O’zbekiston Xalq Harakati

Dahshatli tush

Dahshatli tush
27 Şubat 2019 - 15:04 'da yuklandi va 971 marta o'qildi.

 

 

 

DAHShATLI TUSh

Alloh poyidaman tushimda
Hali boshlanmasdan Mahshar qayg'usi
Meni judo qildi aqlu hushimdan
Qo'rquv emas, dahshatli uyat tuyg'usi!

Atrofga yoyilar “chitir-chitir” sas
Yonar vujudimning ichi va tashi!
Meni yoqayotgan duzaxning emas,
Alloh qarshisida Uyat otashi!

Robbim,meni qutqar, otashdan deya
Yolvoraman Allohga tugab toqatim!
Shu qadar kuchliki,go'yo bu uyat
Uyatidir butun ummatning!

2019

Muhammad Solih

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ra'no Rahmonberdi qizi ;

    As.allaykum. Juda go'zal she'r va yaxshi (muborak)tush.

    28/02/2019 20:47
istanbul escort