O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Zamona zo'rniki, tomosha ko'rniki

Zamona zo'rniki, tomosha ko'rniki
16 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 1368 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

O'n uchinchi bob

Bir vaqtlardagi singari Parimomoning xizmatida cho'rilar va mardikorlar qo'l qovushtirib turardilar. To'lib-toshib, gurros-gurros bo'lib kelayotgan ixlosmandlarga o'tirib-turish uchun o'rin etishmasligi sabab, yangi imoratlar qurila boshlagandi. Zamona zo'rniki, tomosha ko'rniki, deganlaridek, yurtning “mustaqil” deb e'lon qilinishi Parimomo va Qiyo jinniga o'xshaganlarni sho'rolardan jabr-zulm tortgan jabrdiylarga, O'g'iloy Cho'vish va Darmon Madorovichni Gidlyan va Ivano'pning tegirmoniga tushib butun chiqqan millatning mazlumlariga aylantirdi. Hukki yorug'likka nazari tushmagan xalqning – milliy qahramoni bo'ldi. Prezident “O'limidan so'ng” deya unga “O'zbekiston qahramoni” va “Cho'tirali + Gugusha” nishonini berdi. U unvonlarni qabul qilgan marhumning bevasi Parimomoni quchoqlab bag'riga bosdi. Ko'ksiga “Mehnat shuhrati” va “Sohibi me'mor” nishonini taqib, labidan to'yguncha o'pdi. Dahma yonidan Hukkiga haykal o'rnatmoqchiligini aytib, majmuaga g'isht qo'ydi. Bu voqealar dunyo matbuotida yoritildi. Davlat rahbarining Parimomoni quchoqlab o'payotgan suratlar yangi asr voqeasi sifatida shov-shuv bo'ldi. Uning Hukki haqidagi tesha tegmagan fikrlari “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch” nomi bilan qayta-qayta kitob holida chop etila boshladi. G'arb korchalonlari xayolini o'g'irlagan voqe-hodisalar musulmon saxovatpeshalarini oyoqqa turg'azdi. Ular bir-birlaridan oldin savobga erishish ishtiyoqida Hukkining “Saxovat” deb nomlangan yangi ochilgan fondiga had-hisobsiz mablag'larni Choriboyning qo'ylarini qo'raga qamagandek qamadilar. Ishbilarmon yurtboshi yig'ilgan mablag'larning teng yarmini Isroil bilan Eronning josuslik xizmati hisob raqamiga o'tqazdi. Qolgan yarmini IShIDchilar bilan to'ng'ich qizi Bo'tagulning chet ellardagi hisob raqamlariga haydadi. O'zbekning yalangto'sh hasharchilari qolgan-qutganlardan O'ng qo'l vazir boshchiligida Hukkining dahmasi ustida mahobatli majmua ko'tardilar. Koshona dovrug'i etti iqlimga ovoza bo'ldi. Majmuani ochgan prezident hansirab eng baland bino tomiga chiqqach, ko'ziga durbin tutib, sharqqa boqdi. Sakson chaqirimdan Minorai Kalonni ko'rganda, o'girilib uch yuz to'qson to'qqiz chaqirim olislikdagi Islomxo'ja minorasiga nazar soldi. Janubga yuz o'girib, Ashqabodni qidirdi. Topgach, olti yuz oltmish chaqirim masofadagi Turkmanboshining oltin suvi yugurtirilgan  to'rt yuz qirq to'rt gazlik, uch yuz oltmish qarichlik quyoshga chang solayotgan haykaliga suqlandi. Umrbodlik prezidentni ko'rib, o'zini tubanliklarda qolgan his etdi…

Qissadan hissa, barchasi qaram o'lkalarning Hurlik elchilariga eshiklarini ochishni istamayotgan kunlarning nari-berisida sodir bo'ldi. Undan bir muddat oldin Qosim devonani o'ldirib ketgandilar. Shu tufayli o'z yurtida o'zini musofir his eta boshlagan Darmon Madorovichda qasos olish istagi kuchaygandi. Ammo u kimdan qasos olishni bilmasdi. Shunda Gidlyanning “adolat desantchilar”i uning istagini armonga aylantirdi. Unga “qo'shib yozish”, “xizmat va'zifasini suiste'mol qilish”, “Uchlik ittifoqi”ga zimdan homiylik qilish”, “kalxo'z raisi Qo'zi Shishakning fojeali o'limini qonundan yashirish” ayblarini qo'yib, qamab yubordilar. O'g'iloy Cho'vish Gidlyanga chap berish uchun tabiiy yo'l bilan homila ortira olmagach, su'niy urug'lanish ishqiga tushdi. Oxir oqibat, jarrohning “qo'zishishakcha”ga qo'shib uning bachadonini ham kesib tashlagani ayon bo'ldi. Shunda u yalinib-yolvorib Parimomoning oyoqlariga yiqildi. Uning qorniga sochiqni to'rt buklab boylagan Parimomo kanda qilmasdan o'z oldiga kelib turishini aytdi. Alqissa, har o'n besh kunda uning qorni ulkanlashaverdi… So'nggi marta kelganda uning qorniga Parimomo Hukkidan qolgan lo'labolishni ikki buklab bog'ladi.

– Qo'limdan kelganini qildim. Endi Hukkining ruh-arvohi qo'llasin, ona qizim! – dedi u duoga qo'l ochib, o'zidan bir necha yosh katta ayolga. Cho'ntagiga kirayotgan mo'may pullar uning tilini ipakdek eshib, fe'lini mayin qilib qo'ygandi. – Qo'rqma, sen qamalmaysan. Menga barchasini Hukkining jin-ajinalari miridan sirigacha etkazib turipdilar…

Ertasi O'g'iloy Cho'vishga “qo'shib yozishdagi ko'rsatgan jasorati”, “davlat mulkini o'marishdagi jonbozligi, “yashirin tashkilot tuzishdagi chapdastligi”, “Qo'zi Shishakka uyushtirilgan suiqasdga boshchilik etishi” va “xizmat vazifasini suiste'mol qilishi” ayblari e'lon etilib, yigirma besh yil jazo muddati tayinlandi. Ammo dunyodagi eng adolatli va insonparvar sho'rolar sudi uning qornida bolasi borligini hisobga olib, ijro muddatini noma'lum muddatga kechiktirdi. O'g'iloy Cho'vish qornini qonordek qappaytirib, “bola”sini qariyb ikki yil yuragi ostida ko'tarib yurdi. Omadni qarangki, xalq orasida u haqida mish-mishlar g'ovlab, Nusxagul Tovuqboqarovna tomonidan haqiqat Gidlyanning qulog'iga etay-etay deganda, desantchilarni Moskvaga chaqirib oldilar. Sobiq ijroqo'm bu gal ham suvdan quruq chiqdi. Odamlar barchasini Parimomo va uni qo'llab-qo'ltiqlayotgan Hukkining qudratiga yo'ydilar. Ko'rguliklar ostonada paydo bo'lgan Mustaqillik gardaniga yuklandi…

 “Uchlik ittifoqi”ning boshqa a'zolari taqdirida ham Gidlyan tufayli misli ko'rilmagan o'zgarishlar yuz berdi. U hali Moskvadan yo'lga chiqmasdan, Shoxdor Takev uni har tunda tushlarida ko'rardi. Uyg'onib ketib, o'ziga-o'zi, “Gidlyan bilan Sharof ota ikki tomchi suvdek bir-biriga o'xshar ekan, derdi. Vaqti-soati etib, uni xavfsizlik tashkilotining erto'lasiga tergovga olib tushdilar. Ko'zi Gidlyanga tushgan zahoti uni tanib, yuragi “tars” yorilib, u  til tortmay o'ldi. Uning fojeali taqdiriga o'shanda ko'p rahbarlar havas qilgan esalar-da, Oshkoralik tufayli omon qolgach, barchasini unutib yubordilar. O'shanda Shoxdor Takaev o'rniga xotini Sipsagul Jo'ropovnani sudrab keldilar. U moyimchasiga tillovorlar solib olgandi. Yordamchilarining ko'zini shamg'alat qilib, ularni Gidlyanning cho'ntagiga tiqdi. Zo'ring bo'lmasa, zaring bo'lsin, degan gap bekorga emas ekan. U ikki soat o'tgach, aybsizligi isbotlanib, erto'ladan boshini tik tutib chiqib ketdi. Desantchilar, viloyatga oyoq bosmasidan, marhum erining qotillari ustidan ariza tashlagan Nusxagul Tovuqboqarovna birinchi kundan Gidlyanning ishonchli josusiga aylandi. Ular hamkorlikda faoliyat olib bordilar. Hamkorlik shartnomasi bandlariga rahbarlarning ofatijon qizlari, chiroyli va yosh xotinlari, qarindosh-urug'lar nomiga rasmiylashtirilgan uy-joylar va mashinalar, ularning boyliklarini yashirin saqlayotgan yor-birodarlar nomlarini ochib berish kirardi. Aql bovar qilmas natijalarga erishgan Nusxagul Tovuqbovarovna Gidlyan Dashnoqiy qo'lidan bir necha bor tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg'alar oldi.

Mustaqillik Darmon Madorovich va O'g'iloy Cho'vishga o'xshaganlarni jabrdiydalar sifatida, avvalida osmonlarga ko'tardi. Keyin yomonotliq etib, xalq xotirasidan ularning nomlarini o'chirdi. Ular Gidlyan bilan tug'ilib, u bilan o'ldilar. Ne umidlarda prezidentni maqtaganlari befoyda ketdi. Gidlyan, Anishchev, Didarenko kabi hamtavoqlari changalidan ularni qutqarganiga ishontirmoqchi bo'lgan prezident o'zini o'nglagach, yana Gidlyan chizgan chiziq bo'ylab faoliyatini davom ettirdi. Mustaqillik qahramonlari nomlarini mamlakat tarixidan o'chirib, ularning o'rniga minglab qo'rqoq, tuhmatchi, ig'vogar, kazzob va “qo'shib yozuvchi”larni etishtirdi. Aksincha, Nusxagul Tovuqboqarovnaga o'xshab Gidlyanga sodiq qolib, o'z xalqini sotganlarni “sinovlardan muvafaqqiyatli o'tgan xodimlar” sifatida atrofiga yig'ib, millat boshida fitna qo'zg'otdi. Ismi-sharifini zo'rg'a yozadigan u kabi ayolni dastlab Senat a'zoligiga saylatdi. Keyin prezidentlikka nomzodini qo'yib, o'zbeklarni dunyo xalqlari ko'zi oldida sharmisor qildi. Oxirida saylovning muvafaqqiyatli nihoyalanishi munosabati bilan uni Senat raisi o'rinbosarligiga tavsiya etdi. U yuz foiz ovoz bilan qo'llab-quvvatlandi. So'ngra Nusxagul Tovuqboqarovna va'da qilingan bir milyon do'llarni orqalab, asal oyini ovloqda o'tkazish uchun Tursunoy Qoratoy bilan Parijga uchdi. Etib borgan kuni sovun ko'rmagan basharasini g'isht bo'lagi bilan ellik ming do'llarga ishqalatib, obdon tozalattirdi. Ellik ming do'llarga tukini terdirib, tishlarining toshlarini to'ktirdi. Baqbaqasi ostidagi o'n uch kiloyu to'rt yuz gram yog'ni shildirtirib, yuzlari bilan bo'yinlarini torttirishga ham ellik ming do'llar sarfladi. Har qo'ltig'idan o'n bir qop jun qirqqan fransuzlar o'tkir hid taratadigan junning har kilosi uchun besh ming do'llardan unga naqd pul to'ladilar. Qo'ltiqlari ostidan shilingan to'rt yuz qirq besh kilo ortiqcha yog' uchun ular to'lagan pullarini tag'in uning qo'llaridan tortib oldilar. Qo'ltiq osti yog'larining shartnomada ko'rsatilmagani Nusxagul Tovuqboqarovnaga qimmatga tushdi. Ishbilarmon fransuzlar, uning har biri Hukkining lo'labolishidek keladigan shalpaygan ko'kraklari ichidagi yog'larni shilib, o'rniga paralon koptok tiqtilar. So'ngra chokini echkining bo'riemasidan[1] yigirilgan ip bilan tikib, dazmol bosdilar. Dumbalari va sonlaridan olingan tonna-tonna axlat aralash yog' xususida gapirmasa ham bo'ladi. Ularni ko'kraklari va qo'ltiqlaridan shilingan oliy navli yog' va ortiqcha to'rt tonna terisiga aralashtirib, o'sha kun ikki vago'nga ortib, kemasozlik zavodiga jo'natdilar. Yo'g'on junlarni o'n uch kishi uch kun tinim bilmasdan terdi. Og'riqqa dosh berolmagan Nusxagul uch kunda o'ttiz uch marta hushidan ketdi. Tizzalari ostidagi junlarni ketmon bilan qirtishlab, poshnalarining qavargan joylarini belkurak bilan tekisladilar. Hisob-kitob bo'limidagilar Tursunoy Qoratoyning yolg'on xaltasi bilan jigarining soxtabadalafini almashtirganlarini ham qo'shib, Nusxagul Tovuqboqarovnaga ikki milyon to'rt yuz mingdan ortiq do'llarning boshiga suv quyganini aytdilar. U Senat raisi Sibir Irgizga qo'ng'iroq qildi. “Qolgan pulni uch kun ichida to'lamasam, menga qo'shib Tursunoy Qoratoyni ham bo'laklarga bo'lib, tana a'zolarimizni sotib, firmaning zararini qoplashni rejalashtiryaptilar”, dedi. “Ot bilan to'n ketsa ketsin, obro' ketmasin”, degan rais Senat a'zosi, tuman hokimi Shodi Oqsochni huzuriga chaqirib, Senat a'zolari va Oliy Majlis deputatlariga cho'ntagiga qarab soliq solishni buyurdi. Berdi-oldini qoyillatadigan Shodi Oqsoch zarur mablag'ni bir kechada yig'ib raisga tutqazdi. Nusxagul Tovuqboqarovna tushgacha qarzini to'lab, garovdagi Tursunoy Qoratoyni asrlikdan chiqarib oldi.

Bularning barchasi o'pkasini qo'ltiqlagan prezidentga boshqacharoq etkazildi. Siyosiy bo'lmagan shovqin-suronni “Mamlakat hayotiga taalluqli masala” deya ko'pirtirdilar. Prezident terraristlar garovda ushlab turgan O'zbekiston fuqarolari taqdiriga befarq emasligini bildirdi. U televidenie va radio kanallaridan mamlakat fuqarolarga har soatda murojaat etib, o'zi mablag' yig'ishga tushdi. Aslida uni chalg'itgan Qishloq xo'jaligi vaziri bilan Iqtisodiyot vaziri edi. Ular bilgan-bilmaganiga burin tiqadigan prezidentni avrab, bir-ikki kun erkin nafas olmoqchi edilar. Ikki orada ikki vazirdan mo'may pora undirgan ikkita xavfsizlik tashkilotining ikki generali boyidi. Matbuot va madaniyat ishlari bo'yicha prezidentga bosh maslahatchi Bexayir Mo'ltonning kuni tug'di. Manfaati qondirilgan maslahatchi prezident huzuriga elka qisib kirdi. Uning ko'zlariga pashshani fildek qilib ko'rsatdi. Choyiga qalbidagi riyo og'usidan yong'oqdek qoradori qo'shib ichirgach, prezident oromkursiga yonboshlab, xavfsizlik vazirlariga qo'ng'iroq qildi. Senat raisiga, “Kechgacha Nusxagul Tovuqboqarovna bilan Tursunoy Qoratoyni etkazib kelmasang, qamoqda chiritaman”, deya dag'dag'a qildi. U og'u ta'sirida har soatda xalqqa murojaat qilib, kunning qanday o'tganini sezmasdan qoldi. Bexayr Mo'lton Parijdan uchib kelgan Nusxagul Tovuqboqarovna bilan Tursunoy Qoratoyni avra qozonida yolg'on-yashriqqa dog'lab, prezidentning oldiga olib kirdi. Nusxagul Tovuqboqarovnaning oyog'idagi tuflining poshnasi Gugusha Cho'tirinnikidan bir yarim qarich baland edi. Qoshlari hilolday qiyilib, cho'chchaygan lablari gilosdek tovlanardi. Uning chumolinikiday ingichkalashgan bellarini ko'rib prezidentning ko'zlari o'ynadi.

– Seni ko'rgan ko'zlarimning sadag'aginalari ketay, omonmisan, Nusxagul Tovuqboqarovna, singiljon?! – dedi u qo'llarini kerib. – Na buncha ozib-to'zmasang? Ilgarilari quchog'imga sig'masding. G'alamis terraristlar osh-ovqat bermadilarmi? O'zingni ham rosa “gudu-gudu” qilishganga o'xshaydi, cho'pdek ozib ketipsan. Alhol, kech xabar topdik. Nima qilsalar barcha zamonlar va turli siyosatlarning maddohi Tursunoy Qoratoyni qilavermaydilarmi? Qo'lingda bir milyondan ortiq do'llaring bor edi. Ul-bul sotib olib eyavermaysanmi? Yoki ularni qaytarib olib keldingmi? Terraristlarning qarorgohlarida ham oshxonalar bo'lsa kerak?

– Pullarni terorristlar tortib oldilar, janob prezident! – deya poyma-poy berilgan savollarga nima deb javob qaytarishni bilmagan Nusxagul Tovuqboqarovna yig'lab yubordi.

Prezident chap tizzasida o'tirgan Nusxagul Tovuqboqarovnani qo'ltiqlab taxtiravoniga o'tqazdi. To'zg'igan sochlarini tekislab, quloqlari orqasidan o'tkazib qo'ydi.

– Qonga qon, jonga jon! – dedi u. – Bugun tunda yotoqxonamga janob Putin harbiy uchoqda oq-kulrang turnalarni ergashtirib uchib keladi. Barchasini oqizmay-tomizmay unga aytib beraman. Mayli, chaqma-chaqarlik bo'lsa bo'laversin, meni chaqimchi deganlarning so'zlariga parvo qiladigan holatda emasman. U qaytayotganida, Xitoy ko'mpartiyasi raisiga arzimni etkazsa, innan keyin terraristlar enasinikiga kiradi. Bo'ladi bir tomosha, bo'ladi bir tomosha, Bin Lodin janoblarini gij-gijlayotgan kichik Bush xudodan topib, keyin qis-s-i-ib yuradi. Rusiyaning ishlariga burnini tiqmaydigan bo'ladi!

U Bexayr Mo'lton tutgan oppoq dastro'molni siltab tortib oldi. Tursunoy Qoratoyning ko'zyoshlarini artib, ko'kragidan surib yumshoq kursiga o'tqazdi. So'ngra yaqinlashib, o'zini ko'zguga soldi. Surmasi chapchalashgan xonimlardek ko'zlarini katta-katta ochib, dastro'mol uchi bilan atroflarini artdi. Shunda xona eshiklari ochilib, bir qorin ko'rindi. Qorin ichkariga etti qadam kirgach, ortidan ikki qo'ltig'ida ikkita semiz papka qo'ltiqlagan ichki ishlar generali, uning orqasidan kirza etik kiygan milliy xavfsizlik vaziri kirdi. Uning qo'ltig'ida ham semiz bir papka bor edi. Generallar yonma-yon o'tirdilar. Shunda eshik qayta ochilib, Sibir Irgiz bilan Shodi Oqsoch ko'rindi. Prezident muvafaqqiyatli yakunlangan “J” operatsiyasi munosabati bilan samimiy tabriklarni qabul qilgach, taxtiravonda qo'r to'kib o'tirgan Nusxagul Tovuqboqarovnadan voqealar tafsilotini miridan-sirigacha aytib berishni so'radi. Nusxagul Tovuqboqarovna o'rnidan turib so'zlamoqchi bo'ldi. U borib elkasidan bosdi.

– Xafa bo'laman-a! – dedi qovoq uyib. – Taxtirovonni mening ketimdan boshqa ket iskamagan. To'g'ri, yo'qligimda farroshlar nima qiladi, bilmayman, ko'z ko'rmasa, hisobmas, halol. Iltifotimga shunchaki erishganing yo'q. Xorijda mushkul ahvolda qolib o'lgan o'zbeklar son minglagan, o'lolmay yurganlari hali qancha. O'shalardan bitta omon qaytgani sen bo'lasan. Tursunoy Qoratoyni ikkinchi odam sifatida nazarda tutayotgan bo'lsang, uning moldan tezagi boshqa. Shunday ekan, o'rningdan qimirlama-da, boshdan kechirganlaringni biz bilan bo'lash, engil tortasan, singiljon!

– Parijga qo'ngan kunimiz Tursunoy Qoratoy ikkalamizni mehmonxona oldidan musulmon bo'lginchilari o'g'irlab ketdilar! – dedi Nusxagul Tovuqboqarovna Bexayr Mo'lton qulog'iga quyganlarni valdirab. – Ko'zimni ochsam, Bin Lodin janoblari bilan mistir Jorj Bush narda o'ynab o'tiripti. Ko'zimning qiri bilan Tursunoy Qoratoyni qidirim. Nariroqda Qobul Karra, Qunduz Aza uchalasi Jirinovskiyning tovonini silayaptilar. Jirinovskiy barmoqlarini chalishtirib, qo'llari ensasining tagida, Turusunoy Qoratoyning qunduz telpagini tomosha qilib yotipti, prezident buva, deng.

– Prezident buva emas, prezident hoji bobo deng.

– Kechirasiz, prezident hoji bobo, shu desangiz! – deya Nusxagul kalovlandi.

– Shoshmasdan bemalol gapiravering, Nusxagul Tovuqboqarovna! – deya unga Bexayr Mo'lton suv tutdi.

– Shunda sizning siymongiz ko'zlarim oldiga kelib, ruhiyatim tetiklashdi. Ortimda prezidentim, chalajon xalqim, toptalgan yurtim turipdi. Meni shunchaki taralla bedod qilishga yo'llashmagan, ma'lumot to'plashim kerak, deb o'yladim. Ko'rpaning tagidan ilondek sirg'alib, oyoq uchida dahlizga chiqdim. Ro'paradagi xona tirqishidan mo'ralab, Sadam Husayn bilan Primakovni ko'rdim. Bir tarafda Turkmanboshi bilan Ahmadali Najot Do'stimning qizil oti bilan quloq-quyrug'i kesilmagan qo'ng'ir itini qimorga tikib, jiqqa-musht karta o'ynayaptilar ekan. Turkmanboshi yutsa, deng. Do'stim o'zining yutqazib qo'ygan oti bilan itini so'rab elanishlarini ko'rsangiz edi. Turkmanboshi rozi bo'lmadi. “Yurtboshini olib kelsanggina qaytarib beraman. Yo'qsa iting bilan otingni so'ydirib, Chorsu bozorida eshak go'shtiga aralashtirib, kosonliklarga sottiraman”, dedi. Do'stim ikki kun muhlat so'radi. U yo'lga chiqqan, ehtiyot bo'ling, prezident hoji bobo. Sizni o'g'irlab ketishmasin, tag'in!

– Barcha choralarni ko'rib qo'yganmiz! – dedi xavfsizlik generallari. – Chegara chiziqlariga tinch aholini sadarayhonlardek ekib chiqdik. Chumoli ham kesib o'ta olmaydi. O'tsa, ikkinchi qatorda turgan harbiylarimiz fuqarolarimizga qo'shib, josusni otib tashlaydilar!

– Barakalla, burgutlarim! – dedi taskin topgan prezident elkasidan tog' ag'darilib. – Nusxagul Tovuqboqarovna, davom et. Ammo lekin yulduzni benarvon uradigan chekistlarning ham qo'lidan kelmaydigan ishlarni amalga oshiripsan, qandingni ur!

– So'ngra yovvoyi mushukdek pusib, ikkinchi devor orqasiga pistirma qo'ydim! – dedi Nusxagul Tovuqboqarovna yolg'onni qiyib. – Etti quloch qalinlikdagi beton devor tirqishidan mo'ralab, uch-qiroqsiz bir boqqa ko'zim tushdi. Ming turli saksovul va yulg'unlar meva solib, gurkirab yotipti. Shoxlarida so'pito'rg'aylar bilan zag'izg'onlar bulbullarlarning ishqida oh-voh etadilar. Ranggo-rang shilqimsho'ra, tuyato'ponlar taglarida quvlamachoq o'ynayotgan kurkalar bilan tipratikanlarni aytmaysizmi. Bir payt qo'tir bir eshak, xachir tug'diraman, deya ellik sonli otlar uyurini quvlab, bog'ni kesib o'tgan daryo qirg'og'iga siqdi. Shunda birdan momoguldirak guldurab, bari yo'qoldiyu, o'rnida marmar hovuz paydo bo'ldi. Ne ko'z bilan ko'rayki, ikki generalingiz – Tohir Yo'ldosh va Juma Namongoniy bilan po'st tashlagan ilondek qip-yalang'och, shosupada palovdan keyingi egan qoradorilarining xumorini kuchaytirish ilinjida chilim tortib o'tiriptilar. Atroflarida qirqta qiz bir-birlariga olma otib, arg'imchoq uchib yuriptilar. Nariroqda Otomonning xufiyalari – zog'amachi[2] aka-uka Isomovlar sakizta qozon qo'yib, “Oshga marhamat!” ko'rsatuvini janob Bin Lodinning palegonidan olib beryaptilar. Hakam Mulat Radjaning chakagi tinsa, deng. Uning husnu malohatini ko'rgan timsohlar hovuzdan chiqib qochib qoldilar. Shunda ichkaridan barkash ko'targan Gulsano Mamazo bilan silopcha ushlagan Zippi Oyxon chiqdi. Rayhongul erkaklarning qo'liga tanqadan suv quydi. Yuzining siz o'pgan joylariga tovoq ag'darib qo'ygan mashhur qo'shiqchimiz Bek Zarbek ularga sochiq tutdi…

(Davomi bor)

[1] Bo'riemas – achchiq ichak.

[2] Zog'amachi –doirachi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube