O’zbekiston Xalq Harakati

Xojar Gulash: Oydin Solihni anglamoq

Xojar Gulash: Oydin Solihni anglamoq
04 Mart 2019 - 23:04 'da yuklandi va 1415 marta o'qildi.

XOJAR GULASh: OYDIN SOLIHNI ANGLAMOQ

Uzoq vaqtdan buyon bu maqolani yozishni niyat qilardim, ustozimizning tug'ilgan kuniga nasib qilgan ekan…

Oydin Solih deganda aqlga birinchi keladigan narsa nima?

Ochlikmi?

Men, Oydin Solih deguncha aqlga ilk Sunnati saniya kelishini istardim.

Ha, Oydin Solih ustozimiz davolash usullarining boshida eng qulay va oson bo'lgan narsa; ochlik ro'zasi tutib yaxshilashish bor edi. Chunki “Ro'za tuting, sog'lom bo'ling” deganlar Payg'ambarimiz. Biz och qolar ekanmiz, sog'lom hujralarimiz och qolmaydi (ular aqillidir va zikrdadirlar), Allohni eslashdan voz kechgan, anarxistlik qilayotgan, ya'ni xasta hujayralarni suv va ozuqaga aylantirib eydi, iste'mol qiladi va shu tariqa vujudimiz xastaliklardan tozalanadi.

Faqat bu bir usul edi, maqsad emas, vositaydi, insonning sharafi bilan yashab sharaf bilan, iymon bilan vafot etaolishi uchun.

Och qolish osondir, buning bir muammosi yo'q, muhimi to'qlik kunlarida nafsimizga hokim bo'laolyapmizmi?

Och qolib ortiqcha kilolaridan qutulgan xotinlarimiz, to'qlik kunlarida hayotlariga eng kichik bir mezon keltirmasdan eyaroq, “nima ham bo'lardi, besh marta 3 kunlik ochlik qilaman, yog'larimni eritib yuboraman”, deb o'ylaganlarida, Oydin Solihni tushungan bo'ladilarmi?

Oydin Solihni sizning yog'laringiz qiziqtirmas edi. U, bizga ochiq dushmanimizni bildirgan bir Murshid edi. Amin bo'lingki, uning dardi sizning xastaligingiz emasdi.

Men uning qadar shaytonni eng nozik batafsil ma'lumotlariga qadar tushuntirgan, xastaliklarning ko'ringanlari qadar ko'rinmagan taraflarini ham ko'rsatgan va mavhumlikda muolajalarni mujassamlik bilan butunlashtirabilgan bir hakimni bilmayman.

Oydin Solih ustozimiz har kimga shifobaxsh o'simliklarni o'zingiz to'plang, dorilaringizni o'zingiz tayyorlang, noningizni o'zingiz yoping, deya Musulmonning marifat sohibi bo'lishini istardi, shu sababdan men ham Hojarona bo'ldim.

Bir kun ovqatlanib o'tirganimizda yurak qopqog'i metal bo'lgan bir opamiz dedi: “Xo'jam (Ustozim), men juda ko'p iztirob chekdim, shuning uchun bu qadar kasallandimmi?”.

Oydin Solih ustozimiz muloyimlik bilan javob berdi: “Yo'q, iztirob emas, iztirobga bo'lgan munosabat insonni charchatadi…”.

Ha, Oydin Solih bizning bu hayotga, iztirobga, kasallikka qarashimizni dizayn qilgan bir dizaynerdir.

Ovqatdan so'ngra namozini o'qidi va biroz dam olish uchun ketganida choy bermoqchi bo'ldim va meni hech ranjitmasdan, yana ayni muloyimlik bilan kulumsirab: “Biz ovqatdan keyin darrov choy ichamizmi?” dedi, uyaldim, kulishdik…

O'tirar ekan, sintetik qoplamali divanga emas, usti paxta qoplamadan tikilgan yungli ko'rpachaga o'tirishni afzal ko'rdi.

Qisqasi o'zi ila so'zi, so'zi ila amali birbiriga bu qadar mos, beshinchi mizojga o'tgan va nur elementining bu qadar yuksalgan bir foniyni avval hech ko'rmagan edim.

Uning har xoli biz uchun bir dars edi.

Muolajalariga ora berganida xonasiga kirdim, yonimga o'tir dedi, qo'llarimni tutdi va, “Bilasanmi, mening vaqtim oz qoldi, menga so'z ber, bu ilmni insonlarga sizlar tarqatasiz, sizlar tushuntirasizlar” dedi. Men ham qanday bir jihodning ichiga kirganimni hech bilmasdan “xo'p” deya, so'z berdim. Mana, bu maqolani ustozimizning tug'ilgan kunida shuning uchun yozayapman.

Oydin Solih deganda aqlimizga ochlik emas, o'lchovli va sunnatga mos, ishlab chiqarganidan ortig'ini iste'mol qilmagan hayot kelsin. “Meni oz suv bilan yuving” deya, o'limda ham isrofning oldini olishga harakat qilgan bir mujohid xotin kelsin. Musulmon kabi yashab, iymon ila o'labilish uchun beradigan g'ayrat kelsin.

Oydin Solih bir mafkuradir, faqatgina ochlik emas.

Chunki u, bizning yonimizda ekan, ba'zilarga ochlik berdi, ammo ba'zilarga esa bermadi. Xususan mizoji haddan tashqari darajada quruq sovuq va juda zaif bo'lgan bir qizimizga “qusish” muolajasini berdi.

Ha, insonlar ochlikni o'zlari bilganlaricha qilmasliklari kerak. Vakolat va ma'suliyatni o'z bo'yniga olabiladigan yaxshi bir maslahatchi nazorati ostida, to'qlik kunlariga ham eng kamida ochlik kunlari qadar diqqat qilib, o'zida Sunnati saniyani mos bir hayot mezoni bilan muolajalarini davom ettirishlari lozim.

Afsuski, bugun Turkiyada Otaturkning ismini “otaturkchilar” qanday su'istemol qilishga urinayotgan bo'lsa, Oydin Solih ismini ham u bilan aloqasi bo'lmagan insonlar qo'llanmoqda. Bir marta ko'rgan “oydin solihchi” bo'ldi.

Mezoni buzuq bo'lgan insonlar ochlik kunlarida och qolib, haddan tashqari past darajada yashadilar, ammo to'qlik kunlarida eyish-ichishlariga diqqat qilmasdan haddan tashqari yuqori darajada edilar va edilar…

Mana shu erda juda muhim bir nuqtaga kelayapmiz. “Alla tatg'av fil mezan”. “Mezonni buzmang!”, chunki haddan oshishning har turi zarardir insonga. Rabbimiz nima deyapti, “Haddan oshmang”. Inson farzandi juda johil, noko'r va zolim…

Oydin Solihni bu tarz insonlardan taniganlar ham Oydin Solihni tushunmay, eshitmay unga dushman bo'ldilar. Ikkisi ham yanglish.

Inson farzandi o'zi bilmagan narsasining dushmanidir.

Oydin Solihning shaxsini anglashga harakat qilgan kimsaning unga bir so'z deyaoladi deb o'ylamayman.

Biz uchun asosiy narsa, haddan ortiq narsalardan uzoq bir shaklda Payg'ambarimizning “tut” deganini tutib, “tashla” deganini darhol tashlashdir. (Agar bir kimsa o'limga olib keluvchi kasallikka uchramagan bo'lsa) Xususan haftalik dushanba-payshanba ro'zasini tutgan va hijriy oyning 13-14-15 kunlarini ro'zador kechirgan, og'ziga olgan emishning “Halol va toyyib” ekanligini surishtirgan, topmaganda och qolishni o'ylagan, kimyoviy va mavhum shaytoniy mahsulotlardan, imkoniyat kabi ko'ringan Yahudiy o'yini bo'lgan davolanishlardan uzoq turaoladigan farosatga sohib bir Musulmon bo'laolsak, Oydin Solihni anglagan bo'lamiz.

Oydin Solihning dardi sizning och qolib, ochlikdan qobig'ingizda qurishingiz emas, uning dardi inson farzandiga yarashgan bir shaklda, stil sohibi bir Musulmon o'laroq yashab, imon ila o'labilishingiz edi.

Badaningizni, ruhingizni, naslingizni toza bir shaklda muhofaza qilabilishingizdi. Oydin Solih sizning xastaliklaringiz bilan qiziqmasdi.

U bir murshid edi.

Bilmayman, tushuntiraoldimmi?

Xojar GULASh / G'OZIANTEP (Hacer GÜLEŞ \ GAZİANTEP)
04.03.2019 (Ustozimizning tug'ilgan kuni)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube