O’zbekiston Xalq Harakati

Shavkat Mirziyoev oldidagi to'siqlar

Shavkat Mirziyoev oldidagi to'siqlar
21 Şubat 2019 - 22:30 'da yuklandi va 2318 marta o'qildi.

Shavkat Mirziyoevning mamlakat rahbari sifatida faoliyat boshlaganidan beri o'tgan qariyb ikki yarim yillik qisqa bir fursat ichida amalga oshirgan islohotlari e'tirofga loyiqdir.

Bu islohotlar doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bizda yangi rahbariyatga nisbatan kuchli umid uyg'otdi va biz buni avval ham ta'kidlaganmiz. Jumladan, turli xil siyosiy ayblovlar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning ozodlikka chiqarilishi, mamlakat bo'ylab xalq qabulxonalarining ochilishi va prezident portalining faoliyat ko'rsatishi, kuch ishlatar tizimlarning, xususan, Milliy Xavfsizlik Xizmatining (MXX) tubdan isloh qilinishi hamda ichki ishlar, sud va prokuratura organlaridagi o'zgarishlar ham davlat rahbarining islohotlar borasidagi qat'iy pozitsiyasidan darak bermoqda.

Bu o'zgarishlar mamlakatimiz fuqarolari qatorida bizni ham mamnun qildi va yurtimizning kelajagiga bo'lgan umidimizni mustahkamladi. Shu bilan bir qatorda, yillardir mamlakat tashqarisida faoliyat yuritishga majbur bo'lgan o'zbek muxolifatiga nisbatan munosabatning, oz bo'lsa-da, o'zgarishi chorak asrlik egilgan adolatning tiklanishi uchun muhim odim deb hisoblaymiz.

Ayni paytda bizni eski tuzumdan qolgan ba'zi asoratlarga hanuzgacha barham berilmagani jiddiy tashvishga solmoqda. Jumladan:

1. O'tgan 25 yillik diktatura va turg'unlik davrida yurtimizga ko'plab ziyolilar va siyosiy faollar sobiq MXX tomonidan qo'yilgan nohaq uydirma ayblovlar bilan qamoqlarga tashlandi. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan boshlangan inson huquqlari sohasidagi islohotlar to'lqinida yuqoridagi holat o'zbek huquq tartibot organlari tomonidan ham rasman tan olindi, natijada ko'plab nohaq qamalgan fuqarolar ozodlikka chiqarildi, ko'plari oqlandi. Lekin Islom Karimov davrining so'ngi kunlarida MXX tomonidan uyushtirilgan tuzoq natijasida nohaq qamalgan yana bir qancha fuqarolarning haligacha qamoqda qolayotganini juda achinarli holdir.

Xususan, 2016 yilning 22 iyul' kuni MXX va IIV tezkor xodimlari tomonidan uyushtirilgan tuzoq bilan qamoqqa olingan 1982 yilda tug'ilgan Rustam Abdumannopov va 1990 yilda tug'ilgan Akrom Malikovlarning 2017 yilning yanvar' oyida ozodlikdan mahrum qilinishi va hanuz qamoqda qolayotgani demokratik va erkin jamiyat uchun qadam qo'yayotgan davlatning sha'ni uchun ulkan dog'dir.

Bu yigitlarning birgina aybi muxolifat lideri bilan yaqin munosabatda bo'lishganidir. Nohaq qamoqda qolayotgan ushbu ikki ziyoli yigitni zudlik bilan ozodlikka chiqarilishi va reabilitatsiya qilinishi davlatning muxolifatga nisbatan yondashuvidagi samimiylikning yaqqol namunasi bo'lgan bo'lardi.

Shuningdek, yana MXX ning fitnasi bilan qamoqqa olingan turkshunos olim Andrey Kubatin taqdiri ham Mirziyoev olib borayotgan islohotlarga jiddiy rahna solmoqda.

2.O'tgan qatag'onlar davrida ko'plab ziyolilar va faollar siyosiy qarashlari yoki muxolifat lideri Muhammad Solih bilan aloqada bo'lgani sababli MXX va IIV tomonidan ta'qibga olinib keyinchalik mamlakatni tark etishga majbur bo'lishgan. Keyinchalik bu shaxslar ustidan to'qima ayblovlar bilan jinoyat ishlari ochilgan va qidiruvga berilgan. Bu shaxslarning deyarli barchasiga 159-, 244-, 244 (prim-1) moddalari asosida jinoyat ishlari ochilgan. Mamlakatimizda turli adashgan yo'llarga kirib ushbu moddalarda nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilib chet elga chiqib ketganlar ham talaygina. Biroq IIV bazasida turgan va mazkur moddalar bilan jinoyat ishi ochilib qidiruvga berilganlar ro'yxatida bevosita muxolifat lideri bilan yaqin munosabati tufayligina ayblanganlar ham bor. Shu sababli ham ushbu modda bilan ochilgan jinoyat ishlarning qayta ko'rib chiqilishini, siyosiy qarashlari va muxolifatga aloqasi tufayli nohaq ayblangan shaxslarga nisbatan ochilgan ishlarning yopilishini istaymiz. Mazkur moddalar bilan ayblangan fuqarolarning qilmishiga pushaymon bo'lgan taqdirda vatanga qaytarish masalalari bilan maxsus Komissiya tuzilgan. Biroq biz nazarda tutgan shaxslar hech qanday ekstremistik oqimga aloqasi bo'lmagan, faqatgina muxolifat bilan aloqasi bo'lgan shaxslardir. Bu shaxslarning qilmishidan pushaymon bo'ladigan aybi ham yo'qdir. Shu sababli ham yuqoridagi maxsus Komissiya tomonidan mustaqil ravishda bunday shaxslarga nisbatan ochilgan jinoyat ishlari alohida ajratib olinib tugatilishi lozim.

3. O'tgan davr mobaynida Islom Karimov siyosatini ma'qullamasdan muxolifat safida joy olgan ko'plab faollar sobiq MXX tomonidan ta'qib va ta'ziyqlarga uchrab ko'pchiligi uzoq muddatlarga qamalib ketishdi. Karimov davrining so'ngi yillarida ham MXX siyosiy faol fuqarolarni tuzoqqa tushirib turli bo'htonlar bilan qamashda faollik ko'rsatib keldi. Hattoki Karimovning o'limidan so'ng ham MXX tarkibida aynan muxolifat bilan shug'ullanuvchi guruh zobitlari siyosiy faol fuqarolarga ta'qibni to'xtatishmadi. 2017 yilning sentyabr' oyida jurnalist Bobomurod Abdullaevning o'g'irlab ketilishi va kurakda turmaydigan nohaq ayblovlar bilan MXX erto'lasida saqlanishi buning yaqqol isbotidir.

Mamlakatning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoevning islohotlari natijasida B.Abdullaevning sudi haqqoniy va odil kechishiga imkon yaratildi. Buni mustaqillikdan so'ng O'zbekistonning yangi tarixida siyosiy motivlar bilan ayblangan shaxsga nisbatan birinchi marta odil tarzda o'tkazilgan sud jarayoni desa bo'ladi. Sud B.Abdullaevga nisbatan qo'yilgan og'ir jinoiy moddalarni olib tashlash bilan birga o'sha moddalar bilan jinoyat ishi ochgan MXX tergovchilari va tezkor xodimlariga nisbatan ichki xizmat tekshiruvi o'tkazish to'g'risida ajrim chiqardi. Ammo shu kungacha sud ajrimi ijro qilinmadi.

MXX tubdan isloh bo'lib Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX) sifatida qayta tashkil qilinganida fuqarolarning siyosiy qarashlari tufayli ta'qibga oluvchi guruhlar ham ishdan olinishiga va hatto qilmishlari uchun javobgarlikka tortilishiga umid qilgandik. Ammo afsuski bunday bo'lmadi. Yangi tayinlangan DXX raisi Ixtiyor Abdullaev ilk kunlardanoq siyosiy muxolifatni “qora kuchlar” deb atadi.

2019 yilning fevral' oyida DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevning ishdan olinishi muxolifat vakillari va siyosiy faollar tarafidan iliq qarshi olindi. So'nayotgan umidlar yana jonlandi. Ammo shu kunlarda bizga etib kelayotgan xabarlar DXX tizimida muxolifat va siyosiyo faollarni ta'qib qiluvchi guruh a'zolarining haligacha faoliyat yuritayotganini ko'rsatdi.

Bu kimsalarning aksariyati hozirgacha eski MXX davrida qilgan ishlarini davom ettirib, dushman emas, islohotlarni qo'llayotgan muholifat vakillarini poylash bilan ovora.

To'plagan ma'lumotlarimiz asosida Prezident Sh.Mirziyoev islohotlaridan norozi bo'layotgan va asosiy vazifasi siyosiy va fikr erkinligini bo'g'ish deb biladigan ba'zi DXX zobitlari ro'yxatini tuzishga muvaffaq bo'ldik.

DXX tezkor xodimlari:

1. Jo'raev Majid Sharofovich, (xizmat tahallusi – Hoji)
2. Muhammedov Qobil (xizmat taxallusi – Javlon).
3. Elmurod (xizmat taxallusi – Oybek)
4. Timur Yakubov, (xizmat taxallusi – Rustam)
5. Abdujabbor (xizmat taxallusi – Ulmas)
6. Volodya (xizmat taxallusi – Andrey)
Va DXX tergovchisi
7. Konstantin Serazetdinov, tergovchi.

Bu zobitlar zo'rovonlik va qiynoqlar bilan nom chiqargan. Bundan tashqari, B.Abdullaevni tergov qilish vaqtida shantaj, tahdid va haqoratlar bilan bosim o'tkazganlar “Sen ishongan prezidentingni (Shavkat Mirziyoevni) bir yilda tinchitamiz!” – deb maqtanishgan.

Aynan mana shu zobitlar yuqorida nomi tilga olingan Rustam Abdumannopov, Akrom Malik va Andrey Kubatin kabi ziyoli yigitlarning nohaq qamalib ketishiga sabab bo'lishgan.

Bu kimsalarning nomlarini qayta eslashimizga sabab, DXX tizimida bo'layotgan eng so'ngi tozalash ishlaridan so'ng ham bu kimsalar o'z faoliyatini davom ettirayotganini ko'rmoqdamiz. Bu guruhdagi zobitlar faqat mamlakat ichida emas, mamlakatni tark etishga majbur bo'lgan siyosiy faollarni ham ta'qibga olish va turli tuzoqlar qurish bilan shug'ullanishayotgani haqida xabarlar kelib turibdi.

Yuqorida nomi keltirilgan DXX zobitlarining xizmat vazifasidan ozod qilinib, qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi, hech shubhasiz, adolatning qaror topishini anglatadi.

Umid qilamizki, yuqorida sanab o'tilgan uchta holat bo'yicha kerakli choralar ko'riladi, zero adolat davlatning tamalidir.

ERK Partiyasi tahlil bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube