O’zbekiston Xalq Harakati

Alixontӯra Shokirjon Ӯg'li Sog'uniy

Alixontӯra Shokirjon Ӯg'li Sog'uniy
21 Mart 2019 - 22:49 'da yuklandi va 868 marta o'qildi.

Din va davlat arbobi, etuk olim, mohir tarjimon Alixonto'ra Sog'uniy hazratlari 1885 yil 21 martda Turkiston o'lkasining To'qmoq shahrida tug'ilgan. Sog'uniy taxallusi tug'ilgan shahrining nomi – Bolasog'un bilan bog'liq.

Sog'uniy 1905-1915 yillar oralig'ida Makka va keyinchalik Jidda shahrida tahsil olgan hamda nafaqat islom ilmi, balki Sharq tabobatini ham chuqur o'rgangan.

Keyin esa O'zbekistonga qaytib, ilm olishni Buxoroda davom ettirgan. Uning Buxoro madrasasida islom ilmidan dars bergani, mahalliy masjidda imom-xatiblik qilgani va shu davr oralig'ida asta-sekin siyosat bilan ham qiziqa boshlagani aytiladi.

“Chor ma'muriyatining erli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqib “o'zbek milliy-ozodlik harakati” mujohidlariga mujohid ӯlaroq dastak bӯladilar. Sӯng sobiq sovet hukumati tazyiqiga ham uchrab, to'rt martta qamalganlar va Sibir lageriga jo'natilishi oldidan etap qilinayotgan paytida qochib, Sharqiy Turkistonga hijrat qiladilar.

Tabiiyki, “Turkiston qayg'usi” u kishini hijratda ham tark etmagan.

Sӯng u erda ham “Omma orasida hurriyat g'oyalarini targ'ib qilganliklari sababli 1937 yili mulhid Xitoy ma'murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941 yili adliyaviy taftish natijasida ozod qilinadilar. 1944 yil 12 noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Alixonto'ra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qo'shin tashabbuskori bo'ldi va unga qo'mondon etib tayinlandi. 1946 yil iyunda sho'ro ayg'oqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan G'uljadan olib chiqib ketilgan Alixonto'ra umrining oxirigacha Toshkentda yashadilar”.

Alixonto'ra Sog'uniy 1976 yilning 18 fevralida Toshkentda vafot etadi va Toshkentdagi qabristonga dafn etiladi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano