O’zbekiston Xalq Harakati

XOTIRA MUQADDAS

XOTIRA MUQADDAS
05 Mart 2019 - 11:25 'da yuklandi va 526 marta o'qildi.

4 mart  ustozimning  tavallud ayyomi edi.  

Kechayoq  nimadir yozgim keldiyu, satrlar o'rniga ko'zimdan duv-duv yosh quyilib yoza  olmadim. Faqatgina  bo'yi bo'yimdan baland  to'ngichimning  alp kelbatiga  qarab, shukrona keltirar ekanman  ustozimning  xaqlariga  duo  qildim…

2011—yil,  biror marta ogrimagan  o'glim qattiq   betoblanib qoldi. Yozgi ta'tildan qaytgach  bir necha kun istimaladiyu,  yuzi   so'ng badani  pufakdek  shishib ketdi.  Bo'ynidagi bir nechta limfa tugunlari  ham meyoriy ko'rinishdan  kattalashgach   qo'rqib,   xavotirga  tushib qoldim.   Shifokor bo'lganim uchun  allaqachon davolalashni boshlab yuborgan edim. 

 Taxminiy tashxisim:  Buyrakning  o'tkir  shamollashi.  Limfoadinapatiya.

 Ammo  davolashim  natija bermagach ,  yaxshiroq tekshirtirishga  qaror qildim…

Shundan so'ng  meni o'n yoshga qaritgan, alam-iztirobga to'la  kunlarim boshlandi.  Boburjon ogirlashmagan,  yotib qolmagan bo'lsada hamon  yuzidagi shish qaytmas,  limfa tugunchalari esa birin-ketin kattarib borardi.  Ming afsus, o'sha paytlar poytaxtda tanilgan    uchta eng yaxshi mutaxasis  UZD tekshiruvida “Buyrakda xech qanaqa muammo yo'q” degan  xulosani  berib, bizni onkolog, gematolog  va SPID markazidagi mutaxasislarga ham ko'rinishimizni maslahat berishdi.  Gematologiya ilmiy tekshirish  markazida  ilik tekshirilib, muammo chiqmagach,  SPID markazida qon topshirdik. Ular ham qo'rqinchli xech narsa topa olishmagach,    Respublika Onkologiya ilmiy tekshirish institutiga borishimizni uqtirishdi.   Alal oqibat  limfa tugunidan biopsiya qilindi. O'shanda eru-osmonni chirpirak qilib yuborgan      tashxis   o'ziga, bilmiga ishongan  Muazzamni  ham yiqitdi.

XOJKIN  LIMFOMASI.  

Bu nima va  qanday  azob ekanini shifokorlar va shu dardga chalingan bemorlar yaxshi bilishadi.   Onkologik  kasalliklarning ichida eng  xavflisi  va agressivlaridan biri bo'lib  bolamni ko'rikdan o'tkazgan  eng zo'r professor     Attang,  nari borsa to'rt oy… Darrov bolalar bo'limiga yotqizib, kimyoterapiya muolajasini boshlashimiz  kerak. Balki  biroz umrini uzaytirarmiz” deb , “iloxim  poliklinikadagilar adashgan bo'lsin” degan  oxirgi  umidimni ham puchga chiqardi.   O'ziga qo'yilgan tashxisdan bexabar o'glimga  ko'rsatmaslikka harakat qilsam ham   to'kilib ketayotgan  ko'z yoshlarimni to'xtata olmadim.  Jilmayishga urinib, yiglash  qanaqa bo'lishini  bemor bolasi bor onalargina bilishadi..O'glim  ko'z yoshlarimni   artar ekan  o'zicha yupatishga xarakat qilardi:

-Ayajon, yiglamang.  Ozgina  bol'nisada qolsam  zo'r bo'laman. Axir uyda ham ukol  qilaverib  qiynalib ketdingizku! 

Unga tikilar ekanman,  ichimdan kelayotgan faryodni arang to'xtatardim.  “Naxotki shu bolamdan ayrilib qolsam, axir Xojkin kasalligi xaqida talabaligimdanoq  yaxshi tushunchaga egamanku!  Har qanday kimyoterapiya vaqtincha samara berishini, qolaversa tomirdan  yuboriladigan  iloj rak to'qimalari bilan bir qatorda soglom to'qimalarni xam shikastlab, immunitetni tushirib yuborishini yaxshi bilardim.  Ammo iloj qancha,   dilbandimni bo'limga yotqizishdan boshqa choram yo'q edi.   Darrov bo'sh joy ham topila qoldi. Xujjatlarni rasmiylashtirib, uni  qoldirar ekanman uyga shoshdim.  Kerakli kiyim-kechaklarni yigib, idish-tovoq , o'zi qiziqadigan kitoblar,  gigiena vositalarini olib  ikki soatga qolmay  yana o'sha-  bolamni olib qolgan bo'lim ostonasida edim.  Biroq meni xavotirlanib qarshi olgan hamshiraning xabaridan  dovdirab qoldim.

-O'glingiz  o'n  minutcha  oldin  yiglagancha tashqariga chiqib ketdi. Ushlab qola olmadik.  Xov  ana,  sizni kutib turibdi. Ichkariga kirmayapti.

 O'ttiz qadam naridagi  yogoch o'rindiqda bir burda  bo'lib o'tirgan o'glimning  oldiga chopib  borib  tizzalab o'tirib qoldim. U yiglagani uchun  yuzi badtar shishib ketgandi. Sababini so'rasam,  aytgisi kelmay bagrimga otildi.  Maxkam quchoqlagancha tinmay, “Meni bu erdan olib keting ayajon”  deb yalinardi…  Meni uni davolanishga undab   yalinishimni esa tasavvur  qila olmaysiz. Qani endi ko'nsa. Atigi ikki soat avval menga dalda berib turgan bolamdan asar ham qolmagandi. Bir ozdan so'ng u  boshini tizzamga qo'ygancha  uxlab qoldi.  Xalloslab yugurib chiqqan hamshiradan  xaqiqatni bildim:

-E, ayb bizda opa.   O'glingizni   o'ziga tengdosh Akmal yotgan palataga joylashtirgandik. Uning  soch, qosh, kipriklari uchinchi kurs ximiyadan so'ng butunlay  to'kilib ketgan.  O'glingiz xayron bo'lib  qarab tursa “Baqrayma, sen xam mendaka  bo'lasan yaqinda.  Lekin baribir o'lar ekanmiz. Bugun eshitib qoldim.  Shuni oldinroq bilganimda o'lsam xam bu erda qolmas edim    debdi….

Hamshiraning   qolgan gaplari  qulogimga kirmadi.  Bolamni dast ko'targancha ichkariga  shoshdim,  bo'lim boshligi –  o'sha ko'rikdan o'tkazgan professorning xay-xaylashiga ham qaramay,   farzandimni statsionar davolanishiga  qarshi   ekanim xaqida  tilxat yozdim.  O'shanda  kallamga  bilimini suvday ichib yuborgan   do'xtirning nasixatlari umuman kirmasdi…

Kimdir menga   ” Bular  adashgan, yana tekshirtir!  Kerak bo'lsa boshqa davlatlarga ham olib bor!” degan buyruq  berardi.   O'sha  kuniyoq  kasalxonani tark etdiku, keyin yana ancha sarson bo'ldik.  Turli mutaxasislar qabuliga soatlab kutilgan navbatlar mayli,  eshitgan gaplarim, malomatlar, Akmalning  gapidan so'ng  o'zgarib galati bo'lib qolgan Boburjonimning  ko'zidagi mungni  eslagim kelmaydi.  O'sha  paytda yiqqan  bir dunyo qogozlar, yo'llanma, ma'lumotnoma,  tashxislarga   xozir nazar tashlay  olmayman.    Yana ikki marta olingan biopsiya,  Sankt Peterburg, Moskva, Germaniyaga jo'natilgan   kesma, surtma materiallar uyqusiz, bedor kutilgan javoblar to'xtatilmagan  muolajalar…. Qani endi bir burda non, bir piyola choy tomogimdan o'tsa,  turmush o'rtogim   menga dalda berib turishga  urinsa ham uning  ko'z yoshlari tashqariga emas,  ichkariga oqayotganini xis qilib turardim.   O'shanday kunlarning birida ustoz  Rahimjon Rahmat ning tavsiyasi bilan  yozilgan  maktubimga Turkiyadan javob keldi.  Elektron shaklda kelgan noma qisqa, ammo umidbaxsh  edi : 

 “Bolaga  zinxor kimyoterapiya muolajasini qildirmang! Siz keltirgan ta'riflar  asosida unda xech qanday  saraton belgilarini ko'rmayapman.  U qattiq shamollagan bo'lishi mumkin, yana tekshirtiring. Tabbiy usullar bilan davolab, immunitetini oshiring.  Ilojini topsangiz  klinikamizga olib keling. Allox shifo bersin,  xurmat bilan

 Oydin Solix

Maktub menga katta kuch berdi.   Shaxarning narigi burchagidagi koreets UZD chi  ayolgina  o'zim qo'ygan  ilk tashxisni  tasdiqladi: “Ikkala  buyrakning  o'tkir yalliglanishi. 

Limfoadinapatiya”  

Qo'limga tutqazilgan  bir parcha qogozga qarab ko'zlarimga ishonmasdim. Axir  uchta UZD mutaxasisi  “buyraklarda muammo yo'q! Tezroq  onkolog,  gematolog va boshqa mutaxasislarga ko'rsat” deyishgan ediku,  deyman  yiglab.  

Bolamning buyraklardagi  dard-   yozda bobosinikiga borib,   muzdek  daryo suvida tinmay   cho'milganining oqibati tufayli kelib chiqqanini ham taxmin qilgandim. Xa, aynan  taxmin qilgandimu  o'zim emas,  kimsan professorlarning   tashxisiga  ishonib,  kimyoterapiyani boshlab yuborishimga ozgina qolibdiya…. 

Germaniya, Rossiyadagi etakchi  klinika mutaxasislariga yuborgan maktublarimga ham  qalbimdagi oxirgi  tumanlarni tarqatib yuborgan xushxabar javoblarni olgach, noto'gri tashxis qo'yganlarga bor zaxrimni sochdim.  Sudga ham   bermoqchi edimu,   fikrimdan qaytdim. Sababi, faqatgina noto'gri tashxis qo'ygan   professor yoki apparatini tilini tushunmagan UZD chilargina  aybdor emas!  Butun boshli tibbiyotimizning xoli  ayanchli,   Onkologiya, Gematologiya, Virusologiyada yaxshi mutaxasislar  deyarli qolmagan,  aniq   tashxis  qo'yish uchun olinadigan tibbiy uskunalarga ajratiladigan mablaglar  nafsi o'pqon  kimsalar tomonidandir o'zlashtirilib  yuborilayotgan    edi. (Afsus xozir ham shunday). 

Avvalambor Allox, qolaversa  o'zim goyibona   ustoz deb tan  olgan Oydin xonimning   yordami bilan o'glim butunlay  sogayib ketdi.  Shukurlar bo'lsinki,   qachonlardir “Atigi to'rt oygina umri qolgan”  deyilgan polvonim   bu yil 18 ga kiradi.   O'sha kunlar qo'rqinchli tushdek   xotiramda jonlanganida  “Xaqiqiy tib”  kitobini  qayta-qayta o'qiyman.  Garchi   zamonaviy tibbiyotni butunlay inkor etmasamda,   Oydin xonim ko'p jixatdan   mana -man degan professorlardan bilimdonroq bo'lganiga   tan  beraman.

Izmirdagi Egey universtitetining kutubxonasiga tashrif buyurganimda  eng ko'rinarli , eng faxrli joyda  tib ilmining  allomasi  xazrat   Ibn Sinoning  kitoblari bilan bir qatorda turgan  “Xaqiqiy tibbiyot”ga ko'zim tushib qalbim faxr tuygusi bilan  nurlandi…i

Ustoz bilan diydorlashish qiyomatga qoldi..  Faqatgina qo'xna Uskudarninng Qorachaaxmat  qabristonidagi mozorini ziyorat qilishgina  nasib etdi xolos.  Mozorboshida  xaqlariga duo qilar ekanman,    so'z berdim:  bir kuni albatta ularning  yo'lini davom ettiraman!  Albatta  shunday kuyunchak, kamtar va   xaqiqiy shifokor bo'laman!

 Xozir ustozning   “So'ngi so'z”  kitoblarini turk tilidan o'zbekchaga  o'girishday mas'ul ish bilan bandman. Tarjimani allaqachon  tugatgan bo'lsamda, ko'nglim to'lmay  har bir satrini qayta-qayta  o'qib, xatolarimni to'girlayapman.     Har bir sahifasida , har bir satrida  ustozning nurli qiyofasi  gavdalanadi. Dangasalik qilib,  tarjimani  tashlab qo'ygan kunlarim ham bo'ldi. Shunda,       ” Ayajon, meni bu erdan olib keting” deb maxkam quchoqlagancha bagrimda uxlab qolgan, nomi sovuq kasalxonada  izillatib  yiglatib, meni o'n yoshga qaritgan   bemor bolamning qiyofasi tushlarimga kirib chiqadi  va yana   kuch beradi.   Nazarimda u  boshqa bemor bolajonlarni ham tezroq shifo topishini, eng muhimi hech kim  noto'gri tashxis tufayli aziyat chekishini  xoxlamaydi.  

Bu  kitob tez orada  qo'lingizga  etib boradi.   Uni  va  albatta   o'qib chiqishingizni tavsiya etaman.   “So'ngi so'z”da   nafaqat ustozimning, balki mening ham  iztiroblarimni, dardlarimni  xis qilasiz. 

Muazzam Ibrohimova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort