xotindek diydiyo qilishdan uyalmaysanmi? Undan ko'ra o'shanda Darmon Madorovichning choyiga nima qo'shib ichirganingni so'zlab ber, qolgani bilan ishing bo'lmasin.

Chittakdek bir ayoldan tepki egan Shoxdor Takaev qobondek bo'la turib qaltirardi.

– Xo'p bo'ladi, Parimomojon! – dedi u. – Endi takrorlanmaydi. O'g'iloy opamlar to'g'ri aytadilar, miyamning o'rniga qipiq to'ldirilgan. Bo'lmasa, erkak bo'la turib xotin kishining ustidan g'iybat qilamanmi…

– Darmon Madorovich bilan bo'lgan voqea xususida gapir dedim! – deya Parimomo uni tag'in turtkiladi. – Boshqa narsalar haqda gapirsang, qo'lingni tiqqan teshigingga o'zingni ham tiqaman. Atrofga sin sol, kalxo'zning butun a'zolari bitta ishoramga mahtal. Bos, desam, hakkaga tikka etadilar.

– Bo'ldi, bo'ldi, Parimomojon! – dedi Shoxdor Takaev Oqpartovni zag'izg'onlar bilan qarg'alar singari bosgan olomonga qarab. – O'shanda O'g'iloy opamlar bilan rais Darmon Madorovichni ilintira olmadilar. Chindan ham ularga ko'mak berdim. Hiyla mening yo'rig'im bilan tayyorlanmagandi, Parimomojon. Darmon Madorovich boshqa rahbarlar singari eb-ichishga mukkasidan ketmagani bois, uni ilintirish qiyin edi. Shuning uchun xotinim orqali Hukki buvamdan chorasini topib berishini so'radim. Xotinimning beliga, Hukki buvamga berasan, deya bitta qora qo'chqorning pulini bog'lagandim. Pulning yarmisini berib, yarimisini chegirgan Sipsagul tong sahar uyga bog'-bog' ochilib qaytdi. Mullo buvamlar qo'liga yong'oqdek tiryak tutqazib, “Boshida, tariqdek-tariqdek, keyin bug'doyning kichik donasidek, oxirida no'xatdek-no'xatdek qilib choyiga qo'shsin. Haydovchisi bilan o'zim gaplashaman, so'raganini bersa, ikkinchi kotib ot tepgan xo'tikdek bo'ladi”, deb, uni Muchchigarga mindirib yuborgandilar. Ertasi haydovchiga bir nima deyishga yuragim betlamadi. O'zi yonimga kelib, “Ming bog' beda, ikki yuzta saralangan bo'rikalla qovun, ikkita sovliq qo'y va bitta jondori sur qo'chqor”, degach, tilga kirdim. Chorasini topolmay, boshi qotib o'tirgan ijroqo'm raisasi bilan kalxo'z raisiga rejamni shipshitgandim, ular haydovchining shartlariga ko'nib, qo'limga ikkita qo'chqorning pulini tutqazdilar. “Bos, haloling bo'lsin” deya yuzlariga fotiha tortdilar. Innan keyin, har choy damlaganda, Darmon Madorovichning choyiga og'u qo'shaverdim. O'sha kunning o'zidayoq uning avt-angori yorishib, men bilan hazil-huzil eta boshladi. Ertasi kun tushlikni ilk marta shiyponda qildi. Terisiga sig'may, sho'x-shodon bo'lib ketsa, desangiz. Uchinchi kun shiyponda qo'chqor so'ydik. Kalxo'zchilarning ko'zlarini yashnatgan faollar bir maishat qildilar, bir maishat qildilar… Butun shiypon jannatga do'ndi. Aroq-konyak daryo bo'lib oqdi, desangiz. Darmon Madorovichning ochilganini ko'rgan faollarning ichganlari burnilaridan oqdi, qusib kelib, tag'in ichaverdilar. Darmon Madorovich o'sha kun O'g'iloy opamlarga ikkita parivash “zakazat” etgan ekanlar. Yarim kechgacha janonlar bilan quvlamachoq o'ynadilar. Ikkilar chamasi, qattiq charchagan ekanlar, tosh qotib uxlab qoldilar. Shunda O'g'iloy opamlar Qo'zi Shishak bilan ikki jononga Darmon Madorovichni qip yalang'och qilib yochintirishni buyurib, menga, “Qoziq qoq, qobon”, dedilar. Rad etib bo'ladimi? Elkamda ikkita boshim bormi? Parilarga shirnikib, ichimdan urniqib, o'lar holatdaman, desangiz. Doimgidek, kalxo'zning rasmchisi Kunbottiboy ish ustida men bilan Darmon Madorovichni aylanib suratga olib turdi. Shimimni kiyaman deyotganimda, O'g'iloy opamlar bilan rais buvaning orqa-bo'ylarini uqalayotgan parivashlar jon achchig'ida chinqirib, kapalagimizni uchirdi, desangiz. Ne ko'z bilan ko'raylik, Darmon Madorovichdan qon daryo bo'lib oqardi. Ijroqo'm raisasining buyrug'i bilan Qo'zi Shishak tuman tug'ruqxonasi bosh shifokorini uyiga borib, yotgan joyidan uyg'otib keldi. Bo'lmasa Darmon Madorovichdan ayrilardik, Parimomojon. Bosh shifokor kela-sola, “Kirava ticheniya, suro'chni aperasiya etmasak bemor o'ladi. “Tez yordam”ga ortinglar”, dedi. Darmon Madorovich jarrohlik amaliyotidan yaxshi chiqdilar. Bir oydan mo'lroq kazo-kazolarning xotinlari va kelinlari yotadigan ikki xonali “supir lukus” xonada yotib davolandilar. Raisga qo'shilib, men ham osh-ovqat ko'tarib, u kishini ko'rishga borib turdim. Darmon Madorovich uyalib-qimtinmasinlar deb, dumbalarini chimchilab tegajoqlik etaverdim. Shunday etmasam, O'g'iloy opamlardan ko'radiganimni ko'rardim. G'arib boshimga shunga o'xshash qanaqangi ishlar tushmagan, deysiz. Har tugul, chiqishlariga bir hafta qolganda arazlari arib, salom-alik qiladigan bo'lib qoldik. Iyganlarini ko'rib, o'zimning ham ichim yorishdi. Ammo lekin, Parimomojon, o'shanda bir qiziq ish bo'ldi, desangiz. O'g'iloy opamlar bilan Qo'zi Shishak ikkinchi kotibni ortib “Tez yordam”da ketib qolgach, Hukki buvamlar qo'llab, ikki jonon bitta o'zimga qoldi. Bo'ldi bir qiyomat, bo'ldi bir qiyomat… Birisi qo'yib, ikkinchisi sakraydi. Oyoqlarimni quloqlarimga etiraman deya ikki buklab, rosa azob berdilar. Koshki qorin qurg'ur kichik bo'lsa, bukaversa, o'lgur og'iz-buringa etarkan. E-he, so'ylayman desam, hangoma ko'p. Nuqtasidan verguligacha bayon etish uchun Qalandar baxshi “Go'ro'g'li”dan katta bir dostonga tartib berishi kerak. Dunyoda necha turli azob bo'lsa, ikki jonon hammasini menda sinadi, deng. Birovlar qiynab kayf-safo qilsa, o'zim u yoq-buyog'i yo'q huzur etaman, desangiz. O'zbek xalqi hojatbaror, tanti bir xalq-da. Birovlarning mushkulini oson etsa, “boshda do'ppim, g'oz yurarman, gerdayib” deganlariday, terisiga sig'maydi. Emay-ichmay, dushmaniga ediradi. Mantiqni, qarang. Do'st baribir do'st, hech qaerga ketmaydi. Dushmanni do'st qilish boshqa gap. Otangni o'ldirganga onangni ber, deya bekorga aytishmagan. Lenin qonxo'r podsholarimizni, ochko'z boylar va xudbin ziyolilarimizni o'ldirtirib, bizga baxt-saodat yo'lini ko'rsatdi. Yo'ldosh ota, Usmon otalar bizga bu yo'lda rahnoma bo'ldilar. Sharof ota respublikaning barcha rahbarlari qilmagan ishni yolg'iz boshiga bitta o'zi amalga oshirdi. Sal o'lmay turganlarida, Toshkentni SSSRning poytaxti qilardilar. Xalq faravonligi yo'lida kuyib-pishadigan rahbarlarimiz, bir-birlaridan bekitib Moskvaga sovg'a-salom tashib yurimasdilar. Nima bersalar, shu erda beraverardilar. Xalqning yoz-qish, issiq-sovuq demay bola-chaqasi bilan etishtirgan paxta-pillasi bormi, oltin-kumush, neft-gazi bormi qo'shib yozmasdan ham ulug' rus xalqi bizdan Toshkentda turib ham qabul qilib olaverardi. Afsus, Sharof ota ajalidan besh kun burun o'ldi. Azaldan qonimizda mardlik va bag'rikenglik kabi fazilatlar ildiz otib ketgan. Bo'lmasa, zararimizga etti yot begonalarga shodmonliklar ulasharmidik? Ustimizda tuzik kiyimimiz yo'q, dunyoni kiyintirarmidik, uyimizda issig'imiz, icharga chuchuk suvimiz yo'q, bola-chaqani sovuqda, diydiratib, boyliklarimizni birovlarga tekinga berarmidik. Xalqimiz orasidan bekorga Muqannalar, Mahmud Yalavochlar, Oxunboboevlar va Usmon Xo'jaevlar etishib chiqmagan. Mayli, bu gaplarni qo'yaylik, o'zimizning gaplardan gaplashaylik. Tuman markaziga borsam, o'sha qizlarning qorasini ko'rdim deguncha oyoqlarimni qo'ltiqlab, juftakni rostlayman. O'shanda yuragimni yomon oldirgan ekanman, desangiz. O'lgurlarning ko'zlari menga tushdi deguncha orqamdan quvlashga tushadilar. Hoy anoyilar, ko'r ham hassasini bir marta oldiradi. Nima, ularga tutqich beradigan “lo'x” ekanmanmi? Xi-xi-i, xi-xi-i…

– Bas! – dedi Parimomo bachkanalashayotgan Shoxdor Takaevga. – Aytganlaring rostmi o'zi?

– Yolg'on bo'lsa, til tortmay o'lay agar. O'g'iloy opamlar aytsinlar, zig'ircha yolg'oni yo'q. Hukki xuddo buvamlarning ruh-poklarini o'rtaga qo'yib qasam ich, desangiz, qasam ichaman. O'zlari ko'rib turipdilar.

– Uyingdan Hukkinikigacha etti-sakkiz chaqirim bo'lsa, xotining yarim kechadan o'tganda u yoqqa qo'rqmasdan qanday boradi?

– Borayotganida Jumavoy Qo'sha kuzatardi, ora-orada ishdan erta qaytsam, o'zim ham kuzatib qo'yardim. Menga ishonmasangiz, xotinimning o'zidan so'rang, Parimomojon. Men uni ba'zi erkaklarga o'xshab o'zining “xo'ti”ga tashlaydigan huvayri-dalla emasman. Boqibeg'am ko'ringanim bilan xotinimni o'lib-tirilib rashk etaman ammo. Xotin boshidan, bola yoshidan, deganlaridek, qaerda yursam ham bosgan qadamini hisob-kitob qilib turaman. To'g'ri, rais buvamga o'xshab uni etti devor orasida tutmasam ham, o'z ixtiyoriga ham tashlamayman. Insofni o'ziga bersin. U mullo buvamdan olib, menga o'qib bergan Bakachcho'ko'r Jovanilloning “Dekammer-ron” kitobini o'qimagansizda. O'qisangiz, xotinlarning makri qirq eshakka yuk bo'lishini bilardingiz. O'sha kitobdan to'rttasi Hukki xuddo buvamlarning “jalabxona”sida chang bosib yotibdi. O'sha uyga bekorga kirmayapsiz…

– Xotining qaytganda uni kim olib kelardi? – deya Parimomo uning so'zini bo'ldi. – Mavzudan tashqariga chiqma, so'rasam javob ber deyapman, sassiq qobon!

– Ishlar bitgach, Hukki xudo buvamning o'zlari uni Muchchigarga mindirib yuborardilar. Muchchigar etib kelgach, peshonasini darvozaga tirkab hangrardi. Shunda o'zim chiqib, parizodni eshakdan olib uyga ko'tarib kirardim.

– Muchchigarni mullonikiga kim haydab qaytardi?

– Muchchigarni qaytayotganda Armanistondan qo'yvorsangiz, Hazar dengizidan kechib o'tib ham uyini topib boraverardi. Siz yomon ko'radigan yotoqxona eshigiga peshonasini tirkab, navbatdagi xotinning chiqishini kutardi. U tarqataverib, kimning uyi qaerdaligini bilib qolgandi. Jonivorni qashqirlarga nohaq em qildilaringiz, essiz, unaqasi endi tug'ulmaydi. Uvol ketdi. Siz kelin bo'lib tushgach, buvamlar ancha tiyilib qoldilar. Bo'lmasa, Muchchigarning xizmatlarining sanab adog'iga etolmasdingiz. U mullo buvamni bir marta o'ldirgan ekan, yuz marta o'ldirsa ham haqqi ketardi… Ix-x, yomon tepdingiz. Bo'ldi, o'ldirib qo'yasiz. Qaytarib oldim, tavba qildim. Faqat so'raganlaringizga javob beraman, ix-x, o'ldirasiz…

Hukki xususidagi gaplar yoqmadimi yoki o'ziga tegadigan biror gap o'tdimi, Parimomo Shoxdor Takaevni timdalab tashladi. U kunning tig'ida quruqshab, o'lar holatga kelgandi. Tinimsiz shishayotgan Qo'zi Shishakning murdasi chidab bo'lmas darajada sasirdi. Murdaning og'ziga kirayotgan pashsha-chivinlar O'g'iloy Cho'vishning og'zidan gala-gala bo'lib uchib chiqardi. Uning ahvoli og'irlashib qolgan, ko'p ichgan odamdek lohas edi. U o'zidan o'zi gapirib yuborib, nima deganini o'lib yotgan Qo'zi Shishakdan so'rardi.

– Xotining pulning yarmini Hukkiga bermaganini qaerdan bilding, sassiq qobon? – dedi uni tepib, xumordan chiqqan Parimomo.

– Nusxagul har gal uning huzuriga suzmaxaltasini ko'tarib ketardi! – dedi chivin-pashshalarga tashlangan Shoxdor Takaev. – Qaytganida suzmaxaltasi pista-bodom, har turli kanfetlar, mayiz va yong'oqmag'izlarga to'la bo'lardi. Mullo buvamlar bolalarga deya berib yuborardilar. Charchab kelgan xotinim o'zini to'shakka tappa tashlab, dong qotib uxlardi. Men suzmaxaltaning bog'ichini echib, nasibamni qoziqqa ilingan kastumimning cho'ntagiga solardim. Ertasi kun dala aylanganimda, kun bo'yi ermak qilardim. O'sha tunda suzmaxaltani kovlasam, pul chiqdi. Xotinim ko'zimga bir yaxshi ko'rindi, bir yaxshi ko'rindi, qo'yaverasiz. Bizlar topganimizni O'g'iloy opamlarga o'xshaganlarning og'zidan tiqib, orqasidan oqizamiz, desangiz. Bechora xotinim tirnoqdek narsa topsa, bolalarimga deya Hirotdan ko'tarib keladi. Bo'ldi, gapirmayman, hozir yig'lab yuboraman…

– Sassiq qobon, o'nta bolang bor, shundaymi?

– Adashdingiz, Parimomojon, o'n beshta. Mening emas, mulo xudo buvamlarning bolalari. Iloyo, ularga ko'z tegmasin, umrginalari uzoq, boshginalari toshdan bo'lsin. Jo'jiqqinalarimni Hukki buvamlarning ruh-arvohginalari qo'llasin, omin!

– Hukki o'sha bolalarni deya pulni xotiningga o'zi bergandir. Xotining pulni chegirmagandir, oti bilan aytganda, o'g'irlamagandir, hoynahoy?

– Balki shunaqadir, buvamlar juda ham bolajon edilar. O'zingizni ham bolaligingizda qaerda ko'rmasinlar, eshakdan irg'ib tushib, bag'irlariga bosib, yuz-ko'zlaringizdan o'pardilar. Kalxo'zimiz bolalarini o'zlarining bolalaridek ko'rardilar. Olchoq dunyoga endi bundaqangi jo'mard, qaddi-qomati bukri bo'lsayam, o'zi va so'zi ilonning og'zidan chiqqan pachoq tuxumdek to'g'ri odam kelmaydi. Essiz, shunday odam tirnoqqa zor bo'lib o'tdi. Eh, nomard dunyo, nomard dunyo. Hukm qo'limda bo'lsa, barchasining g'ijir-mijirini chiqarsam, shunda ham yuragim sovumaydi…

– Qisqa qil! – dedi Parimomo. – Muchchigar eshikka peshonasini tirkab hangraganda, chiqib xotiningni olib kirib ketmasang, kutib o'tiraverarmidi?

– Qayda… Nimalar deyapsiz, Parimomojon! U sanab uch marta hangrardi. Ulgurmasangiz, harom o'lgur qaytib ketardi. Keyin nima bo'lardi, bilasizmi? Hukki, go'rida tik o'tirgur, chaqirtirib, xotiningizning ko'zi oldida o'zingizni yasardi. Shunday bo'lgandan keyin Muchchigar hangraganda miltiqning o'qidek otilib chiqmay ko'ringchi! Bu yog'ini aytishga til bormaydi. Atrofimizni qarg'alar singari o'rab turgan kalxo'zning aksar erkaklari, aytmoqlikdan istihola qilayotganim, o'sha jazoning jabrdiydalari. Ishonmayotgan bo'lsangiz, anavi kurk tovuqdek hurpayib o'tirgan xotinlaridan so'rang. Bular, Hukkining yo'rig'iga yurib, bizlarning boshimizga qanaqa kunlarni solmadilar. Baytal o'lgurlarni o'sha ayg'ir yoniga tortsa, qolgan umrimizni boshqa kalxo'zlarning erkaklariga o'xshab istirohatda o'tkazardik!

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube