O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Soliq va to'lovlarning oshirilishi kichik sanoat egalarini boshi berk ko'chaga kiritdi

Soliq va to'lovlarning oshirilishi kichik sanoat egalarini boshi berk ko'chaga kiritdi
14 Şubat 2019 - 10:00 'da yuklandi va 1010 marta o'qildi.

Hukumat tili bilan tadbirkorlik rivoji uchun turli imtiyozlar va engilliklar berilayotganini ovoza qilayotgan bir paytda qo'li bilan ishbilarmonlarning bo'g'zidan olayotgandek taassurot uyg'onmoqda.

Bugun O'zbekiston taraqqiyotining lokomotivlari bo'lishi niyat qilingan kichik sanoat zonalari (KSZ) taqdiri bunday xayolga borish uchun barcha asoslar borligini ko'rsatayotir.

Gap shundaki, davlat ko'chmas mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to'lovlarining oshirilishi KSZlarda joylashgan korxonalarni boshi berk ko'chaga kiritib qo'ydi.

Masalan, Toshkent shahri hokimligi bunday to'lovlar miqdorini 70 foiz qimmatlashtirdi va buni bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish, deya izohladi.

Bundan tashqari, KSZlardagi korxonalarga xizmat ko'rsatadigan direktsiyalar ham o'z xizmatlari haqini 500 (!) foiz oshirgani ma'lum bo'ldi.

Bunga sabab esa yana tadbirkorlikni rivojlantirishni bayroq qilib olgan hukumatning o'ziga borib taqaladi.

Chunki direktsiyalar er solig'i, mulk solig'i, suv solig'i, QQS to'lovchisiga aylantirilgan. Natijada uning xarajatlari oshib ketgan. Bu xarajatlarni esa ko'rsatilayotgan xizmatlar haqini oshirmasdan qoplab bo'lmaydi.

Aks holda direktsiyalarning o'zlari bankrot bo'ladi.

Natijada, o'rischa aytganda, “zamknutyy krug”, ya'ni boshni yopaman desa oyoq, oyoqni yopaman desa bosh ochilib qoladigan holat yuzaga kelgan. Oxir-oqibat tovon to'lash yana tadbirkorning gardaniga tushmoqda.

Bundan avvalroq, yangi yildan boshlab hukumat pul aylanmasi bir milliard so'mdan ortiq korxonalar uchun 20 foiz QQS to'lovini joriy etgan edi.

O'shandayoq mustaqil tahlilchilar bunday katta miqdordagi to'lovning joriy etilishi baribir narxlar oshishiga, korxonalarning esa o'z tushumini kamaytirib ko'rsatishiga intilishiga, oqibatda yashirin iqtisodiyot ulushi yanada ko'payishiga olib kelishini ta'kidlagandi.

Bugun mamlakatda aynan shunday holat kuzatilmoqda. Ayrim meva-sabzavotlar narxi tushayotgan bo'lsa-da, sanoat mahsulotlari muttasil qimmatlashishda davom etayotir.

“Hukumatda o'tiradigan iqtisodchilar nimani o'ylayotganiga ham hayron qolasan. Axir bozor iqtisodiyotiga o'tish degani tadbirkorni talash degani bo'lmasa kerak”, deydi “Eltuz” bilan suhbatlashgan tadbirkorlardan biri.

Bu yoqda esa Toshkent shahri hokimligi davlat mulki ijarasidan tushadigan daromad “investitsiya muhitini rivojlantirishga xizmat qilishi” haqida safsata sotayotir.

O'zini endi o'nglay deyayotgan, hali to'la qudratga to'lmagan tadbirkorni turli to'lovlar yuki ostiga tashlash qachon va qaerda investitsiya muhitini yaxshilagan edi, buni isbotlab bering, deydigan mard yo'q.

Iqtisodiyotdagi shaffoflikni oshirishga harakat qilinayotgan bir paytda dunyodagi eng kattalardan biri bo'lgan QQS foizini o'rnatish qozig'i echilmagan eshakni yurmagani uchun kaltaklashdek gap-ku.

Iqtisodiyotdagi “o'yin qoidalari”ning bunchalik tez va keskin, yana tadbirkorlar zarariga o'zgarib borishi o'z taraqqiyotining yangi bosqichini boshlaganini e'lon qilgan O'zbekiston uchun kutilgan natijalarni bermasligini tayin.

Biz 25 yil davomida “tinimsiz, hatto dunyoning eng oldi iqtisodiyotlarini ham ortda qoldirib o'sib” keldik. Bugun ko'rinyaptiki, taraqqiyotning “o'zbek modeli samarasi” bo'lgan bu “o'sish” aslo mamlakat iqtisodiyotiga emas, balki hukumatga yaqin doiralarning daromadlariga taalluqli ekan.

Bitta xatoni ikkinchi marta ham takrorlamaslik darajasiga hali etib kelmadik shekilli.

Bahodir Sharif

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube