O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Omad kulib boqqanda…

Omad kulib boqqanda…
15 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 925 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

O'n ikkinchi bob

Motam marosimi Parimomo ko'zlagandek o'tdi. Qad ko'targan muhtasham dahmani butun kalxo'z ahli, uning Hukkidan olgan g'aybona quvvatidan, deb o'yladi. Hamma o'z oralaridan yana bir nazarkarda odam chiqqanidan faxr tuyardi. Dafn marosimining muvaffaqiyatli nihoyalanishi Parimomoning kalxo'z hududlarida barcha ishlarni qo'lga olganidan darak berardi. Avvalida uncha ham ta'siri sezilmagan raisning o'limi yangi davrning debochasi bo'ldi. Jamiyat hayotidagi bu o'zgarish – mustaqillikniki singari oyog'i osmondan edi. Qog'ozdagilar odamlar uchun ahamiyatsiz edi. Rasmiy bilan norasmiy narsalarni farqlashga ularda hafsala yo'q edi. Yuqori tabaqalarda qonunlar bilan jinoyatchilarning tili bir edi. Parimomo maqomiga erishgan Quryozagul karomatgo'y deb nom qozongach, oyog'iga amrikoni mahsi-kavush kiyib, boshiga oq g'ijim ro'mol o'radi. Yozning qoq chillada elkasiga zardo'zi to'n tashladi. Uning birinchi qadami boshlang'ich partiya qo'mitasi kotibasi Nusxagul Tovuqboqarovnani kalxo'z raisaligiga tayinlashdan boshlandi. Ikkinchi ishi qoloq brigadani amallab turgan Sipsagul Jo'ropovnani boshlang'ich partiya qo'mitasi lavozimiga ko'tardi. Uning amloklarini Shoxdor Takaevga qo'shib berdi. U o'ziga o'zi so'z berganiga qaramasdan, Qiyo jinnining gunohlaridan ham o'tdi. Tag'in ayb qiladigan bo'lsa, uning dahma qurilishidagi ko'rsatgan jonbozligidan ko'z yumib, qarg'ab, qoratoshga aylantirishini ham yashirmadi. Rasmiy jihatlar jarrohlik amaliyotidan keyin bir ahvolda yotgan O'g'iloy Cho'vishning qo'li bilan parda ortida bajarildi.

Parimomo boshqaruv tizginlarini o'z izmiga olgach, g'alati hodisa ro'y berdi. Bir muddat so'ngan shahvoniy nafsi butun vujudini qabargan milkdek qichishtirdi. Shunda u Qiyo jinnini Asadbek orqali chaqirtirib oldi. Hukkining qabulxonasida uni tizza cho'ktirib, burti[1] endi sabza urgan, kalondimog'li bir o'spirin topib kelishni buyurdi. Uning muddaosini so'zsiz anglagan Qiyo jinni paysalga solmadi. Kelajakda qilinajak ishlarni ko'z oldiga keltirib, buyurtmani sidqidildan bajarishga kirishdi. U Parimomoning ishonchini qozonish Amriqoning Iroqdagi g'alabasidan kam emasligini  yaxshi tushunardi.

U Zo'mlar kalxo'zi o'spirinlari orasida Parimomoga loyig'i topilmaydi, deb o'ylardi. Shuning uchun atrofdagi kalxo'zlarni aylandi. Bir haftada sakkiz yuz to'qson uchta o'spirinning bo'y-bastini qarichlab, izlaganini topolmadi. Oxiri ikki barmog'ini burniga tiqib, uyiga quruq qaytdi.

– Qidirayotganingiz o'sha zormanda nahot o'zimizning kalxo'zda topilmaydi! – dedi erini bir ahvolda ko'rgan xotin. Kalxo'zlardan topilmasa, mikrarayondagi “opa”lardan surishtirish kerak.

– Bor bo'lsa, Maramoy bilan Grish mahallakom bilardi! – dedi u. – Sen ham dardimni qo'zg'ab, yaramga tuz sepasan, qo'y bu gaplarni. Sillam qurib, ichim tatalab ketyapti, ovqating pishgan bo'lsa, solib ke. Eyman, yotaman, o'lgudek charchadim. Ertaga tong saharda qo'shni viloyatga yo'lga chiqaman. O'sha yoqlardan topilib qolar.

– Shoshmang, dadasi! – dedi g'ayrat otiga mingan xotin. – Qo'shnimizning siriqdek-siriqdek to'qqizta o'g'li bor. Ovqat pishguncha, o'shalarnikiga kirib chiqmaysizmi? Omad borbarakallachilikda qolgan. Topilib qolsa, baxtingiz, topilmasa, yo'qotadigan narsangiz yo'q-ku.

– Qo'shnimizning o'g'illari deb Karim karvakning bolalarini aytyapsanmi?

– Ha-da, boshqa qo'shnimizda to'qqizta o'g'li yo'q-ku!

– Karvakning o'zi bir happagadi bo'lsa, aqldan ozmaganmisan?

– Nega ozar ekanman, yo'rig'imga yurib, aytganimni bajaring, keyin xursand bo'lasiz. So'zim lof chiqqanini qachon ko'rgansiz?

 – Qaysi o'g'lini aytyapsan o'zi?

– Kal bir o'g'li bor-ku, qop-qora, yuzlariga loviyadek-loviyadek husnbuzar toshib yuradi. Payxas[2] bo'lgan bo'lsangiz, husunbuzarlarini siqaverib, halitdan yuzini cho'tir qilgan bola paqir!

– Karvakning to'qqizta o'g'li ham qop-qora, to'qqiztasiga ham husnbuzar toshib yuradi. Husnbuzarini siqaverganidan to'qqizi ham cho'tir. Qurt egan teridek barining yuzi burishib ketgan. Qizlarini sariqparang demaganda, ularning ham o'g'illaridan farqi yo'q, barchasining yuzini donacha bosgan. Maktabga chiqmagan qizlar, yuzlarini siqaverib, Fir'avnning qurt-qumursqa ilma-teshik qilgan murdasiga o'xshab qolganlar. Aniq gapir, jon xotin, shunday ham bir hafta yo'qotdim. Har bittasiga tikilaverib, ko'zlarim achishib, miyalarim suyilib ketdi!

– Karim karvakning jami o'n uchta bolasi bor, to'rtta qiz, to'qqizta o'g'il. To'ng'ichi Baxilkarim, men nazarda tutayotgan yigit ana o'sha…

– Baxilkarim necha yoshda?

– O'n bir yoshda. Yoshini boshingizga urasizmi? Qidirganingizni topsangiz bo'ldida!

– Hech narsaga aqlim etmay qoldi, o'lay agar. O'n uchta bolasi bo'lsa, to'ng'ichi Baxilkarim o'n bir yoshda bo'lsa, egizaklari bo'lmasa, bola ergashtirib kelmagan bo'lsa, Nozli cho'nti jonivor har olti oyda qo'zilaganda ham o'n uchta bolaning hisobi chiqmaydi-ku!

– U yog'i bilan necha pullik ishingiz bor, dadajonisi. Bog'ini so'raganingizcha, uzumini esangiz bo'lmaydimi?

– To'g'ri-da! O'g'illari bir qarich bola bo'lsayam, barchasining sochi yo'qligini o'ylayverib, necha yillar tunlari uxlay olmasdan chiqqandim. Bu gapingni eshitgach, jinni bo'lmasam go'rga edi!

– Karvakning nafaqat o'g'illari tepakal, qizlarining ham boshlarida sochlari yo'q. Orqa sochlarini mayda o'rib, elkalariga tashlab, oldini ro'mol bilan boylaganlari uchun ularning kalligini hech kim sezmaydi!

– Nimaga hammasi birday tepakal? Qarg'ishga yo'liqmaganlarmi, ishqilib?

– Juda bilgingiz kelyaptimi?

– Bilgim kelyaptida, enag'ar. Mahtal etmasdan aytaqolsangchi!

– Sezishimcha, Karim karvak Shoxdor Takaevga o'xshagan bir odam. Eyishga noni, yotishga to'shagi bo'lmagach, onalarining qornida qatron to'kib, ustidan dazmol bosavergan. Soch jonivor ildizigacha to'kilib, tag-tugi bilan chirib ketgan!

Yuragi tez urgan Qiyo jinni xotinining kalishini oyoqlarining uchiga poyma-poy ildi. Tomorqaning o'rtasidan yo'rg'alab qo'shnisinikiga yo'l oldi. O'n daqiqa o'tmasdan u oyoqyalang qaytib kirdi. Xotinining belidan mahkam quchib, supani bir aylanib chiqqach, uning yuz-ko'zlaridan qayta-qayta o'pdi.

– Seni tuqqan onangga rahmat, xotin! – dedi so'ngra o'zida yo'q quvonib. – Seni buncha sinchkovsan deb o'ylamagandim. Ustimdan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Shoxdor Takaev deysan, Qo'zi Shishak deysan, Baxilkarim Hukkiga kisht beradi. Bersa, qo'sh qo'llab beradi, deganlaridek, ketma-ket omad boqyapti!

– Yo'rig'imga yurib, qachon kam bo'lgansiz, dadajonisi? – dedi erining maqtovlaridan iyigan xotin. – Oyoq ostidan oqqan suvning qadri yo'q deb shuni aytadilarda!

– Nega qadri yo'q ekan! – dedi xotinini belini bo'shatgan Qiyo jinni. – O'n bir yashar bir isqirtning bu qadar qobiliyati borligini qanday bilganingga aqlim etmayapti, xolos!

– Dadasi, sizdan yashiradigan sirim yo'qligini yaxshi bilasiz! – dedi xotin jonivor. – To'g'risi, buni Shoxdor Takaevdan bilganman!

– U qaerdan bilipti?

– Xotini Sipsagul Jo'ropovnadanda!

– Shoxdor Takaevning aytganlariga laqqa tushib, yolg'onlariga ishondingmi?

– Anoyilardan emasman-ku, dadasi! Ko'zlarim bilan ko'rib, qo'lim bilan ushlamasam, sizga ala-mulaga[3] gap etkazmasligimni bilasiz-ku. Shu ishlarda puxtalik qilolmasam, Toshkentdagi “Raischilik” istitutida qanday o'qiyman hali!

– Institutda mullojiringlar o'qiydi, Qiyo jinnining pullari o'qiydi. Enag'ar, past kelsam, o'zingni aqlli ko'rsataverma. Aytganlaring yolg'on chiqqanida, o'ttiz ikki tishingni qoqib olardim!

– Qoqadigan zamonlaringiz o'tib ketdi. Hazul-huzul o'rnida yaxshi. E'tiboringizga, institutda mullojiringlar o'qigani bilan o'zim uchun o'qib o'rganmasam, erta bir kun Nusxagul Tovuqboqarovnaning o'rnini qanday egallayman? O'g'iloy Cho'vishning o'rniga ko'tarsalar, qo'mita yumushlarini qanday uddalayman? Barchasiga malaka va chuqur bilim kerak bo'ladi, er og'a!

– Bu ishlar uchun bilim ham, malaka ham kerak emas. Hiyla-nayrangni qoyillatsang, riyodan fitna qo'zg'otsang, oshig'ing olchi bo'laveradi. Boshliqlarning qay biri jonini jabborga berib o'qigan. Hammasining ham mullojiringlari o'qib, diplo'm olgan, xotin. Sen Qiyo jinnini jinni deb o'ylayapsanmi?

– O'sha jinni deyilgan joyini ro'zg'orga nafi tegmaganda, ko'richakdek kesib, tovuqlarga tashlardim. Ammo Nusxagul opamlarga o'xshab hiyla-nayrang, fitna qo'zg'otishni yoqtirmayman. Men “ches”ni ishlashni, haqiqat uchun kurashishni yaxshi ko'raman. Quryozagulni ko'ring, yillar bo'yi tishini-tishiga qo'yib, halollik bilan zimdan jang olib borgani uchun Parimomo degan buyuk nomga sazovor bo'ldi. Tumanning birinchi kotibi va ijroqo'm raisasiga o'xshaganlar uning soyasiga salom beryaptilar. Qaytib menga qing'ir-qiyshiqlar xususida og'iz ocha ko'rmang, qattiq xafa bo'laman ammo. Fe'li nozikligimni bilasiz-a?!

– Kechirasan! – dedi xotinining yangi qirralari ochilayotganini ko'rgan Qiyo jinni. Uning xayoli Baxilkarimda edi. – Shu Baxilkarimning karvakdan bo'lganiga hecham ishonmayapmanda!

– Bilgingiz kelyaptimi?

– Bilgim kelyaptida, xotin!

– Nozli cho'ntining aytishiga qaraganda, tug'gisi kelganda, onangizga o'xshab, Hukkiga dam urdirib, eridan qirq kun o'rnini boshqalarkan. Uning, “Qiyo jinni, Iso Masih bo'lsa, menikilar ham Iso Masih bo'lishi kerak. Onasi bibi Maryam bo'lsa, mening ham Bibi Maryamdan kam joyim yo'q. U podshodek yashaydi. Men va bolalarim bir burda nonga zormiz”, degan gaplari menga qattiq botadi. Shuning uchun unga har safar, “Eringiz Qiyo jinniga o'xshab boshini ishlatsin, yugursin-elsin”, deyman. Olma pish, og'zimga tush, deb yotgan bilan birov bir so'm pul berarmidi…

Sir tagiga etgan Qiyo jinnining ko'zlari oldi qorayib, miyasida shovqin turdi. Xotinining qolgan so'zlari quloqlariga kirmadi. Baxilkarimning bo'y-basti ko'zlari oldiga kelib, Hukkini ko'rgandek yuragi sanchdi. Uning qoraligi va cho'ntiligi onasiga tortgandi. Ushoq demaganda, u quyib qo'ygandek Hukkining o'zi edi. Onasi bo'ydor bo'lgani bilan Qiyo jinniniki Hukkinikiga teskari edi. U peshayvon devoridagi ko'zgu oldiga bordi. Ko'zgudagi aksi Nozli cho'ntining sap-sariq qizlari bilan ikki tomchi suvdek o'xshash edi. Yuzini siypagandi, barmoqlari husnbuzarlardan qolgan izlarga tegdi. U tepakal emasdi. Shundan afsuslandi…

Parimomo Baxilkarimni o'g'illikka olishini bildirganda, bitta nonxo'rdan qutulayotgan Karim karvak suyunib ko'zlariga yosh oldi. Parimomoning sinovidan muvafaqqiyatli o'tgan Baxilkarim og'zidan ko'p narsani gulladi. U ikki yildan buyon Qiyo jinnining xotini bilan tajriba o'tkazayotgandi. Buni eshitib xursand bo'lgan Parimomo unga xurjunning ikki ko'zini to'ldirib qovun jo'natdi. Tortgan mashaqqatlari zoe ketmaganiga suyungan Qiyo jinnining xotini Parimomoga yarim chelak qatiq bilan oshqovoq berib yubordi.

O'n bir yoshiga to'lmagan Baxilkarimning bo'yi yoshiga nisbatan pastroq bo'lsa ham, suyaklari yo'g'on, qarashlari besaranjom edi. Xotirjamligi uni shahvoniy o'yinlar mazasini ola boshlagan yigirma yashar yigitlardek ko'zga olov ko'rsatardi. Onasi singari cho'nti bo'lgani bilan o'mrovi Hukkiniki misoli baquvvat, elkalari keng, boshi quchoqqa zo'rg'a sig'ar, bularning barchasi unga salobat baxsh etardi. Uning yomg'irdan keyingi qo'ziqorindek lop etib chiqishi Parimomo uchun ayni muddao bo'ldi. Omad kulib, Baxilkarimning butun oilasi Hukkining amloklariga ko'chib o'tdi.

(Davomi bor)

[1] Burt – mo'ylov.

[2] Payxas – termulib, sinchiklab.

[3] Ala-mulaga – ancha-bunchaga demoqchi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube