O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston matbuoti rostdan ham erkin bo'ladimi yoki hammasi reyting uchunmi?

O'zbekiston matbuoti rostdan ham erkin bo'ladimi yoki hammasi reyting uchunmi?
27 Şubat 2019 - 16:09 'da yuklandi va 1429 marta o'qildi.

Keyingi paytda hukumat qarorlarida qiziq bir tendentsiya kuzatilmoqda. O'zbekistonning falon-falon sohalardagi xalqaro reytingini ko'tarish, PR qilish uchun dasturlar ishlab chiqish, chora-tadbirlar ko'rishga topshiriqlar berilmoqda.

Aslida ahvol qandayligi emas, xalqaro reytinglarda qanday o'ringa ega bo'lish muhim ko'rilmoqda. Mayli, balki shu reytinglarni yaxshilash uchun biror amaliy harakat ham bo'lib qolar…

Ammo ammo quruq buyurtma maqolalar chop qildirish, PR materiallar tayyorab, xorijliklarga ko'rsatish O'zbekistonning u yoki bu reytingdagi o'rnini ko'tarib qo'ymasligi aniq, deb yozadi Toshkentdan mustaqil jurnalist.

Quyida uning fikrlari bilan tanishing.

O'zbekistonning axborot erkinligi va hukumat tashkilotlari faoliyatining shaffofligi bo'yicha reytingini oshirish borasida ham maqsad qo'yilgan.

Albatta, xorijliklarga o'zimizni ko'z-ko'z qilish uchun axborot sohasini erkinlashtirmaslik kerak. Uning erkinligi xorijliklarga emas, avvalo o'zimizga kerak. Shunday bo'lsa-da, OAV bo'yicha reyting tuzuvchi xalqaro tashkilotlar e'tibor qaratadigan jihatlarga e'tibor qaratish, aynan o'sha jihatlarda uchraydigan kamchiliklarni tuzatish reytingning yaxshilanishiga sabab bo'lishi mumkin.

OAV bo'yicha xalqaro reytinglar asosan quyidagi kategoriyalar bo'yicha tuziladi, shu bois reytingni yaxshilash uchun ushbu kategoriyalar e'tiborga olinishi lozim:

  • Plyuralizm. OAVda turlicha fikrlarga qanchalik o'rin berilishi, turlicha nuqtai nazardagi OAVning qanchalik shakllangani. Masalan, konservativ, liberal, diniy, sekular va hk. yo'nalishdagi OAVlarga teng sharoit yaratilgani.
  • OAV mustaqilligi. OAVning hukumat, biznes va diniy guruhlardan qanchalik erkinligi. Masalan, OAV rahbarlari, muharrirlari tayinlanishi yoki ishdan ozod qilinishida hukumatning ta'siri qanchaligi. Deylik, MTRK tizimidagi rahbar kadrlar tayinlanishi yoki lavozimidan ozod qilinishida hukumatning o'rni qanchaligi.
  • O'z-o'zini tsenzuralash holatlari. O'z-o'zini tsenzuralash turli hukumat tashkilotlarining ogohlantirishlari, taqdimnomalar kiritishining oqibati, OAV mustaqilligi cheklanganini ko'rsatuvchi muhim belgilardan biri sanaladi.
  • Qonunchilik. OAV sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlari demokratik printsiplar va plyuralistik muhit qaror topishiga qanchalik imkon berishi.
  • Shaffoflik. Axborot almashinuvi qanchalik oson, byurokratik to'siqlardan xoli ekani.
  • Axborot infratuzilmasi. Axborot almashinuvida ishtirok etadigan kommunikatsiya vositalarining qanchali samarali, tezkor va xamyonbopligi.

Menimcha, bu sohada O'zbekiston obro'sini ko'tarishning eng qisqa yo'li ayni shu kategoriyalarni hisobga olgan holda islohotlar qilishdir. Shularni hisobga olib quyidagicha o'zgarishlarni qilishni taklif qilgan bo'lardim:

  • Xorijiy jurnalistlarning O'zbekiston respublikasida akkreditatsiyadan o'tkazish shartlarini soddalashtirish. Mamlakatda xorij jurnalistlari, ayniqsa, demokratik rivojlangan davlatlar jurnalistlarining erkin faoliyat yuritishi mamlakatning ochiqligi, erkinligini ko'rsatuvchi muhim belgidir va reyting tuzuvchi tashkilotlar bu ko'rsatgichga alohida e'tibor qaratadi.
  • Akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy OAV sonini ko'paytirish, ularning Toshkentda hududiy (Markaziy Osiyo) bo'limlarini ochishga imkoniyat yaratish. Xorijiy OAVning Toshkentda byurolari ochilishi, ularning soni ko'p bo'lishi Toshkentni Markaziy Osiyoning informatsion yuragiga aylantirib qo'yadi. Bu byurolar nafaqat O'zbekistondagi muxbirlarini, balki qo'shni davlatlardagi muxbirlarini ham nazorat qiladi. Toshkent axborot sohasida muhim markazga aylanib qoladi. Hech bir xalqaro tashkilot O'zbekistonni axborot sohasida yopiq deb xulosa berishga jur'at qilolmaydi.
  • OAV erkinligi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlarini konkretlashtirish, noaniq jumlalarni yo'qotish. Axborot sohasini tartibga soluvchi qonunlarda boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlariga havola berilishi qonunning tushunarliligi, to'liqligini yo'qqa chiqaradi; qonunda kafolatlangan erkinliklarning boshqa qonun va qonunosti hujjatlari orqali cheklanishiga sabab bo'ladi. Jurnalistlar o'zini erkin his qilolmaydi. Bu esa OAVni tartibga solishda qonunchilikda kamchiliklar borligini ko'rsatadi. Reyting agentliklari bunga e'tibor qaratishi aniq.
  • Milliy o'zlikni anglashni izdan chiqarish, jamiyatni tarixiy va milliy an'analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, axborot ekspansiyasi kabi turlicha talqin qilinadigan, yangicha tashabbus va fikrlarga to'siq bo'ladigan jumlalardan qonunlarni tozalash. Qonunlardagi milliy o'zlik, milliy qadriyatlar va an'analarni himoya qilish, axborot ekspansiyasi kabi jumlalar jurnalistlarning ehtiyotkorlikni keragidan orttirishiga sabab bo'ladi. Bu esa bilvosita o'z-o'zini tsenzuralashni kuchaytiradi. Qolaversa, qonunlar vositasida muayyan qadriyat va an'analarni himoya qilish OAV sohasida plyuralizmni kamaytiradi. Bir xillik ortadi. Bu tashqaridan qaraganda sohada erkinlik yo'qligiga dalolat qilishi mumkin.
  • OAV faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari sonini keskin kamaytirish, ushbu faoliyatni faqat qonun bilan tartibga solish amaliyotiga o'tish. OAV sohasini qonunosti hujjatlari orqali nazorat qilish OAVni ijroiya hokimiyatga, ayniqsa, amaldorlarning injiqliklariga bog'lab qo'yadi. OAV hukumat amaldorlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatuvchi muhim vosita sanaladi. Qonunosti hujjatlari esa OAVning mana shu funktsiyasini yo'qqa chiqaradi, ya'ni OAVni amaldorlarning rahm-shafqatiga qaram qilib qo'yadi. Qolaversa, qonunosti hujjatlari OAV sohasidagi me'yoriy hujjatlarni ko'paytirib, ularni chalkashtiradi. Sohada erkinlikni kamaytiradi.
  • Sud qarorisiz OAV, ayniqsa, internet saytlariga cheklov qo'yish amaliyotiga barham berish. Biror vebsaytga cheklov qo'yilsa, bu haqda asoslangan sud qarori ommaga e'lon qilinishini joriy qilish. Sud qarori va uning ochiq-oshkoraligisiz OAVga cheklov qo'yish davlatning OAV sohasidagi reytingiga jiddiy salbiy ta'sir qiladi. Bu borada sudlarni chetlab o'tuvchi amaliyotning borligi sudlarning OAV sohasidagi rolini zaiflashtiradi. Sud qarorisiz vebsaytlarga cheklov qo'yilishi sud qarorisiz jazolash bilan barobar sanaladi. Vaholanki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham sudlarning mustaqilligi va rolini oshirish maqsad qilingan.
  • Davlat va nodavlat OAV o'rtasida tenglikni ta'minlash. O'zA va MTRK monopoliyasiga chek qo'yish. Reyting tuzuvchi tashkilotlar mamlakatdagi OAVning ahvolini baholaganda avvalo nodavlat, xususiy OAVga e'tibor qaratadi. Shu bois, turli rasmiy va norasmiy tadbirlarda nodavlat OAVga teng sharoit yaratish lozim.
  • OAV faoliyati yuzasidan monitoring markazi beradigan taqdimnomalarga chek qo'yish. OAVda e'lon qilingan material yuzasidan aniq bir jabrlanuvchi bo'lsagina ularning arizasiga ko'ra sud orqali OAVga ogohlantirish berish. OAV faqat sud qarori va aniq bir jabrlanuvchi bo'lgandagina jazolanishi kerak. Taxminiy asoslarda tadimnomalar orqali ularni ogohlantirish va bunda ijroiya hokimiyatga tegishli tashkilotlarga vakolat berish OAV mustaqilligini keskin kamaytiradi. Bu sohada Parlament va sudlar emas, saylanmagan amaldorlarning roli ortishi kutilmagan qarorlarning ko'payishiga olib keladi. Mustaqil va xususiy OAVlar o'z kelajaklari va erkinliklariga ishonmay qo'yadilar, oqibatda o'z-o'zini tsenzuralash kuchayadi. Mamlakatning obro'si, reytingi tushadi.
  • “Davlat sirlari” tushunchasiga aniqlik kiritish. Davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun o'sha sir kimga ishonib topshirilgan bo'lsa, faqat o'sha odam mas'ul bo'lishi kerak. Axborot tarqalishidagi keyingi bosqich qatnashchilari bu sirlarni saqlash majburiyatini bo'yniga olmagan, demak sirni saqlashga majbur ham emas. Davlat sirini oshkor qilganlik uchun jurnalistlar emas, balki o'sha sirni jurnalistga oshkor qilganlar jazolanishi kerak. Demak, davlat sirlarini oshkor qilish haqidagi moddalarni OAVga doir me'yoriy hujjatlardan chiqarish kerak. Joriy holat OAVda o'z-o'zini tsenzuralashning yana bir sabablaridan biridir.
  • Axborot infratuzilmasini takomillashtirish. Internet tezligi, sifatini oshirish, narxini arzonlashtirish. Internetning barcha viloyatlarda birdek ishlashi. Kommunikatsiya infratuzilmasining qoloqligi axborot tarqalishi, axborot olish va tarqatish sharoitining yomonligiga dalolat qiladi. Axborot olish va tarqatish uchun barcha birdek huquqqa ega ekan, demak shu huquqlarini ro'yobga chiqarishlari uchun barchaga birdek sharoit yaratilishi kerak. Mamlakatga kelayotgan mehmonlar, investorlar ham kommunikatsiya infratuzilmasiga alohida e'tibor qaratadi.
  • OAVda turli nuqtai nazarlar uchun keng va teng imkoniyat berish. Turli qarash va fikrdagi OAV ko'payishiga qonuniy sharoit yaratish. OAV sohasida bir xillikni yo'qotish, plyuralistik muhit shakllantirish OAV erkinligining muhim belgisidir. Buning uchun davlat telekanallari, umuman, axborot vositalarini kamaytirish, ularni xususiylashtirish, jamiyatning turli qatlamlari, toifalari uchun platforma bo'luvchi turlicha mavqedagi OAVni ko'paytishiga sharoit yaratish lozim bo'ladi.

Bu kabi o'zgarishlarni qilish oson emas. Jiddiy siyosiy iroda kerak bo'ladi. Ammo shusiz bo'lmaydi. Mustaqil sud hokimiyati, kuchli parlamentsiz bu sohada jiddiy siljishga erishish qiyin. Demak, ishni mustaqil sud hokimiyatini yaratish va qonun ustuvorligini ta'minlashdan boshlash kerakdir. Bu gaplarni O'zbekistondagi investitsion muhit bo'yicha berilayotgan istalgan taklifga ham qo'shib qo'yish mumkin. Yurtni qonun boshqarishi lozim, amaldorlarning kayfiyati emas.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube