O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Firibgarlar

Firibgarlar
17 Şubat 2019 - 8:00 'da yuklandi va 1360 marta o'qildi.

Islom XOLBOY

Fe'lim mening, a'molim mening… 

Subhanolloh, bu ne nafsi laim,
Nafsni qo'ygil, ne azobi alim.
Ro'zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun muncha dag'obozliq.

Alisher Navoiy

O'n to'rtinchi bob

Ming marta aytganimizdek, Mustaqillik e'lon qilingach, zamona zo'rniki, tomosha ko'rniki bo'ldi. Prezident Hukkining nomini abadiylashtirdi. So'ngra sux-alasdan bahramand bo'lish uchun Parimomoni poytaxtga ko'chirdi. O'shanda Bosh Unvermagdan xorij tovarlarini olib chiqib Chorsudagi chayqovda Abgor Zippievich bilan piyozga ayribosh qilayotganda hamkasblari tomonidan qo'lga olingan Baxilkarim Bekoboddagi 21-qamoqxona hojatxonasida to'qqiz yildan buyon faroshlik etardi.

Prezident Amir Temur Turon amiri bo'lgach, foydali maslahati uchun bir kampirga qilgan va'dasida sobit turganini eshitib, yaxshilik qilgisi keldi.

– Bir zamonlar Hukki, “Sen podsho bo'lasan”, deya bashorat qilgandi! – dedi u Parimomoga. – U aytgandek, men yurt podshosiman. Qo'limni qay tomonga cho'zsam etadi, yulduzni benarvon uraman. Aytganim og'zimdan chiqmasdan mustajob bo'ladi O'ttiz milyonlik xalqning amloklari kaftimda, xohlaganimni bor, xohlamaganimni yo'q qilaman. Er yuzida istagimga monelik ko'rsatadigan biror kuch yo'q. Hukkiga, “So'zingiz rost chiqib, podsho bo'lsam, har qanday tilagingizni o'ylamasdan ro'yobga chiqaraman”, deb bergan va'dam bor. U kishi bugungi kunda narigi dunyodagi muhim ishlar bilan band. Kun kelib hammamiz uning oldiga boramiz. So'roqlariga bosh ochib javob beramiz. Erta bir kun uyatga qolmasligim uchun so'zimning ustidan chiqishim lozim. Siz u kishining bevasi, sobiq jufti haloli, kerak bo'lsa, barchamizning onamizsiz. Har qanday narsani so'rashga haqqingiz bor. Tilagingizni amalga oshirsam, hech ikkilanmasdan o'zimni bu olamdagi eng baxtli podsho deb hisoblayman!

– Bachchajonim, iloyo boshing toshdan bo'lg'ay! – deya Parimomo o'zidan ikki barobar yoshi katta prezidentning peshonasidan o'pib, ikki kuragi o'rtasiga panja urdi. – Sen xalqimiz taqdiriga bitgan marazsan. Yurtga ko'rim qoqlagan Hukki iloyo o'lmay ketgay edi. Xalq xulq-atvorini tuzatmasa, tilini va dilini yolg'ondan mosuvo etmasa, Hukki qarorini o'zgartirmaydi. U qarorini o'zgartirmasdan, sen o'zgartirsang, ikki dunyoying kuyib ketadi-ya, bachcha!

– Nimalar deyapsiz! – dedi vahimaga tushgan prezident. – Qarorimni o'zgartirganimda qo'limdan nima keladi? Amalga oshirayotganlarimdan bo'lak, boshqa ish qo'limdan kelmasligini Hukki bilmaydimi? Ko'nglingizni to'q qilingda, tilagingizni tilang, enajon!

– Ena degan tillaringga tuyato'ponlar bitgay o'g'lim! – deya kalondimog'langan Parimomo oyoqlarini cho'zib, yastanib oldi. – Bekoboddagi qamoqxonangda tutingan o'g'lim Baxilkarim Kalboshev to'qqiz yildan buyon farrosh. Manglayqorani chiqarib, unga general unvonini berasan va o'zingni qo'riqlayotgan “Yovuz Temurzodalar”ga uni bosh etasan. Yana butun qozi-qozikalonlaringning Sipsagul huzurida qo'l qovushtirib turishlarini istayman. Uchinchisi, Boyqulobod hokimi Kattaulinni poytaxtga chaqirib, Soliq-bojxona idorasiga katta etasan!

– Enajon, faqat bitta tilagingizni amalga oshirmoqchi edim. Siz uchta tilak ichida o'ttiz uchta istak bildirdingiz!

– Hukkining ruh-arvohi chalib, tag'in og'zing qiyshayib qolmasin, cho'tir bola! – deya Parimomoning g'azabi qo'zidi. – Mening uchta tilagim megajin kampirga qazilgan ariqning uch kurak loyicha ham emas. O'zing xon, ko'lankang mayton bo'lsa, saltanatingda mushugingni “pisht” deydigan mard topilmasa, nimadan xavotir olasan? Shahonshohlardan ham hisob so'raganlar. Temurdek qonxo'r podsho mamlakat, el-yurt oldida o'zini burchli sanagan. O'tmish va kelajak oldida mas'uliyat his qilgan. Sendan birov bir nima so'ramasa, mamlakat, el-yurt, o'tmish va kelajak, millat, din degan tushunchalar sen uchun bir chaqaga arzimasa…

– Bir qoshiq qonimdan keching! O'ylamasdan gapirib yubordim! – deya prezident tizza tashlab, Parimomoning etagini o'pdi.

Parimomo uning boshini silab, quloqlarini uqaladi.

– Yilama, o'g'lim! – dedi so'ngra g'alati tovushda. – O'zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga, deganlar. Burnim to'la axlat deb, birov o'z burnini kesganini eshitganmisan? Sen Hukki emassan, Parimomong emassan, prezident bo'lsang ham, oddiy bir odamsan. Malikaning ishqi qurbaqaga tushipdi, deganlaridek, omad degan omadsiz qushning boshingga qo'ngani bitta o'zingning aybing emas. Unaqada katta bir millatning ziyolilari farishta bo'lardilar, bachcham…

…Parimomo poytaxtga ko'chib kelgan yili prezident Qudrat Hamdam bilan A'zamat Qo'shaning Parimomoga solgan maslahatiga yurib, Kattaulinni Boyqulobodga hokim qilib jo'natgandi. O'shanda Qudrat Hamdamning mansab evaziga undirgan besh yuz ming do'llaridan na Parimomoning, va na A'zamat Qo'shaning shaxsiy josusi Mirzasoatning xabari bo'lgan. Kattaulinning maqsadi – mahalliy aholiga Ovrupo madaniyatini singdirish va ular tabiatida tartib-intizom ko'nikmalarini paydo qilishdan iborat edi. Haraktlar teskari natija berib, Kattaulinning o'zi boyqulobodlashdi. Oilasini olib ketmagan Kattaulinga Parimomo Qiyo jinnini vakil ota tayinlagach, uning shaxsiyati va qat'iyati nuray boshladi. Butun oilasini hokim qarorgohiga ko'chirgan Qiyo jinni Norim polvonni unga bakovul va uqalamatutatqi ko'tardi. Maktabda jismoniy tarbiyadan dars berib yurgan kezlari, o'n-o'n besh yoshli qizlarning o'ttiz-qirqini bo'g'oz etgan Norim polvon buzuq xulqi – qo'shmachiligi bilan viloyatda otning qashqasidek mashhur edi. Bu jihat yigirma yildan so'ngra Kattaulinning ayg'irlashishiga turki berdi. Uni har kun cho'miltirib, oyog'ining uchidan ensasigacha uqalaydigan Norim polvon, o'z  xotini va qizi etmagandek, kazo-kazolarning qizlari va xotinlarini ham bir chekkadan unga peshkash etdi. Vaziyat hokimga o'zini Amir Olimxondek his qilishiga va tubanlashishga izn berdi.

Hokimni Norim polvondan o'lgudek rashk etadigan Qiyo jinnining xotini to'rt yil damini ichiga yutib yashadi. Parimomo poytaxtga chaqirtirgach, Kattaulin va'dasida turib, uni oilasi bilan Toshkentga ko'chirdi. Xotini bilan qizini ergashtirib kelgan Norim polvonning qo'liga Kattaulin so'raganini berib, iziga qaytargach, u yangi o'zbeklar dahasidan yonma-yon beshta hovli sotib oldi. Ichkaridan bir-biriga o'tib qaytadigan eshik ochtirdi. Birini o'zi bilan Qiyo jinnining xotiniga hozirlatdi. Ikkinchisiga Qiyo jinnining bolalari joylashdi. Senat a'zosi va tuman hokimi Shodi Oqsochning bolalari uchinchi hovlini egalladilar. To'rtinchi hovli Qiyo jinni bilan Shodi Oqsochning xotiniga tegdi. Beshinchi hovlida Kattaulin kechki soat o'n ikkidan keyin ish bitirish uchun keladigan mehmonlarni kutardi. Poraga kelgan qoplab pullarni Qiyo jinni uning mashinasiga ortardi. Qimmatbaho toshlar va tillavorlarni esa xotini temir sandiqlarga joylardi. Kattaullinning ko'nglini choqlab, xotini va bolalari oldiga jo'natgach, kalitni moyimchasiga tiqardi. Qiyo jinni kalitni o'marish niyatida jon berib-jon olib,  xotini bilan qovushishga urinardi. Xotin jonivor eridan qochib, bolalarining orasiga suqilar, Qiyo jinni ortiga chekinmasa, chinqirib ularni uyg'otardi.

– Ota, jinni bo'ldingizmi? – deya o'g'il-qizlari beradigan savolga:

– Otim bilan Qiyo jinni bo'lsam, yana qanaqa jinni bo'laman, tuzalyapman, bolalarim! – deya Qiyo jinni jinnilik qilardi.

– Qilayotgan ishingiz sog' odamning ishi emas! – derdi bolalari.

– Jinniman-da, Mustaqillikning bedavolari, sizlar buning ma'nosini tushunmaysizlar! – deyardi u to'ng'illab. – Ammo Mustaqillik yillarida o'zlarini taniganlardan ko'p tuzgin, ko'p sog'lom, aqlu hushi joyida bir odamman…

Ko'chib kelganiga olti yil o'tib ham u xotini bilan biror marta qovusha olmadi. Xotinining nima uchun Kattaulinni boshiga ko'tarishiga uning aqli etmasdi. “Nima, mehrigiyosi bormi”, deb xotinidan xafa bo'lardi. Aksincha, uni Shodi Oqsochning xotini ko'proq qadrlardi. Yurt tashvishi bilan band eri oyda-yilda adashib bir kelib qolmasa, kelmasdi. Aslida Qiyo jinnini xotini qiziqtirmas, uni devona qilayotgan narsa temir sandiqning ichidagi qimmatbaho toshlar va tillavorlar edi.

Mustaqillik bayrog'i ostida O'zbekiston kishanlangach, har sohada depsinish boshlandi. Kattaulin mintaqada uzoq yillar barqarorlik bo'lmasligi angladi. U salohiyatli odam edi. Shuning uchun imkoni borida boylik orttirib, juftakni rostlash ishqiga tushdi. U bir gal prezidentga hamrohlik qilib, Italiya safariga jo'nadi. O'sha kunlarda Qiyo jinnining xotinining Nishon Qo'ndoq degan ukasi o'zini osdi. Eshitib, opa bechora jinni bo'layozdi. Uning sochlarini yulib, “Qaydasan, Boyqulobod” deb yo'lga tushishi Qiyo jinniga qo'l keldi. U ichburuqni bahona etib uyida qoldi. Shodi Oqsochning xotini ham bu kunni olti yildan buyon kutardi. Qiyo jinni temir sandiqlarning kalitlarini xotini tashlab ketmasligini yaxshi bilardi. Shu bois u o'tgan vaqt ichida temir kesishning turli usullarini o'zlashtirib, asbob-uskunalarni yotoqxonasi erto'lasiga yashirgandi. U ikkita temir sandiqni obdon o'tirib kesdi. Ichidagi qimmatbaho toshlarni va tillovorlarni ikkita qopga joyladi. Pullar bir qop bo'ldi. Shodi Oqsochning xotiniga o'ttiz ming do'llar berdi. Temir sandiqlarning bo'laklarini yuk mashinasiga orttirib, Beshyog'ochdagi ko'prik ustidan Bo'zsuvga tashlattirdi. U shu zaylda orqama-orqa mashina boshqarib kelgan Shodi Oqsochning xotinining yoniga o'tirib, uning lablaridan so'rib-so'rib o'pdi. Bu ularning oxirgi marta ko'rishishlari edi…

U mahobatli darvoza qo'ng'irog'ini bosganda, “Yovuz Temurzodalar” guruhi boshlig'i Baxilkarim Kalboshev ikki marta Hukkining yoniga borib kelgandi. Generalni charchatgan Parimomo unga orqa o'girib, shirin uyquda yotardi.

– Parimomojon, Parimomojon! – deya qo'riqchi parda orqasidan chaqirganda, u tush ko'ryapman deb o'yladi.

– Nima! – deya javob qaytarganini o'zi ham sezmadi.

– Qiyo jinni keldi. Dolonda kutib turipti! – degan tovush tush emas, o'ngi ekanligini anglagach, “…bemahalda kelmas edi, tinchlikmikan” degan xavotir uning kapalagini uchirdi.

G'ijim ro'molini va mahsisini o'la qolsa echmaydigan Parimomo xalatda chiqdi. Buni kutmagan Qiyo jinni unga suqlanib tikildi. Parimomo, muddaoga o't, degandek boqqan edi, Qiyo jinni o'zining amalga oshirgan muttahamgarchiligini ipidan ignasigacha so'zlab berdi.

– Qancha ekan ular? – deya so'radi Parimomo xalatining barini chirmab.

– Ikki telpak chiqdi!

– Bir telpagi qani?

– Mana, sizga olib keldim. O'la-o'lgunimcha va'damga sodiq qolaman! – derkan, Qiyo jinni telpakni qo'ynidan chiqarib uning oldiga qo'ydi.

 Javohir va tillovorlarni ko'rgan Parimomoning yuzida bahoriy jilvalar o'ynadi.

– Xotiningni ukasining ma'rakalarini bemalol o'tkazib kelaver! – dedi u tomoq qirib. – Bu sirni xotining bila ko'rmasin. O'zingni ham xabarsiz kimsadek tut, u ishonsin. Bu yog'ini menga qo'yib ber!

Ertasi Boyqulobodga etib kelgan Qiyo jinni molxonadan chuqur choh kovladi. Yon tomonidan ikki quloch o'ra ochib, xazinani kafanlab, lahadga tiqdi. Eski hojatxonadan uch-to'rt zambilg'altak najosat keltirib, choh ustidan ag'dardi. Yangi hojatxonani qurib bitkazgach, o'zi ham ichini bo'shatib, eskisini ko'mib tashladi.

Kattaulin safardan qaytgach, temir sandiqlarning joyida yo'qligini ko'rib boshini changallab qoldi. U Shodi Oqsochning xotinini tirdamaga[1] olgan bilan ish chiqmasligini tushungach, unga pul taklif qildi.

– Oldindan qo'limga o'ttiz ming do'llar tutqazing, keyin voqeani miridan sirigacha so'zlab beraman! – dedi u qiyiq ko'zlarini suzib, qoshlarini uchirarkan. – Hech nima aytmasligim uchun Qiyo jinni ham o'ttiz ming do'llar pul bergan.

Asl haqiqatdan xabardor bo'lgan Kattaulin tuzoqdan bo'shanib uchgan qushning qaytib, qo'ndog'iga qo'nmasligini yaxshi anglab, barcha hovli-joylarini o'sha kun olib-sotarlarga yarim bahosida pulladi. Xalqaro aerapo'rtdagi deputatlarga mo'ljallangan kutish zalida ishdan va deputatlikdan ozod etish haqida prezident nomiga ariza yozdi. Qochib ketayotgan barcha mansabdorlar va deputatlar singari so'rg'ichlanmagan kanvertni po'chta qutisiga tashlab, so'ngra uchib ketdi. Uning arizasiga ilova qilingan bir varaq qog'ozda Parimomo va Qiyo jinnining dastidan jabr ko'rgan kimsaning diydiyolari bitilgandi. Xatda uning temir sandig'ini Qiyo jinnining o'margani, o'marilgan bu boyliklar tashqi davlatlarga qing'ir yo'llar bilan tashmalab ketilgan hisob raqamlardagi mablag'larga solishtirilganda urvoqcha ham emasligi, xotini va bolalari bir yil ilgari O'zbekistondan chiqarib yuborganligi xususida bir og'iz ham gap aytilmagandi.

Qarz ko'tarib, tuman hokimi va Senat a'zosi mavqeyiga erishgan Shodi Oqsochning xotini o'n yildan buyon noqobil erning qarzini to'lardi. Uch kunda ishlagan pulining qirq besh mingini bersa, u qarzlaridan xalos bo'lardi. Shu yo'sinda u bosh og'riqlardan bir yo'la qutulishni chamalarkan, o'n mingga qishlog'idan uy sotib olishni mo'ljalladi. Qolgan besh ming bilan bola-chaqa boqib, ro'zg'or tebratsa bo'lardi. Shuning uchun u, “Shodi Oqsochni elkamning chuquri ko'rsin”, deb Qashqadaryoga ketib qoldi. U erkak zotidan etak qoqib, bolalari bilan tinch-totuv hayot kechirishni orzulardi…

Uzoq yo'l bosib, shaharga xuftonda kirib kelgan Qiyo jinni mashinasini darvozaga tirkab, signal bosdi. Kattaulinni o'lgudek sog'ingan xotini yotoqxonaning yonib turgan chirog'ini ko'rib, uni shu erda deb o'ylab, tusha-sola ichkariga urib ketdi. Hech qancha vaqt o'tmay ikki yigit bilan orqasiga qaytib chiqdi. Hovlilarning ko'tarasiga sotilganini eshitgan Qiyo jinni sira ham ajablanmadi. Shodi Oqsochning xotini va bolalarining nom-nishonsiz g'oyib bo'lganini eshitib esa quvondi.

– Ko'ch-ko'ronlaringizning zarurlarini olib chiqinglar, bundayroqlari qolaversin, boshqasini sotib olamiz! – dedi u anqayib qolgan xotini va bolalariga. – Bu dunyoda tuqqan onangga ham ishonib bo'lmas ekan. O'z uying, o'lan to'shaging, deb to'g'ri aytishar ekan.

Qishlog'ida bir nechta dang'illama imorat qurgan Qiyo jinni o'tgan davrda ham olma pish, og'zimga tush, deya qo'l qovushtirib o'tirmagan edi. U xotini va bolalariga bildirmasdan, Kattaulindan orttirgan mablag'lariga shu atrofdan osmono'par koshona tiklab, uni qoyilmaqom qilib jihozlagandi. Bolalari yangi hovlilarini ko'rib qanchalar quvongan bo'lsalar, xotini shunchalar kuyindi. U Kattaulin bilan qochib ketmoqchi edi. Shuning uchun bevafolik qilib tashlab ketdi, deb o'ylab, undan qattiq o'ksigandi. Ko'zlariga mol-dunyo, bola-chaqa ko'rinmasdi.

Viloyatlarda “Qiyo tabib” nomini olgan Qiyo jinni Toshkentga kelib “buyuk kinnachi” degan nomga sazovor bo'ldi. Olti yil ichida firibgarligi orqasidan ishlagan mablag'lariga butun boshli Boyqulobodni sotib olsa bo'lardi. U yashirib yiqqan bor mol-dunyosini toshlar va tillovorlarga aylantirib, hovlisining uch chekkasidan tiklatgan uchta hojatxona ostiga ko'mdi. Bu kabi hojatxonaga ehtiyoj yo'q zamonaviy hovlida uchta hojatxonaga ham uning bitta o'zi kirib, bitta o'zi chiqardi. Keyin qurdirgan hovlilarining burchaklarida ham u hojatxona kavlatishni kanda qilmadi. Shaharning har-har joyida joylashgan bir nechta osmono'par hovlisida yigirmadan ortiq hojatxonasi bo'lib, ularga o'zidan boshqa birov kirmasdi. Qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug' va bola-chaqa, nevara-chevaralar cholning miyasi aynagan deb, uni kalaka qilishardi. Xotini dunyodan o'tgach, u uzoq yillar yashadi. Oqibat, bir tunda hojatxonaga kirdiyu, qaytib chiqmadi. Uch kun o'tib xabar topgan nevaralari uni tuproqqa topshirib qaytgach, ishni hojatxonalarni ko'mishdan boshladilar…

Uning Toshkentdagi ishlarining yurishishiga ham Parimomo sababchi edi. U baytqo'rg'onlik shogirdi Erkinni unga biriktirib, ikkalasini bitta musht qildi. Erkin xotinchalish bir kimsa bo'lib, xotini O'rdadagi loyhalash institutida bosh vazirning xotini bilan birga ishlardi. Erkinning yoshi bosh vazirning o'g'illari tengi bo'lsa ham, ularning tug'ilishida o'z hissasi borligini aytib maqtanardi. Unga ko'ra, bir necha yillar bo'yida bo'lmagan ayolning qorniga u etmish uch yashar tirik tovuqni ikkiga bo'lib yopiq etgan ekan. Uni iddoalari mantiqqa zidligini Parimomo yaxshi bilardi. Maqsadi boshqa sohillar bo'lgach, uning yolg'onlarini ko'pirtirardi. Erkinning xotinining nomi loyhalash institutida rasman qayd qilingan esa-da, u amalda bosh vazirning xotinining sodiq cho'risi edi. U xohlasa-xohlamasa, bosh vazirning xotiniga ergashib, kazo-kazolarning uylariga kirib-chiqib yurardi. Qiziq jihati, u ko'rganlarini ipidan ignasigacha eriga so'zlab berardi. Erkin eshitgan narsalarni Parimomo bilan Qiyo jinni eshitardi. Uning ma'lumotlari palapartish chiqavergach, Parimomo unga gugurt qutisidek keladigan diktafon sovg'a qildi. Diktafon xotinning ovozini qoyilmaqom qilib yoza boshladi. Ovozlarni qayta-qayta erinmasdan eshitadigan Parimomo kazo-kazolarning osh pichog'i qaysi mixga ilingan, hojatxona kafeliga yopishtirilgan suratdagi xonanda kim, barchasini yodlashga tushdi. Ularning  o'g'il-qizlari qaysi ovqatlarni xush ko'rib eydi, xotinining ichkilari turadigan g'aladon, prezident portreti qaysi devorga osilgan, mayda-chuydalarni ikir-chikirlarigacha o'rgandi. U Qunduz Ummonova, Bek Zarbek singari xonandalarga o'xshab, bayram konsertlarida prezident bilan o'pishib ko'rishardi. Uning mahsi-kavush kiyib, g'ijim ro'mol bog'lagan qiyofasi butun o'zbekning ko'ziga o'rnagandi. Katta-kichik, boy-kambag'al uni ko'rsa, duo so'rar, tabarruk deya kiyimining biror joyidan qo'yarda-qo'ymay uzib olardi. Ko'pchilik qo'liga ilganini tumorchaga joylab, bo'yniga osardi.

“Lo'laki” va “abzalqayroq” kabi tadbirlarda malaka orttirgan Qiyo jinniga uning mashhurligi qo'l keldi. U yangi amaliyotni Erkinning sharafiga “erkinaki” deb atadi. U prezidentni o'rgimchakdek o'ragan mansabdorlar cho'ntagini o'marishga shaylanardi. Bu usul kutilganidan ham tez samara berdi. Ular prezidentning ishonganlari sirasiga kiradigan kimsalar orasida olti oyga borar-bormas adg'ish[2] singari g'ovladi. Parimomoning ko'rmasdan turib uy ichini ta'riflashi, har bir buyumning joylashgan o'rnini ko'rib turgandek aytishi ularni jinni etayozdi. “Issiq-sovuq” qilingan xonadondan xamirturishga suqilgan igna, cho'chqaning tuynog'i, Ortiq mulloning olotining boshi, quyruqqa o'ralgan soch va ko'kargan tirnoqlarga o'xshash yuzlab kasofatlarni uy egalariga topib berishi uni Mustaqillik megayulduziga aylantirdi. Hech kim kutmaganda prezidentning to'ng'ich qizi Bo'tagulning unga taqlididan mahsi-kavush kiyib, g'ijim ro'mol o'rashi Parimomoni yurt ruhoniysi mavqeyiga ko'tardi. Turon respublikalarida o'nlab “Parimomo – mo'dalar uyi”ga asos solindi. “Fond Forum” qoshida “Gu-gu – Qiyopariteks” fabrikasi ochildi. Parimomoning rasmi tushirilgan mahsi-kavushlar va g'ijim ro'mollar jahon bozorlarini egalladi. U O'zbekistonda birinchi bo'lib uchinchi marta “O'zbekiston qahramoni” unvonini va “Cho'tira-gu – Gu-guchandira” oltin nishonini oldi. Prezidentning tevarak-atrofidagilar unga sanamlarga sig'ingandek sig'ina boshladilar. “Erkinaki”ning kazo-kazolardan ortmagani Qiyo jinni uchun bitmas-tuganmas xazina bo'ldi.

Prezident Parimomoning barcha tilaklarini bajo keltirdi. Butun qozi-qozikalonlarini Sipsagulga qulluq ettirgach, uni deputat saylatib, qonunchilik palatasiga bosh etib qo'ydi. U Toshkentga ko'chib kelgach, eri Shoxdor Takaevday qorin bog'lab, boshi holokondozning kundasidek bir quchoq bo'lib ketdi. Uni bu bilan to'kis baxtga erishdi deb bo'lmasdi. Senat raisi o'rinbosari Nusxagul Tovuqboqarovnaga teskari o'laroq, u erkak zotining tirnog'iga zor edi. U Parimomodan erkak siyoqli bir er topib berishni iltimos qilmasin, erkaklik siyoqi yo'q erkaklarning ham uni ko'rishga ko'zlari yo'q edi. U shunday erkak topilsa, bor boyligini uning oyoqlari ostiga sochishga tayyor edi. Ovi yurishmagach, u Senat raisi o'rinbosari Nusxagul Tovuqboqarovnaning beg'araz maslahatini amalga oshirishga bel bog'ladi. Navbatdagi saylovda u prezidentlikka nomzodini ko'rsatish uchun tayyorgarlik boshladi. Orzusi amalga oshsa, u Tursunoy Qoratoy bilan Parijga bormoqchi edi. Jarrohlik amaliyoti tufayli ortiqcha yog'laridan xalos bo'lmoqchi edi. Omadi chopib, terraristlar o'g'irlab ketsa, To'rabo'ra tog'lari ostida joylashgan “Ming bir kecha” shahridan josuslik ma'lumotlarini yig'ib kelardi. Shu yo'l bilan Prezidentning ko'ziga yaxshi ko'ringach, uning Nusxagul Tovuqboqarovnaning o'rniga o'tirish istagi ham yo'q emasdi. U Sibir Ilgizga g'oyibona oshiq bo'lgandi. Uni kun bo'yi xayolidan hayday olmagani etmagandek, kechalari tushlarida ko'rib, to'shagida ag'anab chiqardi.

General Baxilkarim Kalboshev g'am-tashvishlardan yiroq, Parimomoning soyasida rohat-farog'atda yashardi. Parimomoning butun topgan-tutganlari o'ziniki ekanligiga ishonchi komilligi uchun u atrofidagilardan o'zini etti-sakkiz kalla baland tutardi. Prezident uni avf etib, general unvonini bergach, u “Yovuz Temurzodalar”dek ko'rsa – bosarlarga bosh-qosh bo'ldi. Birinchi bo'lib tabriklagan Abgor Zippievich, unga otamonning qizg'in salomlarini etkazdi. Askiya bozori pattachilari boshlig'i vazifasiga ko'tarilguncha u har ikki tarafga sidqidildan xizmat ko'rsatdi. U bir soat darsga bormasdan tarix kulliyotini qizil diplo'm bilan tugallagan esa ham, qamalgunicha kichik efreytor unvoniga ega edi. General unvonini qo'lga kiritgach, Zo'mlar kalxo'zidan ellik ikkita padpo'lko'vnik va o'ttiz uchta palko'vnik etishtirdi. Mehnat ahli shunday yurtdoshlari borligidan faxr-iftixor tuyardilar.

Uning ham Qiyo jinnining “hojatxonchi”ligiga o'xshagan jiddiy ermagi bo'lib, “Momochi” taxallusini ham shu ermagi tufayli orttirgandi. Gap shundaki, u ikki-uchta bola orttirgan ayollarga o'ch edi. Kampirlarga uylanishni jon-dilidan suyardi. Uning bu kabi ishlariga Parimomo boshida monelik ko'rsatmadi. Hovli-joyni supirib-sidirib, saronjomlashga uch-to'rt ayolning kuchi etmasligini u yaxshi bilardi. Baxilkarim qamalguncha, Parimomoning ustiga kampirga aylangan ikki juvonga uylangandi. Chiqib kelgach, yana uchtasiga uylandi. Ularning eng yoshi Parimomodan uch oylik kichik bo'lib, ullusi Parimomodan o'ttiz ikki yosh katta edi. U kampirlarga o'chligini  yosh xotinlarga ishonib, ahmoq bo'lib qolishdan qo'rqishi bilan izohlardi. “Yoshlarning xushtorlari ko'p. Zaxm yuqtirsa, boshga balo bo'ladi. Kampirlarga it ham qayrilib qaramaydi. Menga ularning o'zlaridan ham hovli-joylari ko'proq yoqadi”, derdi. U xotinlarining uy-joylarini shahar aylanib, “shara-bara” yig'adigan ukalarining nomiga o'tkazib qo'yardi. Xotinlariga ergashib kelgan bolalarni o'nidan o'n biriga qadam qo'ygan kun ko'chaga haydardi. Ularga, “Men o'n bir yoshimda o'z baxtimni o'zim topganman”, derdi.

Barchasidan yaxshi xabardor Qiyo jinni ichib olib, uning o'n bir yoshigacha qorni to'yib non emaganini, usti tuzuk kiyim ko'rmaganini, uni Parimomoning oldiga nima maqsadda etaklab kelganini duch kelganga og'zidan gullardi. Bularning barchasini siyosiy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari palko'vnik Yangiboy Eskiboevdan eshitgan generalning tishlari qarich-qirich bo'lar, uni “hojatxonachi”, deya bo'ralatib so'kardi. O'z navbatida Yangiboy Eskiboev boshlig'i aytgan so'zlarni Qiyo jinniga etkazardi. Palko'vnikning niyati shu yo'l bilan Baxilkarim Kalboshevning o'rnini egallash edi.

Ko'rguliklarni aroqdan deb bilgan Qiyo jinnining xotini erini qo'yarda-qo'ymay Ortiq mulloga sudraklab borib naf topmagach, “masiqqanlar piri” deb nom qozongan g'uzorlik mullo Alkashga eltib “po'stak qoqti” qildirdi. Toshkentga qaytgan Qiyo jinni “Mulolarning qizlarini falon qilay, duosining kuchi yo'q ekan. Firibgarlar ko'zimizni o'yib, pulimizni oldi”, deya ularni bo'ralatib so'kdi. Bo'kib ichib, palko'vnik Yangiboyni topdi. Generalni yiqilib qolgunicha kurakda turmaydigan maza-bemaza gaplar bilan bo'ralatdi. Palko'vnik ikki orada fisqu fasodni avj oldirdi… Joni hiqillog'iga kelgan xotini axiri bir telpak tillovorlarni olib Parimomoning oldiga bordi va barchasini unga oqizmay-tomizmay so'yladi. Ko'rib ko'zlari o'ynagan Parimomo tillovorlarni “o'sha”ning ikkinchi yarimi deb o'yladi.

– Bir umrlik yaxshilik qilib qo'ygan joying borligini unutganim yo'q, qizim! – dedi u ushoqdek bo'lib qolgan Qiyo jinning xotiniga. – Yaxshiliging ajrini oladigan kun etganga o'xshaydi. Sen uyingga boraver, Qiyo jinni bugundan boshlab bir qultum ham ichmaydi. Ichsa, Hukki nomi bilan qasam ichaman, Parimomo otimni boshqa qo'yaman!

Temir sandiqlarni eri o'marganidan Qiyo jinnining xotinining xabari yo'q edi. U olib borgan bir telpak tillovor uning o'g'rin-to'g'rin Kattaulindan orttirganlarining beshdan biri edi. Ayolning tillovorlarga ichi achishsa ham, erining shaloq og'zi berkilsa bo'ldi edi.

(Davomi bor)

[1] Tirdama – siquv, qistov.

[2] Adg'ish – zarpechak.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube