O’zbekiston Xalq Harakati

Millat

Millat
20 Mart 2019 - 7:00 'da yuklandi va 850 marta o'qildi.

BEHBUDIY YoZADILAR

MILLAT

Boshqa millatlarg'a qaralsa ko'rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o'qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga paymol bo'lur.

* * *

Turkiston mevasi, donasi, toshi, tufrog'i, eski nimarsalari Ovrupo bozorig'a ketur. Muni Ovrupo dallollari kelib, oz bahoga sotaturg'on bizda bir odam yo'q. Azbaski, Ovrupo ila savdo qiladurg'on bizda bir odam yo'q.

* * *

Qisqa qilayluk, boshqa millatlarning boylari faqir va etimlar uchun maktab va dorulfununlar soladurlar, faqir va etimlarni o'qumog'i uchun vaqf “istepensiyalar” tayin qilar. Boshqa millat milliyonerlari maktabi ila “istepensiya”la idora qiladurg'on gazet va majallasila bino qilgan jamiyati xayriyasi ila faxr qiladur.

* * *

Bir karra diqqat qilib, mahalla, kuy va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko'paygan. Biz musulmonmiz, musulmonlikka ilm lozim, amal lozim. O'qumoq kerak! Nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo'q ekan, biza esa bir nafar savodlik yo'q?

* * *

Boshqa millatlarning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe, bizning ulamo bil'aks avomga tobedir. Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o'ttiz sana (yil) yana yomonroq bo'lur. Musulmonlik ilm va adab ila qoim, millab, axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur.

* * *

Bonk, firma foydaxo'rniki. Tabiiy, bularg'a pullarni bermoq (qaytarmoq) kerak. Bog' va xona va uy ichindagi asbobni sotib bermoq kerak. Bechora kelin va kuyovni ko'rpa va libosig'acha sotilur, qoraxatga berilur. Nimboylar (o'rta boylar) sinar, tiriklikincha bo'lmasa, o'lganda sinar, ahli va ayoli darbadar bo'lar. Ay, bu nima? To'g'risi, bir na'v devonalik emasmu? Subhanolloh, qarz qilib, xalqqa osh bermoq aqlsizlik emasmu?

* * *

To'y va ma'rakaga sarf qilinadurg'on aqchani jamlamoq va yo qo'lga kirgizmoq uchun harakat etarduk… To'y, ma'raka qilinsun, ammo hozirgidek isrof etmasdin qilinsun va mumkin qadarcha kichik qilinsun va ortiqcha pul ila bolalarni musulmoniy va rusiy yaxshi o'qitulsun.

* * *

Subhanolloh, bu na hol! Bu yigirmanchi asrdur, vahshiy toifalarg'acha zamona ilm va hunarining qadrini bildilar. Zamona ilm va hunariga qo'l urdilar. Ey. Biz turkistoniy va buxoriylar na uchun bu holdamiz? Dunyoda turmoqni xohlasang, zamona ilm hunarig'a maktab va dorulfununig'a mayl etmog'imiz kerak. Chunki bunisiz zamona odami bo'lmaydi.

* * *

Ko'z oldimizdadur va ko'rarmiz bir nemis, bir yahudiy va bir polyak ikki qo'li baynisiga (burnida) bizning mamlakatga kelur. Bir ikki yil o'tar o'tmas qaraymizki, o'n minglab, yuz minglab aqcha topar va bizga xo'jayin kelur. Buning sababi va hikmati nadur? Sababi, ilmi zamonani bilmog'idur. Besh tiyin sarmoyasi yo'q, dallollik ila ochilgan konturxonalarni har kim bilur. Ey bular qanday foyda va nima ish qilurlar? Bularning qiladurg'on ishi shulki, bizning paxta, maviz, meva, dona, teri, jun va eski nimarsalarimizni …Ovrupo va Amriqo…ga sotib foyda etarlar.

* * *

Ey hazrati ulamo! Ey tujjor, ahli kasaba va ag'niy! Ey g'ayratli yoshlar! Nifoq va bir biriga dushmanlikni tashlangiz! Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda (1917) qornini to'yg'izolmaydurg'on etim va bevalar haqqi bir biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilub, xoliq xudoning nafiga, din va millat yo'lig'a xizmat etingiz! Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etadur, nafsoniyat va g'urur emas.

* * *

Muhtaram yoshlar! Zamon siznikidur, qarilar zamoni o'tkan. Siz kiromga bobasirat bo'lub (ehiromga sazovor), o'n daf'a o'lchab, bir daf'a kesingiz. Otashinlik va tezlik ila ish bo'lmas… balki butun shahringiz va millatingiz ila taraqqiy qilursiz.

* * *

Bilmoq kerakki, haq olinur, berilmaydur! Har bir millat va mamlakat xaqini o'zining huquqi diniya siyosiyatini harakat va ittifoq ila boshqalardan oladi…
Biz istaymizki, Turkiston musulmonlari bundagi rusiy, yahudiy va boshqalar qo'shilgan holda o'z boshlarig'a Russiyaning bir parchasi hisoblanadurg'on Turkiston hukumati ta'sis etsak, o'zimizning majlis muborravotimiz ( parlamentimiz) bo'lsin.

* * *

Bir soldat Dizaxda bir necha kishi ochlikdan o'lganini va shahar xalqining sarboz (askar)xonalarga non gadoylika kelib, bir qo'llari ila cho'qunub, ikkinchi qo'llari ila soldatlardan non tilaganliklarini yuragi yonib, samimiy suratda bayon etdi. Aning ushbu so'zi manim butun tomirimg'a ta'sir etib, holatimni o'zgartirdi va toqatim qolmadi. Oh, bu na badbaxtlikdur! (1917)

* * *

Eski hukumat zohiran bizni madaniy qilmoq uchun “russkiy tuzemniy” isminda bizning uchun maktablar ochib, o'z fahmlaricha, bizni dunyo va oxiratda nekbaxt (baxtli), ya'ni nasorat ( xristian) qiladurg'on missionerlarg'a topshirdilar, Bu maktablarg'a zohiran musulmon muallimi tayin etib, anga 15 so'mdan 25 so'mgacha vazifa berardilar. Albatta, bu pulga hech muqtadir kishi muallimlik qilmas erdi. Digar tarafdan xufya prikazlar ila bu maktablardagi musulmon bolalarini oz ta'lim bermoqg'a va baqadriimkon amrini zoih va o'zini hayvon qilmoqqa farmoyish qiladilar.

To'plovchi Nusrat RAHMAT
Manba: Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar 2018
https://nusratrahmat.blogspot.com/

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano